Ko’rsatish mashg’ulotning maqsadiga qarab xar xil o’tkaziladi. Ma’lum bir predmetni anglatuvchi so’zni tushunishni o’zlashtirish uchun eng avval shu predmet ko’rsatiladi. Masalan, kuchukcha yoki xo’roz o’yinchoqni ko’rsatib, „Vali, qara, bu kuchukcha. uning ko’zlari, quloqlari, dumi, oyoqlari qaerda ekanligini ko’rsat. Mana bu—xo’roz. Mana uning boshi, dumi, panjalari. Xo’rozning boshi qani, dumi qani, panjalari qani, ko’rsat." Avval o’zi bu predmetlarning qismlarini ko’rsatadi, so’ngra boladan ko’rsatishni so’raydi.
1 yoshga kirgan bola umumlashtiruvchi so’zlarni bilib olishiga erishish uchun, bolaga bir xil nomdagi, ammo tashqi ko’rinishi har xil bo’lgan o’yinchoqlar ko’rsatiladi.
Masalan, „Odina, mana bu qo’g’irchoq. (Qattiq materialdan qilingan.) Uning ustida chiroyli ko’ylagi bor. Ma, qo’girchoqni ushlab ko’r.” Yana o’rtada pauza (boshqa materialdan qilingan, chiroyli kiyintirilgan, katta ko’g’irchoqni ko’rsatadi, „Odina, qara, bu nima?.. Bu ham qo’g’irchoq". Turli o’yinchoqlar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar bolalarda katta qiziqishni vujudga keltiradi. Kattalar bu har xil o’yinchoqlar bilan bir xildagi harakatlarni bajaradilar.
Ikki yoshgacha bo’lgan bolalarda nutqni egallash jarayoni ikki davrdan iborat bo’ladi:
1 yoshdan 1 yoshu 6 oygacha.
1 yoshu 6 oylikdan 2 yoshgacha.
Har ikki davrda ham bola nutqini rivojlantirish bo’yicha quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutiladi:
a) nutqni tushunish va taqlid qilish malakasini rivojlantirish;
b) bolalar lug’atini boyitish;
v) nutqni atrofdagilar bilan muomala qilish vositasi sifatida shakllantirish.
/ yoshdan 1 yoshu 6 oygacha bo’lgan davrda nutqni rivojlantirishning muhim vazifasi: 1) bolaning kattalar nutqini tushunishini rivojlantirish; 2) kattalar nutqiga taqlid qilish orqali faol nutqni o’stirish.
Bolaning kattalar nutqini tushunishini rivojlantirish
Bu jarayon ma’nosiga tushunadigan so’zlar to`plamini kengaytirish bo’lib, uning mazmuniga quyidagilar kiradi: 1) o’z ismini, yaqin kishilari ismini; 2) kiyim-kechaklar, mebellar, idish-tovoqlar nomini; 3) bir joydan ikkinchi joyga borishda transport vositalari nomini; 4) o’ziga tanish bo’lgan hayvonlar va o’simliklar nomini; 5) o’z tanasining, o’yinchoq-hayvonlar tanasining ayrim qismlari (qo’l- oyoqlar, bosh, og’iz, ko’z, quloq) nomini bilib olishi.
Maishiy hayotda bajariladigan oddiy ish-harakatlarni bildiruvchi so’zlarni (yot, uxla, o’tir, kiyinamiz, o’ynagani boramiz va hokazo) o’yin va mashg’ulot jarayonida ishlatadigan so’zlarni (o’chir, kiydir, och, bekit va hokazo) bilib olish hisobiga bolada ma’nosiga tushunadigan so’zlar to`plami kengayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |