Faol nutqni o’stirishga bola tomonidan tez-tez eshitib turiladigan tovush birikmalari va so’zlarga taqlid qilish orqali erishiladi.
1 yoshdan 1 yoshu 6 oylikgacha bo’lgan bola ajablanish, shodlik, norozilik, xafalik va shu kabilarni ifodalovchi ba’zi bir intonatsiyalarni takrorlay bilishi, yaqin kishilarni (oyi, dada, opa, aka va hokazolar) hamda tanish buyumlar va o’yinchoqlarni (piyola, karavot, stol, ayiqcha, qo’g’irchoq va boshqalar), tanish ish-harakatlarni (tur, menga ber, qo’yib yubor va boshqalar) bildiruvchi so’zlarni aytib, o’z lug’atini faollashtirib boradi. Shuningdek, bu yoshdagi bolalar qisqa hikoyalarni, she’r, hazil-mutoyibalarni tushunadilar; uncha murakkab bo’lmagan topshiriqlarni bajaradilar. Endi bola lug’at to’plamining kengayishi asosida, ilgari tushunib, bilib olgan so’zlarini faol ishlata boshlaydi, qisqa gaplarni va ayrim jumlalarni takrorlaydi. Bola 1 yoshu 6 oylik bo’lganida ba’zi narsalarning sifatini, holatini va vazifalarini bilib olishga harakat qiladi. Lekin o’zi bu belgilarni ayta olmaydi. Shuning uchun kattalar yordamiga muhtoj bo’ladi. Masalan, kattalar (hamshira-tarbiyachi) shunday deydi: „Qara, menda kichkina kubik, senda katta kubik bor", „Mana bu — olma, uning rangi qizil, o’zi shirin" va hokazo. Bolalar 1 yoshu 6 oylik bo’lishlari bilan kattalarning bo’lib o’tgan hodisalar haqidagi gaplarini tushuna boshlaydilar. Masalan: Bugun sayrda bolalar quyonchalarni ovqatlantirdilar. Gulchehra quyonchaga sabzi berdi.
Bola sekin-astalik bilan kattalarning nutq ko’rsatmasi asosida uncha murakkab bo’lmagan topshiriqlarni bajara boshlaydilar. Bu topshiriqiar „Ko’rpani top. Qo’g’irchoqni o’ra" kabi gapdan iborat bo’lishi mumkin.
Bola 1 yoshu 6 oylik bo’lganda u talaffuz etadigan so’zlar miqdori 30 — 40 taga yetadi. (Masalan, „oyi", „xola", „amma", „buvi", „tog’a", „aka", „opa" va boshqalar.) Ana shu so’zlar bilan bir qatorda, bolalar o’z ehtiyojlari uchun zarur bo’lgan so’zlarni ham bilib oladilar. Chunonchi, „ma", „ol", „ber" va boshqalar. Odatda bu yoshda-gi bola ayrim so’zlarni uzuq-yuluq qilib, imo-ishora bilan bir amallab aytib beradi. Bunday nutq „situativ nutq" (vaziyat nutqi) deb ataladi. Chunki bunday chala-chulpa nutqning ma’nosini bolaga yaqin odamgina, ya’ni uning onasi yoki otasigina tushuntirib bera oladi. Bola nutqi taraqqiyotidagi bu davrning xarakterli belgisi shundan iboratki, bola aytib bera oladigan so’zlar miqdori juda kam bo’ladi. Bu davrda, yani bolaning 1 yoshdan 1 yoshu 6 oylik davrigacha faol lug’ati g’oyat sekin to’lib boradi. Bu davrda nutqning o’sishi asosan tevarak-atrofdagi kishilar nutqini tushunish qobiliyatining o’sishi, o’ziga qarata aytilgan so’zlarni yaxshiroq tushuna borishi asosida sodir bo’ladi. Uning passiv lug’ati boyib boradi, bola o’zi hali gapira olmaydi, boshqalarning so’zlarini ko’proq eshitadi, so’z va jumlalarni o’zlashtirib boradi.
1 yoshu 6 oylikdan 2 yoshgacha bo’lgan davr nutq o’sishining ikkinchi davri hisoblanadi. Bu davrda nutqni tushunish qobiliyatlari ularning faol nutqi taraqqiyotidan ancha o’zib ketadi. Taqlid qilishning o’sishi natijasida ikki yoshga qadam qo’ygan bolalarning talaffuz etadigan so’zlari soni ortib, 200 — 300 taga yetadi; ularning lug`atidagi so’zlar tarkibida tevarak-atrofdagi kishilarni anglatadigan so’zlar (qiz bola, o’g’il bola, xola, amma, tog’a, amaki, buvi, buva), uyda va uydan tashqarida (bog’da, hovlida, ko`chada) bo’ladigan narsalarni anglatuvchi so’zlar, ba’zi bir hayvonlar va o’simliklarni, kunda ko’rib turadigan xatti-harakatlarini anglatuvchi so’zlar mavjud bo’lib, ular lug’at to’plamini kengaytirib boradi. Shuningdek, bu yoshdagi bolalar iboralar {kosa stol ustida turibdi; sut kosada; u yerda; bu yerda) ma’nosini to’g’ri tushunish qobiliyatiga ega bo’ladilar va ularni o’z o’rnida ishlata olish ko’nikmasi sekin-asta shakllana boradi. Eidi bolalar katta va kichik narsalarni bir-biridan farq qiladilar, ranglarni ajrata oladilar (qizil, sariq, zangori), buyumlarning boshqa sifatlarini (toza, iflos, mazali, shirin va hokazolarni) bilishga intiladilar. Bola nutqining bu xususiyatlari lug’atining boyib borishiga, faollashishiga katta ta’sir etadi. Bolalar ikki yoshga qadam qo’iganlarida ularda umumlashtirish qobiliyati tarkib topa boshlaydi. Bu nutq faoliyatini xarakterlovchi asosiy xususiyatdir. Masalan, bola 10 oylik va 1 yosh bo’lganda „Kosa qani?" degan savolga faqat o’zining har doim ovqat yeddigan kosasini ko’rsatadi. Ikki yoshga qadam qo’yganda esa u muomala qilish, tevarak-atrofdagi buyumlar bilan tanishish jarayonida bu savolga javoban turli rangdagi va kattalikdag’i kosalarni ko’rsatadi. Kosalarni suratlar ichidan ham tanib oladi.
Ikki yoshli bola buyumlar o’rtasidagi bog’lanish va munosabatlarni ham tushuna boshlaydi. Shuning uchun kattalar bolalar diqqatini buyumlar bilan harakatlar orasidagi o’zaro aloqadorlikka jalb qilishi kerak. Masalan, qog’ozga rasm chizish uchun qalam kerak, ovqat yeyish uchun qoshiq kerak va hokazo.
Bolaning nutqi ma’noli bo’lib boradi. Ilgari uning so’zlari faqat extiyojlarini ifodalagan bo’lsa, endi nutqning nom berish xizmati tobora kuchayib boradi. Bu bolaning „Bu nima?", „Nomi nima?" degan savollarida yaqqol ko’zga tashlanadi.
Endi u sekin-astalik bilan imo-ishora orqali o’z istak hamda talablarini ifoda etadi. Katta yoshdagi kishilar talaffuz qilgan so’z va iboralarga taqlid qilib, ularni takrorlaydi, ashula, she’r, ertaklarni eshitib, undagi ayrim ohanglarni kuylashga, ayrim so’zlarni takrorlashga odatlanadi. Uning nutqi grammatik jihatdan ancha shakllanadi. U ba’zi bir olmoshlarni (men, sen, biz, menga kabi) qo’llay boshlaydi, ravishlarni (u yerda, bu yerda), sifatlarni {katta, kichkina, yaxshi, yomon, shirin) o’z o’rnida ishlatishga harakat qiladi. Ular ish-harakatlarni bildiruvchi fellarni ham to’g’ri qo’llay boshlaydilar. Nutqida bosh gap bilan ergash gapdan tuzilgan dastlabki qo’shma gaplar ham paydo bo’ladi.
Bola tovushga taqlid qilishdan odatdagi so’zlarni ishlatishga o’tadi (soatni „chiq-chiq" deyish o’rniga soatdeb, kuchukni „vov-vov" demasdan, kuchuk deb ishlatadi va hokazo).
Bola o’ziga berilgan savollarga tushunib, javob qaytaradi, kattalarga ko`proq savollar beradigan bo’ladi. Kattalar bolani savollarga javob berishga o’rgatishlari zarur. Buning uchun bolaga savol berib, so’ngra o’zi shu savolga javob qaytarishi lozim.
Masalan, „Alisher qayerga boradi? — Sayr qilgani boradi". Bola kattalarning javobini takrorlaydi. Keyinchalik esa bunday savollarga o`zi mustaqil javob bera oladigan bo’ladi.
Bola hayotining ikkinchi yoshi uning nutqini rivojlantirishning muhim davri hisoblanadi. Shuning uchun pedagogik jarayonning butun tizimida nutqni rivojlantirishga alohida ahamiyat beriladi. Bola nutqini rivojlantirishga ta’sir etishda kundalik tartib daqiqalaridan, mustaqil o’yinlardan, maxsus mashg’ulotlardan, narsa-buyumlar bilan ko`rinadigan harakatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotlardan foydalaniladi. Kattalar (hamshira-tarbiyachi) ikki yoshgacha bo’lgan bolalar nutqini rivojlantirishda ular bilan so’zlashishni to’g’ri tashkil etishi kerak. Bola bilan so’zlashganda turli xil usullardan foydalaniladi. Masalan:
1) buyumning nomi aytiladi (mana paypoqcha, mana shippak va hokazo);
2) nimanidir qayerdaligini ko’rsatishni so’raydi (ko’ylakning cho’ntagi qayerda, kuchukchaning quloqlari qani, mushukning dumi qani va boshqalar);
3) buyumlarning sifatini tushuntiradi (katta ayiq, kichkina ayiq, shirin choy, issiq suv, sovuq suv);
4) „Bu kim?", — deb savol beradi, bolaga topshiriq beradi (ko’rsat, olib kel, olib bor, top, so’ra va hokazo);
5) bolaga faol nutqni talab etuvchi topshiriqlar beriladi: („Komildan mushukchasini so’ra", „Sharifa xolangga, uyqum kelyapti deb ayt" va hokazo).
Bunday topshiriqlarni bergandan so’ng, albatta uning bajarilishini nazorat qilib turish kerak. Buning uchun „Sen aytdingmi?", „Sen so’radingmi?" „Sen bajardingmi?" degan savollardan foydalanish lozim.
Shunday qilib, 2 yoshga qadam qo’ygan bolalar nutqining o’sishi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, „Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi" bolalarda tevarak-atrofdagilar bilan asosiy aloqa vositasi bo’lgan nutqni o’stirishga; bolalarni kattalarga va boshqa bolalarga turli munosabatlar bilan murojaat qilishga undash, savollar bera olishga, o’zining istaklarini va iltimoslarini, ko’rgan-bilganlarini 2 — 3 gap bilan ifodalashga, atrofdagilarning gapiga diqqat bilan quloq solishga, ularning so’z bilan ifodalangan talablarini bajarishga, savollarga (bu kim?, bu nima? va hokazo) javob berish qobiliyatini o’stirishga alohida o’rin ajratgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |