Z. Akbarova Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga adabiy til me’yorlarini o’rgatish usul-vositalari


Tarbiyachi nutqining bolalar nutqini to’g’ri rivojlantirish uchun namuna sifatidagi ahamiyati



Download 231 Kb.
bet13/18
Sana25.06.2022
Hajmi231 Kb.
#704954
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Akbarova

Tarbiyachi nutqining bolalar nutqini to’g’ri rivojlantirish uchun namuna sifatidagi ahamiyati
Tilshunoslik bolalar nutqni kattalarga taqlid qilish yo’li bilan egallab olishlarini isbotlab berdi. Tarbiyachining nutqi ona tilini endigina o’rganayotgan bolalar uchun namuna va ularga ta’sir etish vositasidir. Bolalar hali tajribalari yo’qligi, nutqlari yax-shi rivojlanmaganligi sababli katgalar nutqidagi yaxshi jihatlar-ga ham, yemon tomonlarga ham bir xilda taqlid qilaeeradilar.
Har bir yosh guruhidagi bolalar, o’z tarbiyachilari bilan mai-shiy- xo’jalik, mehnat, o’yin faoliyatida muloqotda bo’ladilar. Tar~ biyachi bolalar o’yinini tashkil etadi, badiiy asarlarni o’qib be-radi yoki hikoya qiladi. Mana shu jarayonda tarbiyachi nugqining yaxshi tomonlari ham, nuqsonlari ham yaqqol namoyon bo’ladi va bu xususi-yatlar tarbiyalanuvchilar nutqida o’z aksini topadi. Demak, bolalar bog’chasi tarbiyalanuvchilarining nutq xususiyatlari to’laligicha tarbiyachi nutqiga bog’liq. Doimo bolalarning diqqat markazida bo’lgan tarbiyachining nutqi bolalar uchun madaniy nutq namunasi hisoblanadi.
Tarbiyachi tomonidan ifodali va mazmunli qilib o’qib berilgan yoki hikoya qilingan ertak bolalarda badiiy asarlarga qiziqish va muhabbatni tarbiyalaydi, so’zning sehrli (jozibali) kuchiyi his etishga o’rgatadi, asar mazmunining xotirada uzoq saqlanishini ta’minlaydi, aksincha, xuddi shu hikoyani yoki ertakni quruq, mazmunsiz, tez tempda, past ovozda hikoya qilib berish bolalarni zeriktiradi, toliqtiradi, badiiy asarga bo’lgan muhabbatini, qiziqishini so’ndiradi, boladagi ruhiy jarayonlarning (xotira, hissiyot, diqqat, tafakkur va hokazolar) rivojlanishini chegaralab qo’yadi.
Tarbiyachi har doim o’z nutqiga tanqidiy nuqtai nazardan qarashi, agar nutqida biror kamchilikni sezsa, uni darhol bartaraf etishga harakat qilishi lozim. Biroq u har doim ham o’z nutqidagi kamchilikni aniqlashga muvaffaq bo’lmaydi, chunki uning diqqati nutqining shakliga emas, balki mazmuniga qaratilgan bo’ladi. Bundan tashqari, uzoq vaqtgacha o’z nutqiga ehtiyotsizlik, e’tiborsizlik bilan qaraganligi tufayli, ayrim kamchiliklar nutqiga mustahkam o’rnashib qolishi va bu nuqson o’ziga mutlaqo sezilmasligi mumkin. Buning uchun tarbiyachi hamkasblarining ko’rsatmalariga amal qilishi va bu kamchilikni bartaraf etishga harakat qilishi kerak.
To’g’ri nutq malakasi, boshqa malakalar kabi, bolalar bog’chasida shakllantiriladi.
Oddiy, tushunarli, obrazli, ifodali, mazmunli qilib aytib berilgan ertakdan, she’rdan, hikoyadan bola ko’ngli yashnaydi, huzur qiladi, estetik zavq oladi, Demak, tarbiyachining oddiy, tushunarli, obrazli, jonli, ifodali nutqi bolaga estetik tarbiya berishda asosiy vosita hisoblanadi.
Tarbiyachida madaniy nutqning yo’qligi, ya’ni so’zlar tarkibidagi ba’zi tovushlarni noto’g’ri talaffuz etishi, so’z birikmalarini noto’gri tuzishi, so’zlarga noto’g’ri urg’u berishi, ularni mantiqsiz ishlatishi, nutqni grammatik tomondan noto’tri shakplantirishi va hokazolar bolalar tomonidan qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilinib, ularning shaxsiy nutqlariga aylanib qoladi. Natijada bunday nutq nuqsonlariga ega bo’lgan bolalar nutqiy muloqotga kirishganda, ularning nutqi atrofdagilarga tushunarsiz bo’lib qoladi, kelajakda esa maktab va boshqa o’quv yurtlarida bilim olishda qiynaladilar. Demak, bolalarga aqliy, axloqiy tarbiya berishda ham tarbiyachining to’g’ri nutqi zaruriy vosita hisoblanar ekan.

Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish