Z. Akbarova Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga adabiy til me’yorlarini o’rgatish usul-vositalari



Download 231 Kb.
bet5/18
Sana25.06.2022
Hajmi231 Kb.
#704954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Akbarova

Punktuatsion me’yor. Bu me’yor yozma nutqqa xos bo’lib, yozuvda tinish belgilarining qo’llanish qoidalarini belgilab beradi.
Ma’lumki, tinish belgilari yozma nutqning aniq, ifodali, to’g’ri tuzilishiga yordam beradi. Tinish belgilarining noto’g’ri qo’llanishi nafaqat jumlaning sintaktik tuzilishiga, balki uning mazmuniga ham ta’sir ko’rsatadi. SHu sababli yozma nutqning maqsadga muvofiq tarzda tuzilishida tinish belgilari muhim ahamiyatga ega. Qiyoslang: Yigitlar, yetib kelishdi // Yigitlar yetib kelishdi.
Birinchi holatda yigitlar so’zidan so’ng vergulning qo’yilishi natijasida bu so’z undalmaga aylanib, gap bir tarkibli murakkablashgan sodda gap shakliga ega bo’ladi. Agar gapdan vergul olib tashlansa, yigitlar so’zi ega vazifasida qo’llanadi hamda gap ikki tarkibli sodda gap tuzilishiga ega bo’ladi.
Uslubiy me’yor. Adabiy tilning uslubiy me’yori nutq vaziyati, so’zlovchining kommunikativ niyati asosida til birliklaridan eng ma’qulini qo’llash zaruratidan vujudga keladi. Uslubiy me’yorlar quyidagilarga asoslanadi: a) tavsiya etilgan til birliklari hamma uchun yagona va mushtarak bo’lishi lozim; b) til birliklari uzoq vaqt barqaror qo’llanib kelingan hamda tilning hamma sohalari bilan uzviy bog’langan bo’lishi kerak.
Anglashiladiki, uslubiy me’yorni til birliklarini ishlatishdan ko’zda tutilgan maqsad va nutq vaziyati belgilab beradi.
Uslubiy me’yor nutq ko’rinishlarini belgilashda ham ahamiyatli. Nutqning turli-tuman vazifaviy uslublarida (ilmiy, so’zlashuv, publitsistik, badiiy, rasmiy) til birliklarining o’ziga xos tarzda qo’llanishi ularda uslubiy me’yorning amal qilishini ko’rsatadi.
Nutqda ko’pincha til birliklarining, xususan, so’zning noo’rin takror qo’llanishi yoki noaniq ishlatish uslubiy me’yorning buzilishiga olib keladi. Masalan, «Otning jilovini siltab, tezlashni qistadi» (M.Hakim. «Uchrashuv») gapi noaniq tarzda ishlatilgan. Bu gapning o’rnida «Otni jadallatdi» jumlasining qo’llanishi so’zlovchining ifodadagi maqsadini aniqroq tushunishga yordam beradi.
Xullas, adabiy til me’yorlari ayni tilning hamma uchun mushtarak, yagona ekanligini, uning umumga tushunarli bo’lishini ta’minlovchi bosh mezon hisoblanadi.
Shunday ekan har bir til vakili nutqiy faoliyat jarayoni orqali o’z nutqini o’stirish bilan o’z ona tilini ham o’zlashtirib boradi. Bola nutqining rivojlanishi jarayoni ma’lum bosqichlardan iborat bo’lib, bu bosqichlarda bola o’z nutqining indivudal xusuiyatlarini namoyon qilib boradi.



Download 231 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish