Yuqori molekulyar birikmalar to`g`risida tushincha. Monomer – Polimerlarni olish uchun ishlatiladigan dastlabki moddalarga aytiladi. Polimer – Molekulada bir yoki bir necha faol funksional guruhlar bo’lsa quyi molekulyar moddalar monomer molekulalarining o’zaro birikuvidan hosil bo’lgan modda. Makromolekula – Yu.m.b.larning molekulasi 100 ta, 1000 ta va undan ortiq atomlarning o’zaro kovalent bog’lanishdan hosil bo’lgan molekula. Polimerlanish darajasi – Makromolekuladagi elementar soniga aytiladi. Polimergomologik qator - Tarkibi va tuzilishi jihatdan bir xil, ammo molekulyar massasi turlicha bo’lgan makromolekulali birikmalarga aytiladi. Polimerlanish reaksiyasi- Bir necha quyi molekulyar moddalarning o’zaro kovalent bog’lanib yuqori molekulyar birikmalar hosil qilish reaksiyasi. Olegomerlar - ham monomerlarni, ham polimerlarni xossalarini o`zida mujamlashtirgan moddalar. Elementar bo’g’in yoki monomer bo’g’in- polimern xossalarin o`zida mujamlashtirgan makromolekulaning kichik qismi. Polimerning molekulyar massasi- yuqjri molekulyar birikmaning uglerod birligida ifodalangan massasi. Kompozision materiallar (kompozitlar)- bir necha oddiy va murrakkab moddalarning mexanik tashqil topgan sistema. Telomerlanish- Maxsus eritmalar tanlash, polimerlanish jarayonida harorat, bosim, inisiator miqdor va turini o’zgartirish kabi yo’llar bilan quyi molekulyar polimerlar sintez qilish jarayonida aytiladi. Modifikasiyalash - bir turdagi polimerlardan ikkinchi turdagi polimerlarni olish reaksiyasidir. Ionitlar - kationlar yoli anionlarni o`zida ushlab qoluvchi moddalar.
Polimerlarnung nomlanishi va siniflanishi Polimerlar kimyoviy tuzilishiga ko’ra anorganik, organik, va elementorganik polimerlarga ajratiladi. Organik polimerlarda makromolekulaning asosiy zanjirida uglerod atomlari (shuningdek, kislorod, azot va oltingugurt atomlari ham) bo’lishi mumkin. Yon zanjirda esa vodorod, galogen yoki boshqa element atomlari asosiy zanjirdagi uglerod atomlari bilan bevosita yoki bilvosita birikkan bo’ladi. Anorganik polimerlar uglerodlar boshqa elementlarning atomlaridan tuzilgan bo’lib, yon zanjirida ham uglevodorod radikallari bo’lmagan yuqori molekulyar birikmalardir. Elementorganik polimerlarda – makromolekulaning tuzilishini uglerod atomlari bilan birgalikda anorganik element atomlarining guruhlari tashqil qiladi. O’z navbatida elementorganik polimerlar uch guruhga ajratiladi: 1) Asosiy zanjir anorganik elementlardan tashqil topgan bo’lib, ularning yonida organik element guruhlari joylashadi; 2) Asosiy zanjir uglerod atomlaridan tashqil topgan bo’lib, yon zanjirda azot, kislorod, oltigugurt va galogenlardan boshqa elementlar bevosita uglerod atomlari bilan bog’lanadi; 3)asosiy zanjir organik va anorganik atomlar guruhlaridan hosil bo’lgan polimerlar. Har qaysi sinflar o’z navbatida gomozanjirli va geterozanjirli polimerlarga ajratiladi. Gomozanjirli polimerlarda asosiy zanjir bir xil element atomlaridan tashqil topgan bo’ladi. Geterozanjirli polimerlarda esa asosiy zanjir turli xil element atomlaridan tashqil topadi. Polimerlarni gomozanjirli va tuzilishi hisobga olinmaydi. Masalan, polivnilasetatda asetil CH3- CO- O- guryh yon zanjirda joylashgan.
Asosiy zanjir esa faqat uglerod atomlaridan tashqil topgan; shuning uchun bu polimer to’yingan uglevodorodlarning gomozanjirli hosilasiga kiradi. Polietilen-adipinatda esa murakkab efir – CO-O guruhi asosiy zanjirda joylashgan bo’ladi:
~CH2-CH2-O-CO-(CH2)4-CO-O~ Shuning uchun bunday polimerlar kislorod saqlagan geterozanjirli polimerlar deyiladi