Q A R O R Q I L D I:
"UzGerSov" MChJ shaklidagi qo'shma korxonaning kassasiya shikoyati qisman qanoatlantirilsin.
Toshkent shahar xo'jalik sudining 2014 yil 15 yanvardagi hal qiluv qarori va
2014 yil 27 martdagi qarori o'zgartirilsin.
Toshkent shahar xo'jalik sudining 2014 yil 15 yanvardagi hal qiluv qarori va 2014 yil 27 martdagi qarorining "Beirsdorf AG" kompaniyasining "UzGerSov" MChJ shaklidagi qo'shma korxona zimmasiga ommaviy axborot vositalari orqali "NIVEA" tovar belgisiga nisbatan bo'lgan mutlaq huquq "Beirsdorf AG" kompaniyasiga tegishli ekanligi to'g'risida ma'lumotni aks ettirgan holda yo'l qo'yilgan huquqbuzarlik haqida axborot chop ettirish majburiyatini yuklash qismi bekor qilinsin.
Da'vogarning mazkur talabini qanoatlantirish rad etilsin.
Sudning 2014 yil 15 yanvardagi hal qiluv qaror va 2014 yil 27 martdagi qarorning qolangan qismi ozgarishsiz qoldirilgan.
2.1 Pedagogik nizolar va ularni samarali hal etish yo‘llari
Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchi va murabbiylikdir.
I.A.Karimov
Pedagogning mutaxassis sifatida salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf
etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi.
O‘qituvchi-tarbiyachi yoshlarning etakchisi sifatida maktablarda tom ma’noda
o‘zining ijodiy vazifalarini to‘liq bajarishni ta’minlashi va pedagogik yo‘naltirilganligini shakllantirishi kerak.
Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - nizo sanaladi.
Nizo - qarama-qarshi, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan kuchlar to‘qnashuvi, ikki yoki undan ko‘p taraflar orasida o‘zaro kelishuvning yo‘qligini, manfaatlar to‘qnashuvini ifodalovchi ziddiyat.
Pedagogik nizo bu - pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat o‘rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qaramaqarshilik o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir.
Pedagog har tomonlama tarbiyalangan, aqliy, ahloqiy, ma’naviy bo‘lib, bilim doirasi keng, nutqi ravon, pedagogik bilim mahorat egasi bo‘lishi lozim.
O‘qituvchining pedagogik bilim mahorati asosan sinf, auditoriya mashg‘ulotlarida yaqqol ko‘rinadi.
O‘qituvchi bilan o‘quvchi, talabalar o‘rtasida o‘zaro jonli til, fikr olishuv, samimiy munosabat, hurmat izzat, asosiy maqsadga erishishga hamkorlik lozim.
Pedagog o‘z guruhida nechta bola bo‘lsa, ularning har birining xarakterini, oilaviy muhitini, psixikasini, xulqi-atvorini, bilim saviyasini yutug‘i va kamchiliklarini o‘rganib, keyin shunga qarab har bir bolaga qanday yondashishi lozimligini bilishi kerak.
Guruxlarda har-xil toifali bolalar uchraydi. Ularning har – biri o‘z xarakteriga ega bo‘ladi.
Pedagog har bir bolani o‘rganib chiqishi, ular bilan yakka (induvial) holda yondashib tanishib chiqishi kerak. Ayrim bolalar qobiliyatli, har tomonlama etuk faol bo‘lishiga, ayrimlarining qobiliyati sust, layoqatsiz, ayrimlari serjahil bo‘ladilar.
Guruh rahbarining asosiy vazifasi o‘ziga biriktirilgan guruhdagi bolalarga tarbiyaviy ta’sirini tashkil etishi lozim. Sinf rahbari o‘quvchilarga kompleks yondashishi lozim.
Sinf rahbari ota-onalar bilan hamkorlikda bo‘lib, bolalarning bilim darajasi qay darajada ekanini, ularning axloq-odobi, yutuqlari va kamchiliklari ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.
O‘qituvchi tomonidan shularga e’tibor berilsa, pedagog bilan o‘quvchi o‘rtasida nizo paydo bo‘lishni bartaraf etadi.
O‘quvchi-bilan o‘qituvchi o‘rtasida kontakt ya’ni masofa bo‘lishi lozim.
O‘quvchi o‘qituvchisiga nisbatan hurmat, ehtiromli bo‘lishi, kerak. Nizo fani, pedagogika, psixoliya, va mologiya, ma’naviyat va sotsiologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir va shu fanlar bilan birgalikda hamkorlikda ish olib boradi.
O‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalaydi. Nizo fani shu fanlar bilan birgalikda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida munosabatlarni, muomila odobi, bir-birini tushunish, o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi xurmat, izzat, nizolarni bartaraf etish ko‘nikmalarini o‘rgatadi.
Pedagogik nizo fani sifatida avvalom bor o‘qituvchining kasbiy-ahloqiy fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bo‘lishdir.
O‘qituvchi avvolo o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lmog‘i kerak, shundagina uning bolaga nisbatan qo‘yayotgan talablari o‘rinli, samarali bo‘ladi.
Pedagogning talabchanligi adolatlilik bilan o‘zviy bog‘liq bo‘lmog‘i lozim. SHu bilan birgalikda o‘qituvchi adolatli bo‘lishi, o‘qituvchining axloqiy fazilati hisoblansa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sirini baholashning mezoni hisoblanadi.
O‘quvchining bilim saviyasini hamda xulqini baholashda ham o‘qituvchidan adolatli bo‘lish talab etiladi.
O‘qituvchi ma’suliyatli bo‘lishi va uning zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash ma’suliyati yuklanadi.
Pedagog mana shu yuqoridagilarga rioya qilib ish olib borgandagina o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida nizo paydo bo‘lmaydi.
Pedagogik nizo tushunchasi
Pedagogik nizo bu o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida muammolar tortishuvlar, kelishmovchiliklar bo‘lib o‘qituvchi shu muammolarni oldini olishi, unga yo‘l qo‘ymasligi, va shu muammolarni echimini topishi kerak.
Pedagogik nizo bir qator belgilarga ega. Unga xos bo‘lgan asosiy belgilar quyidagilardir:
inqiroz;
anglashilmovchilik;
kutilmagan hodisa;
zo‘riqish;
noqulaylik;
ichki yoki tashqi xavotir;
bartaraf etish qiyin bo‘lgan qo‘rquv.
Pedagogik nizolarni keltirib chiqaruvchi omillar quyidagilar:
axborot omili;
munosabat omili;
hulq omili.
Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy o‘qituvchilik kasbini er yuzidagi har
qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq darajada turadigan faxrli kasb hisoblaydi. А.Navoiyning fikricha gohida bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi.
Muallim esa, bir guruh bolalarga ilmu - adab o‘rgatadi. Bu jarayonda muallim ko‘p aziyat chekadi, mashaqqatlarni o‘z boshidan kechiradi. SHu bois shogirdlar ustoz olidda umurbod qarzdor ekanliklarini his etishlari darkor. SHogird podsholik martabasiga erishsa ham, muallimga qulluq qilsa arziydi deydi. Hazrat A. Navoiy bolalarga yaxshilik qilish, o‘qituvchilik sha’ni, qadr qimmati, o‘qituvchilik ma’suliyati, o‘qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo‘lishi o‘qituvchining ma’naviy qiyofasi halololigi, pokligi, rostgo‘yligi kabilar o‘qituvchi axloqining muhim fazilatlari hisoblanadi. Ularni chuqur va puxta o‘zlashtirishi bo‘lajak o‘qituvchi uchun katta amaliyot ahamiyat kasb etadi.
Otabobolarimiz doimo yaxshi niyat yaxshi orzu-istaklar bilan yashaganlar.
O‘zlaridan yaxshinom qoldirishga intilganlar. Pedagogik nizo psixologik nuqtai-nazardan olib qaraganda pedagogika va psixologiya fanlari bir-biriga o‘zviy bog‘liqdir.
Ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni-insonni psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq
etadi. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. SHuning uchun ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
SHaxs shakllanishida u yashayotgan muxit kishilar jamiyatning roli juda kattadir. Birinchidan aytganda. Ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur qoldiradi. O‘qituvchi bolalarni psixikasini va xarakterini o‘rganadi.
Psixologiyada 4 ta temperament mavjud. Har bir shaxs shu 4 ta temperamentdan biriga ega bo‘ladi.
1. Xolerik-temperament.
2. Melanxolik temperament.
3. Sangvinik temperament.
4. Flegmatik temperament.
Pedagogik nizolarning asosiy turlari
1. Ichki shaxsiy nizo.
2. Motivatsion nizo. Amalga oshirilmagan faoliyat nizosi.
3. Axloqiy nizo. SHaxslararo va guruhlararo nizolar.
Davomiyligiga ko‘ra pedagogik nizolar bir necha turlarga bo‘ladi.
Ularning asosiy turlari quyidagilardir: tezda yakun topadigan nizolar; kuchsiz, sust kechadigan nizolar;
uzoq muddat davom etadigan nizolar;
kuchli, tez kechadigan nizolar.
Pedagogika nizoning echimi va uni boshqarish texnalogiyasi
Pedagogik nizolar, ziddiyatlarni, to‘qnashuv, qarama-qarshilik mojorolarni pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga kelmasligi uchun o‘qituvchi ziddiyatlarini olidini ola bilishi lozimdir. Zamonaviy tarzda biz nizolarni boshqarishimiz ziddiyatlarni munosabatlarini to‘g‘ri echimini topishimiz kerak. Islom Karimov aytganidek:
“Ilm” ma’rifat biz uchun bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q, yo‘qolmaydi ham. Aql zakovatli yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizga erisha olamiz.
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi bo‘lgan sog‘lom avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat e’tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. SHunday ekan o‘qituvchi, o‘quvchi va talabaning shakllanish jarayonini zo‘r havas va sinchkovlik bilan kuzatish lozim. U pedagogik jarayonni barqaror ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo‘lishi kerak.
Jamiyatimiz keng qamrovchi bo‘lib u erda turli xil xarakterdagi shaxslarni uchratishimiz mumkin. SHaxslararo nizolar albatta faoliyat turlarida namayon bo‘ladi.
Masalan guruh misolida ko‘ramiz. Tasavvur qiling bir guruhda iqtidorli talantli shaxslarimiz bor. Ular har bir mazmuni yaxshi o‘zlashtirib mustaqil fikrlarini bildira oladilar, fikr doiralari keng bo‘lganligi sababli u shaxslar o‘rtasida to‘qnashuv, majoro kelishmovchilik, nizolar yuzaga keladi. Har bir guruh a’zosi o‘z fikrini to‘g‘riligini isbotlay oladilar bunday holatlarda nizoni boshqarish o‘qituvchi tomonidan bartaraf etiladi. Har bir sohada shaxslar o‘rtasida nizolarni ko‘rishimiz mumkin. SHaxslar o‘z ustidan ishlasa, fikrini isbotlay oladimi, ular nizolarni echimini ham topadilar.
Muloqot pedagogik nizolarning echish va boshqarish usullari. Muloqotdagi ziddiyat shakllari turlichadir. Masalan yuzma-yuz yoki texnik vositalar (telefon telegraf va shunga o‘xshash vositalar) bilan amalga oshiriliadi. Oilada nizo muloqot ayrim a’zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin.
O‘zaro munosabatlarga kirishilganda nizoni yuzaga kelmasligini asosiy sabablari, o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning urakkabligi, kerak bo‘lsa, o‘zaro til topishishi bir-birini tushuna olish lozim.
Har qanday faoliyatdan zerikish, garchan mumkin, faqat odam muloqotdan ayniqsa, uning norasmiy, samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladilar.
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy, qiyofasi, fazilatlari, hattoki nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Har qanday muloqotlarning elemintar funksiyasi suhbatdoshilarning o‘zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Pedagogik nizolarni oldini olishda gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tenglaydi, eshitadi.
Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini to‘ldirishga bog‘liq ekan noto‘g‘ri tasavvurlardan bir shuki, odamni muomola yoki muloqatga o‘rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so‘zlardan foydalanib ta’sirchan gapirishcha o‘rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi.Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnechi “yaxshi suhbatdan - yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi gapirishni biladigan esas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi. Pedagogik muloqot - O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatiga aytiladi. Pedagoglik jarayondagi aloqalar tizimida o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muomola -munosabatlar katta o‘rin egallaydi.
O‘qituvchi hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar-yosh bolalar bilan muloqotda bo‘ladi. O‘qituvchining biror tasodifiy xatti-harakati natijasida o‘quvchilarda u haqda sodir bo‘lgan fikr ham ta’limtarbiya jarayoniga salbiy ta’sir etishi, o‘qituvchining ishini murakkablashtirishi mumkin.
Odatda, bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi va o‘qituvchi foydasiga hal etiladi.
O‘qituvchi obro‘sini saqlayman deb, kattalar ba’zan o‘quvchining qadr-qimmatini erga uradilar, o‘quvchidan kechirim surashni talab etadilar, vaholanki bu nizoga o‘qituvchining noto‘g‘ri hatti-harakati sabab bo‘lgan. O‘qituvchining ishi axloqiy tarbiya talablariga to‘g‘ri kelmaydi. Bolalar bilan muomola va munosabatlarda ularning har biriga alohida yondashishish lozim. Agar o‘qituvchi va o‘quvchi bir-birini tinglasa, o‘zo‘zini ham tarbiyalaydi. Demak, tinglash jarayoni ko‘pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas. Tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar g‘oyalarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi.
SHuning uchun ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglasa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.
Pedagogik nizolarda adolatsizliklarga, ijtimoiy munosabatlardagi yakka hokimlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Pedagogik nizolarni hal etishda bir qator yo‘l tutiladi.
Ular orasida eng samarali yo‘llar quyidagilar sanaladi:
1. Nizoning ta’sir doirasini kengaytirmaslik.
2. Qulay echimlarni taklif qilish.
3. Man etilgan usullarni qo‘llamaslik, shakllardan foydalanmaslik.
4. SHikoyatlar sonini qisqartirish.
5. Ikkinchi darajali masalalarni ham uzviy ravishda hal qilib borish.
6. Nizoga kirishgan sub’ektlar shaxsini kamsitadigan so‘zlardan foydalanmaslik .
Pedagogik nizolarni hal etishda bir qator usullar ham qo‘llaniladi. Ular orasida eng samarali usullar quyidagilar sanaladi:
Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri nizo bo‘lib, ular yuzaga kelgan vaziyatlarda ijtimoiy munosabatlardagi yakkahokimlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Odatda pedagogik nizolar ikki usul:
1) pedagogik usul;
2) ma’muriy usul bilan hal qilinadi.
O‘qituvchining imidji atrofdagilarga uning shaxsi to‘g‘risida “ma’lumot” berish bilan birga talabalarga samarali ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli pedagogning imidjida soddalik, tartiblilik, bejirimlik aks etishi kerak.
Nizoni hal qilishning pedagogik va ma’muriy usullari
Nizoni hal qilishning pedagogik usullari:
1) suhbat;
2) iltimos;
3) ishontirish;
4) nizoga kirishuvchilarga qo‘yilgan talablar yoki ishtirokchilarning xattiharakatlari noto‘g‘riligini tushuntirish va b.
Nizoni hal qilishning ma’muriy usullari:
1) nizoga kirishuvchilar manfaatlarini kuch bilan bostirish;
2) ularni boshqa ishga o‘tkazish;
3) nizo qatnashchilarini turli ko‘rinishlarda o‘zaro ajratish;
4) axloq komissiyasining qarori;
5) rahbar buyrug‘i;
6) sud qarori.
Pedagoglar pedagogik nizo ishtirokchilariga pedagogik, pedagogik yordam ko‘rsata olish imkoniyatiga ham ega bo‘lishlari zarur. Bu borada ko‘rsatiladigan yordam turlari quyidagilar sanaladi:
Pedagogik nizo sub’ektlariga ko‘rsatiladigan pedagogik-psixologik yordam turlari:
Maslahat berish;
Axborotli yordam ko‘rsatish;
Tashxislash;
Amaliy treninglar uyushtirish.
Axloqiy nizo-axloq ijtimoiy ong shakllaridan biridir, u muayyan jamiyatda yashovchi kishilar amal qilishi-shaxslarning bir-biriga, jamiyatga, xalq mulkiga, oilaga ishlab chiqarish vositalariga, muayyan tartibga solinadigan hatti harakatlarda tizimida ko‘rishimiz mumkin.
Shaxs muloqotda bo‘lgani sari ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari umumiylik va o‘xshashalik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birini bir qarashda tushunadilar yoki yarmiga jumladan fikr ayon bo‘lib qoladigan bo‘lib qoladi.
Ammo shunday muloqot tizimidagi teskari reaksiyalarni bir-biridan charchab gapiradigan gapining qolmasligi kabi vaziyatni ya’ni, shaxslar va shaxslararo ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
Guruhlararo ziddiyatlar - odamning o‘rtasidagi yoki shaxslararo munosabatlar asosan guruh sharoitida shaxs ma’lum insonlar davrasida, guruhda jamoada bo‘lgan taqdirdagina ro‘y beradi. Guruhlararo ziddiyatlar guruh a’zolarida liderlarni ko‘rishimiz mumkin. Lederlar: rasmiy va norasmiy bo‘ladilar, rasmiy lider o‘qituvchi tomonidan tanlangan guruh staristasidir, norasmiy lider boshqa guruhdagi shaxslarni o‘ziga jalb qila oladigan boshqalarni o‘ziga tortadigan shaxsdir.
Bunday holatlarda rasmiy va norasmiy rasmiy lider o‘rtasida nizo yuzaga keladi.
Xulosa qilib aytganda har bir mutaxassis o‘z kasbini mukamal darajada bilishi va seva olishi lozimdir.
Shimoliy-g’arbiy harbiy okrug Serjantlar tayyorlash maktabi o’qituvchisi mayor
F.Sulaymonov
2.2 NIZOLARNI BOSHQARISHNING ZAMONAVIY USLUB VA VOSITALARI
Ilk uyg’onish davri namoyondalarining davlat va jamiyatdagi konflikatlar to’g’risidagi mubohasalaridan xulosa qilib aytish mumkinki, odamlardagi sog’lom aql va purma’no tafakkurning oshib borishi konfliktlar oldini olishdagi boshlang’ich vosita ekan4.
Nizoli vaziyatlarni boshkarishning bir kator samarali usullari mavjud. Ularni quyidagi ikki yirik guruhga bulish mumkin:
Tarkibiy-tashkily usullar:
Amaliy harakatga bo’lgan talabni tushuntirish;
Muvofiqlashtirish va integratsiyalash;
Umumtashkiliy kompleks maqsadlar;
Muvofiqlashning tarkibiy tizimini takomilllashtirish.
Strategik usullar:
Uzoqlashish;
Silliqlashish;
Majburlash;
Kelishuv;
Muammoni hal qilish.
Tarkibiy-tashkiliy usullarga quyidagilar kiradi:
Amaliy harakatga bo’lgan talabni tushuntirish usuli. Bu usul disfunksional usulga mutlaqo zid bo‘lib, bunda har bir hodim va bo’limlardan qanday natija kutilishi tushuntiriladi. Bu yerda ularga quyidagilar eslatiladi:
Erishishi lozim bo’lgan natija ko’lami;
Kim axborotni topshiradi va kim uni qabul qiladi;
Mas’uliyat, javobgarlik va vakolat tizimi;
Aniq siyosat, tartib-qoidalar va h.k.
Rahbar bu masalalarni o’zi uchun aniqlashtirish maqsadida emas, balki har bir vaziyatda, har bir xodim va bo’lim qay tarzda ish tutishini, ularni nima kutishini tushuntirib bermog’i lozim.
Nizoni boshqarish uning tomonidan ehtimol uning maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan harakatni taqazo qiladi, shu jumladan biri boshqasiga ham o’sishga imkon beradi, ham muammoni boshqaradi1.
Muvofiqlashtirish va integratsiyalash usuli. Bu usul og‘zaki buyruq (amr) zanjiri deb yuritiladi.
Boshqarishda vakolatlar ierarxiyasini, ya’ni mansablarga ko’ra darajama-daraja bevosita itoat etish, bo’ysunush tartibini o‘rnatish kishilarning o’zaro harakatlarini, tashkilotlar ichidagi axborotlar oqimini, qarorlar qabul qilishni tartibga tushiradi, muvofiqlashtiradi.
Agar ikki yoki undan ko’proq bo’ysunuvchilar o’rtasida u yoki bu masala yuzasidan qarama-qarshilik, kelishmovchilik chiqib qoladigan bo’lsa, bunday ixtilofni ularning tegishli boshliklariga ayttirib hal qilish mumkin. Bu yerda yakka hokimlik prinsipi juda ham qo’l keladi.
“Barcha nizolar umumiy element va umumiy rivolanish shakliga ega va bu umumiy elementlarni o’rganish ehtimol nizo fenomenini har qanday uning o’ziga xos ko’rinishida aks ettirishi mumkin”1.
Nizoli vaziyatlarni boshqarishda:
Boshqarish ierarxiyalarini;
Funksiyalararo aloqani ta’minlovchi xizmat bo’limlarini;
Funksiyalararo guruhlarni;
Maqsadli guruhlar va bo’limlararo majlislarni integratsiyalash ham juda katta rol o’ynaydi.
Umumtashkiliy (kompleks) maqsadlar. Bu usulning mohiyati — barcha qatnashchilarning harakatini, butun kuchini bosh maqsadning amalga oshishiga safarbar qilish.
Nizoli vaziyatlarning oldini olish yoki ziddiyatni yumshatishning beshta strategik usuli ma’lum:
Uzoqlanish. Komil inson janjaldan uzoqlashishga harakat kiladi. Kelishmovchilik avjiga chiqkanda u muhokamaga qatnashmaydi. Bunday usul nizoli vaziyatning yechilishiga manfaatdor bo’lmagan va o’zaro manosabatlarning zohiriy yaxshiligicha qolishini istashgan hollarda tomonlar tarafidan qo’llaniladi.
Agar ziddiyat sub’ektiv sabablar tufayli bulgan bo’lsa, u holda uzoqlashish strategiyasi ma’qul strategiyadir. Chunki u tomonlarga tinchlanishga, vaziyat ustida yana bir bor fikr-muloxaza yuritib, fahm-farosat ila anglab olish, oqibatda esa qarama-qarshilikka borishga, uni davom ettirishga hech qanday asos yo’q degan xulosaga kelishiga imkon beradi. Agar ziddiyat ob’ektiv sabablar tufayli yuzaga kelgan bo’lsa, uzoqlashish strategiyasi har ikkala tomonni mag’lubiyatga olib boradi. Chunki uzoqlashish davrida vaqt cho’ziladi, nizoli vaziyatni chaqiruvchi sabablar chuqurlashadi.
Nizo – bu o’zaro kurashuvchi subyektlar yoki muxoliflarning bir-biriga qarshi maqsadlari, pozitsiyalari, fikrlari va qarashlarining to’qnashuvidir2.
Silliqlashish. Bu usul kishilarni yaxshilikka undash yo‘li bilan nizoni bartaraf kilishga karatilgan. Ziddiyatli vaziyatda qarama-qarshi tomonlar bir-biri bilan xushmuomalali bo’lishga, arzimagan narsaga achchiqlanish, umuman, bir vaqtning o‘zida birga suzayotgan qayiqni "qaltis tebratish " yaramasligiga chaqirishadi.
Bunday usul ikkala tomondan bittasining lavozim darajasi yoki mavqei yuqori bo‘lgan va u mazkur ziddiyat buyicha o‘zini baxslashishga tushishni lozim deb bilmagan hollarda qo’llaniladi. Bunda ziddiyatga tushishdan voz kechgan tomon muxolifiga o‘z istagiga erishishga imkon bersada, ikkala tomon o’rtasidagi dahshatli "yong‘in " so‘nadi va kelajakda ham yaxshi munosabat saqlanib qolishiga erishiladi. Shu tariqa ishonch orkali vaziyat silliqlashadi.
Majburlash – bu tomonlardan birining xohish-irodasini, so’zini majburan, zo’rlab qabul qildirishdir. So‘zini o’tkazmokchi bulgan tomon qarshi tomonning fikri bilan hisoblashmaydi, uni inkor etadi. Bunday strategiyani qo’llaydigan tomon tajavvuzkorlik bilan o‘z xohishini qarshi tomonga majburlab o’tkazadi. Bu usulni ko’proq rahbarlar qo’l ostida ishlaydiganlarga nisbatan qo‘llashadi.
Xalqaro siyosiy nizolarning subektlari alohida davlatlar, davlat birlashmalari, BMT yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va ideologik-siyosiy yoki diniy harakatlar2.
Majburlash strategiyasi tashabbusni bug‘adi, obyektlarda "ruhiy iqlim”ning beqarorligiga olib keladi.
Kelishuv. Nizoli holatdan muvaffaqiyatli chiqishning eng muhim sharti — bu murosaga kela olishdir. Kelishuv bilan nizolarni hal etish, bu yuqori baholanuvchi strategik usul bulib, bunda ikkala tomonni qanoatlantiruvchi yechimga kelinadi.
Muammoni hal qilish. Bu usul barcha tomonlarni qanoatlantiruvchi yechimni topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilish va barchaning fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o‘z maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni xohlaydilar.
Manfaatlar va ehtiyojlar to’g’risida gap ketganda ingliz olimlari R. Luse va H. Paifo bu borada to’xtalib, shunday deganlar. “Jamiki ilmiy va diniy adabiyotlarda manfaatlar to’qnashuvi muammosi bosh mavzulardan biri bo’lgan, balki ushbu mavzuni Alloh haqidagi yoki sevgi va ichki tuyg’ular haqidagi mavzularga tenglashtirish mumkindir. Ehtimol “manfaat” tushunchasiga nisbatan juda oshirib yuborilgan bahodir. Biroq konfliktologiyada ham manfaatlar to’qnashuvi fanning markaziy muammolaridan biri sifatida o’rganiladi1.
Do'stlaringiz bilan baham: |