Fan: Geometriya Guruh: 1 “J” Mavzu



Download 52 Kb.
Sana22.04.2017
Hajmi52 Kb.
#7292
Fan: Geometriya

Guruh: 1 “J”

Mavzu: Geometriyaning rivojlanish tarixi

Dars tipi: Yangi bilim va tushunchalarni hosil qilish

Dars maqsadi:

  1. Tarbiyaviy: O`zaro hurmat, hamkorlik, ishchanlik, tartiblilik, madaniyatlilikka o`rganish

  2. Ta’limiy: O`quvchilarga geometriya fanining maqsad va vazifalari, geometriya taraqqiyoti tarixidan ma’lumotlar, jamiyat rivojida geometriyaning ahamiyati haqida tasavvur hosil qilish

  3. Rivojlantiruvchi: Geometrik shakl va tushunchalar haqida tasavvurga ega bo`lish va ularni tahlil qila olish

  4. Mafkuraviy: Buyuk allomalar va ularning geometriya rivojida qo`shgan hissalari haqida ma’lumotga ega bo`lish

  5. Kasbga yo`llovchi: Shu mavzu orqali o`quvchilarni matematik, injener, arxitektor kabi kasblarga yo`llash

Dars usuli: Suhbat, munozara, “Muzyorar”

Dars uslubi: Og’zaki-amaliy, ko`rgazmali

Dars jihozi: Buyuk matematiklar rasmlari, ma’ruzalar matni, kadoskop, plakat, globus

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Geometriya I qism

  2. Geometriya 7-sinf

  3. Geometriya 7-11-sinf

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism: Psixologik iqlim yaratish

  2. Dars rejasi:

  1. O`qituvchining kirish suhbati. Geometriya fani uchun ish daftari, yozma ish uchun daftar ochish

  2. Muzyorar. O`quvchilar bilan tanishish. Guruhlarni tashkil etish

  3. Jadvalni to`ldirish

Jadval

B

(bilaman)



BX

(bilishni hohlayman)



BO

(bilib oldim)





  1. “O`yla, izla, top” o`yini

  1. Uyga vazifani tushuntirish

  2. G’olib guruhlarni aniqlash va ularni rag’batlantirish

Darsning bayoni

  1. Guruhlarda ishlash

O`qituvchi doskaga yangi mavzuni yozib, o`quvchilarga bir qancha savollar beradi.

Savollar


  1. Geometriya so`zi qanday ma’noni bildiradi?

  2. Qadimda va hozirgi zamonda turli inshoatlar qurishda geometriya fanining xizmati haqida nimalar deya olasiz?

  3. Quyi sinflarda tanishilgan geometrik shakllardan qaysilarini eslaysiz?

  4. Geometriyaning planemetriya bo`limida nimalar o`rganiladi? Stereonametriyada-chi?

  5. Geometriyaning Vatani qaysi davlatlar hisoblanadi?

O`quvchilar daftarlariga “Bilaman” deb yozib, yuqoridagi savollarga javob yozadilar. O`quvchilar juftlikda ishlab yozganlarini muhokama qiladilar. So`ng guruhda muhokama qilib, guruhdan barchaning fikrini aytadigan o`quvchini tayyorlashadi. Bu o`quvchining nomi “elchi” bo`ladi.

Taqdimot o`tkaziladi. Har bir guruhdan bir o`quvchi guruh nomidan so`zlaydi. Bunda o`quvchilar orasida bir-birini tinglash va bir birini so`zini takrorlamaslik qoidasi hukm suradi.

Endi o`quvchilardan yangi mavzu bo`yicha nimalarni bilishni hohlagani haqida yozish taklif etiladi. Buning uchun o`quvchi “Bilishni hohlayman” deb yozadida, bilan o`rtoqlashadi.

Taqdimot o`tkaziladi. Har qaysi guruhdan “Elchi” barchaning yozgan fikrini o`qib beradi.

Endi o`quvchilarga “Buni yodda tuting” deb aytib, bilib olganlarini daftariga yozishni taklif etadi. (10 daqiqa beriladi)


  1. Geometriya so`zining ma’nosi

  2. Geometriya fanining Vatani

  3. Geometriya shakllar

  4. Geometriyaning hayotda qo`llanish sohalari

  5. Planimetriya va stereometriya bo`limlarining asosiy vazifalari

  6. Geometriya faniga hissa qo`shgan olimlar

Taqdimot o`tkaziladi. Har bir guruhdan, “Elchi” guruh nomidan gapiradi.

Endi o`qituvchining yangi mavzu bo`yicha qo`shimchalari:



  1. Rind papirusi – uzunligi 5,5 m, eni 0,32 m. Londonda saqlanmoqda. Unda to`g’ri to`rtburchak, uchburchak, trapetsiya va doiraning yuzlarini, parallelepiped va silindrning hajmlarini hamda piramidaning o`lchovlarini aniqlashga qaratilgan 84 ta masala o`z ifodasini topgan

Rind papirusida teng yonli uchburchakning yuzi asosining yon tomonining yarmiga ko`paytmasi, kabi hisoblangan, doiraning yuzi esa tomoni diametrining 1/9 qismicha kam bo`lgan kvadratning yuizga teng ekanligi ko`rsatilgan, teng yonli trapetsiyaning yuzi esa uning asoslari yig’indisining yarmi bilan yon tomoni ko`paytmasi kabi hisoblangan

2-papirus – Moskvada saqlanmoqda, unda 25 ta masalaning yechimi berilgan bo`lib, ular orasida asosi kvadratdan iborat kesik piramidaning hajmi va egri sirt – savat yon sirtining yuzi hisoblangan masalalar o`z ifodasini topgan.



2. Aylanani 3600 ga bo`lish, to`g’ri burchak va parallel to`g’ri chiziqlar tushunchalari Bobilliklarga xosdir. Ular doiraga ichki chizilgan muntazam oltiburchakning tomoni uning radiusiga tengligini bilishgan va П=3 deb hisoblashgan

3. Qadimgi Yunoniston.

1. Fales (miloddan avvalgi 639-548) – tarixda Ioniya maktabi bilan nomlangan maktabga asos slogan, geometriyaga nazariya tusini bergan

2. Pifagor, Gippokrat, Yevdoks – geometric isbotlarning usullarini takomillashtirishdi. Pifagor teoremasi, doira kvadraturasi, burchakning trisekgiyasi, kubni ikkilantirish masalalari qaralgan.

3. IV va III asrlar orasida Yevklid o`zining “Negizlar” asarida, geometriya fanini tartibga soldi.

4. Apolloniy – konus kesimlar haqida ishlari (8 ta kitob)

Gipparx – sinuslar jadvalini tuzdi

Arximed – geometriyaga metrikani kiritdi

Menelay – sfera haqidagi ma’lumot – sferikani yaratdi

Geron – “Metrika” (m.a. II-I asrlar) ishida geometric shakllarning yuzlarini va jismlarning hajmlarini hisoblash qoidalari berilgan

Papp – 8 ta kitobdan iborat “Matematik kolleksiyalar” asari bilan mashhur Hozirgi kunda Gyulden teoremasi nomi bilan mashhur teorema Papp tomonidan bayon qilingan



4. Qadimgi Xitoy va Hindiston

1. Eng qadimgi matematik asar bo`lib, m.a. taxminan II asrda yozilgan “9 bobli matematika” hisoblanadi

2. Ariabxata (VI asr), Braxmagupta (VII asr) , Bxaskara (XII asr) asarlaridan xulosa qilish mumkinki, Geometriya arifmetika va algebra tadbiqlari uchun maydon maydon vazifasini o`tagan.

5. O`rta Osiyo

1. Xalifa Ma’mun (813-833) hukmronlik qilgan davrda Bog’dodda “Bayt – ul – Hikmat” “Bilimlar uyi” tashkil etilgan, unda abservatoriya faoliyat ko`rsatgan. Unda Muhammad – al – Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abbos Javhariy ijod qilganlar. Ular Yevklidning “Negizlar”i, Arximedning “Silindr va shar haqidagi kitob”i, Ptoloniyning “Almagest”i va boshqalarni tarjima qilganlar.

2. Matematikaga ulkan hissa qo`shgan olimlar:

Muhammad al Xorazmiy (783-850)

Abu Rayhon Beruniy (973-1048)

Xo`jandiy (980-1037)

Abu Nasr Farobiy (873-950)

Abu Ali Ibn Sino

Mirzo Ulug’bek (1394-1446)


  1. Yevropa

  1. Leanardo Pizanskiy 1202-yilda “Amaliy geometriya” nomli asarini yozib, unda jismlarning hajmlarini hisoblash masalalarini yechishni qaragan.

  2. Iogann Myullerning (1461) “Har xil uchburchaklar haqida 5 kitob” asari sferik uchburchaklarni yechishga qaratilgan.

  3. XVII asrda Dekatr va Ferma asarlarida geometrik shakllari, o`lchamlari va xossalarini sonli bog’lanishlar vositasida ifodalash usuli sifatida analitik geometriya shakllandi.

  4. J.Dezarg va B.Paskal risolalarida proyektiv geometriyaga aoss solindi. Analitik geometriyning hozirgi zamon shaklida bo`lishiga L.Eyler katta hissa qo`shgan.

O`yla, izla, top o`yini

Test

  1. Geometriyaning planametriya bo`limida nimalar o`rganiladi?

  1. Nuqta, to`g’ri chiziq, kesma, burchak, uchburchak, piramida, parallelepiped

  2. Yer o`lchash

  3. Barcha nuqtalari bir tekislikda joylashgan geometrik shakllar va ularning xossalari

  4. Barcha nuqtalari bilan tekislikka joylashgan tekis (yassi) shakl va ularning xossalari

  5. To`g’ri javob yo`q

  1. Nuqtaga oid quyidagi mulohazalarning qaysi bri noto`g’ri?

  1. Nuqta – eng sodda geometrik shakl

  2. Nuqtalarning har qanday to`plami geometrik shakl deyiladi

  3. Chizmada nuqtalar odatda lotin alifbosining kichik harflari bilan belgilanadi

  4. Qalamning o`tkir uchi, osmon-u falakdagi yulduzlarning ko`rinishi nuqtani hosil qiladi

  5. Barcha geometrik shakllar nuqtalardan atshkil topgan

  1. Kubning nechta uchi bor?

A) 4 B) 6 C) 8 D) 10 E) 12

4. Kim birinchi geometrik sanaladi?

A) Fales B) Appoloniy C) Yevklid D) Pifagor E) Beruniy

5. Ushbu tasdiq kimga tegishli? To`g’ri chiziqdan tashqaridagi nuqtadan berilgan to`g’ri chiziqqa parallel bittadan ortiq to`g’ri chiziq o`tkazish mumkin emas

A) Yevklidga B) Lobarevskiy C) Riman D) Umar Xayyom E) Fales

2. Viktorina

1. Turli tomonli uchburchakni 2 ta bir-biriga teng uchburchakka bo`lish mumkinmi? (yo`q)

2. Qanday ko`pburchakning ichki burchaklari yig’indisi uning tashqi burchaklari yig’indisiga teng? (to`rtburchak)

3. To`rtburchakning 3 ta burchagi mos ravishda berilgan uchburchakning burchaklariga teng bo`lishi mumkinmi? (mumkin emas, aks holda to`rtburchakning 4-burchagi 1800 ga teng bo`lar edi)

4. Kvadratga to`g’ri to`rtburchakning xususiy ko`rinishi sifatida ta’rif bering. (teng tomonli to`g’ri to`rtburchak)

5. Faqat 4 ta simmetriya o`qi bo`lgan figurani ayting. (kvadrat)



3. Boshqotirma

1. To`rtta uchi, 4 ta tomoni bo`lgan figura 2. Uchburchakda 900 ga yopishgan tomon 3. Berilgan nuqtadan bir uzoqlikda joylashgan nuqtalar to`plami 4. Dioganallari teng bo`lmagan, ammo to`g’ri burchak ostida kesishgan to`rtburchak 5. O`lcham uchun ishlatiladigan asbob 6. Uchi umumiy, tomonlari yarim to`g’ri chiziqdan iborat figura

Uyga vazifa

1.Referat yozing. Mavzu “O`rta Osiyolik olimlarning geometriya tarixida tutgan o`rni



2. Matematik rebus tuzing
Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish