1
YOZMA SAVOLLAR UCHUN NAMUNA
Savol matni
1.To‘nyuquqbitiktoshi haqida ma’lumot bering.
J: Javob: Toʻnyuquq bitiktoshi - marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi, Eltarish xoqon
(680)ning maslahatchisi va sarkarda Toʻnyuquq (taxminan 645—726) sharafiga qoʻyilgan (712—
716). UlanBatordan 66 km jan.sharkda joylashgan. Bitik 62 satrdan iborat boʻlib, jan.va shim.
tomonlarga bir-biriga qaratib qoʻyilgan 2 toʻrt qirrali tosh ustunga yozilgan. Jan.dagi ustunning
bal. 170 sm, shim. dagisiniki 160 sm. Bitikning 1—7satrlari toshlardan birining gʻarbga, 8—
17satrlar jan.ga, 18—24satrlari sharqqa, 25—35satrlari shim.ga qaragan tarafiga yozilgan.
Bitikning 36—44satrlari ikkinchi toshning gʻarbga, 45— 50satrlari jan.ga, 51—58satrlari sharqqa
va 59—62 satrlari shim.ga qaragan tarafiga bitilgan.
Mazkur bitiktoshni 1897 yilda rus etnografi Yelizaveta Klemens eri Dmitriy Klemens bn birga
Shim. Moʻgʻulistonning BainSokto manzilidan topgan. Dastlab, bitiktoshning fotosurati,
transkripsiyasi va nemischa tarjimasi V. V. Radlov tomonidan 1899 yilda nashr ettirilgan.
Yodgorlik matni dan(dat), ingliz, rus, fransuz, nemis tillariga tarjima qilingan, turk va oʻzbek
tillarida tavsif etilgan. O'zi To'nyuquqning xitoycha nomi "To'ng'ich javhar" degan ma'noni
anglatgan
2.Kultegin bitiktoshi haqida ma’lumot bering.
Javob: Kultegin bitiktoshi - marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi. El-tarish xoqonning oʻgʻli
Kultegin sharafiga quyilgan (732 yil 14 avg .). Ulan Batordan 400 km jan.da, Qorabalgʻa-sun
shahrining harobalaridan taxminan 40 km shim.dajoylashgan. Boʻyi 3 m 15 sm, eni 1 m 24 sm,
qalinligi 41 sm. Kultegin bitiktoshining marmar taxta ustuni oʻrtasiga 5 burchaqli qalqon shaklida,
balandligi 64 sm, kengligi 40 sm li lavha oʻrnatilgan. Lav-haning yuz tomoniga arhar surati tas-
virlangan xoqonlik tamgʻasi vaqsh qilingan, orqa tomoniga xitoycha qilib bitiktoshning
oʻrvatilish tari-xi yozilgan. Kultegin bitiktoshi 84 satrdan iborat: 40 satr yuz tomoniga, 13 satrdan
26 satr ikki yon tomoniga, 14 satr orqa tomoniga, 4 satr toshning taroshlangan 4 qirrasiga
yozilgan. Bitiktoshdagi barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi.
Bi-tikni esa Kulteginning jiyani Yoʻllugʻ tegin yozgan. Ushbu bitikda Bilga xo-qon ogʻa-inilariga,
qarindosh-urugʻlariga, xalqqa murojaat qilgan. Xoqonning murojaatidan maqsadi — hoki-miyatni
mustahkamlash, oʻzaro urush-janjallarga chek qoʻyish, ittifoq boʻlib yashashga chaqirish boʻlgan.
Kultegin bitiktoshini Bilgaxoqon bitiktoshi bilan birga 1889-yil N. M. Yad-rinsev
Moʻgʻulistonning Kosho Saydam vodiysida Koʻkshin-Ur-xun daryosi boʻyidan topgan. Dastlab
bi-tiktoshni hech kim oʻqiy olmagan. Uni Urxun yozuvini oʻrganib chiqqanidan soʻng , daniyalik
olim V. Tomsen 1893-yil oʻqishga muvaffaq boʻlgan. Yodgorlik matni nemis, fransuz, dan, ingliz,
rus tillariga tarjima qilingan, turk va oʻzbek tillarida tavsif etilgan.
3.To‘nyuquqbitiktoshi voqealarini bayon qiling.
J: To‘nyuquq asli Tabg‘ach(Xitoy)da tug‘ilib, tarbiya topgan. Tabg‘achning ish yo‘rig‘iga ko‘ra,
turk o‘g‘lonlari bu yerda tarbiyalanib o‘z yurtiga jo‘natilar edi. Yosh To‘nyuquqqa ham shunday
yo‘l tutildi. Lekin u otalar yurtiga kelib, tabg‘achga xizmat qilish o‘rniga milliy-ozodlik
harakatlariga qo‘shilib ketdi. U uch xoqon – Eltarish, Bo‘gu, Bilga xoqon yurtni boshqarganda
ularning kengashchisi va qo‘mondoni bo‘lgan. “O‘shanda kengashchi ham mening o‘zim edim,
urushuvchisi ham men edim”, deya xotirlaydi bu to‘g‘rida muallif. Ayniqsa, Eltarish va Bilga
xoqon davrida uning obro‘si va mavqei yuqori edi. To‘nyuquq yurt tinchligi, mamlakat kuch-
qudratini oshirish yo‘lida ko‘p yaxshi ishlarning boshida turdi, xoqonliqning tiklanishi va el
chegaralarining kengayishiga munosib ulushini qo‘shdi. U yirik arbob bo‘lishi bilan birga,
2
tarixchi, qadimgi turkiy adabiyotning yirik namoyandasi, zamonasining atoqli faylasuflaridan edi.
Otiga qo‘shilayotgan bilga so‘zi uning unvoni bo‘lib, “bilimdon, alloma” degan ma’noni bildiradi.
Ulug‘ donishmand, xoqon kengashchisi bo‘lgani uchun u shunday unvonga erishgan. Xitoy
manbalarida u tang sulolasi davrida o‘tgan atoqli arboblar, ulug‘ donishmand va sarkardalar
qatoriga qo‘yiladi.
Bitigda mamlakat qo‘shinining kuch-qudrati, salohiyati to‘g‘risida so‘z borganda “xoqoni alp
ekan, maslahatchisi bilga ekan”(qag‘ani alp ermish, ayg‘uchisi bilga ermish), deya ta’riflanadi.
Buning bilan yurtni pahlavonlar, dono kishilar boshqarib turgani, uning qo‘shinidan ehtiyot
bo‘lmoqlik kerakligiga ishora qilingan.
To‘nyuquq yovning ona tuproqqa hujum qilishga tayyorlanayotganidan bezovtalanadi, kecha-
kunduz yurtni saqlab qolish yo‘llarini izlaydi. “O‘sha xabarni eshitib tunlari uyqum kelmadi,
kunduzlari o‘tirgim kelmadi” (O‘l sabig‘ eshidip tun udisiqim kelmadi, kuntuz o‘lursiqim
kelmadi), deya bayon qilinadi uning kechinmalari bitigda
4.Kultegin bitiktoshi voqealarini bayon qiling.
J: Kultegin bitiktoshi Eltarish xoqonning o‘g‘li sharafiga o‘matilgan bo‘lib, uning muallifi
yo‘llug‘tegindir. Unda Kulteginning qahramonliklari,
uning vatan, ona-yurt oldidagi buyuk xizmatlari sharaflanadi. Kultegin
bitiktoshining akasi Bilga xoqon tilidan yozilganligi kuzatiladi.
Mog‘ilyon so‘nggi turk xoqonlarida n bin bo‘lib, u «Bilga-qoon» -
«ulug‘ xoqon» unvonini olishga musharraf bo‘lgan. Qabr toshlaridagi
bitiklardan ma’lum bo'lishicha, u juda ko‘p haibiy yurishlar olib borib,
mamlakati sarhadlarini ancha kengaytirgan. Mustahkam, qudratli va
markazlashgan davlat barpo etgan. Shunday janglaming birida, 732 yilda Kultegin
qahramonliklar ko‘rsati, mardlarcha vafot etadi. Kultegin bitiktoshida uning jang paytidagi
xatti-harakatlari quyidagicha tasvirlanadi.
Q ul-Tegin yadag‘in o‘pIayu tagdi,
0 ‘ng Tutuq yoijun yaruqlug‘ aligin tutdi:
Kultegin piyoda holda dushmanga tashlandi,
Zirhli o‘ng Tutuqni odamlari bilan (birga) tutib oldi.
Zirhdaligicha uni xoqon qoshiga keltirdi.
0 ‘sha qo‘shinni tor-mor qildik.
Bitiktoshda Kulteginning ko‘rsatgan qahramonliklari o‘z ifodasini
topgan. Satrlardagi tasvirdan uning hayotidan ibratli lavhalar o‘quvchi
ko‘z o'ngida birma-bir gavdalanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Kultegin
otasidan yetti yoshda yetim qolgan. U amakisi va akasi xoqonligi davrida harbiy xizmatda
bo‘ladi, vatan uchun olib borilgan janglarda ishtirok
etadi. Bitiklardagi qaydlaiga ko‘ra, Kultegin 47 yoshida vafot qilgan.
Bitiktoshda ukasi vafoti tufayli qattiq alam va qayg‘u iskanjasida qolgan
Bilga xoqon iztiroblari quyidagicha tasvirlanadi:
Ko'rar ko‘zim ko'rmas bo‘ldi.
Bilar aqlim bilmas bo‘ldi.
0 ‘zim qayg‘urdim,
Faqat tangri yashaydi,
3
Kishi o‘g‘li o‘lmoq uchun tug‘ilgan
«Bilga xoqon» bitiktoshida ham uning hayoti, olib borgan kurashlari
tafsiloti, inson shaxsi va ayniqsa, uning erki bilan bog‘liq masalalar
teran badiiy tahlil qilingan
5.“Rustamxon” dostoni haqida ma’lumot bering
J: Dostonning bosh qahramoni Rustam yoshligidan baquvvat, mard va jasur boʻlib ulgʻaydi.
Doston
voqealari rivojida Rustamning qoʻrqmas va dovyurakligini, chin insoniylik sifatlarini koʻrish
mumkin.
Kundoshlari tuhmat bilan onasini yurtdan haydab, dorga osdirmoqchi boʻlganida, Rustam
sarosimaga
tushmadi. Onasini jallodlar qoʻlidan qutqarib: “Adashganning oldi yoʻl”, – deya yoʻlga tushadi
va Hukumu
togʻida qoʻnim topib, ovchilik bilan kun koʻra boshlaydi.
Rustam ov kunlarining birida oʻtovga bogʻlab qoʻyilgan xushsurat qizni koʻrib qoladi va uning
ajdarga
yemish uchun turganligidan xabar topadi. Xabarni eshitgan Rustam ajdar bilan jangga otlanadi.
Oftoboy
yalinib-yolvorib Rustamni oʻz ahdidan qaytarishga urinadi, biroq dovyurak Rustam: “Mard
soʻzidan,
yoʻlbars izidan burilmaydi” degan gap bor, ajdahor domiga tortadi, meni yutadi deb vahm
qilmayman,
qayishmay ajdahorning yoʻlini aytgin”, – deydi. Ajdar bilan mar25
donavor kurashib, uni yengadi va qizni oʻlimdan qutqaradi. Ajdar zulmidan xalos boʻlgan Bujul
yurƟ
Rustamni shohlikka koʻtaradi va OŌoboyim bilan toʻyini qilib uylanƟrib qoʻyadi. Erkin va oddiy
hayot
yoʻlini tanlagan Rustam uch kundan soʻng shohlikdan voz kechib, suyukli yorini olib, onasi oldiga
qaytadi.
Shu tariqa dostonda Rustam obrazi soddadil, mard va qoʻrqmas, jismonan baquvvat inson,
mehribon
farzand va sadoqatli yor sifatida gavdalanadi.
Dostonda bir qancha ayol obrazlari ham gavdalantirilgan. Ayniqsa, Huroyim va Oftoboyim
obrazlari
alohida ajralib turadi. Ularga xos goʻzallik, oqilalik, sadoqat va mehribonlik fazilatlari doston
voqealari
rivojida ishonarli tasvirlangan. Xususan, Oftoboy – tengsiz goʻzal qiz. Uni birinchi koʻrgan
Rustam unga
shunday murojaat qiladi:
Maloyik suratli, gul yuzli dilbar,
Seni koʻrgan odam boʻlar beqaror.
Oy-u kundan ziyod sening husning bor
Ne qildi seni boylab giriftor?
Oftoboyda mana shu goʻzallikka teng fahm-farosat, zukkolik ham mavjud. Uning bu fazilatlari
Sultonxon
4
oʻz qilmishlariga tavba qilib, oʻgʻli va xoƟnidan kechirim soʻrash uchun darvesh qiyofasida
kelgan paytda
ham koʻrinadi. OŌoboy dostonda oqila kelin, suyukli yor sifaƟda gavdalanadi.
Dostondagi asosiy qahramonlardan biri Huroyimdir. Huroyim Sultonxonga oʻgʻil farzand ato
etadi, biroq
evaziga qanchadan qancha jabr-u sitamlar koʻradi. Kundoshlari yurƟdan quvganida ham, ajal
koʻlanka
solganida ham, oʻzga yurtda qiyinchilikda yashasa ham, u oʻzligidan kechmaydi. Undagi goʻzal
xulq,
oqilalik barcha sitamlardan qutulishida yordam berdi. Rustam darvesh sifatida kelgan
Sultonxonni qilich
bilan chopmoqchi boʻlganida, Huroyimning oʻziga xos mulohazali ayol, oqila ona, kechirimli yor
ekanligi
koʻzga tashlanadi:
– Bolam! – deb qaytardi Rustamday uldi,
– Tavba qilib oʻzi axtarib keldi, 26
Chopib tashlab, bolam, senga ne boʻldi?
Qanday boʻlsa, qoʻzim, manmanlik qilma,
“Rustam otasini chopibdi” degan
Lanqa gapni, qoʻzim, oʻzingga olma.
Dostonda Sultonxon oʻylamay qaror qabul qiladigan, oʻzgalarning gapiga ishonuvchan laqma,
podsho
boʻlsa-da, zaif shaxs sifatida tasvirlanadi. Doston voqealari davomida Sultonxon juda koʻp
xatolarga yoʻl
qoʻyadi. Momogul maston fitnasiga aldanib, oilasidan, xoƟni va farzandidan ajraydi, ularsiz
yashashga
mahkum boʻladi. Doston soʻngida Sultonxon oʻz xatolarini tushunib yetadi hamda xotini va
oʻgʻlidan
kechirim soʻraydi. Oilasini qaytadan Ɵklaydi, yoʻl qoʻygan xatolarini tuzaƟshga kirishadi.
Yomonlarni
jazolaydi.
Dostondagi boshqa bir qator obrazlar ham voqealarning ishonarli chiqishida xizmat qiladi
6.“Rustamxon” dostonidagi mifologik qarashlar tahlili
J: Mifologik obrazlar - xalq, ogʻzaki badiiy ijodiyoti, yozma adabiyot va sanʼat asarlaridagi
mifologik negizga ega boʻlgan asotiriy personaj lar. Mifologik obrazlar muayyan
voqeahodisaning jonlantirilgan timsoliy ifodasi. Mifologik obrazlar ibtidoiy badiiy uydirma-
fantaziya mahsuli boʻlib, koinot, tabiat va jamiyatdagi turli-tuman hodisalar, odam tasavvurida
mavjud boʻlgan gʻayrioddiy kuchlarning kelib chiqish sabablarini izohlashga xizmat qilgan.
Badiiy tafakkur shakllangach, mifologiyannig tarkibiy qismi sanalgan asotiriy obrazlar adabiyot
va sanʼatga koʻchgan. Oʻzbek mumtoz adabiyoti namoyandalarining asarlari, "Alpomish",
"Kuntugʻmish", "Rustamxon" hamda "Goʻroʻgʻli" turkumiga mansub dostonlar, oʻzbek xalq,
afsonalari va ertaklaridagi Mifologik obrazlar shular jumlasidandir. Folklor va yozma
adabiyotdagi Mifologik obrazlar badiiy talqinning toʻlaqonli chiqishi hamda poetik tafakkurning
keng qamrovliligini koʻrsatish vazifasini bajaradi. "Rustamxon" dostonida Qizil dev,
Ajdarho,Mansur Xalloch va boshqalar.
5
7.“
Do'stlaringiz bilan baham: |