287"Bir bazzoz qiyofasiga kirib, ko‘shk yonida mato sotib o‘tirganida Xolbeka o‘z kanizaklariga
bu yigitni saroyga olib kirishlarini buyurdi”.
Ushbu gapdagi tagiga chizilgan so‘zlarni leksik
tahlil qiling.
J: 1.Matnda 11ta lugʻaviy birlik bor
2.Bazzoz-so'z leksik maʼnosi-gazlama sotuvchi gazlama bilan savdo qiluvchi do'kondor
3.Bazzoz-grammatik ma'no-kim?ot soʻz turkumi,bosh kelishikda,birlik shaklda
4.Bazzoz-emotsional-ekspressiv soʻz
5.Bazzoz-bir maʼnoli soʻz
6.Bazzoz-sozida ma'no koʻchishi kuzatilmaydi
7.Bazzoz soʻzi sotuvchi soʻzi bilan maʼnodosh
8.Bazzoz soʻzi-arxaizm
9.Bazzoz sozi -o'zlashma soʻz.Arabchadan oʻzlashgan
288“Kuntug‘mish” dostonida 14, 40, 6, 3 sonlari bilan bog‘liq voqealarni bayon eting.
J: Kuntugmish 14 yoshga kirganda sipohsolarlik va qilichbozlik sanʼatlarini oʻrganadi.
Xolbekaning 40 kanizi boʻladi.Kuntugmishning ham 40 navkari boʻladi.
Kuntugʻmish bilan Xolbekani tulupga solib 6 kun otning dumiga bogʻlab sudirashadi.Mohiboy
bilan Gurkiboy 3 yoshga toʻlganda birini baliq birini boʻri olib ketadi.Zarchaman choʻlida 3 yil
Kuntugʻmish bilan xolbeka yashaydi
Xolbeka 40 zinali kushkning ustiga chiqib oʻtirgan
Buvraxon kim Xolbekaning ismini aytsa zindonda 6 oy boqtiraman terisini shildiraman dedi
Xolbeka bilan Kuntugʻmish tulupdan chiqib 6 kun och yurishadi
Kuntugʻmishning xizmatida 3 lak sipohi boʻlgan
Kuntugʻmish 3 kun deganda Mugol togʻiga yetadi
3 marta davlat qushi Kuntugʻmish ming boshiga qoʻnadi
289“
Ot chopmoqqa qoyim Xizrning dashi
Xizr Ilyos doim mardning yo‘ldoshi
Och ko‘zing, boshingni ko‘tar, yolg‘izim,
Bir yor uchun yotarmikan mard kishi?
”. Ushbu parchani badiiy tahlil qiling.
JAVOB: Ot chopmoqqa qoyim Xizrning dashi,
Xizr Ilyos doim mardning yo‘ldoshi,
Och ko‘zing, boshingni ko‘tar, yolg‘izim,
Bir yor uchun yotarmikan mard kishi?
Ushbu parcha Kuntug'mish dostonidan olingan. Bu so'zlarni Qoraxon o'g'li Kuntug'mishga qarata
so'zlaydi. Chunki, Kuntug'mish Xolbeka oyimning to‘lgan kamoli, oyday jamolini suratda
ko'rib xushsiz yotardi. Uni qushnoch, baxshi, mulla, eshonlarni olib kelib qaratishadi, ammo
foyda bermaydi.Qoraxon podshoh o‘g‘lining dardini ishqdan bilib, ko‘ngli buzilib, yurak-
bag‘ri ezilib, qaddi bukilib, ko‘zidan yoshi to‘kilib, o‘g‘liga qarab ushbu so‘zlarni aytadi.
79
Parchada inson ruhiyati manzaralarini anglashimiz mumkin. Bunda farzandi ahvolidan tashvishga
tushayotgan shoh tasviri ifodalangan. Shuningdek, Xizr allayhis-salom, islom rivoyatlaridagi
shaxs, taqvodor inson, nomi kiritilgan. Bundan tashaqari Qurʼonda nomi zikr etilgan
paygʻambarlardan biri Ilyos alayhis-salom nomi ham keltirilgan. Bundan ko'rinib turibdiki,
parchada talmeh san'ati qo'llangan. Qoraxon Kuntug'mishga yolg'izim deb murojaat qiladi va
unga mard kishiga bu hol yarashmasligini uqtiradi. Mard kishining yo'ldoshi Xizr va Ilyos
bo'lishini aytib, bir yor deb bunday qilish unga yarashmasligini ta'kidlaydi.
290“Kuntug‘mish” dostonida qo‘llangan toponimlar haqida ma’lumot bering.
JAVOB: “Kuntugʻmish” dostoni oʻzbek xalq dostonlari orasida gʻoyaviy-badiiy jihatdan yetuk
asarlardan biridir. Doston Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan yozib olingan. Dostonda ko'plab
toponimlarni uchratamiz. Jumladan, shahri Zangar, yurti No'g'ay, Mug'ol, Olatog', Zarchaman
cho'li, Oqsuv, Tajan daryosi va boshqalar keltirilgan. Ulardan ba'zilaring ma'nosi quyidagicha:
No'g'ay no'g'ay qabilasi jamosining qishlog'i bo'lgan. Qabilasining tug'ida nug'ay ( mo'g'ulcha
nug'ay - it) tasviri bo'lgan, bu ularning totemi. Asarda No'g'ay Qoraxon hukmronlik qilayotgan
shahar sifatida tasvirlangan.
Yurti Zangar toponimi Go'rog'li dostonida ham uchraydi. Zangar yurtida Buvraxon hukdor edi.
Olatog' ulug' tog' degan ma'noni anglatadi. Bu tog'da Xolbeka va Kuntug'mish jon saqlaydi. Bu
joy nomi Rustamxon dostonida ham uchraydi. Oqsuv tog' qorlari suvlaridan hosil bo'lgan, yozda
ko'payadigan oqar suv va shu suv bo'yida tashkil topgan shahar.
291“Rustamxon” dostonida qo‘llangan badiiy san’atlar haqida ma’lumot bering.
JAVOB: Rustamxon dostonining bosh qahramoni Rustam yoshligidan baquvvat, mard va jasur
boʻlib ulgʻaydi. Doston voqealari rivojida Rustamning qoʻrqmas va dovyurakligini, chin
insoniylik sifatlarini koʻrish mumkin. Kundoshlari tuhmat bilan onasini yurtdan haydab, dorga
osdirmoqchi boʻlganida, Rustam sarosimaga tushmadi. Onasini jallodlar qoʻlidan qutqaradi,
Hukumu togʻida qoʻnim topib, ovchilik bilan kun koʻra boshlaydi.Dostonda Rustamxonning otasi
Sultonxon o‘ylamay qaror qabul qiladigan, o'zgalarning gapiga ishonuvchan laqma, podsho
bo‘lsa-da, zaif shaxs sifatida tasvirlanadi. Doston voqealari davomida Sultonxon juda ko‘p
xatolarga yo‘l qo‘yadi. Dostonda ko'plab badiiy san'at vositalaridan foydalanilgan. Unda xalq
maqollari ham ko'p o'rinlarda uchraydi. Masalan, "Adashganning - oldi yo'l", " Mard so'zidan
yo'lbars izidan burulmaydi", " Ko'zi yo'qning o'zi yo'q"
292“Rustamxon” dostonidagi mifologik obrazlar haqida ma’lumot bering.
293“Rustamxon” dostonida uchraydigan zoonimlar haqida ma’lumot bering.
294“Rustamxon” dostonidagi onomastik birliklar haqida ma’lumot bering.
JAVOB: Rustamxon dostonida bir qator onomastik birliklarni uchratamiz. Masalan,
Rustamxon, Sultonxon,Huroyim, Ximchaoyim, Momogul maston, Oftoboy,Tog'ay, Cho'ntoq
jallod, Mirzaboshi jallod kabi antroponimlar. Rustam ulkan gavdali, qudratli, dovyurak bahodir.
Huroyim ozod, erkin, mustaqil,erksevar; asil, toza. Birovning izmidan xoli, erki oʻzida boʻlgan,
ozod, erkin.
Tog'ay kelib chiqishi o'zbekcha bo'lib, tog'aning uyida tug'ilgan farzand yoki tog'dek mustahkam
ma'nolarini bildiradi.
80
Qurudum, Oqtosh, Xiva, Xorazm, Din Kaman, Bujul, Oqrabot, Chorsu, Oqsaroy kabi toponimlar.
Oqtosh - tarkibida qimmatbaho tog' rudalari bo'lgan oq rangdagi toshli balandlik va uning
yonidagi shahar shunday atalgan.
Xiva - qo'rg'oncha kichik qal'a. Chorsu - chahor(to'rt) su (burchak) to'rt yo'lning birlashgan joyi.
295“Rustamxon” dostonida o‘zbek xalqining milliy madaniyati, diniy qarashlari aks etgan
o‘rinlarni izohlang.
JAVOB: RUSTAMXON” dostoni Oqtosh viloyatining bahodiri Rustamxonga bagishlangan
bolib, uning kundoshlar tuhmatiga yoliqqan onasi Huroyimni jallodlardan qutqarish yolidagi
jasurligi va onasi bilan oz yurtidan boshini olib ketgan davridagi garoyib va hayotiy sarguzashtlari
tasviridan iborat. Dostondagi tarbiya vositalaridan biri shuki, unda xalqimizning ayolga samimiy
munosabati, onaga nisbatan hurmat va e’zozi, onalik va bolalik baxtu iqboliga bolgan mehru
muruvvati goyat hayajonli lavhalarda tasvirlangan. Masalan, otasi Sultonxon podsho buyrugi
bilan 300 jallod tomonidan onasi Huroyimning Mansur doriga haydab ketilganligini eshitgan on
tort yoshli Rustamxon otni egarlab, jang asboblarini ilib, ikki tozisini yolga solib, jallodlar ketidan
kuvlab boradi va ularga qarshi jangda katta gayrat-matonat korsatadi. Dostonda begunoh onani-
tuhmatga yoliqqan Huroyimni qutqarish, unga omonlik tilash yolida xalqning diniy qarashlari,
islom goyalari bilan bogliq tasavvuridan ham goyat orinli foydalanilgan.Dostonda sharqona
tarbiyaning yana bir korinishi farzand odob-axloqi, mehr – shavqati va burchining ota-onaga
itoatida, hurmat qilishida, gap qaytarmasligida namoyon bolishidir. Chunonchi, Rustam
zolimlarni engib, onasini eson-omon korgandan keyin, endi Oqtoshga qaytamizmi, deb onasidan
maslahat soraydi. Ona va bola ortasidagi shu birgina samimiy muloqotdan ajdodlarimizdan meros
qolgan hurmat, mehr-muhabbat qoidalari targib etilgani yaqqol ifodalangan. Aniqroq qilib
aytadigan bolsak, bunday ota-onaga, kattalarga hurmat qoidasi asosini e’zozlash, ragbatlantirish,
qollab-quvvatlash, xizmatga tayyor turish, avaylash, ma’qullash, togri maslahat berish,
ranjitmaslik, samimiy va iltifotli bolish kabi muhim insoniy fazilatlar tashkil etishi
ta’kidlangan.“Rustamxon” dostonida bunday ma’naviy qadriyatlar va milliy an’analarni unda
tasvirlangan barcha voqea-hodisalar va obrazlarda korish mumkin. Zotan, dostonning asosiy
goyaviy yonalishi ham – ona yurtga muhabbat qoyish, oddiy kishilarga muruvvat korsatish va
yaxshilik qilish, dushmanga nisbatan gazab va nafrat bildirish, olijanob ezgu niyatlar yolida
qat’iyat, dovyuraklik va jasurlik korsatish, katta yoshdagi kishilarga jumladan, ota-onaga mehr-
shafqatli, muruvvatli, sahovtli bolish, insonlar ortasidagi birodarlikniulug`lashdan iboratdir.
296"Diyonat” asari matnining til xususiyatlari haqida bayon qiling.
JAVOB: Odil Yoqubov izlanishlarida roman syujetining oʻziga xosligi va teran falsafiy mantiq
uzviyligi, ruhiyat tasviri va ifoda mustaqilligining uzviy birligi yetakchilik qiladi. Adib
romanlarida xarakter yaratish mahorati oʻziga xos ravishda kechadi. Odil Yoqubov zukko
kitobxonni inson qalbiga yaqinlashtirib qoʻyadi. Kitobxon ham aynan ushbu jarayon
ishtirokchisiga aylanadi. Jonli tasvir boʻyoqlarida qahramon iztiroblarini, quvonchu shodliklarini
xuddi oʻzinikidek qabul qiladi. Diyonat romani mavjud voqelik silsilasida yangi hamda muhim
ahamiyatga molik falsafiy-axloqiy muammolarni ilgari suradi.Vaqtida “voqea” boʻlgan asarlar
qatoridan joy olgan ushbu roman hayotning muhim qirralarini oʻzida jamlay olganligi bilan ham
81
qadrlidir. Bir qarashda roman psixologik asardek tuyuladi. Unda turfa xarakterlarning botiniy
ifodasi yetakchilik qiladi. Romanda muallif ijodiy niyati va tafsilotlar rang-barangligi qahramon
nutqi bilan qorishib ketadi hamda xotira-esdaliklar uygʻunlashuvini yuzaga chiqaradi. Qahramon
hayoti bilan davr voqeligining oʻzaro ziddiyati asar falsafasini – diyonat, or-nomus, iymon-
eʼtiqod kabi insoniy sifatlarning mohiyatini ilgʻab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mingbuloqni tasvirlar ekan muallif tabiat manzarasini tahlil markaziga olib chiqadi. Bu
tasvirlarda qahramon ichki dunyosi, yashash maydoni va falsafiy dunyoqarashi aks ettiriladi.
Haydar obrazi tadrijiga nazar tashlasak, uning hayot yoʻli oʻzgachaligi koʻzga tashlanadi. Boʻlajak
olim toʻq oilada voyaga yetadi. Uning otasi Otaqoʻzi millioner raislardan biri. Qalbi faxr va
gʻururga toʻla yigitcha togʻasi Normurod Shomurodovni dastavval uncha tushunmaydi. Koʻngliga
ishq olovi tushgan personaj turmush mohiyatiga kirib borgan sayin domlani anglay boshlaydi.
Odil Yoqubov qahramon ruhiyati, dilidagi kechgan o'zgarishlar, bir-birlari bilan almashinib
turgan qarama-qarshi tuyg'ular, murakkab hislar oqimini asarning
g'oyaviy asosiga monandlashtirilgan holda gavdalantiradi, shunga ko'ra biz Normurod
Shomurodovning dard chekishi, ezilishi, ikkilanishlarini sezib olamiz.Romanda shu narsaga
alohida urg'u beriladiki, Otaqo‗zi faoliyati ko'p jihatlari bilan qishloq hayotini, xalq turmushini
yaxshilashga, dehqonlarimizning faravonligini ta‘minlashga, xo'jalik iqtisodining yuksalishiga va
baraka unishiga yo'naltiradi. Tasvirlangan voqealarga uzil-kesil yakun yasalmagani, qahramonlar
taqdirining bundan keyin qanday bo'lishi bashorat qilib aytilmagani, ularning hayotdagi
o'zgarishlar yakka-yu-yagona to'xtamga keltirib qo'yilmagani ―Diyonat romaniga
alohida tabiiylik, hayotiylik baxsh etadi. Yana shunisi diqqatga sazovorki undagi
turmush xodisalari, qahramonlarning xatti-harakatlari, fikr-o'ylari, mulohazalari,
kechinmalari keng va katta miqyosdagi epik tafakkur talablariga muvofiq ravishda tasvirlangan.
297“Diyonat” asaridagi onomastik birliklar haqida ma’lumot bering.
J: Yozuvchining zamonaviy mavzudagi asarlari orasida “Diyonat” romani (1977) gʻoyaviy-badiiy
jihatdan mukammalroq, taʼsirchanroq ekanligi bilan ajralib turadi. Adib “Diyonat” romani ustida
ishlar ekan, hayotda koʻp uchratgan, dilida chuqur iz qoldirgan hodisalarni aks ettirishni –
turmushda “katta ishlar qildim”, degan bahonada odamlarning boshiga chiqib olgan,
qonunchilikni oyoq osti qilishdan toymagan ulkan xoʻjalik rahbari timsolini yaratishni, uning
parvozi va inqirozini koʻrsatishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. “Men hayotda koʻp
adolatsizliklarga sabab boʻlgan rahbarlar haqidagi oʻylarim va koʻrgan-kechirganlarimni
romandagi Otaqoʻzi obrazida mujassamlashtirishga harakat qildim”, - deb yozadi muallif.
Yozuvchi inqirozga yuz tutgan Otaqoʻzi bilan barobar nihoyatda pok va halol inson Normurod
domla dramasini ham mahorat bilan ochadi. Bu odam uzoq va shonli hayot yoʻlini bosib oʻtgan.
Biroq taqdir uning boshiga koʻp kulfatlar solgan. U bor kuch-quvvatini, umrini fan, adolat, xalq
ishiga fido etib, evaziga el – yurtdan hech narsa talab qilmaydi.Romanning asosiy gʻoyaviy
maqsadi bu dunyodagi kamchiliklarni va insonlarda uchrab turadigan maʼnaviy nuqsonlarni ochib
berishdir. Diyonat romanida onomastik birliklar quyidagilar:
Shukurov Otaqo'zi, Normurod Shomurodovich, Gulsara, Fazilat, Haydar, Latofat, Qodir, Tohira,
Jamol, Jalol, Vohid
82
Normurod murod maqsadli, orzu qikingan qumsalgan bola. Ulg'ayib murod-maqsadiga yetsin.
Gulsara gullarning sarasi, tanlangan, guldek nozik, suluv, maftunkor qiz
Mingbuloq, Qorovultepa, Toshkent, "Kuygan ota" qabristoni, "Ma'dixon eshon" madrasasi,
Rossiya(Penza)
298“Yulduzlar mangu yonadi” asarining til xususiyatlari.
JAVOB: O'zbek adabiyotiga o'ziga xos uslubi bilan shiddat-la kirib kelgan Tog'ay Murod
asarlarini o'qisangiz, uning sodda, bag'rikeng, mard va chapani qahramonlari bilan birga
yashagandek bo'lasiz.Qissada Bo‘ri polvon, Tilovberdi, Abilpolvon obrazlari orqali o‘zbek milliy
kurashi o‘z badiiy ifodasini topdi.Yozuvchi «Yulduzlar mangu yonadi» qissasida Surxon
vohasidagi milliy an’analar g‘oyat ehtiros bilan qalamga olingan. Yozuvchi polvonlar hayotini
juda yaxshi biladi, ularga guruh muhabbat bilan qaraydi. Polvonlarning olishishlari haqidagi
epizodlarda yolg‘on gapirmaydi.Ulg‘ayib kelayotgan polvonchalar haqida yozgan taasurotlari
ham juda ishonarli.Kurash yozuvchi e’tirof etganidek, bu yurtlarda or-nomus uchun kurashga
aylangan qissada Bo‘ri polvonning hayoti kechmishi bilan bog‘liq voqealar o‘zining go‘zal
tasvirini topgan. Shu bois ham yozuvchi millat qayg‘ularini, orzularini va pokiza tuyg‘ularini
Bo‘ri polvon orqali ifoda etadi. Bu tuyg‘ular zamirida sog‘lom avlod uchun kurash taqdiri
yotadiBo‘ri polvon-haqiqiy millat farzandi. Shu bois ham o‘zi to‘g‘ilib o‘sgan qishloq misolida
dunyoga dovrug‘i ketgan polvonlar etishib chiqishini istaydi. Chunki Bo‘ri polvonning ota-
bobolari el-sha’nini elkasida ko‘targan polvonlar bo‘lib o‘sishgan. Polvonlik faqat jismoniy
baquvvat kishilarnigina ishora emas, polvonlik qavm qarindoshlari, eldoshlari qolaversa,
tug‘ilgan yurtining obro‘-e’tibori uchun ham kurashishga qodir kishilardir. Polvonlik Bo‘ri
polvonning qon-qoniga singib ketgan, bu hunar bu polvonning qalbida yashaydi. Asar tili juda
sodda yozilgan, go'yo qo'shiq misol o'qiladi. Shevaga oid so'zlardan juda barakali foydalangan.
So'zlarning takror qo'llanishi o'quvchiga kuchli ta'sir etadi, shu bilan birgalikda uni zeriktirmaydi.
Bu Tog'ay Murodning o'z tili, badiiy topilmasidir.
299“Oq qushlar, oppoq qushlar” asarida qo‘llangan onomastik birliklar haqida ma’lumot bering.
JAVOB: Yozuvchining ―Oqqushlar, oppoq qushlar romani g'oyaviy jihatdan ―Diyonat
romanining davomidek tuyuladi. Roman markazida Sharhim shavvoz obrazi turadi.Romandagi
Shavvoz siymosida mehnatkash xalqimiz, asl dehqon-bog'bon xarakteriga xos fazilatlar,
shuningdek, ayrim ojizliklar yaxshi namoyon bo'lgan. Shavvoz butun umri mehnat bilan o'tgan,
el-yurt g'amida o'zini, shaxsiy, hayotini,huzur-halovatini butunlay unutib yuborgan yil o'n ikki oy
erta-yu-kech mehnat bilan bo'lib tug'ilgan yurtining chiroyi va ne‘matlaridan bebahra qolgan;
vafodori Oysuluv ko'nglini ham ololmagan, sog'lig'i haqida qayg'urmagan. Oxirida u buning
uchun o'kinadi, ammo hayotini qayta boshlash imkoniyati bo'lganida, u yana o'shanday umr
kechirishini tabiiy o'ylaydi, chunki u mehnat uchun tug'ilgan, el-yurt g'amidan boshqasini
bilmaydigan odam.Odil Yoqubov zamonaviy mavzularda ham “Diyonat” (1973), “Oqqushlar,
oppoq qushlar” (1988) kabi yirik asarlar yaratgan.Agar yozuvchi “Diyonat” romanida adolatning
nohaqlik, tubanlik ustidan gʻolib kelishini koʻrsatgan boʻlsa, uning mantiqiy davomi bo'lgan
“Oqqushlar, oppoq qushlar” romanida turgʻunlik davri illatlarini roʻy-rost gavdalantirib bergan.
83
«Oqqushlar, oppoq qushlar» romanida turg‘unlik davri illatlari ildizi va oqibatlari ro‘yi-rost
gavdalantirilgan. Asar ma’naviy va axloqiy pokizalikka da’vat etadi. Asarda onomastik birliklar
quyida keltirilgan:
Antroponimlar - Shorahim, Shoqosim, Oysuluv, Mehriniso, Rasul Nuriddinov, Fotih Muzaffarov,
Muzaffar Farmonov, Po'lat, Nigora, Alyosha, Larisa, Behzod, Beloborodov, Ulug'bek, Sherzod
Komilov kabilar. Ulardan ba'zilaring ma'nosi:
Nigora go'zal chehrali, sohibjamol, go'zal, o'ziga rom etuvchi maftunkor, tengsiz husn sohibasi.
Rasul olloh tomonidan yuborilgan, ollohning elchisi.
Mehriniso ayollarning quyoshi, eng mehriboni, oqko'ngil, sabr-toqatli ayol.
Toponimlar - O'zbekiston, Qoraqalpog'iston, Xorazm, Toshkent, Qorovultepa, "G'oyib ota"
qabristoni, Hazrat Ukkosha qabristoni, "Dashtstroy", Gobi sahrosi, Elba sohili kabilar uchraydi.
Toponimlarning ba'zilari izohi:
Toshkent turkiy tosh, eroniy kent(qo'rg'on, qal'a) toshdan qilingan qo'rg'on.
Gobi sahrosi Markaziy Osiyodagi katta choʻl. Mongoliya bilan Xitoy hududida joylashgan.
Avstraliyanimg eng katta cho'li.
300“Malikayi ayyor” dostonida qo‘llangan mifologik obrazlar haqida ma’lumot bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |