14
JAVOB: Kishining molizakotga yеtsa, zakot bеrsa, bul ham saxiy ekan. Agar zakot bеrmasa, bul
ham baxil ekan. Alpomish dostonidan olingan mazkur matndagi ajratilgan so‘zlarni leksik tahlil
qiling. Zakot - so`z , leksik ma'nosi: poklik , poklanish , sadaqa. Grammatik ma'nosi : nima? , ot
, bosh kelishik , birlikda. Zakot - uslubiy betaraf. Zakot - adabiy qatlamga xos so`z. Zakot -
o`zlashgan qatlam , arabcha so`z. Zakot ko`p ma'noli . Bir o`rinda islom dinida shariatga muvofiq
sadaqa , bir o`rinda tarixda mavjud bo`lgan soliq turi. Saxiy - so`z , leksik ma'nosi : qo`li ochiq ,
saxovatli , himmatli . Grammatik ma'nosi : qanday ? , sifat , otlashgan . Saxiy- uslubiy betaraf .
Saxiy-adabiy qatlamga xos so`z. Saxiy - o`zlashgan qatlam , arabcha so`z . Saxiy-ko`p ma'noli
so`z. Saxiy so`zining sinonimlar : qo`li ochiq , himmatli , saxovatli , oliyhimmat . Saxiy so`zining
antonimi- baxil. Baxil-so`z , leksik ma'nosi: ziqna , birovga hech narsani ravo ko`rmaydigan .
Grammatik ma'nosi : qanday? , sifat . otlashgan Baxil- uslubiy betaraf , adabiq qatlamga xos .
O`zlashgan qatlam , arabcha so`z. Baxil sinonimlari : ziqna , qurumsoq , xasis . Baxi antonimi:
saxiy.
46“
Biz akangdan kеlgan zakotchi bo‘lamiz, bugun bizlar sеning molingni zakot qilamiz. “Zakot
qilinglar, bеrsa, zakotini olib kеlinglar”, dеb yuborgan”, — dеdi. Bu so‘zlarni mahramlardan
eshitib, Boysari ko‘ngliga og‘ir olib, aytdi: “Ey, bizning molimiz shu vaqtgacha zakot bo‘lmagan,
endi akamiz o‘g‘illi kishi bo‘lib, darrov bizning molimizni zakot qiladigan bo‘libdi-da”. Zakot
dеgan gapni eshitib, bu gap botib kеtib, oldidagi o‘zining odamlariga buyurdi: – “Ushla,
bachchag‘arlarni!” — dеdi
”. Alpomish dostonidan olingan mazkur matndagi iboralarni toping
va frazeologik tahlil qiling.
JAVOB: Iboralar: ko`ngliga og`ir olmoq , gapi botmoq. Ko`ngliga og`ir olmoq - xafa bo`lmoq.
Gapi botmoq - so`zlari yomon ta'sir qilmoq.
47“Dardli qul dardimni kimga yoraman, Ayriliq o‘tiga bag‘ri poraman, Mina elda sig‘indi bo‘p
turaman, O‘z akama qanday zakot bеraman?!”.
Alpomish dostonidan olingan mazkur matndagi
ko‘chma ma’noliso‘zlarni toping va tahlil qiling.
JAVOB: Ayriliq o'ti - metaforik usulda ma'nosi ko'chgan
48Dostonlarda keltirilgan epik qoliplar haqida fikr yuriting.
JAVOB: Xalq dostonlarining deyarli hammasida uchraydigan ifoda va tasvirlar
folklorshunoslikda "epik qoliplar" deyiladi. Ular xalq dostonlarida takrorlanib turadigan holatlar
tasvirida qo'llaniladi. Dostonlarning boshlanish va tugallanishi, personajlaming ko'rinishi, o'zaro
munosabatlari, tulporlarga
berilgan ta'riflar, safar yoki jang tasvirida epik qoliplardan foydalaniladi.
Misol uchun:
"Dam shu damdir, o'zga damni dam dema,
Boshing eson, davlatingni kam dema" yoki: "Kokillarim eshilgandir tol-tol,
Har toliga bersa yetmas dunyo mol".
Do'stlaringiz bilan baham: