Yosh tadqiqotchilar ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati



Download 219,54 Kb.
bet14/40
Sana18.07.2022
Hajmi219,54 Kb.
#821579
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Bog'liq
2 5276318678336411940

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

  1. “Oila psixologiyasi”. Vasila Karimova. Toshkent 2007-yil. [1.53.b], [2.33.b], [3.27.b]

  2. “Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan bolalar va kattalar ahvolining tahlili” qisqacha hisobot BMT. 2019-yil. [4.11.b]

  3. Nogironligi boʻlgan shaxslarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-avgustdagi F-5006 son farmoishi.

  4. Davlat statistika qoʻmitasi materiallari.

  5. www.stat.uz

  6. www.gazeta.uz


TALANTNING PAYDO BO`LISHI VA RIVOJLANISHI
Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
Pedagogika va psixologiya ta`lim yo`nalishin2-bosqich
talabasi Abdimurodova Dilshoda Abdishukur qizi
Annotsiya: Biz bilamizki, qobiliyatlar ham insondagi barcha psixologik xususiyatlar kabi tug`ma bo`lmaydi. Balki insonning hayot faoliyati va uning umri davomida shakllanib boradi. Talant esa, qobiliyat taraqqiyotining yuksak bosqichidir. U biron bir faoliyatni bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat va iste’dodlar majmuasidan iborat xususiyatdir. Insonga mehnat faoliyatini oson, muvaffiqiyatili, mustaqil va orginal holatda bajarilish imkoniyatini beradigan qobiliyatlar yig`indisi talant hisoblanadi. Biz insondagi haqiqiy mahoratning rivojlanishini uning talantida ko`ramiz. Psixologik ma’lumotlarga ko`ra talantni yagona maxsus qobiliyat bilan ham xotiraning yuksak mahsuldorligi bilan ham hatto noyob sifatlar tariqasida ham o`lchab bo`lmaydi. O`rganilgan ma’lumotlardan shunga amin bo`lamizki, qobiliyatlarning paydo bo`lishi va rivojlanishi har bir shaxsda turlicha kechadi.
Kalit so`zlar: talant, qobiliyat, muvaffaqiyat, mahorat, individual, ziyraklik, iste’tedod, moyillik, intilish, orginallik.
Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, ko’nikma, malakalarini egallash shu xususiyatlarga bog’liq bo’ladi. Lekin, bu xususiyatlarning o’zi bu bilim va ko’nikmalarga taalluqli bo’lmaydi. Malaka, ko’nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat tarzida namoyon bo’ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo’lib, biror bir ishdagi mahorat darajasi haqidadir. Bolada namoyon bo’ladigan musiqaga qobiliyati uning musiqachi bo’lishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta'lim berilishi, qat'iylik, salomatligining yaxshi bo’lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko’pgina sharoitlar bo’lishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq so’nib ketishi mumkin.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham faqat ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo’lmagan faoliyatlardagina namoyon bo’ladi. O’quvchida ham zaruriy ko’nikma va malaka tizimi hamda mustahkam bilimlar tarkib topish uslublari yo’qligiga asoslanib, jiddiy tekshirib ko’rilsa, shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo’q, deb xulosa chiqarish pedagogning jiddiy psixologik xatosi bo’ladi. Masalan, Albert Eynshteyn o’rta maktabda uncha yaxshi o’qimaydigan o’quvchi hisoblangan va uning kelajakda genial bo’lishidan hech narsa dalolat bermas edi. Qobiliyat bilim va malakalarning o’zida ko’rinmaydi, balki ularni egallash tizimida namoyon bo’ladi ya'ni, boshqacha qilib aytganda mazkur faoliyat uchun muhim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish jarayonida turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishida namoyon bo’ladi. Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo’lishi bilan aql sifatlari xotira xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama-qarshi qo’yib bo’lmaydi, hamda qobiliyatlarni shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga qo’yish ham mumkin emas. Agar shu sifatlarning birortasi yoki ularning yig’indisi faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta'siri bilan tarkib topsa bu shaxsning mazkur individual xususiyatlari qobiliyatlar deb hisoblashiga asos bo’ladi.
Talantning ijtimoiy-tarixiy, tabiiy nuqtai nazardan talqini qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant yunoncha qimmatbaho, noyob narsa, irsiy tabiiy xislat degan ma'noni anglatib, muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta'minlaydigan qobiliyat hamda iste'dodlar majmuasidan iborat individual xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta'rif berilishiga qaramay, ularda asosiy belgilar ta'kidlab o’tiladi, chunonchi shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatining muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasiga talant deyiladi
Talantning asosiy belgilari:
a) muvaffaqiyatni ta'minlash;
b) faoliyatni mustaqil bajarish;
v) originallik unsurining mavjudligi qobiliyat hamda iste'dodlar yig`indisidan iborat ekanligi;
d) individual psixologik xislatliligi;
e) ijtmoiy turmushni o’zgartiruvchi yaratuvchilik imkoniyati kabilar.
Talant o’zining umumiy va maxsus sifatlari yig`indisi bilan ijodiy yutuq imkoniyatining ayniyatidir. Talant mahoratning dastlabki sharti hisoblansa-da, lekin ular bir-biridan muayyan darajada tafovutlanadi. Talant-katta, ijodiy va zo’r mehnat mahsulasidir. Mehnat esa hayotiy tajriba, ko’nikmalarning zaruriy majmuasi manbaidir. Ijodiyotning sharti-bu hayotiy tajriba, zaruriy ko’nikma va malakalar yig`indisining mavjudligidir. Ijodiy faoliyat talantning ajralmas qismi hisoblanib, bunda ruhlanish deb nomlangan psixologik holat alohida ahamiyat kasb etadi. Ruhlanish esa faoliyat mahsuldorligi ortishiga qaratilgan ijodiy lahzadan iboratdir. Talant imkoniyat tariqasida psixologik hodisa hisoblansa, u holda mahorat-haqiqatga aylangan imkoniyat gavdalanishidir. Psixologik nuqtai nazardan haqiqiy mahorat-bu shaxs talantining faoliyatda namoyon bo’lishidir.
Psixologik ma'lumotlarni umumlashtirilgan holda ikki xil xususiyatli fikrni alohida ta'kidlab o’tish talant tuzilishini yengilroq tushunish imkoniyatini yaratadi: 1) talant - bu shaxs psixik xislatlarning shunday murakkab birikmasidirki, uni: a) alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan; b)xotiraning yuksak mahsuldorligi orqali; v) hatto noyob (kamyob, nodir) sifat tariqasida o’lchab bo’lmaydi;
2) shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda yetarli darajada taraqqiy etmaganligi talantning murakkab tarkibiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali ularning o’rni bosib yuborishi (kompensasiya qilishi) mumkin.
Moskvaning Umumiy va pedagogik psixologiya instituti xodimlari tomonidan o’quvchilarning talanti iste'dod tushuncha negizida o’rganilgan. Aniqlangan muhim qobiliyatlar yig`indisi aqliy iste'dod tuzilishini vujudga keltirilgan. Ilmiy tadqiqotchilarning fikricha, yuksak iste'dod quyidagicha bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin: a) bunday shaxsning birinchi xususiyati-ziyraklilik, shaylik, jiddiy faoliyatni bajarishga tayyor turishlikdir; b) shaxsning ikkinchi xususiyati uning mehnatga tayyorligi (mehnatga moyilligi, mehnatga intilishi, mehnatning ehtiyojga aylanishi)dir; v) insonning uchunchi xususiyati-unda tafakkur xususiyatlari va fikr yuritishning tezligi, aqlning tartibliligi, tahlil va umumlashtirishning yuqori imkoniyatlari, aqlning mahsuldorligidir. Ma'lumotlar tahlilining ko’rsatishicha, maxsus iste'dod tuzilishi yuqoridagi sifatlardan tashqari, aniq faoliyat talablariga muvofiq keluvchi bir qator qobiliyatlar bilan to’ldiriladi.
Ko`pgina olimlar talantning irsiyatga bog`likligini e’tirof etganlar. Shu jumladan, 1675-yilda F.Galtonning "Talantning irsiyatga bog’liqligi qonunlari va oqibatlari" degan kitobi nashr etildi. Bunda muallif bir necha yuzlab mashhur kishilarning qarindoshlik aloqalarini o’rganib, talant ota-onadan irsiyat yo’li orqali o’tadi degan xulosaga kelgan. Biroq Galtonning xulosalari ilmiy jihatdan asoslanmagan edi. Baxlar oilasida musiqaga bo’lgan talant dastavval 1550-yilda ma'lum bo’lgan. Bu talant 1800-yillarda yashagan qandaydir Regina Susanadan so’ng tamom bo’lgan. Umuman Baxlar oilasida 57 dan ko’p musiqachi bo’lgan. Ularning 20 tasi mashhur bo’lgan. Bend degan skripkachilar oilasida 9 ta mashhur musiqachi bo’lgan. Goydon oilasida 2 ta mashhur musiqachi bo’lgan. Ko’pchilik hollarda mashhur odamlarning nasl-nasablarini o’rganish biologik irsiyatdan emas, balki hayot sharoitining nasdan naslga o’tishidan, ya'ni qobiliyatlar taraqqiyotiga yordam berishdan ekanligi ma'lum bo’ladi.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, talant — nihoyatda zoʻr qobiliyat, biror sohada yuksak darajadagi layoqat. U idrok, tasavvur, tafakkur, xotira, kuzatuvchanlik benihoya oʻsganligida, voqea-hodisalarning yangi qirralarini, ularning zamiridagi murakkab aloqadorlikni kashf etishda koʻrinadi. Kishining bilimlarni oʻzlashtirishi, nazariy va amaliy masalalarni hal etishi, ijodi, oʻz bilimi va malakalarini turmushga tatbiq qila bilishidan uning talantini bilish mumkin. Talant haqida turli nazariyalar mavjud. Ularga koʻra, talant xudo tomonidan beriladi; irsiyat orqali oʻtadi; tarbiya orqali paydo qilinadi; insondagi tabiiy, tug`ma anatomik-fiziologik layoqat muayyan faoliyatda shakllanadi va rivojlanadi. Talant insonning maʼlum faoliyati turida oʻzini namoyon etadi. Bilim, koʻnikma, malaka, tajribalar talant rivojida katta rol oʻynaydi. Qobiliyat yoki layoqat oʻsishiga ijtimoiy sharoit yaratilganda, uni tarbiyalab kamolga yetkazilgandagina talant yuzaga chiqadi. Talantga shaxsning mehnatsevarligi ham qoʻshilgan taqdirda yangilik va kashfiyot paydo boʻladi. Daho talantning yuksak namunasi hisoblanadi. Daho egasi batamom yangilik ijod etib, oʻz sohasida original yoʻnalish yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y

  2. Karimova V.M. Psixologiya T-2002 y

  3. Psixologiya qisqacha izohli lug’at T-1998 y

  4. Umumiy psixologiya (A.V.Petrovskiy tahriri ostida) T; "O’qituvchi" 1992 y

  5. G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002-y

  6. F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova Umumiy psixologiya darslik T-2009.

  7. www.ziyonet.uz



Download 219,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish