Yosh tadqiqotchilar ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari



Download 219,54 Kb.
bet10/40
Sana18.07.2022
Hajmi219,54 Kb.
#821579
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
2 5276318678336411940

Keywords: preschool organization, parents, family, partnership, educator, foster child.

O’zbekiston respublikasi ilk mustaqillikka erishgan kunlaridanoq mamlakatimizda yoshlar va bolalar ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor qaratildi. Ta’lim muasassalari rekonstruktsiya qilindi, yangi maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, oliygohlar qurib foydalanishga topshirildi. Ta’limga qaratilgan shunday islohotlar bilan bir qatorda ta’lim tashkilotlari va oila hamkorligi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Jumladan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham tarbiyachi pedagoglar, rahbar hodimlar hamda oila bilan hamkorlik aloqalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Chunki bola bir kunining yarmini maktabgacha ta’lim tashkilotida qolgan yarmini esa ota-onasi, opa-singil, aka-ukalari bilan birga oilasi davrasida o’tkazadi. Shunday ekan ota-onalar o’z bolalarini maktabgacha ta’lim tashkilotida qanday tutishi, sog’ligi va bilim darajasi haqida ma’lumotga ega bo’lishlari qanchalik dolzarb bo’lsa, tarbiyachining ham o’z tarbiyalanuvchisining uydagi xulq-atvori, xatti-harakati, axloqi va hattoki ishtahasi hamda oila a’zolari bilan munosabatlarini bilishlari juda muhimdir. Bu borada o’zbekiston respubliksining maktabgacha yoshdagi bolalarga qo’yiladigan davlat talablari asosida ishlab chiqilgan “Ilk qadam” davlat o’quv dasturida ham bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkilotida ota-ona bilan hamkorlikning quyidagi shakllarni tashkil qilsh mumkin:


-ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish;
-ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
-ota-onalarni o’quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
-ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tarbiyalanuvchilar qamrovini oshirishda ota-onalar savodxonligini oshirish, ular bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish, zarur bo’lsa xonadonlarga tashrif buyurish hamda, bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanishi uning kelajakdagi hayotida nechog’lik muhim ahamiyatga egaligi borasida tushintirish ishlarini olib borish ulkan samara beradi. Pedagogika fanlari doktori, professor M. Inomova oilaning quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko'rsatgan:
-birinchidan, oila o'ziga xos va takrorlanmas ta’sirga ega;
-ikkinchidan, oila bola uchun o’ziga xos «ko‘zgu» bo’lib, ota- onaning shaxsiy namunasi, ibrati bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi;
-uchinchidan, oila o‘ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo‘lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg‘ular jamuljam bo'ladi;
- to'rtinchidan. oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg'ulari ham tarbiyalanadi;
- beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning muhim omili sanaladi;
-oltinchidan, oila - er-xotinlik, ota-onalik vazifalarini aks ettiradi.
Ota-onaning bir-biriga bo'lgan muhabbati bolaga ta'sir ko'rsatadigan asosiy tarbiyaviy omillardan biriga aylanishi mumkin.
Demak, oila - tarbiyaviy jamoa va hech kim hech qanday holatda oilaning vazifasini bajara olmaydi.
Bolalarni maktab ta`limiga tayyorlashda oila alohida ahamiyat kasb etadigan maskandir. Bola tarbiyasi oilaning barcha a’zolaridan nafaqat bolalarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni, balki ularning taqdiri uchun yuksak ma’suliyat hissini ham talab qiluvchi qiyin va murakkab ishdir. Oila bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama, jumladan ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. Ma’naviy tarbiyani bolaga o‘tmishda Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va farovonligi yo‘lida kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, davlatimizning ramziy belgilari bilan tanishtirish, mustaqillik, Vatan haqidagi she’r va qo‘shiqlarni yod oldirish, qadriyat va an’analarimizni o‘rgatish orqali singdirish mumkin. Oilaviy tarbiya jarayonida shaxsning bir qator axloqiy jihatlari shakllanadiki, boshqa hech qaysi tarbiya obyekti oiladagidek yuqori natija bermaydi. Ularga insonparvarlik, mehr-muruvvat, rahm-shafqat, hamdardlik, muomala madaniyati, burchi va sadoqat, minnatdorchilik kabi insoniy fazilatlar kiradi. Kelajak avlodga estetik tarbiya berishda ham oilaning muhim o‘rni bor. Oila davrasida qo‘shiqlar kuylanishi, biror ertak yoki asarni oila davrasida o‘qish, birga spektakl va kino ko‘rish va tahlil qilish, kiyinish madaniyatini shakllantirish, uyda gullar parvarish qilish, rasm solish va hokazolar bolaning estetik tarbiyasini shakllantirishdagi jihatlardir. Ota-onalar voyaga yetayotgan farzandlarining barkamolligiga o‘ta ma’suliyat bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badantarbiya mashqlarini bolalar bilan birgalikda bajarish, to‘g‘ri va vitaminlashtirilgan ovqat berish, dam olishni, uyquni to‘g‘ri tashkil etish, vaqtida shifokor nazoratidan o‘tkazishlari zarur.
Oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan aloqasini mustahkamlashda maktabgacha tarbiya muassasasi xodimlarining, pedagog olimlar, bu sohada ilmiy ish olib boruvchi tadqiqotchi va uslubchilarning o‘rni juda ham kattadir. O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’ lim to’g’risidagi Nizomga muvofiq bola muassasining oila bilan maktabgacha ta’limni uyda ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko'rsatadigan maktabgacha tarbiya muassasalarida, shuningdek maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilingan bolalar uchun bolalar bog'chasida. maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bola kunning asosiy qismini maktabgacha ta’lim muassasasida o’tkazsa ham, inson kamoloti uchun eng muhim bo‘lgan omillardan biri tarbiyaning tamal toshi oilada qo‘yiladi. Shu sababli ham maktabgacha pedagogikaning asosiy maqsadi bo‘lgan bolalarni maktab ta’limiga har tomonlama tayyorlashda maktabgacha ta’lim muassasasi bilan oila hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bo‘lishi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasining ota-onalar bilan ishlashida keng aholi ommasi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalami tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin.

Pedagogik ma’ruzalar ota-onalaming e’tiborini tarbiyaning zamonaviy muammolariga qaratishni maqsad qilib qo‘yadi. Mazkur shakl ota-onalarni tarbiya nazariyasi asoslariga doir tizimli bilimlar bilan qurollantirishni talab etadi. Pedagogik majburiy o'qishni ilk yosh guruhdanoq ota-onalar bilan boshlash lozim, chunki ayni shu paytda maktabgacha ta’lim muassasasiga, pedagogik ma’rifatparvarlikka munosabat paydo bo‘ladi. Agar birinchi mashg‘ulotni maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri o‘tib bersa, juda yaxshi bo‘ladi. Pedagogik majburiy o‘qishda parallel guruhlar birlashtirilishi ham mumkin. Ko‘pgina ta’lim muassasalarida ota-onalar uchun pedagogik ma’ruzalar va majburiy o‘qish bilan taqqoslaganda, ota-onalarning tarbiya nazariyasini egallashlari bo‘yicha murakkab ish shakllaridan biri hisoblangan pedagogik ta’lim universitetlari ishlaydi. Mashg‘ulotlar ham ma’ruza, ham seminar tarzida tashkil etiladi. Albatta, hamma ota-onalar auditoriyasi bunday ish shakliga tayyor emas. Tez-tez ta’lim muassasalarida bunday “universitet” tizimi ishlari soddalashlashtirib turiladi, nomi o‘zgarmasdan qolsa ham, mazmuniga o‘zgartirishlar kiritiladi. Maktabgacha ta’ lim muassasalarida tarbiya muammolari bo‘yicha ota- onalarning an’anaviy yillik ilmiy-amaliy anjumani shakllantiriladi. Oila tarbiyasiga doir dolzarb muammo aniqlab olinadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi va oilada butun yil davomida uni nazariy va amaliy o‘rganish amalga oshiriladi.


Eng asosiysi - maktabgacha ta’lim muassasasida olib borilayotgan ishlami namoyish etish, ota-onalarning e’tiborini tarbiyaviy masalalarga qaratish. Ota-onalar majlisi - an’anaviy, hammaga yaxshi ma’lum ish shakli. Shu bilan birga bugun majlis o‘tkazish uslubiyati uni takomillashtirishni talab etadi. Guruh majlisini tashkil etishga yondashuvlardan biri - majlis mavzularini muammoli tarzda shakllantirish: “Qiyinchiliklardan qochish yoki ularni chetlab o‘tish bolalarni tarbiyalashga yordam beradimi?”, “Rahmdil, g‘amxo‘r qilib tarbiyalashni kechiktirish mumkinmi?”, “Bolalardagi dangasalikni qanday yo‘qotish kerak?”, “Bolalarni o‘zini- o‘zi tarbiyalash ishlariga qanday jalb etish kerak?” Faqatgina muammo shakllantirilib qolmasdan, o‘tkazish uchun qiziqarli ham bo‘lishi kerak. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda 90% bolalar ota ham, ona ham ishlaydigan oilalarda tarbiyalanadi. Demak, har qanday vaqt ham tarbiyalanuvchi oilasiga tashrif buyurish uchun qulay emas. Noo‘rin tashrif buyurish biror ish bilan mashg‘ul bo‘lib turgan ota-onalarda norozilik uyg‘otishi mumkin. Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, tarbiyachi uyga borganda kim bilan suhbatlashishni ham rejalashtirmaydi. Oila tarbiyasiga doir qator tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, “taklif bo'yicha tashrif buyurish” tarbiyachining oilaga tashrif buyurishiga nisbatan tarbiyalanuvchilarning salbiydan ijobiy, faolgacha bo‘lgan radikal munosabatlarini o‘zgartiradi. Bola oilasi bilan aloqalami o‘rnatish shakllaridan biri dastlabki pedagogik topshiriqni bajarish jarayonidagi ota-onalar va tarbiyachining muloqotida aks etadi. Pedagogik topshiriqning bir necha turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Bolalar bilan uzluksiz (yakka, guruhiy, jamoaviy) ishlash, faol tarbiyaviy nuqtayi nazari talab etuvchi topshiriq: bolalarning qiziqishlari bilan bog'liq to‘garaklarga rahbarlik qilish va boshqalar. Pedagogik maslahat asosida ota-onalarning savollariga javob berish asosiy o‘rin egallaydi. Maslahatning pedagogik-psixologik shartlari o‘zida tarbiyachi va psixologning ota-onalarning tashabbuslariga ijobiy munosabati, oilaga yordam ko‘rsatishga tayyor turish, ota-onalarda paydo bo‘lgan savollar bo'yicha aniq tavsiya va maslahatlar berishni aks ettiradi.
Xulosa qilib aytganda ota-onalar hamda tarbiyachilar o’rtasidagi hamkorlik tarbiyachi pedagogning muhim faoliyat jarayoni bo’lishi bilan bir qatorda pedagogik faoliyatda muhim ahamiyat kasb etadi. So’zimiz so’ngida har bir maktabgacha ta’lim tashkilotida ota-onalar bilan olib boriladigan hamkorlikini yanada kuchaytirish maqsadida har haftaning juma kunlari onalar kuni sifatida bolalarning mashg’ulotlar davomida onalari yoki otalari bilan birga ishtirok etishlarini qonun bilan mustahkamlanishi juda samarali bir yo’l bo’lishini ta’kidlab o’tishimiz lozim.

Download 219,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish