OILADA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI O’QISHGA O’RGATISHDA O’YINNING AHAMIYATI.
Termiz davlat universiteti Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo’nalishi talabasi Ismoilova Sabina
Annotatsiya:Maqolada oilada maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qish va yozish ko’nikmalarini egallashlarida bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda o’yinlarning turlari va ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: Tarbiya, o’qish va yozish ko’nikmasi, intellekt, mantiqiy tafakkur, innovatsiya, faoliyat.
Shubhasizki bola hayotidagi eng muhim narsa bu uning oilasidir. Aynan unda bola birinchi ko’nikmalarni, bilimlarni egallaydi. Buyuk faylasuf va o’qituvchi Konfusiy ta’limotiga ko’ra “Oilaviy hayotning asosiy uyg’unligi bilimdadir”. O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablarida bolaning noyobligi, bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli tamoyillar asosida tadbiq etilgan. Zamonaviy ota onalar o’z farzandlaridan vunderkindlarni yaratishga harakat qilishadi. Ilg’or ota onalar bolasini iloji boricha erta o’qishga o’rgatishadi, ammo ularning hammasi ham muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Ota onalar farzandining katta bo’lganida kim bo’lib yetishishini oldindan bilmaydi. Lekin har tomonlama barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishi uchun hamma sharoitlarni yaratishga ularning kuchi yetadi. O’qituvchi va psixologlar uyda o’qish uchun eng yaxshi metodologiyani qanday tanlash kerakligini va bolaga 3 4 yoshdan boshlab harflarni o’rgatish lozimligi haqida o’z qarashlarini bildirib o’tadi. Xozirgi kunda ko’pgina ota onalar ajoyib bolalarni tarbiyalash bilan ovvora 2-3 yoshidanoq karra jadvalini bilishini va ko’plab she’rlarni yoddan aytishlarini xoxlaydilar. Biroq har bir bola o’zining psixikasi va individual xususiyatlari bilan bir birlaridan ajralib turadi. Hamma bolalar ham 6 7 yoshida o’qishni o’rgana olmaydi, har bir narsaning o’z vaqti bor. Bolani 3 4 yoshdan harflarni o’rganishga majburlayotgan ota onalar uni o’rab turgan olamni bilish jarayonidan chalg’itib unga zarar yetkazishlari mumkin. Aslida insonning kelajakdagi qobiliyatlari uning o’qishni o’rgangan yoshdan emas balki go’daklik davridan boshlab tasavvurlarini rivojlantirish, qiziqarli o’yinlar bilan shug’ullanish, grammatik jixatdan to’g’ri nutqni shakllantirish uchun unga ertak aytib berish, kitoblar o’qish va iloji boricha ko’proq so’zlashish yaxshi samara beradi. Bolalar psixologlarining fikriga ko’ra bolalarni erta o’qishga o’rgatish agar bolaning xoxishiga ko’ra amalga oshirilmasa, bola miyasining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bolaning 3 4 yoshdan daho qilishga urinishlar ba’zi xollarda bolaning atrofdagilar bilan muloqot o’rnatishda muammolarga duch kelishi va intellektining umumiy pasayishiga olib kelishi mumkin. Agar bola o’zi kitoblarni qidirib topsa va harflarni o’rganishga harakat qilsa uni to’xtatishga xojat yo’q, ehtimol erta o’qish istagi uning shaxsiy meniga xosligidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy va yetakchi faoliyat turi bu o’yin. O’yin bolani barkamol rivojlanishiga yordam beradi. O’yin orqali bolalar jismoniy va aqliy jixatdan rivojlanadi. O’yin bu bolaning o’zi yashayotgan va o’zgartirishlari lozim bo’lgan dunyoni anglash yo’lidir. Ota onalar bola uchun dunyodagi eng muhim va qiziqarli narsa-bu ular bilan birgalikda o’tkazilgan vaqt ekanligini tushunishi kerak. Oilada maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qishga o’rgatishda turli xil usul va yondashuvlarni tanlashi lozim ammo doim esda tutish kerakki qaysi usullarni tanlashdan qat’iy nazar bu usullar qattiq qo’llik bilan emas balki qiziqarli o’yin tarzida o’tkazish lozimki bu bolaga o’qishni o’rgatish bilan birga katta zavq bag’ishlasin. Agar o’yin qiziqarli va quvnoq kayfiyat bag’ishlovchi bo’lsa, har bir bola bu o’yinda ishtirok etishga intiladi. Qandaydir sabablarga ko’ra bola o’yinda ishtirok etishdan bosh tortsa, u o’ynashi mumkin bo’lgan boshqa bir o’yinni taklif etish mumkin. Bolalarga o’yindan bemalol chiqishlari va unga qaytishlariga imkoniyat yaratish lozim.Bolaning ongiga uni qurshab turgan voqyelik to’g’risidagi xilma xil o’yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o’yin o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit bulishi lozim:
a) tassurotlar tarkib topishi;
b) har xil ko’rinishdagi o’yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi;
v) bolalarning kattalar bilan tez tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko’rsatish uslubi xal qiluvchi rol o’ynaydi.
Farzandingizga o’qishni o’rgatishingiz mumkin bo’lgan o’nlab usullar mavjud. Bu usullarning eng mashxurlari va ularning ijobiy va salbiy tomonlari xaqida ma’lumot beramiz.
-Bo’g’inlarni o’qish (fonetik usul)
Bolalar bog’chalarida va boshlang’ich maktabda ishlatiladigan klassik uslub. Birinchidan bola tovushlarni va harflarni talaffuz qilishni o’rganadi, keyin ularni bo’g’inlarga va butun so’zlarga birlashtiradi. Ijobiy tomonlari bola so’zlardagi tovushlarni osongina eshitadi va ularni talaffuz qiladi agar nutqida nuqsonlari bo’lsa undan xalos bo’ladi. Salbiy tomonlari esa bu usul 3 4 yoshli bolalar uchun mos emas chunki u ma’lum bir bilim darajasini va ko’p vaqt talab etadi.
-Zaysev kubiklari.
Maxsus kubiklarda bola tez tez ishlatadigan bo’g’inlarni bitta harflarni va undoshlarni ko’radi. Har bir kubik hajmga, rangga , tovushga ega masalan temir kubiklar ohangli bo’g’inlarni, yog’ochlisi ohangsiz, katta va mayda kublar ustiga esa tovushlar ko’rsatilgan. Ijobiy tomonlari bu mashg’ulot yoshga bog’liq emas bolalarda mayda motorikasini rivojlantiruvchi o’yin shaklida amalga oshiriladi. Salbiy tomonlari esa Zaysevning kubiklarida kamchiliklar mavjud bo’lib, ular bolalar so’zlarini oxirini yutib yuboradilar va so’zning fonetik tarkibini noto’g’ri tushunadilar.
-Glen Domanning kartalari (to’liq so’zlarni o’qish)
Bu usul shundan iboratki bola yoshligidanoq rasmlar tasvirlangan kartochkalarni so’zlar bilan ko’rsatishni boshlaydi. Bolalar so’zlarni qismlarga emas balki butun birlik sifatida idrok etadilar. Ijobiy tomonlari erta bolalikdan o’rganishni boshlash fonemal xotirani rivojlantiradi. Salbiy tomonlari esa savodxonlik muammolari, so’zlarning tarkibiga qarab tahlil qilishdagi qiyinchiliklar.
Turli yondashuvlarni tanlashingiz mumkin ammo doim yodda tutingki qaysi usullarni tanlashingizdan qat’iy nazar bu usullarni qattiq qo’llik bilan emas balki qiziqarli o’yin tarzida o’tkazish lozimki bu bolaga o’qishni o’rgatish bilan birga katta zavq bag’ishlasin. Quyida bir qancha o’yinlarni misol qilishimiz mumkin.
Jonli harflar.
Jonli harflarni ko’rish va o’qish qiziqarli, harflarni yig’ish yanada qiziqarli, harflarni tasvirlash kartochkalar va kubiklar bilan cheklanib qolmasdan farzandingiz bilan harflar yarating. Ularni plastlindan, qog’ozdan kesib olingan harflar va hamirdan pechenye harflar tayyorlang.
Quyoshcha o’yini.
Rasmda quyosh nurlari tasvirlangan. O’rganilayotgan tovush markazda joylashtirilgan, qolgan harflar nurlarni ichida joylashgan. Markazdan nurlar orqali harakatlanayotganda siz hosil bo’lgan bo’g’inni nomlashingiz kerak bo’ladi, qarama qarshi tomonga ham harakat qilish mumkin.
Kubiklar bilan o’ynash.
Bo’g’inli kubiklar uchun bir qancha vazifalarni o’ylab topish mumkin.
-kublardagi barcha bo’g’inlarni o’qish
-so’z tashkil qilish uchun kublarni tanlash
-yangi so’z hosil qilish uchun bitta bo’g’inni almashtirish yoki ko’chirish
-rasmga qarab bo’g’in tanlash
Siz hatto farzandingiz uchun birgalikda o’ynash usulini o’ylab topishingiz mumkin. Agar qo’lingizdan kelsa bunday harflarni o’zingiz tayyorlashingiz mumkin. Bolalar uchun harflarning hosil bo’lishini kuzatish juda qiziqarli va bu bolalarga juda yoqadi hamda harflarni yaxshi eslab qolishga imkon beradi.
Bola qanchalik ko’p o’qisa shuncha yaxshi natijaga erishadi. Oilada bolaning o’qishga bo’lgan qiziqishini qo’llab quvvatlash va bu uchun barcha sharoitlarni yaratish lozim. Shundagina bolaning nutqi ravon, grammatik jixatdan to’g’ri shakllangan, o’ziga ishongan, o’zgalar oldida o’z fikrini bemalol bayon etadigan mustaqil fikrlovchi bir so’z bilan aytganda barkamol shaxs bo’lib voyaga yetadi.
Adabiyotlar.
1. “O’zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari” 2 bob. T.2018 Lex.uz.
2. M.O.Norbosheva O’yin psixologiyasi o’quv uslubiy majmua TerDu “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi 2018 yil.
3. Z.Nishanova, G.Alimova “Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi” Toshkent 2006y.36-37b.