Sobirova Bahoroy. O'TA. 403-guruh
1. An’anaviy darsdan qanday didaktik maqsad ko‘zlangan? Zamonaviy dars turlaridan-chi?
An`anaviy dars- «markazda o`qituvchi bo`lgan ta`lim modeli», deb ham atashadi. Muayyan muddatga mo`ljallangan,ta`lim jarayoni ko`proq o`qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir.
An`anaviy darsning asosiy maqsadi dars mavzusining asosiy mazmuni, tushuncha va faktlarni o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga yetkazish va tushuntirishdan iborat. Odatda, an`anaviy dars berishga passiv dars berish usuli sifatida qaraladi. Lekin darsda o`quvchilarning faol yoki nofaolligi darsni qanday o`tishga va uni rejalashtirishga bog`liq. An`anaviy darsning samaradorligini oshirish uchun dars jarayonini oqilona tashkil qilish, o`qituvchi tomonidan o`quvchilarning qiziqishini orttirish talab etiladi. An‘anaviy dars turlari o‘quvchilarni jamoaviy va ijtimoiy faollik, milliy g‘oyaga uyg‘un, vatansevarlik,insonparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Darsdan ko‘zlangan didaktik maqsad o‘quvchilarga bilim berish va ular olgan bilimni amalda qo‘llay oladigan darajaga yetkazishga erishish, har bir o‘quvchida komil shaxsga xos fazilatlami shakllantirishdir.
Inson yashar ekan, o‘sadi rivojlanadi,dunyoqarashi o‘zgaradi. Bu barcha sohaga xos xususiyatdir. Jumladan, vaqt o‘tib an‘anaviy darslar o‘rnini zamonaviy darslar egallagani ham buning yorqin isbotidir. XX asrning 70-yillarida о‘quvchilarning darslarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Xavfni bartaraf etish uchun nostandart darslarning tashkil etishga e’tibor qaratildi. Rolli о‘yinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi о‘yinlar, tanlovlar, teatrlashtirilgan darslar, binar darslar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, haqiqatni izlash, “paradokslar”, auksionlar, dialoglar va b.sh.Taʼlim tizimida dars va uy vazifasi munosabatlari oʻta muhim sanaladi. Zamonaviy taʼlim tizimining turli bosqichlarida oʻquvchilarga uy vazifasi berilishi yoki berilmasligi, uning miqdori singari jiqatlar oʻquv muassasalarining nizomlarida aks ettiriladi. Zamonaviy darslar o‘zida o‘quvchilarning jamoaviy bo‘lib ishlashini, ularda ham shaxsiy,ham jamoaviy sifatlarni tarkib toptirish kabi didaktik maqsadlarni o‘z ichiga oladi.
2. Musobaqa deganda nimani tushunasiz? “Musobaqa darslari”ni qanday tasavvur qila olasiz?
Musobaqa deganda men raqobatni tushunaman,ya‘ni qanday raqobat sog‘lom o‘quvchining kamoloti uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladigan raqobatdir. Bugungi kunda buni biz nafaqat ta'lim sohasida ,balkim, ishlab chiqarish, savdo, tibbiyot va boshqa sohalarda ham uchratishimiz mumkin. Musobaqa darslar. Musobaqa darslari adabiyot o‘qitishning samarali darslardan biri hisoblanadi. Bunday darslarda har bir alohida shaxslar yoki о‘quvchilar guruhlari bir-biri bilan musobaqalashadilar. «Bahru bayt» musobaqalarida ham o‘quvchilar ikki guruhga bo‘linib ish yuritadilar. Bundan tashqari bu dars turidan tarix fanida ham keng qo‘llaniladi.Mazkur musobaqa darslari o‘quvchilami topqirlikka, tez fikrlashga, yo‘naltiradi, musobaqa jarayonida o‘zlarini ixtiyoriy ravishda ham aqlan, ham ruhan zo‘riqtiradilar. Bu ularning ma’naviy kamolotiga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi
3.Bahs bilan munozaraning farqi bormi?
Shu vaqtga qadar bu ikkala so‘z biz uchun sinonim bo‘lib kelgan. Menimcha, biron bir mavzuni shu metoddan foydalangan holda o‘tkazsak juda yaxshi natijaga erishamiz. Bahs-munozaralar o’quv guruhini ikki yoki undan ko’p kichik guruhlarga bo’lgan holda ishtirokchilarning biror mavzu bo’yicha o’zaro fikrlar almashishi tarzida o’tkaziladi.
Bahsning samarali bo’lishi eng avvalo bahslashuvchilarning bir-birlariga nisbatan qanday holatda joylashuvlariga bog’liq. Tinglovchi va muzokarada qatnashuvchilarning o’zaro joylashuvlari va ularning psixologik mavqelarining mohiyati muhim ahamiyatga egadir.
“Bahs-munozara” metodini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
-barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;
-“o‘ng qo‘l” qoidasi (qo‘lini ko‘tarib, ruhsat olgandan so‘ng so‘zlash)ga rioya qilish;
-fikr-g‘oyalarni tinglash madaniyati;
-bildirilgan fikr-g‘oyalarning takrorlanmasligi;
-bir-birlariga o‘zaro hurmat.
Umuman o‘ylab qaralganda bu metodning bir qancha afzalliklari mavjud. Bahs va munozara o‘quvchini mustaqil fikrlashga undaydi; o‘z fikrining to‘g‘riligini isbotlashga harakat qilishiga imkoniyat yaratiladi va eng asosiysi o‘quvchilarda tinglash va tahlil qilish qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradi.
4.Asarda keltirilgan tush tasviri Alimardonning fojiali hayotidan bashorat beradimi?
Taniqli o‘zbek adibi O‘tkir Hoshimovning " Bahor qaytmaydi " asari haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, ushbu asar o‘zbek adabiyotining o‘lmas asarlaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Asardagi murakkab obrazlardan hisoblangan Alimardon obrazi esa o‘zida qabohat va nafs qurboni,sadoqat va vafo tuyg‘ularidan benasib inson obrazini gavdalantirgan deb o‘ylayman. Asar Bo‘ston qishlog‘iga kuzning og‘ir vazmin qadamlar bilan kirib kelishi tasviri bilan boshlanadi . Kuz. Bu faslni kimlardir ayriliq ,kimlardir xazon fasli deydi. Darhaqiqat, bu faslda Anvar ham muhabbatidan ,Muqaddasidan ayrildi. Bunga sabab balkim Anvarning bo‘shangligi,balkim Alimardonning subutsizligi bo‘lsa ajab emas. Tush masalasiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam, haqiqatdan ham Alimardon tushidagidek yuksak marralarga erishdi. Xalqning ardoqli san‘atkor darajasiga erishdi. Har bir inson havas qiladigan, namunali oilaga ega bo‘ldi. Lekin ming afsuslar bo‘lsinkim,u o‘ziga berilgan mana shu ne‘matlarni qadrlay asray olmadi. Oqibatda xuddi asar boshidagi tushidek avval shon shuhrat girdobida oppoq bulutlarda saman otida parvoz etdi va tubsiz qoyalar qo‘ynida nom- nishonsiz halok bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |