O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
____________________________________________UNIVERSITETI
_______________________________________________FAKULTETI
_______________________________________________KAFEDRASI
__________________________________________ta’lim yo‘nalishi
________________________________________________________
fanidan
KURS ISHI
Mavzu:______________________________________________________________________________________________________________________________
Bajardi: ______________________
Qabul qildi: ___________________
__________2021
Mavzu: Lug'atda inson qiyofasini ifodalovchi leksemalarning sinonimiyasi.
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1. Leksemalar haqida.
2. Lug'atda inson qiyofasini ifodalovchi leksemalar.
3. Lug'atda inson qiyofasini ifodalovchi leksemalarning sinonimiyasi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH Har bir inson har kuni qiladigan ishini xuddi birinchi marta qilayotgandek qilishi kerak. Shundagina ishda rivojlanish boʻladi.
SHAVKAT MIRZIYOYEV
Milliy istiqlol o`zbek xalqiga nafaqat siyosiy va iqtisodiy mustaqillk bag`ishladi, balki milliy o`zligini anglash va, eng muhimi, uni jahonga yoyib, 1X-X1Y asrlardagi shuhrati-yu an‟anasini sharaf bilan davom ettirish imkoniyatini ham berdi. "Bozor iqtisodiyotiga o`tishning o`zbek modeli", "Kadrlar tayyorlashning o`zbek modeli" kabi jahonda shuhrat qozonayotgan ijtimoiy-ma‟naviy yutuqlar bilan bir qatorda o`zbek olimlarining mustaqil ilmiy yutuqlari ham ilg`or davlatlar ziyolilarining diqqatini jalb etmoqda. SSSR tarkibida bo`lgan turli millat vakillarini ma‟naviy-mafkuraviy ruslashtirsh va manqurtlashtirishning muhim omillaridan biri bo`lib kelgan "Ta`lim baynalmilaldir","Grammatika baynalmilaldir" shiorlarining ta‟lim tizimida hukmronligiga O`zbekiston Respublikasi mustaqillikning ilk qadamlaridayoq - 1992-yilda qabul qilingan ta‟lim to`g`risadagi Qonuni bilan chek qo`yilgan bo`lsa-da, milliy ta`lim mazmunining amaliy tatbiqi ularni ijtimoiy bekor qilinishdan ko`ra ancha qiyin va murakkab kechmoqda, chunki mazkur mash‟um shiorlar asosidagi ta‟lim yarim asrdan ko`proq davr ichida xalqimiz ongini zaharlab, tilining grammatik qurilishi xususiyatlarining haqqoniymilliy talqini bilan xalq ongiga sepiladigan milliylik urug`larini cheklab keldi, milliy mafkurasini so`ndirmoqchi bo`ldi. Bu aksmilliy harakatning tafakkur va ongimizdagi salbiy ta`sirini yo`qotish uzoq yillik maqsadli va mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Tilshunoslik fanlari bu jarayonda alohida ahamiyat va mavqega egadir. Buning sababi shundaki, uzoq yillar davomida milliy til grammatik qurilishuning mutlaq milliyligi SSSR xalqlaridan sobiq ittifoqning siyosiy tuzumiga tamoman zid ta‟limot sifatida) sir tutib kelindi. Aksincha, mantiq, aniq fanlar singari grammatika ham nomilliy fan sifatida baynalmilal shaklda tahlil etildi va o`qitildi. Vaholanki, turli tillarning grammatik qurilishidagi o`xshashlik aldamchi, zohiriy, yuzaki hodisa, sarobdir va grammatika mohiyatini chuqur anglamagan kishi tasavvuri uchun xos. Buni o`z ustozlari so`zlarini uqa olmagan yoki uqishni istamagan ) sovet mafkurachilarining metodologik pirlari Fridrix Georg Hegel qariyb ikki yuz yil oldin - 1831-yilda "Mantiq fani" kitobi muqaddimasida shunday so`zlar bilan ifodalagan edi: "Mantiq ham, grammatika ham mohiyatan ikki turli va ikki xil ahamiyatga egadir. Boshlovchilar, fan bilan yuzaki tanishayotganlar uchun u bir narsa bo`lsa, fanlarni o`zlashtirib, fan mohiyatini uqub unga qaytadiganlar uchun mantiq va grammatika tamoman boshqa olam....O`z ona tili bilan bir qatorda boshqa tillarni ham biladigan, ularning grammatik xususiyatlarini o`zaro qiyoslay oladigan kimsagina milliy tilning grammatik qurilishida xalqning ruhiyati va madaniyati aks etayotganligini ocha oladi. Endi unga oldin ham tanish bo`lgan quruq shakl va qoidalar tamoman boshqa qiymat va qadriyat, mukammal mazmun va tugal mohiyat kasb etadi. Bunday kimsagina grammatika orqali ruhiyat – qat`iy mantiqiylik voqelanayotganligini tuya oladi1". Grammatik qurilishning chuqur milliy tabiati va mohiyatini buyuk daholardan birortasi ham shu darajada qat`iylik va keskinlikda ta`kidlashmagan. Afsuski, bu fikrni targ`ib etish rasm emas, zeroki bu talqin kattami kichikmi, hokimmi tobemi - har bir til grammatikasiga xalqidek betakrorlik, teng huquqlik va mustaqillik, milliy iftixor ruhini beradi. Bu esa hammaga ham yoqavermaydi, zo`ravonlik bilan tuzilgan ko`p millatli imperiyalar uchun esa u o`ta xavflidir. Lekin mustaqil taraqqiyot yo`liga o`tgan millatlar uchun bu g`oya milliy ravnaq yo`lchi yulduzlaridan biriga aylanmog`i zarur. Zeroki, ona tili grammatik qurilishini to`g`ri talqin qilish bilan kimsa ongidagi milliy tafakkur tarzi va milliy mafkura urug`larining parvarishiga, ularning gullab yashnashiga erishish mumkin. Buning uchun ona tili grammatik qurilishi talqini sof milliy mohiyatli bo`lmog`i lozim. Bugun milliy istiqlol sharofati bilan Vatanimizda ona tilimizning shunday talqinini yaratishga mustahkam poydevor yaratildi - ona tilimizning milliy tabiatini ochib berishga qaratilgan ilk tizimlar ishlab chiqildi2, jiddiy qiyinchiliklar bilan bo`lsa-da, ta`lim tizimiga joriy etilmoqda va ommalashmoqda. Qiyinchiliklarning eng kattasi shu yo`nalishdagi o`quv-metodik adabiyotlarning yo`qligidadir. Zeroki, otaxon tilshunos O.Azizov, A.Abduazizov, A.Irisqulov, A.Sodiqov, S.Usmonovlarning tilshunoslik nazariyasi o`quv fanidan darslik va qo`llanmalari sovet darsliklari namunalarida - o`zbek tili qurilishining "Grammatika baynalmilaldir" shiori ostidagi talqiniga tayanib yozilgan.Shuning uchun ular hozirgi davr talablariga mutlaqo javob bermaydi - grammatik talqinlar yuqorida sanab o`tilgan va ta‟lim tizimida amaliyotda bo`lgan dasturlar bilan uyg`un emas, yangilari hali ommalashmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |