ASOSIY QISM
1. Leksemalar haqida:
L e k s e m a – asosiy, birlamchi til birligi bo‘lib, til qurilishining lug‘at boyligiga mansub; shunga ko‘ra lug‘at birligi, leksik birlik deb ham yuritiladi. Lug‘at boyligidagi leksemalar qatlamini o‘rganuvchi sohaga l e k- s e m i k a deyiladi Adabiyotlarda leksikologiya termini ishlatiladi).
Leksema lisoniy birlik sifatida miyaning til xotirasi qismidagi ramzga teng; leksemadan foydalanishda ana shu ramzdan nusxa olinadi. Nutqda leksemaning o‘zi mustaqil namoyon bo‘lmaydi, chunki u butunga emas, qismga teng holatda bo‘ladi, sintaktik belgi-xususiyat qo‘shilganidan keyin butunga aylanadi. Leksemaning ana shunday qism holatida bo‘lishi oxiriga chiziqcha yozib ko‘rsatiladi: nok-, pish-, shirin-, sekin- kabi. Masalan, nok- leksemasini talaffuz birligi sifatida nok tarzida yozsak, leksemani emas, balki leksemashaklni "leksema + birlik son ko‘rsatkichi + bosh kelishik ko‘rsatkichi"ni) yozgan bo‘lamiz. Demak, leksema til xotirasida lisoniy birlik sifatida mavjud bo‘ladi, nutqda sintaktik tavsif olib qatnashadi.
Til birligi sifatida leksema ikki jihatning – ifoda jihatining va mazmun jihatining bir butunligidan iborat. Bu ikki jihat ajralmas bir butunni tashkil etishiga qaramay nisbiy mustaqillikka ega: har biri o‘z taraqqiyot qonunlari asosida o‘zgaradi. Shunga ko‘ra leksemaning ifoda jihati va mazmun jihati mustaqil bayon qilinadi.
Leksemalarning fonema tarkibi va bo‘g‘in tuzilishi:
Leksemaning ifoda jihati deganda avvalo qaysi til tovushlarining qanday tartibdagi qatori bilan ifodalanishi tushuniladi. Leksemaning shuningdek morfemaning ham) ifoda jihati bo‘lish vazifasini bajarishi bilan til tovushi fonema mavqeiga ega bo‘ladi. Demak, til tovushi – tilning tovushlar tizimiga mansub birlik; fonema – til birligi leksema, morfema) tarkibida birlamchi qurilish ashyosi vazifasini bajaradigan til tovushi. Fonema – til birligining ifoda jihati bo‘lib xizmat qiladigan va shu orqali til birliklarining o‘zaro farqlanishini ham ta'minlaydigan til tovushi.
Fonema til qurilishidagi alohida bir hodisa, alohida birlik emas, balki til qurilishiga mansub tovushlarning ijtimoiy vazifa bajarish holati xolos: til tovushiga ijtimoiy vazifasiga ko‘ra fonema nomi berilgan. Afsuski, fonema nazariyasi rivojlangan sari til tovushiga xos artikulyatsion belgi-xususiyatlar ham fonemaga tortib olinib, til tovushi tilning qurilish birligi sifatida umuman gapirilmaydigan, til birligi deb to‘g‘ridan to‘g‘ri fonema aytiladigan bo‘ldi, "til tovushi" tushunchasi go‘yo "fonema" tushunchasiga singdirildi. Aslida til qurilishiga xos birliklar birlamchi qurilish birliklari) sifatida avvalo til tovushlari tasvirlanadi, keyin-gina shu til tovushlari ijtimoiy vazifasiga ko‘ra fonema sifatida o‘rganiladi.
Leksemalarning ifoda jihati dastlab bir bo‘g‘inli leksemalar bo‘yicha bayon qilinadi. Bo‘g‘inni tasvirlash nuqtayi nazaridan til tovushlari bo‘g‘in hosil qiladigan va bo‘g‘in hosil qilmaydigan tovush deb ikkiga ajratiladi. Birinchi turga ovoz tovush kiritilib, sonant deb nomlanadi lot. sonare – jarangla- ), boshqa tovushlar ikkinchi turga birlashtirilib, konsonant deb nomlanadi lot. con - birga ). Bo‘g‘inni tasvirlashda sonantni V harfi bilan, konsonantni C harfi bilan belgilash qabul qilingan [V harfi – vokal lot. vokalis - ovoz ) so‘zining bosh harfi].
Bir bo‘g‘inli leksemalarning ko‘pchilik qismida ifoda jihati bo‘lib uch fonema CVC tartibida keladi: bosh-, bo‘sh-, besh-, bo‘l-, bil-, bel- va b. Ifoda jihati ikki fonemadan iborat leksemalar oz bo‘lib, bular ikki turli: VC, CV; asosan VC turiga to‘g‘ri keladi: ish-, osh-, ot-, o‘t-, et-, uch- va b.; CV tur leksemalar juda oz: ye-, de-. Ifoda jihati qator keladigan ikki konsonant bilan tugaydigan VCC, ust-, ort- kabi), CVCC qirq-, turt- kabi) turkiy leksemalar ham sanoqli.
Ifoda jihati faqat yakka ovoz tovushga teng leksema hozirgi o‘zbek tilida yo‘q; yakka ovoz tovush bilan ifodalanadigan deb u olmoshini ko‘rsatish to‘g‘ri emas, chunki bu olmosh ul-, un- shakllarida ham ishlatiladi; hatto "to‘liqsiz fe'l" deb nomlanuvchi e- ham er- shaklida uchraydi.
Adabiyotlarda uzoq vaqt "Bir bo‘g‘inli turkiy so‘zlar azalan CVC tuzilishiga ega bo‘lgan, VC, CV, V ko‘rinishlari CVC ko‘rinishi tarkibidagi birinchi, uchinchi, birinchi va uchunchi tovushni fonemani) tashlash talaffuz qilmaslik) natijasida yuzaga kelgan" mazmunli fikr hukmron bo‘ldi. Tarixiyetimologik nuqtayi nazardan yondashish ko‘rsatadiki, qadimgi turkiy tilda yakka ovoz tovushning o‘zi bilan ifodalangan leksemalar mavjud bo‘lgan. Masalan, qadimgi turkiy tilda uyqu ma'nosini anglatuvchi u- leksemasi mavjud bo‘lgan; yog‘och leksemasi asli o‘simlik ma'nosini anglatgan ı- leksemasidan yasalgan va b. "O‘zbek tilining etimologik lug‘ati"ga qarang).
Fonema tarkibi VC ko‘rinishli leksemalar qadimgi turkiy tilda 200dan ortiq bo‘lgan; shu qadar ko‘p leksemalar boshlanishidagi tovush tashlangan deyish mutlaqo mumkin emas.
Xullas, hozirgi adabiy o‘zbek tilidagi bir bo‘g‘inli turkiy leksemalar
CVC, VC, CV, VCC, CVCC ifoda jihatiga ega. Bunday leksemalar hozirgi o‘zbek tili nuqtayi nazaridan tub deb qaraladi, shunga ko‘ra ularning ifoda jihati deb tarkibida qatnashuvchi fonemalar to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatiladi. Tarixan yondashilsa, manzara o‘zgaradi: hozirgi o‘zbek tili nuqtayi nazaridan tub deb qaraladigan leksema asli yasama bo‘lib chiqishi mumkin. Masalan, til- ot leksemasi asli gapir- ma'nosini anglatuvchi ti- fe'lidan leksema yasovchi -l qo‘shimchasi bilan, bek- sifat leksemasi asli mustahkam holatda bo‘l- ma'nosini anglatgan be- fe'lidan leksema yasovchi -k qo‘shimchasi bilan, yo‘q- inkor leksemasi asli yo‘q qil- , emir- ma'nosini anglatgan yo:- fe'lidan -q qo‘shimchasi bilan yasalgan va b. "O‘zbek tilining etimologik lug‘ati"ga qarang).
Yuqoridagi misollardan birinchi xulosa shuki, CVC tuzilishli leksemalarning barchasi azalan tub bo‘lmagan; ikkinchi xulosa shuki, asli yasama hosila) bo‘lgan leksemalarda ularning ifoda jihati deb fonemalar qatorini ko‘rsatish hozirgi o‘zbek tili nuqtayi nazaridan-gina o‘rinli, tarixan, masalan, til- leksemasi oldin tarkib toptiruvchilarga ti- va -l tarzida ajratilib, keyin-gina bu ikki qismdan har birining ifoda jihati deb fonemalarni ko‘rsatish lozim.
Hozirgi adabiy o‘zbek tilidagi turkiy leksemalar, shu jumladan bir bo‘g‘inlilari ham, qator joylashgan ikki konsonant bilan boshlanmaydi. Bunday leksemalar oxiri ham asli qator kelgan ikki konsonant bilan tugamaydi. Ost-, ust-, ort-, old-, qayt- kabi sanoqli leksemalar oxiridagi tovush tarixan keyin qo‘shilgan qism bo‘lib chiqadi. Masalan, ort- fe'li asli elka ma'nosini anglatgan ar- leksemasidan -ı)t qo‘shimchasi bilan yasalgan, keyinchalik ikkinchi bo‘g‘indagi tor ı tovushi talaffuz qilinmay qo‘ygan, natijada qator ikki konsonantli holat yuzaga kelgan: ar- + ıt arıt > art- > ârt- yukla- ); ost- oti asli tag ma'nosini anglatgan as- leksemasidan o‘rin ma'nosini ifodalagan -t qo‘shimchasi bilan hosil qilingan, natijada qator ikki konsonantli holat yuzaga kelgan va b. "O‘zbek tilining etimologik lug‘ati"ga qarang).
Hozirgi adabiy o‘zbek tilidagi turkiy leksemalar f, h, ng ņ), sirg‘aluvchi j fonemalari bilan boshlanmaydi. Bu fonemalardan ņ turkiy bo‘lib, asosan leksemaning oxirida keng kabi), qisman ichida singil- kabi) keladi; f, sirg‘aluvchi j fonemalari asli turkiy bo‘lmay, o‘zbek tiliga boshqa tillardan olingan leksemalar tarkibida kirib kelgan, shu sababli o‘zbekcha leksemalar boshlanishida uchramaydi; h tovushi haņ- tasvir birligi va undan yasalgan haņi-, haņra- leksemalari boshlanishida qatnashadi; had-, hovuch-, hori-, hur- vovulla- ), hurk-, ho‘kiz-, ho‘l turkiy leksemalari boshlanishidagi h tovushi azaldan mavjud bo‘lmay, keyinchalik orttirilgan "O‘zbek tilining etimologik lug‘ati"ga qarang).
Bir bo‘g‘inli leksema yakka ovoz tovush bilan ifodalansa, shu tovushning o‘zi bo‘g‘in hosil etadi, lekin bunday leksema hozirgi o‘zbek tilida yo‘q. CVC, VC, CV, VCC, CVCC tarkibli leksemalarda uch, ikki, to‘rt tovushni bir fonetik cho‘qqi bilan birlashtirish zaruriyati mavjud. Bunday tarkibdagi tovushlardan biri – sonant, boshqalari – konsonant bo‘ladi; konsonant odatda sonant yordamida, ovoz tovush bilan birgalikda talaffuz qilinadi.
Shunga ko‘ra bo‘g‘in hosil etuvchi deb, leksemani fonetik jihatdan yaxlitlovchi deb ovoz tovushga aytiladi, bo‘g‘inning fonetik cho‘qqisi shu ovoz tovush ustiga to‘g‘ri keladi:
k o‘ z -, i sh - , y e -, o s t - , t o‘ r t - kabi.
Tub leksemalar shuningdek hozirgi o‘zbek tili nuqtayi nazaridan tub deb qaraladigan leksemalar) orasida ikki bo‘g‘inlilari anchagina. Bunday leksemalarda bo‘g‘inning qanday tovush bilan tugashi va boshlanishi asosida ajratiladigan turlari ham hisobga olinadi, chunki shu jihatdan har bir til til oilasi) o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Bo‘g‘in ovoz tovush bilan tugasa, ochiq bo‘g‘in, boshqa tur tovush bilan tugasa, yopiq bo‘g‘in deyiladi; bo‘g‘inlarning V, CV turlari – ochiq bo‘g‘in, VC, CVC, CVCC turlari – yopiq bo‘g‘in.
Bo‘g‘in qanday tovush bilan boshlanishiga qarab ham ikki xil: ovoz tovush bilan boshlansa, noberk bo‘g‘in, boshqa tur tovush bilan boshlansa, berk bo‘g‘in deyiladi.
Bu ikki xil yondashuvni birlashtirib, bo‘g‘inlarning V turi noberk ochiq bo‘g‘in, VC, VCC turlari noberk yopiq bo‘g‘in, CV turi berk ochiq bo‘g‘in, CVC, CVCC turlari berk yopiq bo‘g‘in deyiladi.
"O‘zbek tili etimologik lug‘ati"ning a, b harflari qismidagi ikki bo‘g‘inli leksemalar bo‘g‘in tuzilishi jihatidan quyidagicha:
"berk ochiq + berk yopiq" 28ta): baqir-, beshik-, bigiz-, bog‘ich-, bujur-, buqoq-, bo‘ron-, bo‘g‘ot- kabi;
"berk ochiq + berk ochiq" 15): baqa-, bela-, bobo-, bula-, bo‘kakabi;
"berk yopiq + berk yopiq" 15): barmoq-, boldiz-, bosqon-, bujg‘un-, buyrak-, burgut- kabi;
"berk yopiq + berk ochiq" 10): balqi-, boshqa-, burqi-, burg‘i-, bo‘xcha- kabi;
"noberk yopiq + berk ochiq" 8): avra-, ayna-, ayri-, alda-, alla- kabi;
"noberk ochiq + berk yopiq" 7): adash-, ayil-, ayiq-, ariq- kabi;
"noberk yopiq + berk yopiq" 7): ajrim-, ajriq-, ayg‘ir-, arqon-, achchiq- kabi;
"noberk ochiq + berk ochiq" 3): ака-, арi-, аchi-.
Yuqoridagi tasvirdan xulosa shuki, 1) noberk bo‘g‘in ovoz tovush bilan boshlanadigan bo‘g‘in) oz; shunday bo‘lishi tabiiy, chunki ovoz tovushlar tovushlar tizimining beshdan biriga to‘g‘ri keladi; 2) ikkinchi va keyingi bo‘g‘in turkiy leksemalarda noberk ovoz tovush bilan boshlanadigan) bo‘g‘in bo‘lmaydi; 3) ko‘pchilik leksemalarda birinchi bo‘g‘in – ochiq, ikkinchi bo‘g‘in – yopiq va b.
Ikki bo‘g‘inli leksemalarda ovoz tovushlarning bo‘g‘inlar bo‘yicha qatnashuvida ham ma'lum qonuniyat mavjud: e, o‘ tovushlari ikkinchi va ke-yingi) bo‘g‘inda kelmaydi; ikkinchi oxirgi) ochiq bo‘g‘in odatda u, o â) tovushi bilan tugamaydi va b.
Leksema ikki bo‘g‘inli bo‘lganida ular bir fonetik cho‘qqiga birlashadi, bu vazifa ikkinchi bo‘g‘inning fonetik cho‘qqisiga yuklanadi:
k i sh i - , b u r g u t - kabi.
Bo‘g‘in – sof fonetik tushuncha: nutq oqimidagi eng kichik talaffuz birligi. Talaffuzga mansub bo‘g‘in tushunchasidan bu yerda leksemalarning ifoda jihatini tasvirlashda foydalanildi.
Ko‘pma'noli leksemaning leksik ma'nolari, leksik konteksti bilan bir qatorda, boshqa belgi-xususiyatlarida ham farq qilishi mumkin. Yuqorida tahlil qilingan tuz- I leksemasining leksik ma'nolarini, masalan, nisbatlash egalik) paradigmasining morfemalarini olishi jihatidan kuzataylik. Bu leksema ikkinchi leksik ma'nosida doim uchinchi shaxs nisbatlovchisini olib keladi, qolgan leksik ma'nolarida esa nisbatlovchi olib ham, olmay ham ishlatila oladi. Nisbatlovchi olib ishlatilishi lozim bo‘lsa, uchinchi ma'nosida faqat III shaxs nisbatlovchisi bilan keladi, birinchi, to‘rtinchi, beshinchi ma'nolarida esa uch shaxs nisbatlovchilarining birlik va ko‘plik ko‘rsatkichlari bilan ishlatila oladi.
Bu leksema beshinchi terminologik) ma'nosida ko‘plik shaklida ishlatila oladi, boshqa ma'nolarda bunday xususiyat yo‘q.
Demak, tuz- I leksemasi o‘z leksik ma'nolari bo‘yicha morfologik shakllarga kirishi jihatidan ham farqlanib turadi. Shu asosda har bir leksik ma'noning morfologik tabiati haqida gapiriladi.
Bir leksemaning leksik ma'nolari sintaktik vazifada kelishi jihatidan ham farq qilishi mumkin. Masalan, tuz- I leksemasining leksik ma'nolarida bunday farq oz: ikkinchi, uchinchi leksik ma'nolarida qaratuvchi vazifasida kelmaydi va b.
Xullas, qanday va qaysi leksema bilan bog‘lanishini, morfologik shakllarga kirish imkoniyatini, sintaktik vazifada kelishini hisobga olsak, har bir leksik ma'noning leksik konteksti, grammatik tabiati namoyon bo‘ladi. Aytilganlarni tuz- I leksemasining leksik ma'nolari uchun quyidagi qurilmalarni tuzib namoyish qilish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |