rlan- g‘azab-, qahr-) kabi;
yaqin ma'noli bo‘ladi: kuyla-, xonish qil- kuy-, xonish-); yosh-yalang-,
yigit-yalang- yosh-, yigit-) kabi.
I z o h l a r: 1. Ayni bir leksemadan har xil affiks bilan yasalishlar ham sinonimik munosabat hosil etishi mumkin. Bunda asli affikslar sinonim bo‘ladi. Masalan, ilmoq, ilgak sinonimlarida asli -moq, -gak affikslari o‘zaro sinonim. 2. Ba'zan bir o‘zakning har xil ko‘rinishlaridan yasalishlar ham si-
nonimik munosabat hosil etadi. Bunday holat asosan arabcha o‘zlashtirmalarda voqe bo‘ladi. Masalan, haqsiz-, huquqsiz- leksemalari asli arabcha o‘zakning birlik haq-) va ko‘plik huquq-) shakllaridan yasalgan; taqqosla-, qiyos qil- sinonimlaridagi qiyos, taqqos qismlari asli bir arabcha o‘zakdan hosil qilingan.
Demak, sinonimlarning yuzaga kelishiga sabablardan biri – leksema hosil qilinishi.
Sinonimik uyadagi leksemalar tildagi mavqei jihatidan ham turlicha bo‘ladi. Sinonimik munosabat:
umumtil birliklari orasida bo‘ladi: chumoli-, qumursqa-; kun-, quyosh-; chop-, yugur- kabi;
umumtil birligi bilan shevaga xos birlik orasida bo‘ladi: asal-, bol-; yana-, tag‘in-; ozg‘in-, oriq- kabi;
shevalarga xos birliklar orasida bo‘ladi: g‘o‘ra-, dovuchcha-; sapcha-, xamak-, bolacha-, tugunak- kabi.
Demak, sinonimiyaga umumtil nuqtayi nazaridan yondashuv bilan adabiy tilning o‘zi nuqtayi nazaridan yondashuv farq qiladi. Shevalarga xos birliklar – adabiy til sinonimiyasining boyish manbalaridan biri.
Shu o‘rinda evfemizm tufayli voqe bo‘ladigan sinonimik munosabatni ham ta'kidlab o‘tish kerak. Qo‘pol, yomon taassurot qoldiradigan leksemani bunday xususiyati yo‘q leksema bilan almashtirish hodisasiga evfemizm deyiladi yunoncha euphemo - yaxshi, silliq gapiraman ). Hodisaning o‘zidan tashqari, ana shunday "silliqlovchi" leksema ham evfemizm deb yuritiladi. Masalan, o‘l-, qazo qil-; ikkiqat- – xomilador-; semiz- – go‘shtdor-, to‘la- kabi.
Sinonimiya ko‘pma'nolilik hodisasi bilan uzviy bog‘langan, chunki sinonimik munosabat leksemalarda leksik ma'nolar bo‘yicha voqe bo‘ladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri leksema bilan leksema sinonim bo‘lishi uchun ular bir leksik ma'noli bo‘lishi lozim. Ko‘pma'noli leksemalarda har bir semema boshqa bir leksema bilan agar u birma'noli bo‘lsa) yoki semema bilan agar u ko‘pma'noli bo‘lsa) sinonimik munosabatga kirishadi. Masalan, bosh- leksemasi bir sememasida to‘ng‘ich- leksemasi bilan, ikkinchi sememasida asosiy- leksemasi bilan sinonimik munosabat hosil qiladi.
Leksik ma'no turlari jihatidan qaraganda sinonimik munosabat:
bosh to‘g‘ri) ma'nolar orasida bo‘ladi; bu – asosiy holat: butunlay-, tamomila- kabi;
bosh to‘g‘ri) ma'no bilan hosila ko‘chma) ma'no orasida; bunday hodisa anchagina uchraydi: to‘ng‘ich-, bosh-; puxta-, pishiq- kabi;
hosila ko‘chma) ma'nolar orasida bo‘ladi; bunday holat ko‘p emas. Masalan, gapning mag‘zi-, gapning tuzi- birikmalaridagi mag‘iz-, tuz- leksemalari o‘zaro hosila ma'nolarida sinonim bo‘ladi.
Leksik qo‘llash nutqiy ma'no) asosida sinonim yuzaga kelmaydi. chunki nutqiy ma'no lisoniy birlik deb emas, balki nutq hodisasi deb qaraladi. Sinonimik munosabat lisoniy birliklar orasida yuzaga keladi, shu asosda uzual sinonimiya deb yuritiladi lot. usus - odat , qoida ). Sinonimik munosabat lisoniy ma'no bilan nutqiy ma'no orasida voqe bo‘lsa, kontekstual sinonimiya nutqiy sinonimiya) deb nomlanadi.
Kontekstual sinonimiya rang-barang bo‘lib, nutqda muhim vazifa bajaradi. Bunday sinonimik munosabat nutqning o‘zida voqe bo‘ladi, shu aniq nutqdan matndan) tashqarida yo‘qqa chiqadi. Bunday sinonimik munosabat, masalan, olmosh bilan boshqa turkum leksemasi orasida, olmosh bilan birikma, jumla, hatto abzas orasida, shaxs, narsa, mavhum tushuncha nomi bilan shuning tasviriy muqobili orasida Pushkin, "Yevgeniy Onegin"ning muallifi kabi) paydo bo‘ladi va b.
Masalan, Abdulla Qahhorning "Sarob" romani haqida fikr bildirilganda har gal Abdulla Qahhor deb qaytaraverish uslubni buzadi. Shu sababli kontekstual sinonimiyadan keng foydalaniladi: bir o‘rinda adib deyilsa, ikkinchi o‘rinda yozuvchi deb, uchinchi o‘rinda roman muallifi yoki muallif deb ishlatiladi. Lug‘aviy birliklar sifatida adib-, yozuvchi-, muallif- leksemalari o‘zaro sinonim emas, lekin ma'lum bir kontekst doirasida bu leksemalar o‘zaro va Abdulla Qahhor atoqli otiga kontekstual sinonim bo‘lib keladi.
Sinonimik munosabat til taraqqiyotining muayyan bir bosqichi doirasida belgilanadi. Shunga ko‘ra ilgari poetik asarlarda qo‘llanib, hozir iste'moldan chiqib ketgan kavkab- arabcha yulduz ) leksemasi bilan yulduz- leksemasi hozirgi o‘zbek tili nuqtayi nazaridan sinonimlar deb qaralmaydi. Har xil ijtimoiy tuzumga taalluqli tushunchalarni anglatadigan leksemalar ham o‘zaro sinonim deb qaralmaydi, chunki bularni hozirgi tilda biri o‘rnida ikkinchisini ishlatib bo‘lmaydi: sudya-, qozi-, militsioner-, politsiyachi- kabi.
Sinonimlar – tilning boy ekanini, taraqqiyot darajasini ko‘rsatib turuvchi hodisalardan biri. Sinonimlar yordamida nozik ma'no qirralari anglatiladi, voqelikka turlicha baho, munosabat ifodalanadi. Sinonimlardan birini tanlab ishlatish bilan voqelikning ma'lum bir qirrasi bo‘rttirib anglatiladi, ifodalanadi. Sinonimlarni ishlatishda har gal ular orasidagi ayirmalar bilan hisoblashishga to‘g‘ri keladi. O‘z fikrini anglatishda, voqelikka o‘z munosabatini ifodalashda yagona o‘rinli leksemani sinonimlari orasidan tanlab ola bilish kerak.
Sinonimlardan yana nutqni ixcham, ravon tuzishda, shuningdek talaffuzni qulaylashtirishda ham foydalaniladi. Bulardan tashqari, sinonimlar bilan juft leksemalar ham tuziladi: or-nomus-, baxt-saodat- kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |