Universiteti fakulteti



Download 102,11 Kb.
bet4/12
Sana22.03.2022
Hajmi102,11 Kb.
#505898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
lug\'atda inson qiyofasini ifodalovchi leksemalarning sinonimiyasi

Ora- va o‘rta- leksemalari ham bosh leksik ma'nosida o‘zaro sinonim emas: ora- 1 - ikki nuqtani ajratib turuvchi oraliq masofa, vaqt) o‘rta- 1 - ikki nuqtani ajratib turuvchi oraliqning qoq yarmidagi nuqta masofa, vaqt) . Shunga ko‘ra Oraga qil ham sig‘maydi deyiladi-yu, lekin O‘rtaga qil ham sig‘maydi deyish xato. Bu yerdagi farq bir leksik ma'no doirasidagi farq bo‘lmay, ayrim-ayrim ma'nolar mavjud. Shu sababli Ikki o‘rtadagi uzun masofa Mening ko‘zlarimning nuri-la to‘lgan Hamid Olimjon) deb ishlatish to‘g‘ri bo‘lmagan: o‘rta- leksemasi oldidan ikki- miqdor sifatlovchisini ishlatib bo‘lmaydi, o‘rta uzun yoki qisqa bo‘lmaydi; bu matnda asli ora- leksemasini ishlatish lozim edi.
Sinonimlar o‘zaro baho semasi bilan farqlansa, baholovchi sinonimlar deyiladi Bu hodisa stilistik sinonimlar deb ham nomlanadi). Har bir sinonimik uyada odatda: a) baho semasi betaraf leksik birlik va b) baho semasi mavjud leksik birlik bo‘ladi. Masalan, yuz-, bet-, aft-, bashara-, chehra- sinonimik uyada yuz- leksemasi, kul-, iljay-, irjay-, tirjay-, ishshay-, hiringla-, tabassum qil-, xaxola-, xandon tashla- sinonimik uyada kul- leksemasi baho semasi jihatidan betaraf, qolgan leksemalarda esa baho semasi bo‘rtib turibdi.
Sinonimlarda baho semasi: 1) ijobiy bo‘ladi: chehra-, jilmay-, tabassum qil- leksemalaridagi kabi; 2) salbiy bo‘ladi: aft-, bashara-, irjay-, tirjay-, ishshay- leksemalaridagi kabi. Leksemalarni tanlab ishlatishda sinonimlarning baho semasiga alohida e'tibor beriladi, chunki baho semasi shu leksema leksosemema) anglatayotgan voqelikka so‘zlovchining ijobiy yoki salbiy munosabatini bildirib turadi.
Sinonimlar o‘zaro nutq uslublariga birkitilish belgisi bilan farqlansa, uslubiy sinonimlar deyiladi. Masalan, yuz-, bet-, aft-, bashara-, chehra- sinonimlaridan yuz- leksemasining ishlatilishi nutq uslublari bo‘yicha chegaralanmagan, bet-, aft-, bashara- leksemalari asosan so‘zlashuv nutqida, cheh-ra- leksemasi esa asosan badiiy nutqda ishlatiladi.
Uslubiy sinonimlar quyidagicha voqe bo‘ladi:

  1. umumnutq leksemasi nutqning barcha ko‘rinishlarida ishlatilaveradigan leksema) bilan badiiy nutq leksemasi orasida: nur- – umumnutq leksemasi, yog‘du- badiiy nutq leksemasi, peshana- – umumnutq leksemasi, manglay- – badiiy nutq leksemasi, xat- - umumnutq leksemasi, maktub- – badiiy nutq leksemasi kabi;

  2. umumnutq leksemasi bilan rasmiy nutq leksemasi orasida: tuga- - tamom bo‘l-, qatnash- - ishtirok et- kabi;

  3. umumnutq leksemasi bilan so‘zlashuv nutqi leksemasi orasida: yana-

tag‘in-, boshqa- – bo‘lak-, almash- - alish- kabi;

  1. so‘zlashuv nutqi leksemasi bilan badiiy nutq leksemasi orasida: aft- – chehra-, bo‘lak- – o‘zga- kabi.

  2. Yuqorida sinonimlarga uch jihatdan yondashildi. 1) leksik ma'no qirrasi jihatidan, 2) baho semasi jihatidan, 3) nutq ko‘rinishlariga xoslanish belgisi jihatidan. Shu tavsiflar asosida sinonimik uyaning bosh leksemasi belgilanadi. Sinonim uyadagi bosh leksemaga dominanta deyiladi lot. dominantis - hukmron ).

Dominanta deb odatda sinonimik uyadagi leksik ma'no mundarijasi barcha sinonimlar uchun umumiy, baho semasi betaraf, umumnutqqa xos leksema tanlanadi. Masalan, yuz-, bet-, aft-, bashara-, chehra- sinonimlaridan yuz- leksemasi, shirin-, mazali-, lazzatli-, laziz- sinonimlaridan shirin- leksemasi - dominanta.
Dominantani belgilab olish sinonimlar lug‘atini tuzish ishida katta ahamiyatga ega: a) sinonimik uya shu dominanta asosida lug‘atdan joy oladi; b) sinonimlar anglatgan ma'no shu dominantaning ma'nosi asosida ta'riflanadi, so‘ngra shu uyadagi har bir sinonimning o‘ziga xos ma'no qirrasi, baho semasi, nutqiy xoslanish belgisi va boshqa xususiyatlari tasvirlanadi.

  1. Sinonimik munosabat:

  1. bir tilning o‘z leksemalari orasida bo‘ladi. Bu – har bir tilning o‘z ichki taraqqiyoti bilan yuzaga keladigan holat. Masalan, gapir-, so‘zla-; yanch-, tuy- kabi sinonimlar o‘zbek tilining o‘z imkoniyati asosida yuzaga kelgan;

  2. o‘z leksema bilan o‘zlashma leksema orasida bo‘ladi. Masalan, oz-, kam-; barcha-, hamma-; toza-, pok-; yolg‘on-, soxta- o‘zbekcha – tojikcha); ayirma-, farq-, tafovut-; bo‘lak-, qism-; kishi-, inson-, odam-; uyushma-, ittifoq- o‘zbekcha – arabcha) kabi;

  3. o‘zlashma leksemalar orasida ham voqe bo‘ladi. Masalan, analiz-, tahlil- yunoncha – arabcha), maktub-, noma- arabcha – tojikcha); rasm-, odat- arabcha – arabcha) kabi.

Demak, sinonimik munosabat avvalo o‘zbek tili lug‘at boyligidagi o‘z qatlam leksemalari orasida voqe bo‘ladi. Shu bilan birga, boshqa tildan leksema o‘zlashtirish oqibatida ham sinonimik munosabat yuzaga kelishi mumkin.

  1. Sinonimik uyadagi leksemalar tuzilishiga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Sinonimik munosabat:

  1. tub leksemalar orasida bo‘ladi: bop-, mos-; yoq-, tomon-; o‘rin-, joy- ayrim leksik ma'nolarida) kabi;

  2. tub leksema bilan hosila leksema orasida bo‘ladi: pog‘ona-, bosqich-; tuga-, tamom bo‘l- kabi;

  3. hosila leksemalar orasida bo‘ladi. Bunda yasash asosi bo‘lgan leksemalar o‘zaro:

  1. sinonim bo‘ladi: sanoqli-, hisobli- sanoq-, hisob-); g‘azablan-, qah-


Download 102,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish