Yosh tadqiqotchilar ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari


YOLGʻON NAZARIYASI, UNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA SHAKLLARI



Download 219,54 Kb.
bet35/40
Sana18.07.2022
Hajmi219,54 Kb.
#821579
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
2 5276318678336411940

YOLGʻON NAZARIYASI, UNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA SHAKLLARI
Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Psixologiya yoʻnalishi 3-kurs 312-guruh talabasi Aliyev Dalerjon.
Annotatsiya: Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ochish va surishtiruv, profilaktik suhbat olib borish chogʻida turli xil xarakter va xulqli insonlar bilan toʻqnashish va ishlash profilaktika inspektori faoliyatining alohida xususiyatidir. Bunda nafaqat shaxs psixologiyasining ahamiyati, balki shaxsning alohida psixologik tomonlari va xususan, yolgʻon va yolgʻon koʻrsatmalarning psixologik mexanizmi haqida xodimning tor tushunchasi muhim amaliy ahamiyatga ega.
Kalit soʻzlar: Yolgʻon, aldash, yuz ifodasi, Alan Piz, Pol Ekman, kuzatuvchanlik.
Yolgʻon – notoʻgʻri gap, aldov, nohaqlik. Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarida guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchilar tomonidan beriladigan yolgʻon axborot tufayli turli qiyinchiliklar yuzaga keladi. Yolgʻon, aldov qarama-qarshi manfaatlar, axloqiy va ijtimoiy normalar toʻqnashgan paytda yuzaga keladi. Yolgʻon adovatlardan biridir, bu bilan profilaktika inspektorlari xizmat vazifalarini bajarish chogʻida juda koʻp hollarda toʻqnashishlariga toʻgʻri keladi.
Yolgʻonchilik muammolarini oʻrganuvchi psixologlar, haqiqatni aytishdan koʻra yolgʻon gapirish qiyinligini taʼkidlaydilar. Yolgʻon doimo shaxsning oʻzini tutishidagi ozgina oʻzgarishi orqali namoyon boʻladi. Uni aniqlash esa sanʼatdir, uni alohida bilimlarni egallash, mohirona qoʻllash, va albatta, katta hayotiy tajriba orqali oʻzlashtiriladi. Profilaktika inspektori faoliyatida muvaffaqiyatga erishishda psixologik tashhis orqali shaxsning oʻzini nosamimiy tutishi va uning yolgʻonini aniqlashni bilishi muhim omil hisoblanadi.
Yolgʻon tabiati, namoyon boʻlish shakli va maqsadiga koʻra farqlanadi, adolatni tiklash uchun kurashish quroli sifatida kim qoʻllasa, uni taʼqib qiladi. Har qanday yolgʻon xavfli: uning katta va kichik, ochiq va yashirin, sodda va ayyoronaligi ahamiyatsiz. U kimdan chiqishidan qatʼi nazar, aniqlanmagan yolgʻon alohida xavf tugʻdiradi. Jinoyat jarayonida haqiqatni aniqlashda,toʻgʻri qaror qabul qilishda, u adolatga jiddiy putur yetkazishi mumkin.
Aldash – haqiqiy fakt oʻrniga yolgʻonchi tasavvuridagi holatni qoʻyish va haqiqatni aldoqchiga maʼqul boʻlgan uydirma bilan almashtirish. Yolgʻon zanjirsimon xarakterga ega: bir yolgʻon ikkinchisini tugʻdiradi va u bilan bogʻlangan bir qator faktlarni mutanosiblashtirishni talab etadi.
Yolgʻonni aniqlash oson emas. Muammo axborotning koʻpligida. Bular: soʻzlar, toʻxtamlar, ovoz jarangi (sadosi), yuz ifodasi, bosh harakati, imo-ishoralar, gavda holati, nafas olish, ter bosish, yuzdagi qizillik yoki rangparlik va hokazo. Ana shu manbalarning hammasi axborotni galma-gal va birgalikda berishi mumkin.
Yolgʻon gapirayotgan shaxs birovlar koʻproq diqqat bilan kuzatadilar deb hisoblaydigan narsalarnigina yashiradi va soxtalashtiradi.
Nutqni oldindan tayyorlab qoʻyish mumkin, ammo kimnidir aldashga uringan inson asosan beparvoligi (begʻamligi) tufayli nutqiy xatolarga yoʻl qoʻyadi. Koʻpchilik ehtiyotsizlikka yoʻl qoʻyib aytgan soʻzlari bilan oʻzini fosh qiladi. Zigmund Freyd buni tildagi yanglishuv sifatida taʼriflagan. Yanglishuv, – deb yozgan edi u, – oʻziga xos «aytishni istamagan, ammo oʻzingni fosh etib qoʻyadigan narsani ifodalash quroli»ga aylanadi. Agar soʻzlayotgan odam bila turib yolgʻon gapirayotgan boʻlsa, maʼyuslik ongli boʻlishi mumkin. U istamagan holda gapirib qoʻygach, oʻzining tushkun holatini tushunishi ham, bunga eʼtibor bermasligi ham mumkin. Yanglishib aytilgan gaplar boʻyicha yolgʻonni aniqlashda ehtiyot boʻlish zarur, deb hisoblaydi P. Ekman, chunki ana shu yanglishuvlarning hammasi ham yolgʻondan dalolat beravermaydi. Yanglishuv yolgʻonni fosh qilayotgani yoki qilmayotganini odatda kontekstdan kelib chiqib aniqlash mumkin. Shu oʻrinda boshqa bir keng tarqalgan xatoning oldini olish va yanglishib gapirmaydigan har bir kishini haqiqatgoʻy deb hisoblamaslik ham zarur. Koʻplar yolgʻon gapirayotganida yanglishuvga yoʻl qoʻymaydi. Hozircha qandaydir yolgʻonning yanglishuv bilan fosh boʻlishi, qaysilaridir bunday boʻlmasligini izohlovchi hech bir tadqiqot amalga oshirilmagan (hatto tahminlar ham bildirilmagan).
Yolgʻon psixologiyasiga oid ayrim tadqiqotlarga koʻra, baʼzilar yolgʻon gapirayotganida dangal javob bermaydi, gapni aylantiradi yoki keragidan ortiq maʼlumot beradi. Boshqa tadqiqotlarning koʻrsatishicha, buning aksi ham boʻladi: aksariyat odamlar savolga javob berishdan boʻyin tovlash va aniq javob berishdan qochish uchun haddan tashqari ayyordirlar. Bunday yolgʻonchilarni sezmaslik ham mumkin. Aynan shu joyda gaplari javobdan qochish yoki gapni butunlay aylantirish boʻlgan haqiqatgoʻy insonni notoʻgʻri baholash xavfi (individual xususiyatlar xatosi) mavjud. Baʼzilar doimo ana shunday soʻzlaydilar. Bundaylarning soʻzlash uslubi shunaqa. Ammo bu yolgʻonchilik alomati emas, balki ularning oddiy gapirish uslubidir. Masalaning murakkabligi shundaki, koʻpincha birovning aldayotganini aniq koʻrsatib turgan har qanday koʻrinishlar boshqa odamlar uchun kundalik xulqining tarkibiy qismi boʻlishi mumkin.
Toʻxtalish (pauza) va tutilishlar. Toʻxtalishlar haddan tashqari uzoq yoki qisqa boʻlishi mumkin. Soʻzlar oldidagi tutilishlar (duduqlanishlar), ayniqsa bu savolga javob berayotganda kelib chiqsa, har doim shubha uygʻotadi. Nutq jarayonining oʻzidagi qisqa toʻxtalishlar ham haddan tashqari koʻp uchrasa, shubhali tuyuladi. Nutqdagi xatolar, masalan: «hm», «xoʻsh» va «e-e» singari kirish soʻzlar; «men», «men», «men» ... nazarda tutyapman» singari takrorlar; «Menga j-juda yoqdi» singari ortiqcha boʻgʻinlar ham yolgʻon alomatlari boʻlishi mumkin. Nutqdagi toʻxtalish va tutilishlarning sabablari quyidagilardan iborat:
-yolgʻonchining oʻz harakatlari yoʻnalishini, muayyan masalani yaxshi-lab oʻylamagani;
- fosh boʻlishdan qattiq qoʻrqqani.
Bundan tashqari, odam oʻzining yolgʻoni haqiqatdan qanchalik uzoq-ligini eshitsa, qoʻlga tushishdan yanada koʻproq qoʻrqa boshlaydi, natijada toʻxtalish va nutqiy xatolar koʻpayib boradi.
Axborotni berish-uzatish texnikasi (yoʻllari) bilan bogʻliq yolgʻon belgilariga alohida eʼtibor qaratish lozim:
- savollarga haddan tashqari tez berilayotgan javoblar oʻylashga majbur qilishi lozim;
- berilayotgan axborotga haqiqiy munosabatni niqoblash yoki buzib koʻrsatgan holda qandaydir boshqa jihatlarini nutqiy vositalar intonatsiya, pauza va boshqalar yordamida namoyishkorona taʼkidlash (ajratib koʻrsatish).
Oxirgi belgi yolgʻon gapiruvchilar boshqa birovni chalkashtirish uchun atayin qoʻllaydigan usullar guruhiga kiradi va boshqa maʼlumotlar bilan qiyoslaganda, yolgʻon koʻrsatkichi boʻlib xizmat qilishi mumkin. Kundalik amaliyotda bu aynan usul ekanligiga ishonch hosil qilinganida, bunday holatlar haqida boshqa birovni ishontirishga urinib «oshirib yubordi» deyiladi.
A. Piz “qoʻlni yuzga olib borish” ishoralari sifatida ajratgan barcha imo-ishoralarni “sharhlovchi”larga kiritish mumkin. Yosh bola yolgʻon gapirgach ogʻzini qoʻllari bilan toʻliq yopadi. Katta yoshdagi kishi oʻzini nazorat qilar ekan, bu harakatni oʻrtasidan uzib qoʻyadi, ammo qoʻli allaqachon koʻtarilgan boʻladi, natijada qoʻlni boshning oʻzga qismiga olib borishdan boshqa yoʻli qolmaydi. “Qoʻlni yuzga olib borish” ishoralariga quyidagilar kiradi:
• “Ogʻizni yopish” ishorasi – ogʻizni kaft, barmoqlar yoki musht bilan yopish, shuningdek ogʻizni toʻsgan holda yoʻtalish. Bunday ishora baholash pozitsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan hollarda jipslashgan kaft yonoqlarda, koʻrsatkich barmoq esa koʻpincha yuqoriga qaragan holda joylashadi. Agar suhbatdoshingiz siz gapirayotgan vaqtda ogʻzini toʻssa, demak u yolgʻon gapirayotganigizni sezayotgan boʻladi;
• “Burunga tegish” ishorasi – burunni ohista ishqalash yoki tez tegish, odatda burunni amalda qashishdan farqli ravishda, unchalik aniq koʻrinmaydi; burunga tegish (yengil, deyarli sezilmaydigan tarzda burun tagidagi chuqurchaga tegish yoki burun uchini ishqalash va sh.k.) – bu ogʻizni toʻsishdan koʻra nozikroq ishora shaklidir;
• “Koʻzni ishqalash” ishorasi – gʻirt yolgʻon ishlatayotganda erkaklar koʻzlarini olib qochish va ishqalashga, ayollar esa koʻzga ohista barmoq tegizib koʻz ostidagi sohani ishqalashga moyil boʻladilar. Bu ishoraga qisilgan tishlar va soxta tabassum qoʻshilishi mumkin;
• “Yoqani koʻtarish (tortish)” ishorasi – A. Piz, D. Morrisning tadqiqotlariga asoslanib, bu ishorani yuz va boʻyinning sezgir toʻqi-malarida yolgʻon gapirayotganda ter chiqishi tufayli yuzaga keladigan yengil qichishish bilan bogʻlaydi. Bu harakatlarga ayniqsa eʼtiborli boʻling: agar ular keskin va kuchli bajarilsa, suhbatdoshingizda yurak xuruji boshlanganidan dalolat berishi mumkin;
sochlarni tarash, quloqni ishqalash, quloq chigʻanogʻini bukish – bunda inson yolgʻonni eshitmaslikka harakat qiladi (suhbatdoshingizning bu harakatlari sizning soʻzlaringiz bilan kechsa, demak u sizga ishonmaydi);
• boʻyinning quloq ostidagi sohasini koʻrsatkich barmoq bilan qashish – shubha yoki gumon;
• sochni tez-tez silash.
Xulosa sifatida shuni qayd etishim mumkin, profayling metodi koʻmagida profilaktika inspektori oʻz xizmat faoliyatlarini yanada takomillashtirishlari mumkin. Ushbu metodning afzalligi shundaki, u qisqa fursat ichida shaxs haqida toʻliq axborot manbaiga ega boʻlishi mumkin.


Download 219,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish