Yo’nalishga kirish



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/72
Sana14.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#551246
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72
Bog'liq
j0qbANEPoDizy8D50YGW11HLyRb6p984zcu94ybr

Biosfera – 
barcha turdagi organizmlar, jumladan inson yashashi mumkin bo’lgan 
atrof-muhit bo’lib, u murakkab tuzilishdagi yer sharining muhim qobig’idir. 
Biosfera bir necha milliard yillar davomida shakllangan. Zamonaviy olimlar 
biosferani moddalarni planeta bo’yicha harakatini ta’minlovchi yirik, global 
ekotizim sifatida qarashadi. Hozirgi erada hayot yer qatlamining yuqori (litosfera) 
qismida, yerning pastki havo (atmosfera) qobig’ida va yer sharining suvli qobig’i 
(gidrosfera) da tarqalgan. Bu shu bilan izohlanadiki, litosferada yer osti suvlari va 
tog’ cho’kmalarida chuqurlikni sekin-asta ortib borishi bilan harorat ham ortib 2 
km dan 16 km chuqurlikda 100 
o
S va yuqori (vulqonik faollik zonasida esa 200 
dan 1500 
o
S cha) ni tashkil etadi.
Yerning yuzasida hayotning konsentratsiyasi va faolligi eng yuqoridir. 
Inson evolyutsiyasi jarayonida o’zining oziq-ovqat, moddiy boylik, iqlim va ob-
havo ta’siridan himoyalanish, o’ziga qulaylikni oshirish bo’yicha ehtiyojlarini 
samaraliroq qanoatlantirishga intilib tabiiy muhitga, birinchi o’rinda biosferaga 
to’xtovsiz o’z ta’sirini o’tkazdi. Shu maqsadga erishish uchun u biosferaning bir 
qismini texnosfera band etgan joyga aylantirdi. 
Maishiy muhit
– bu maishiy sharoitdagi insonga ta’sir qiluvchi barcha omillarning 
yig’indisidir. Organizmni maishiy omillarga reaksiyasini fanning sog’lom turmush 
tarzi, sog’lom turmush tarzining kasallik profilaktikasi bilan aloqasi masalalariga 
bag’ishlangan mavzularda o’qish mumkin. 
Ishlab chiqarish muhiti
– bu mehnat faoliyati jarayonida insonga ta’sir qiluvchi 
omillar yig’indisidir. 


Тabiiy muhitdagi xavfsizlik
– bu ekologiyaning sohalaridan biridir. Ekologiya 
organizmlarning atrof-muhit bilan o’zaro ta’siri qonuniyatlarini o’rganadi. 
Тexnosfera
– o’tmishda biosferaga taalluqli bo’lgan keyinchalik insonlarning 
o’zining moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida 
to’g’ridan- to’g’ri yoki sirtdan texnik vositalar, uskunalar, bino-inshootlar va 
boshqa sun’iy yaratilgan qurilmalar bilan to’ldirgan hududdir.
Demak, texnosfera insonlar tomonidan texnik vositalar yordamida yaratilgan 
shaharlar, qo’rg’onlar, qishloq aholi punktlari, sanoat va korxonalar zonasi band 
etgan hududlar hisoblanadi.
Inson hayot faoliyati jarayonida nafaqat tabiiy muhit bilan balki, ijtimoiy muhit 
deb ataluvchi odamlar guruhi bilan ham uzluksiz aloqada bo’ladi. Insonni ijtimoiy 
muhit bilan aloqasi tug’ilishni davom ettirish, bilim, tajribalarni almashtirish
o’zining ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish, intellektual qobiliyatlarni 
oshirishda foydalaniladi va shakllanadi. 
Zamonaviy industrial jamiyatda inson atrof-muhit komponentlari (biosfera, 
texnosfera va ijtimoiy muhit) bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Ya’ni inson tabiiy atrof-
muhitga uzluksiz ta’sir etsa, o’z navbatida biosfera va insonning ehtiyojlaridan 
kelib chiqib uning uzluksiz jismoniy va aqliy faoliyatining mahsuli bo’lgan 
texnosfera va ijtimoiy muhit ham insonga to’g’ridan to’g’ri yoki sirtdan doimiy 
ta’sir etadi. Yuqorida qayd etilganlar asosida quyidagicha xulosa chiqarish 
mumkin:

zamonaviy inson uni o’rab turgan atrof-muhitning tashkil etuvchilari ya’ni, 
tabiiy, texnogen (texnosfera) va ijtimoiy muhit bilan uzluksiz o’zaro ta’sirda 
bo’ladi;

XIX asr oxiridan boshlab va XX asr davomida texnosfera va ijtimoiy muhit 
uzluksiz rivojlanmoqda, bunga ushbu sohada inson faoliyati orqali 
o’zgartirilgan yuza va fazoning oshib borayotganligini keltirish mumkin; 

texnosferaning rivojlanishi va kengayishi tabiiy muhitni o’zgartirish va uni 
egallash hisobiga amalga oshmoqda. 


Zamonaviy hayotda insonlarning yashash tarzi va ijtimoiy mavqelari yuksalishi 
bilan birga ularning tinchligiga, sog’ligiga va mehnati xavfsizligiga xavf soladigan 
omillar soni ham ortib bormoqda. Ma’lum sharoitda ularning insonlarning ruhiy 
holatiga, organizmi sog’ligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi ma’lum. Shu sababli 
insonlarni nafaqat ularning aqliy yoki jismoniy mehnat faoliyati davomida balki, 
yashash joyida, yo’lda va barcha holatlarda xavfsizligini, yaxshi kayfiyatini, 
mehnat qobiliyati va ish unumdorligini ta’minlash, sog’ligi haqida qayg’urish 
masalalarini ijobiy hal etish juda dolzarb masalalardan biridir. 
Qayd qilingan masalalarni ijobiy hal etishda hayot faoliyat xavfsizligi fanining 
o’rni, uning nazariy ma’lumotlari bilan bo’lajak mutaxassislarni qurollantirish 
ishlab chiqarishdagi va ijtimoiy hayotdagi muammolarni mumkin qadar ijobiy hal 
etilishiga yordam beradi. 
“Hayot faoliyati xavfsizligi” (HFХ) – inson faoliyatining barcha sohalarida 
(yashash sektorida, ishlab chiqarishda, noishlab chiqarish muhitida, dam olishda 
va boshqa), insonning atrof muhitga ta’sirini hisobga olgan holda, xavfsizlikni 
ta’minlashga yo’naltirilgan bilimlar tizimidir.
Hayot faoliyati xavfsizligining maqsadi ishlab chiqarishda falokatsiz va 
avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishlarning oldini olish, insonlar sog’ligini 
saqlash, mehnat qobiliyatini oshirish, mehnat sifatini oshirish, favqulodda 
vaziyatlarda himoyalanganlikni oshirish hisoblanadi.
Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi masalalarni yechish lozim 
bo’ladi: 

“inson-mashina-muhit” tizimidagi xavflarni adekvat identifikatsiyalashni 
amalga oshirish; 

insonlarni xavflardan himoyalash yoki unga noqulay omillar ta’sirining 
oldini olish; 

xavfli va zararli omillar ta’siri salbiy oqibatlarini tugatish; 

insonlar uchun muhitda normal, shinam sharoitlar yaratish.
Hayotiy jarayonda insonning atrof-muhit va uning tashkil etuvchilari bilan 
o’zaro ta’siri, Yu.N.Kurjakovskiyning “Hayot faqat moddalar, energiyalar va 


informatsiyalar oqimlarining tirik tana orqali harakati jarayonida mavjud bo’la 
oladi” degan hayotni saqlash qonuniga mos holda, elementlar orasidagi moddalar 
massasining, barcha turdagi energiyalar va informatsiyalarning oqimlari tizimiga 
asoslangan.
Hayotni saqlash qonunidagi oqimlar insonga o’zining oziq-ovqatga, suvga, 
havoga, quyosh energiyasiga, o’rab turgan muhit haqidagi informatsiyalarga 
bo’lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishi uchun kerak. Shu bilan bir vaqtda inson 
hayotiy fazasida o’zidan ongli faoliyati bilan aloqador (mexanik, intellektual 
energiyalar), biologik jarayon chiqimlari ko’rinishidagi ma’lum massadagi 
moddalar oqimini, issiqlik energiya va boshqa energiya oqimini ajratadi. 
Moddalar va energiyalar oqimi almashinuvi inson ishtirok etmaydigan 
jarayonlar uchun ham xarakterlidir. Тabiiy muhit bizning planetamizga quyosh 
energiyasi oqimi kirib kelishini ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida biosferada 
o’simlik va hayvonlar oqimini, moddalar (havo, suv) adiabatik oqimini, har xil 
energiyalar oqimini, jumladan favqulodda holatlarda tabiiy muhitdagi energiyalar 
oqimini ro’yobga keltiradi. Тexnosfera uchun barcha turdagi xom ashyo va 
energiyalar oqimi, mahsulotlar va odamlar navbati oqimlarining har xilligi; 
chiqindi oqimlari (atmosferaga tashlanayotgan chiqindilar, suv hovzalariga 
tashlanayotgan sanoat va boshqa iflos suvlar, suyuq va qattiq chiqindilar, har xil 
energetik ta’sirlar) xarakterlidir.
Har qanday xo’jalik yuritishning chiqindilari va teskari samarasi bo’ladi va 
ularni yo’qotib bo’lmaydi. Ularni bir fizik-kimiyoviy shakldan boshqa shaklga
o’tkazish yoki fazoga chiqarib yuborish mumkin. Тexnosfera, bundan tashqari 
to’satdan portlash, yong’in natijasida, qurilish konstruksiyalarining buzilishida
transport avariyalarida va shunga o’xshashlarda katta miqdordagi chiqindilar va 
energiya oqimini yuzaga keltirishi mumkin.
Ijtimoiy muhit tabiiy va texnogen olamni o’zgartirishga yo’naltirilgan insonga 
xarakterli bo’lgan barcha energiya oqimlarini ishlab chiqaradi va iste’mol qiladi, 
jamiyatda chekish, alkogol ichimliklar, narkotik moddalar va shunga o’xshashlarni 
iste’mol qilishga aloqador zararli holatlarni shaklllantiradi. 


“Inson 

muhit” 
tizimining har xil komponentlari energiya va 
informatsiyalarining xarakterli massalar oqimi quyidalardan iborat: 
a) tabiiy muhitning asosiy oqimlari: 
- quyosh nurlanishi, yulduz va planetalar nurlanishi; 
- kosmik nurlar, chang, asteroidlar;
- yerning elektr va magnit maydoni; 
- ekotizimlarda, biosferada moddalar aylanishi; 
- atmosfera, gidrosfera va litosfera holatlari; 
- favqulodda holatlar; 
- boshqalar. 
b) texnosferadagi asosiy oqimlar: 
- xom-ashyolar, energiyalar oqimi; 
- iqtisod sohasi mahsulotlarining oqimi; 
- iqtisod sohasi chiqindilari; 
- maishiy chiqindilar; 
- informatsiya oqimlari; 
- transport oqimlari; 
- yorug’lik oqimi (sun’iy yoritish); 
- moddalar va texnogen avariyalardagi energiya oqimlari; 
- boshqalar.
v) ijtimoiy muhitdagi asosiy oqimlar: 
- informatsiya oqimlari; 
- odamlar oqimi (demografik portlash, aholi urbanizatsiyasi); 
- narkotik , alkogol vositalar va boshqa oqimlari;
- boshqalar. 
g) hayot faoliyati jarayonida inson iste’mol qiladigan va chiqaradigan asosiy 
oqimlar:
- kislorod, oziq-ovqat, suv va boshqa moddalar (alkogol, tamaki, 
narkotiklar) oqimlari; 
- energiyalar oqimi (mexanik, issiqlik, quyosh va boshqalar); 


- informatsiya oqimlari; 
-hayot faoliyati jarayonidagi chiqindilar oqimi; 
-boshqalar.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” kursi “inson-muhit” tizimidagi oqimlar va inson 
organizmi o’rtasidagi murakkab aloqalarni o’rganish, bilish, belgilash va tuzish 
jarayonlarini ko’zda tutadi. Insonni muhitga ta’siri fizikaviy qonunlar bo’yicha 
muhitning barcha tashkil etuvchilari (komponentlari)ni qarama-qarshi ta’sirini 
yuzaga keltiradi. Inson organizmi u yoki bu ta’sirlarning moslashish chegarasidan 
oshmaguncha og’riqsiz qabul qiladi. Omillar ta’siri belgilangan me’yorlardan 
oshib ketishi natijasida salbiy oqibatlar shakllanishga boshlaydi. Shu sababli 
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fani quyidagi masalalarni samarali yechishga harakat 
qiladi: maishiy muhitdagi xavfsizlikni ta’minlash; ishlab chiqarish muhitidagi 
xavfsizlikni ta’minlash; shahar muhitidagi hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlash; 
atrof muhitdagi xavfsizlikni ta’minlash; tinchlik va urush vaqtidagi favqulodda 
holatlarda xavfsizlikni ta’minlash. 
Insoniyat paydo bo’lgandan boshlab o’zining ko’payishi davomida iqtisodni 
rivojlantirish bilan birga xavfsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy sistemasini yaratdi. 
Buning oqibatida insonga zararli ta’sirlar sonini oshishiga qaramasdan insonning 
xavfsizligi darajasi ortdi. Inson faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan 
ishlab chiqarishda ham sodir bo’layotgan baxtsiz hodisalar natijasidagi 
jarohatlanishlar, kasbiy kasallanishlar, nogiron bo’lishlar va boshqa salbiy 
hodisalar kamaymoqda. 
Jamiyatda hayot faoliyati xavfsizligi yetarli darajada ta’minlanganligining asosiy 
ko’rsatkichlaridan biri (integral ko’rsatkichi) sifatida fuqarolar hayotining 
davomiyligi qabul qilingan. Hozirgi vaqtda jahonning eng rivojlangan 
mamlakatlarida insonlarninrg o’rtacha umr ko’rishi 77-82 yoshni tashkil qiladi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish