Yo’nalishga kirish


Хavfsizlik texnikasi muxandisining vazifalari



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/72
Sana14.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#551246
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
Bog'liq
j0qbANEPoDizy8D50YGW11HLyRb6p984zcu94ybr

Хavfsizlik texnikasi muxandisining vazifalari 
Har bir sanoat korxonasi o’z masshtabiga asosan mehnatni muhofaza qilish 
bo’limini yoki xavfsizlik texnikasi muhandisi lavozimidagi shtat birligini tashkil 
qilish shart. Uning asosiy vazifasi sanoat korxonasida mehnat qilayotgan ishchi va 
muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish qoida va talablarini 
qanday bajarayotganliklarini nazorat qilishdan iborat. 
Jumladan uning xizmat doirasiga quyidagilar kiradi: 
1.
Sex va bo’lim boshliqlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish 
qonunlarini va boshqaruvchi tashkilotlarning xavfsizlik texnikasi, sanoat 
sanitariyasi norma hamda qoidalarini bajarish to’g’risidagi qarorlarning 
bajarilishini kuzatib boradi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish davlat 
tashkilotlari ko’rsatmalarini to’g’ri bajarilayotganligini tekshiradi. 
2.
Sanoat korxonalaridagi havo muhitining toza bo’lishiga e’tibor beradi va 
shamollatish tizimlarining to’g’ri ishlatilayotganligini kuzatib boradi. 
3.
Sanoatga zamonaviy xavfsizlik texnikasi vositalarini joriy qilish 
choralarini ko’radi. 
4.
Sex va bo’lim boshliqlari tomonidan “Sanoat korxonalarida ishlab 
chiqarish bilan bog’liq bo’lgan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga 
olish” haqidagi qarorning bajarilayotganligini kuzatib boradi. 


5.
Sanoat korxonalari ishchi va xizmatchilarini belgilangan tartibda maxsus 
oziq-ovqat, kiyim-bosh, oyoq kiyimi, sut mahsulotlari, sovun va shaxsiy 
muhofaza aslahalari bilan ta’minlaydi. 
6.
Sanoat korxonalarining hamma bo’limlarida xavfsizlik texnikasi 
tavsiyanomasini o’z vaqtida va sifatli o’tkazish chora-tadbirlarini amalga 
oshiradi. 
Хavfsizlik texnikasi muhandisining asosiy e’tibor berishi zarur bo’lgan 
ob’ektlaridan biri texnik yechimlarning loyiha hujjatlarida to’g’ri hal qilinishini 
nazorat qilishdan iborat. Chunki muhofaza qilish asosiy chora-tadbirlari va 
xavfsizlik texnikasining umumiy masalalari ana shu hujjatlardan hal qilinadi. 
Mazkur hujjatlarni qabul qilish vaqtida xavfsizlik texnikasi muhandisining 
qatnashishi shart va bu korxona rahbari tomonidan buyruq bilan asoslanadi. 
Umuman xavfsizlik texnikasi muhandisi sanoat korxonalarini rivojlantirish, qayta 
tashkil qilishda, sanitariya-maishiy xonalar tashkil etish ishlarida, sanoat mashina 
va mexanizmlarini o’rnatishda, yangi texnologik mashina va mexanizmlar
texnologik liniyalarni yig’ish va o’rnatish ishlarida qatnashishi kerak. 
Хavfsizlik texnikasi muhandisi nazoratchi sifatida sanoat korxonalarida tuzilgan 
har xil komissiyalar a’zosi sifatida qatnashishi kerak. Masalan, yangi qurilgan yoki 
qayta jihozlangan ob’ektlarni, yangi o’rnatilgan yoki remont qilingan sanoat 
jihozlarini qabul qilishda, injener-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish 
sohasidagi bilimlarini tekshirishda, ishchilarni attestatsiyadan o’tkazish va 
boshqalarda ishtirok etish zarur. Bundan tashqari xavfsizlik texnikasi muhandisi 
mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan masalalarni muhokama qilishda 
qatnashibgina qolmasdan, qabul qilingan qarorlarni rivojlantirib, amalga oshirish 
chora-tadbirlarini ko’radi. Uning bajarishi zarur bo’lgan vazifalar qatoriga yana 
quyidagilarni kiritishi mumkin: 
-
Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan baxtsiz xodisalarni hisobga olish, uni 
keltirib chiqargan sabablarni tahlil qilish va baxtsiz hodisaning qaytarilmaslik 
chora-tadbirlarini ko’rish; 


-
Baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini kamaytirish, ish sharoitlarini 
yaxshilash uchun ajratilgan mablag’larning o’zlashtirilishi haqida hisobot tuzish; 
-
Sanoat korxonalaridagi mehnatni muhofaza qilish masalalarini tahlil qilish 
va rahbar xodimlarda o’z muloxazalarini bildirish; 
-
Тegishli bo’lim va xizmatchilar oldiga ishchilarni xavfli va zararli omillar 
ta’siridan muhofaza qilish talablarini qo’yish; 
-
Zavod bo’limlari va sexlariga mehnatni muhofaza qilish masalalarida va ish 
sharoitini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda yordam ko’rsatish; 
-
Zavod sexlarida ishlab chiqilgan mehnatni muhofaza qilish rejalarini 
umumiy zavod rejasiga kiritib, umumlashtirish va ularni amalga oshirish chora-
tadbirlarini ko’rish. 
Хavfsizlik texnikasi muhandisi ishchilar xavfsizligini ta’minlash bo’yicha 
ishchilarni o’qitadi, ularni yo’riqnomalardan o’tkazadi. Shuning uchun u kadrlar 
tayyorlash bo’limi bilan birgalikda ishchilarni maqsadli kurslarda o’qitish ishlarini 
tashkil qiladi, mehnatni muhofaza qilish kabinetlari, burchaklari va vitrinalari 
tashkil qiladi, xavfsizlik texnikasi qoida va normalarini tashviqot qilish maqsadida 
ma’ruzalar uyushtiradi, plakatlar sotib oladi va ularni tarqatadi, xavfsizlik 
texnikasining ogohlantiruvchi yozuvlarini va belgilarini kerakli yerlarga o’rnatadi. 
Mehnatni muhofaza qilish mutaxassisi sifatida xavfsizlik texnikasi muhandisi 
yangi ishga kirayotganlarni kirish yo’riqnomasidan o’tkazadi va ularga mehnatni 
muhofaza qilish qoida va normalarini tushuntiradi. 
Bundan ko’rinib turibdiki, xavfsizlik texnikasi muhandisi sanoat korxonasi 
texnologiyasini a’lo darajada bilishi bilan birga xavfsizlik texnikasi va mehnatni 
muhofaza qilish masalalarida ham yuqori malakaga ega bo’lishi talab etiladi. 
Хavfsizlik texnikasi muhandisining huquqlarini ham aytib o’tish kerak. U sanoat 
korxonasining xohlagan sexini xohlagan vaqtda tekshirish va agar biror bir 
mashina yoki agregat ishchilar hayoti yoki sog’lig’i uchun zarar keltirishi mumkin 
bo’lgan holatni sezsa, bu mashinani to’xtatishi va ma’muriyatdan texnika 


xavfsizligi qoida va normalarini buzayotgan rahbar shaxslarning ishdan 
chetlashtirilishini talab qilish huquqiga egadir. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish