Yo’nalishga kirish


 Institutlarda o’quv ishlarini olib borilishi va tashkil qilinishi



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/72
Sana14.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#551246
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   72
Bog'liq
j0qbANEPoDizy8D50YGW11HLyRb6p984zcu94ybr

9. Institutlarda o’quv ishlarini olib borilishi va tashkil qilinishi 
Kalit so’zlar: institut, o’qish, tashkil qilishi, shakl, nizom, me’yor, ma’ro’za, 
amaliyot, laboratoriya, o’qituvchi, talaba, auditoriya, dars jadvali, bitiruv 
malakaviy ish, nazorat, mashg’ulot 
 O’qitish jarayonining asosiy shakllari 


Oliy o’quv yurtlarida o’qitish jarayonida ta’lim berishning turli shakl va 
usullaridan foydalaniladi. Тa’limning asosiy shakllari ma’ruza va seminar, amaliy 
va labaratoriya mashg’ulotlari, maslahat va kollokviumlar, kurs loyihasi (ishi) va 
BMI (bitiruv malakaviy ishi)lari hisoblanadi. Bundan tashqari talabalarning ilmiy 
jamiyati (ТIJ) yo’li bilan o’qituvchilar rahbarligida, kafedra va laboratoriyalar 
qoshida talabalar ilmiy to’garaklarida va (institut) talabalarning ilmiy 
anjumanlariga ma’ro’zalar tayyorlash va unda ishtirok etish yo’li bilan ham chuqur 
bilim beriladi. 
Ma’ruza o’qitish jarayonining asosiy shaklidir. O’qitish jarayoni shakllari ichida 
ma’ruza eng asosiysi hisoblanadi. U ancha murakkab va ko’p mehnat talab 
qiladigan ishdir. Ma’ruza o’qish yuqori malakali pedagoglarga topshiriladi, chunki 
ma’ruza kursini tayyorlash oliy maktab o’qituvchisidan katta mahoratni talab etadi. 
Har bir ma’ruza matnini tayyorlash esa, ilmiy ishni eslatadi. 
Oliy yurtlarida o’qitiladigan ma’ruzalar, darslik, qo’llanmalar, internet 
ma’lumotlari va boshqa manbalardagi materiallarni qayta bayon qilib berishdan 
iborat bo’lib qolmasdan, balki o’qituvchining aniq bir soha bo’yicha o’z shaxsiy 
ilmiy-pedagogik, ijodiy izlanishlarini ham o’zida jamlashi lozim. Хaqiqiy 
o’qituvchi ma’ruzaga vaqtinchalik topshiriq deb qaramasdan, balki muntazam 
ravishda unga tayyorlanib borishi, ma’ruzani qayta ishlab, to’ldirib va 
mukammalashtirishi lozim. Bunda har bir o’qituvchining o’z amaliy qarashlari
materiallarga shaxsiy munosabati, ilmiy umumlashtirmalari bo’lishi shart. Buning 
uchun adabiyotlar tanlash, ulardan o’rinli foydalana bilish, matbuotda va internetda
paydo bo’layotgan yangi adabiyotlarni yetarli hisobga olib borish talab etiladi. 
Ma’ruza aniq ma’lumotlarga asoslanishi kerak. O’qituvchi adabiy tilda gapirishi, 
nutqi rovon va ishlatiladigan iboralar hamma uchun tushunarli bo’lishi lozim. 
Ma’ruza san’at darajasida o’tilishi maqsadga muvofiq. Leksiya o’qituvchisi 
kafedra tomonidan tanlanishi va nazariy mashg’ulot o’tish tavsiya etilsa amaliy 
mashg’ulotni samarasi yuqori bo’ladi. 
Binobarin, ma’ruzaga tayyorlanishda kitob, jurnal va boshqa materiallarni pala-
partish o’qish, uning mavhum joylarini e’tiborsiz qoldirib, notanish so’zlar, noaniq 


atamalar va mavhum iboralarni aniqlamasdan tashlab ketish materiallarni 
o’zlashtirib olishga halaqit beradi va anglashilmovchiliklarning kelib chiqishiga 
sabab bo’ladi. 
Auditoriyada tinglovchilarga yetkaziladigan o’quv materiallarining yo’nalishi 
va ularni talabalar qabul qilib olishi turlicha xarakterda bo’ladi. Bu, so’zsiz, 
talabalarning umumiy bilimi, o’rta maktabdagi va o’rta maxsus ta’limdagi mashqi, 
ularga ta’lim bergan o’qituvchilarning mahoratiga bog’liqdir. Chunki ular oliy 
maktabgacha bilim asoslarini egallagan bo’ladi. 
O’qituvchi ma’ruza o’qir ekan, talabalarga mavjud materiallarni yetkazish bilan 
birga, ularga ba’zi vazifalarni berib, kutubxona, labaratoriya va arxivlarda yoki 
internetda ishlash uchun yo’llanma berishi ham kerak. 
Тalabalar oliygohda 4 yil ta’lim oladilar. Ularga birinchi kursdan boshlab 
ma’ruza o’qiladi. Тalabalar ma’ruzalarni tinglaydilar va konspektlashtirib boradilar. 
Har bir talaba ma’ruzani yaxshi o’zlashtirib olishi uchun uning quyidagicha 
bosqichlariga rioya qilishi lozim: ma’ruzani tinglash, uni konspektlashtirish va 
yozib olingan tekstni o’rganish - qayta ishlab chiqish. Тalabalar bu davrda ko’p 
narsalarni egallaydilar. Ular mustaqil fikrlaydigan, masalalarni to’g’ri hal eta 
oladigan bo’lib boradilar. Shuning uchun yuqori kurslarda an’anaviy-ma’ruzalar 
bilan bir qatorda, ma’ruza-suhbat, ma’ruza-munozara kabilarni tajriba qilib ko’rish
foydadan holi bo’lmaydi. Chunki talabalar ta’lim jarayonida ko’p narsalarni 
o’qiydilar, ko’proq mustaqil ishlab, dasturdagi va dasturdan tashqari materiallarini 
o’zlashtirib oladilar. Shuning uchun ham ma’ruzada ayrim masalalarni o’rganishni 
talabalarning o’zlariga havola etish o’rinli bo’ladi. Shunday yo’l bilan muammoli 
ma’ruza yuzaga keladi. 
Тalabalar ma’ruza tinglayotganlarida ma’ruzachi tomonidan beriladigan 
materiallarni diqqat bilan avvalo, tarixiy-davriy materiallarni, undagi tarixiy 
voqealarni o’tmish tarixida ayrim shaxslarning rolini, diagramma va sxema 
materiallarini, miqdoriy ko’rsatkichlarni, ko’chirmalarni aniq manzili bilan yozib 
borishlari kerak. Ma’ruza davomida talabalar barcha imkoniyatlardan (ko’rish, 
eshitish, yozib olish kabi) mumkin qadar to’laroq foydalanishga erishishlari zarur. 


Ma’ruzani yozib olishda hamma o’quv qurollar, asboblari - daftar, ruchka, qalam, 
musavvirlik va chizmachilik uchun zarur bo’lgan materiallar taxt qilib qo’yiladi. 
Stolda ortiqcha narsalar bo’lmasligi kerak. Тalabadan ma’ruza davomida aytilgan 
fikrlar va materiallarning hammasini sabr-toqat bilan tinglash va eslab qolishga 
xarakat qilish talab qilinadi. Yuqorida aytilgan tayyorgarlik ishlari tinglovchilarga 
katta ruhiy-fiziologik kayfiyat baxsh etadi. 
Ma’ruza talabalarni tarbiyalashning muhim usullaridan biri hisoblanadi. 
Darsxonada o’qituvchi o’zining jonli nutqi va ko’rgazmali qurollari, zamonaviy 
texnik vositalar bilan tinglovchilarga ilmiy tafakkur qilishning asl mohiyatini ochib 
beradi, talabalarning dunyoqarashini kengaytiradi, ularning ilm-fanga bo’lgan 
qiziqishini va o’quv madaniyatini oshiradi. Gap fandagi ilg’or tajribalar, so’nggi 
yangiliklarni tinglovchiga yetkaza oladigan, o’zining ilmiyligi va pishiqligi bilan 
o’zoq vaqtgacha esda saqlab qoladigan ma’ruzalar haqida borayapti. Ma’ruza 
o’qituvchilar bilan talabalarning aloqasini mustahkamlaydi. Bu jarayon seminar, 
amaliy va labaratoriya mashg’ulotlarida davom ettiriladi ishlab chiqarish 
amaliyotlari, kurs va BMI larini bajarishda yuqoridagi aloqalar yanada 
mustahkamlanadi va mustahkamlashib boradi. Тalabalarga ma’ruza o’qish va 
amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishda oliy maktab hayotidagi tajriba ham nazariy, 
ham amaliy jihatdan umumlashtirib boriladi. 
Amaliy va tajriba mashg’ulotlari ma’ruza kursida olingan bilimlarni amalda tadbiq 
qilish maqsadida o’tkaziladigan dars shakllaridan biridir. Bu ikki mashg’ulot 
o’zining xususiyatiga ko’ra bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Amaliy va 
tajriba darslarida talabalar ikki guruhga bo’linadilar har bir kichik guruhga alohida 
o’qituvchi rahbarlik qiladi. Amaliy mashg’ulotlar asosan ijtimoiy fanlar (tarix, til, 
adabiyot, huquq kabi), tajriba mashg’ulotlari esa tabiiy fanlar (ximiya, fizika, 
texnika kabi) uchun qo’llaniladi. 
Amaliy va tajriba darslarini nazariy kurs boshlanib, 8-10 soatlar o’tkazilgandan 
keyin boshlash maqsadga muvofiqdir. Amaliy darslarda talabalar o’zlashtirayotgan 
mavzu mazmuniga, bajariladigan vazifaning hajmiga qarab yakka holda yoki ikki-
uch kishidan iborat guruhlar bo’lib ishlaydilar. 


Dars boshida o’qituvchi topshirig’iga ko’ra talabalar tajribaxonada 
bajariladigan ish mazmuniga qarab kerakli adabiyotlar, tajriba jihozlari, reaktivlar 
va turli asbob-uskunalar, bajariladigan tajriba ishining rejasi bilan tanishib, 
adabiyotlarda ko’rsatilgan qoidalarga amal qilgan holda mustaqil ishlay 
boshlaydilar. Agar ish jarayonida qiyinchiliklarga yoki tushunmovchiliklarga duch 
kelinsa, o’qituvchiga murojaat qilish lozim. Amaliy tajriba mashg’ulotlari talabaga 
ma’ruza jarayonida olgan bilimlarini amalda tadbiq etishda malaka hosil qiladi. 
Amaliy va tajriba darslari oxirida, har bir talaba vazifani bajarib bo’lgandan 
keyin, o’qituvchi qilingan ishlarni ko’zdan kechiradi, ishlatilgan asboblar joy-
joyiga qo’yiladi. 
Maslahatlar
 
oliy ta’limda o’qitishning keng qo’llaniladigan bir shakli bo’lib, 
ko’pincha ma’lum kurs materiallari o’tib bo’lingach, undan olinadigan test yoki
reyting nazorati oldin o’zlashtirmovchi talabalar bilan yakka holda yo gruppa 
bo’lib o’tkaziladi. Maslahatlarda odatda bir yoki bir necha guruh talabalari 
o’zlashtirgach bilimlari yuzasidan o’qituvchi yakuniy suhbat o’tkazadi va 
talabalarning tushunmagan savollariga javob beradi. Maslahatlardan boshqa 
maqsadlarda ham, masalan, biror muammoni yechishda yoki biror mustaqil 
masalani yecha olmaganda ham foydalaniladi. Bunda shu soha mutaxassisidan 
maslahat so’raladi. 
Kollokviumlar o’qitish jarayonida keng qo’llaniladigan dars formalaridan biri 
bo’lib, ayniqsa, tabiiy fanlarni to’laroq o’zlashtirishda juda qulaylik tug’diradi. 
Kollkoviumda fanning bir bo’limi o’tib bo’lgach, shu bo’limni talabalar qanday 
o’zlashtirganliklari sinab ko’riladi. Unda o’qituvchi talabalarga vazifalar beradi. 
Тalabalar savollarga birin-ketin javob beradilar. Javoblar o’qituvchi tomonidan 
yakunlanib, umumlashtiriladi va faol ishtirok qilgan talabalar rag’batlantiriladi.
Kurs loyihasi yoki ishlari oliy o’quv yurtlarida talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlari 
olib borish malakasini hosil qilishga, ma’lum ilmiy xarakterga ega bo’lgan 
qisqacha ma’ruza yozishga o’rganishga chorlaydi. Odatda, kurs ishlari yoki 
loyihasi yozishda o’qituvchi rahbarligida mavzu tanlab olinadi va mavzuga doir 
reja tuziladi, rejaga asosan kurs ishi yozilib, taqriz qilinadi va o’qituvchiga 


topshiriladi. Kurs ishini bajarish jarayonida talaba o’qituvchi rahbaridan muntazam 
ravishda maslahatlar olib turadi. Ularning hajmi fanlarning xususiyatidan kelib 
chiqib belgilanadi. Kurs ishlarining nazorat ishlaridan farqi shundaki, kurs 
ishlarida talabalar aniq mavzu bo’yicha mustaqil fikr yuritadi va kichik 
muammolarni yechib berishga o’zining hissasini qo’shadi. Nazorat ishlarda esa 
oldin tayyorlab qo’yilgan savollarga javob qaytariladi. Ularning hajmi kurs 
ishlarining hajmiga nisbatan kichik bo’lib, o’zaro bir-birlaridan tubdan farq qiladi. 
Kurs loyihasi yoki ishlari talabalarning o’quv-tadqiqot ishlarining asosiy 
shakllaridan birini tashkil etadi. 
Bitiruv malakaviy ishlari (BMI) talabalar oliy o’quv yurtini tamomlayotganlarida 
tanlagan maxsus kurslari yuzasidan ilmiy-tadqiqot olib boradilar. Ular shu soha 
bilan bevosita bog’liq bo’lgan adabiyotlarni ishlab chiqib, o’z ishlarning boshqa 
ishlardan farqini, uning ishlab chiqarishga keltiradigan foydasini ko’rsata bilishlari 
kerak. BMI o’qituvchi rahbarligida yoziladi. BMIlarning hajmi 12-15 ming so’z 
atrofida belgilanadi. Ish tamom bo’lgach, BMIga mutaxassis tomonidan taqriz 
yoziladi va muhokamaga qo’yiladi. Muhokamada mutaxassislar ishtirokida 
bitiruvchi qilgan tadqiqoti haqida axborot beradi. So’ngra muhokama hamda 
munozara qilinadi va ish baholanadi. 
Тalabalar tomonidan bajarilgan BMIlar haqiqiy ilmiy ishlarning boshlanishidir. 
Bu munozarani talab etmaydi. BMI talabaga ilmiy izlanish, muammolarni 
o’rganish va uning mohiyatini tahlil qilishda yordam beradi. Zotan, talabalar o’qish 
jarayonida ma’lum doirada ilmiy-tekshirish ishlari olib borgan bo’ladilar. 
Тalabalarning ilmiy ishlari talabalar ilmiy jamiyatlari anjumanida tinglanadi, 
muhokama qilinadi, baholanadi bu jarayon talabaning ilmiy qobiliyatini charxlab 
boradi.
Maslahat, reyting va testlar ham o’qitish jarayonining ajralmas tarkibiy qismlaridir. 
Ularning har biri o’ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Masalan, maslahat 
ixtiyoriy, reyting va test esa majburiydir. 
Тalabalarga ma’ruza o’qishda, amaliy tajriba mashg’ulotlarini o’tkazishda, 
seminarlar tashkil etishda, kurs va BMIlariga rahbarlik qilishda oliy maktab 


dialektikasiga ham nazariy, ham amaliy jihatdan to’la amal qilingan holda ish 
ko’riladi.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish