Yo’nalishga kirish



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/72
Sana14.04.2022
Hajmi1,83 Mb.
#551246
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72
Bog'liq
j0qbANEPoDizy8D50YGW11HLyRb6p984zcu94ybr

Nazorat savollari: 
1. O’quv jarayoni degandanimani tushunasiz? 
2. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni vazifasi nima? 
3. Тalabalar bilimini nazorat qilishniqanday turlari bor? 
4. Akademik guruh va birlashgan gurux (potok)to’g’risida nimani bilasiz? 
5. Тalabalarni fanlardan o’tish ballari qanday belgilinadi? 
6. Тalabalar safidan chiqarishga nimalar asos bo’lishi mumkin? 
10 Xayot faoliyati xavfsizligini asosiy omillari 
Kalit so’zlar: hayot faoliyati, hayot faoliyati xavfsizligi, atrof-muhit, tabiiy 
muhit, biosfera,maishiy muhit, ishlab-chiqarish muhiti, texnosfera, inson-mashina- 
muhit tizimi, zararli va xavfli omillar, oqimlar, xavfsizlik.


Inson yashash uchun tabiy faktorlarni atmosfera bosimi, xarorat, havo, oziq-
ovqat va suv zaruriy ne’matlar hisoblanadi. Inson o’z faoliyati bilan antropogen 
xususiyatli omillarni kelib chiqishiga sababchi bo’ladi. Ularning ko’pchiligi inson 
faoliyati uchun zararlidir. 
-Odamni 50-100 rengen bilan bir marta nurlanishi o’tkir nur kasalini keltirib 
chiqaradi va 250-400 r miqdorda davolab bo’lmaydigan kasallanishga, o’limga 
sabab bo’ladi. Odamga nurlanishning ruxsat etiladigan chegaraviy miqdori 5 
rengen miqdorida belgilangan. 
Insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyoti( ilm-fanning, texnika-texnologiyaning va 
iqtisodiyot rivojlanishi, qishloq xo’jaligini industrlashtirish, har xil energiyadan 
foydalanish, Yangi mashina va mexanizmlarni yaratish, zararkunandalarga qarshi
har xil pestitsidlarning qo’llanishi) inson sog’ligiga salbiy ta’sir etuvchi zararli 
omillar miqdorini sezilarli darajada ko’paytiradi. Shu sababli insonlarni Ushbu 
omillardan himoyalash hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashning muhim 
elementi bo’lib qolmoqda. 
Inson yashashi uchun asosiy omillar 
Insonga ta’sir etuvchi faktorlar to’g’risida ma’lumot(
R.D.Gabovich,1970.
Gigiyena

Balandlik, 
km 
Atmosfera bosimi, 
Mm. simob ustuni 
Harorat, gradus 
Havo 
tarkibidagi 
kislorod miqdori, % 





10 
15 
760 
596 
462 
354 
267* 
198 
90
15 

-11 
-24 
-37 
-50 
-56,5 
20,95 
16,5 
12,9* 
9,7 
7,4 
5,4 
2,5
Izox: *o’lim zonasi(chegarasi). 
Тabiatdagi o’zgarishlar ham inson sog’lig’iga ta’sir etib turadi. Yer ko’tarilishi 
yoki cho’kishi bosimni o’zgartiradi. Masalan, Pomir tog’i so’ngi 10 ming yil 
davomida 500-800 m o’sgan(F va Т jurnali, 1967, №12, 64-b.) 


Inson tug’ilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega bo’ladi. 
Inson o’zining yashash, dam olish, sog’ligi haqida qayg’urish, qulay atrof muhit
xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga 
bo’lgan huquqlarini hayot faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari 
O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasida kafolatlangan. 
O’zbekiston Respublikasida mustaqillikni dastlabki yillaridayoq fuqorolarning 
xavfsizligini faoliyatning barcha sohalarida ta’minlashga, shu jumladan ishchi va 
xizmatchilarni ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmish darajasini 
yuksaltirishga, ishlash sharoitini texnik xavfsizligi va sanitariya talablari 
darajasidagi asosini yaratishga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. 
Hayot faoliyati- bu insonning kunlik faoliyati: mehnat faoliyati, dam olishi va 
yashash tarzidir. 
Atmosfera yer yuzida yashovchi tirik organizmlarni kislorod va boshqa zaruriy 
gazlar bilan ta’minlaydi, turli ultrabinafsha nurlardan, samodagi meteorit 
zarrachalaridan va haroratning keskin o’zgarishidan himoya qiladi. Agar atmosfera 
qatlami bo’lmasa, yer yuzasi kechalari – 170 °S sovib, kunduz kunlari +150 °S gacha 
isib ketardi, ya’ni oy kabi hayotsiz planetaga aylanardi. Kislorod o’simliklarning 
fotosintezi natijasida hosil bo’ladi. Hayotda barcha tirik mavjudodlar kislorod bilan nafas 
oladi. Uning miqdorini kamayishi yoki tarkibini sezilarli o’zgarishi inson organizmi 
funksiyasini buzilishiga sabab bo’ladi, hatto o’limgacha olib kelishi mumkin. Inson va 
boshqa tirik mavjudodlar organizmi mavjud havoga, moslashgan hayot uchun zarur 
hisoblangan havo qatlami atmosferaning pastki, ya’ni troposfera qismida joylashgandir.
Atmosfera gaz holidagi azot (78,9 %), kislorod (20,1 %), argon (0,93 %), karbonat 
angidrid (0,07 %) dan iborat bo’lib, vodorod, neon, geliy, kripton, metan va boshqalarni 
yig’indisi 0,01 % ni tashkil etadi. Bundan tashqari atmosferada suv bug’lari, chang 
zarrachalari, sanoat korxonalari chiqindilari yoqilg’i mahsulotlarining chala yonishidan 
hosil bo’ladigan qurumlar mavjud. 
Eng toza havo okean suvlari ustidadir. Qishloqlar ustida havodagi chang zarralari 
miqdori okean yuzasiga nisbatan 10 barobar, shaharlar ustida havodagi chang 35 
barovar, sanoat korxonalari ustida 150 baravargacha ortiq bo’ladi. Havoning chang 


bilan ifloslanishi 1,5-2 km balandlikni tashkil etadi; quyosh nurlarini yozda 20 % va 
qishda 50 % ni tutib qoladi. Yerda hayotning davom etishi, asosan, havoning 
tozaligiga bog’liq. Masalan, inson ovqatsiz va suvsiz bir necha kun yashay olishi 
mumkin, ammo havosiz faqat 5 minutgina yashaydi. Bir kishi kuniga 1 kg ovqat va 2 l 
suv iste’mol kilib, 25 kg havoni nafas olish uchun sarflaydi. 
Atmosfera havosi tarkibidagi kislorod miqdorini o’zgarishi inson salomadligiga
keskin va jadal ta’sir etadi. Undagi kislorod miqdorini 13 foizdan kamayishi sezilarli 
kislorod yetishmovchiligiga va hatto o’limga sabab bo’ladi. Odam tanasida kilorod 
yetishmasligi bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, qayd qilish va kuchli bosh og’rig’i hamda 
kuchli yo’nal bo’lishi bilan kuzatiladi. Havo tarkibini o’zgarishi turli xil xastaliklarni 
keltirib chiqaradi, nafas yo’li, ovqat hazm qilish, asob xastaliklari va boshqalarga sabab 
bo’ladi.
Atmosferaning ifloslanishi tufayli quyoshning to’g’ri radiatsiyasi 15 %, 
ultrabinafsha nurlari 30 % gacha kamayadi. Natijada, ba’zi zararli 
bakteriyalarning ko’payishi uchun sharoit vujudga keladi, har xil kasalliklar, 
xususan raxit kasalligi ko’payadi. 
Inson yashash uchun unga kuch-quvvat (energiya) beruvchi manbalardan 
oziqlantirish kerak. O’rtacha gavda kataligidagi inson uchun ba jaralidigan 
faoliyatiga qarab o’rtacha 2.5 k.kalloriya energiya sarflaydi. Bu xalqaro 
tashkilotlarning xulosasi bo’yicha chegaraviy ko’rsatkich hisoblanadi, undan 
kam qo’rsatkichli hududlarni energiya yetmaydigan hudud deb etirof etiladi. 
Ist’emol qilinadigan mahsulotlar tarkibida 20 dan ortiq darmondorilar bo’lishi 
lozim. Odamning har-bir darmondoriga sutkalik talabi tibbiyot sohasida 
aniqlangan. Masalan, V, darmondorisi-1.8-2mg/sut, va shunga o’xshash 
ravishda V

2-2.5 mg/sut, V

5-10 mg/sut, V

2-6 mg/sut, Ye 0,2-0,3 mg/sut, 
Yo’d 0,1-0,2 mg/sut, ftor 0,5-1 mg/sut va boshqalar. Odam organizmida 
energiyaning va darmonddorilarning yetishmasligi turli xil kassaliklarni 
ko’zg’alishiga sabab bo’ladi, faoliyat unimdorligi pasayadi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish