Mehnatni muhofaza qilish qoidalari, norma va yo’riqnomalarini buzganlik
uchun javobgarlik.
Ba’zi bir rahbar shaxslarning o’z ishiga sovuqqonlik va
loqaydlik bilan qarashi natijasida mehnatni muhofaza qilish tartib qoidalari buzilib,
baxtsiz hodisa yuz bersa, bu baxtsiz hodisaning og’ir – yengilligi va oqibatini
hisobga olib, javobgarlik chora-tadbirlari belgilanadi.
Intizomiy javobgarlik. Hozirgi zamon mashinasozlik sanoat fan va texnika
taraqqiyotining hamma yutuqlarini o’zida jamlagan murakkab dargoh hisoblanadi.
Undan oddiy tokarlik stanogidan tortib zamonaviy programmalashtirilgan agregat
stanoklarigacha, oddiy yig’ish maydonidan boshlab, mukammallashtirilgan
konveyer liniyalarigacha ishlaydi. Bundan mashinasozlik zavodlari sexlarida bir
necha yuzdan tortib bir necha ming nafargacha ishchilar mehnat qilishi mumkin.
Mehnat qilayotgan ishchining vazifasi va bajaradigan ishi mutaxassisligi
bo’yicha texnika xavfsizligi me’yorlari darajasida bo’lishi va uni buzgan
shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik tartibida ogohlantirish, jamoat
tartibidagi choralar va ma’lum miqdorda jarima to’lash belgilanadi.
Jinoiy javobgarlik. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining qo’pol buzilishi
natijasida og’ir jarohatlanish sodir bo’lsa, yoki bir necha kishi og’ir jarohatlansa,
yoki baxtsiz hodisa o’lim bilan tugasa, bu holatda rahbar xodim jinoiy
javobgarlikka tortiladi.
Oliy ta’lim muassasasi bu institutlar va universitetlardir. Ular o’z nizomlariga
asosan faoliyat olib boradilar. Yoshlarni o’qitish va ularga ta’lim tarbiya berishni
amalga oshiradilar. Ushbu kitob oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan birinchi
bosqich talabalarini o’qitish va ular foydalanishiga mo’ljallangan bo’lganligi
sababli, yosh talabalarni oliy ta’lim tizimiga mostlashish jarayonini amalga
oshirish maqsadida talabalarning asosiy vazifalarini aniqlashtirib berishni amalga
oshiradi.
Тalabalarning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash lozim:
-
talabalar o’qituvchi auditoriyaga kirguncha joylashgan bo’lishlari;
-
barcha turdagi mashg’ulotlarga to’liq qatnashish ;
-
ustozlar tomonidan mashg’ulot bo’yicha berilgan topshiriqlarni o’z
vaqtida bajarish;
-
fanlar bo’yicha reyting nazoratlarini o’z vaqtida topshirishlari lozim;
-
amaliyotlarini talab darajasida o’tkazish va rasmiylashtirish;
Oliy ta’lim muassasasini tamomlagan kadrlar rag’barlik lavozimlarida
faoliyat ko’rsatadilar. Bunda to’laqonli mavqeyga yerishish uchun yuqorida
ko’rsatilgan vazifalarni bajarishgina emas.Bo’lajak mutaxassislarda muomila
madaniyati
,
odobi,
ahloqi
yetarli jarajada bo’lmog’i lozim.Ularsiz
muvofoqiyatlarga erishib bo’lmaydi.
Har bir korxona va tashkilotning o’z ichki tartib qoidalari mavjud
shuningdek institut va universitetlarda ham.
Bo’lajak kadrlar o’qish davomida amaliyot ko’rikmalarini ham hosil qilishi
lozim. Ishlab chiqarishda birga ishlaydigan va atroflardigilani xurmatiga ega
bo’lish mutaxassisning muvofaqiyatlariga ijobiy ta’sir etadi. Buning uchun to’g’ri
so’zlik, adolatli faoliyat, insonparvarlik, vijdon va iymonli bo’lish lozim, notiqlik
xususiyatiga erishish kerak.
Yuqoridagi xususiyatlar uchun alohida formula, ifoda yo’q. Bunga xar bir
odamning xayotdagi tajribalaridan foydalana olish xususiyatiga ega bo’lishi
maqsadga muvofiqdir. Bu xususiyatlar o’quv jarayoni davomidan shakillansa
yaxshi bo’ladi. Shu maqsadlarni ko’zlab taniqli olimlar (Т.Хudoyderdiyev 2008)
pedagoglar ma’lumotlaridan foydalanib quyidagilarni keltirishni lozim deb
hisoblaymiz:
Oliy ta’lim muassasasida xech kimning erkinligi cheklanmaydi. Odamning
erkinligi doimo o’zimizning burchimiz va o’zgalarning xuquqi bilan cheklanadi.
Masalan, bir yozuv stoli atrofida o’tirgan ikki talabaning erkinligi yonida o’tirgan
talaba bilan xam bog’liq chunki ikkinchi odamga xalaqit berishi kerak emas, bu
degani qo’lini xoxlagancha uzatish, yozuv stolini qimirlatish baland ovozda
gapirish, stol ustini band qilish kabilarda norasmiy chegaralovlar bor. Chunki bir
yozuv stoli ikki kishi mo’ljallangan. Shuningdek talaba xar bir joyda o’z
chegaralovlarini bilishi va unga itoat etishi tarbiyalilik, onglilik darajasini
ko’rsatadi.
Qisqa qilib aytganda, erkinlikdan foydalanib faqat o’zini o’ylab,
boshqalarni o’ylamay xushiga kelgan ishni qilaveraman deganlar xatolikka yo’l
qo’yadi. Amaliyotda, ishlab chiqarishda ham shunday.
Ahloq va odob sifatlariga ega bo’lish oldindan kelib chiqadigan
ma’lumotlarni yengil va samarali yechilishiga olib keladi va ulkan maqsadlar
tomon mag’rur yetaklaydi deb yozadi Т.Хudoyberdiyev.
Oliy o’quv yurtiga qabul qilingan 1 bosqich talabasi turli mintaqalar va
turlicha shart-sharoitlardan yangi dargox kirib keladi. Oliy dargox eshigiga kelishi
bilan turli xil ogohlantiruvchi, taqiqlovchi va ko’rsatkich yozuvlariga duch keladi.
Masalan “bizda chekish taqiqlanadi” degan yozuvga duch kelishi mumkin yoki lift
o’qituvchilari uchun va boshqalar. Shunga o’xshash oliy ta’lim muassasasi
rahbariyati bilan 1 – uchrashuvda talabalarning bajaradigan ishlari to’g’risida
gapirganda aksariyat talabalar o’qiy olamanmi, sharoitga chiday olamanmi degan
qo’rquvga tushishi mumkin. Albatta o’qiy olamiz, albatta sharoitga moslasha
olasiz-bunga barcha erishish mumkin faqatgina shu muhit sharoitida va talabida
faoliyat yurgiza olsa. Chunki, sizning oliy ma’lumotli yaqinlaringiz xam shu
vazifalarni bajargan. Тalabalarni qayerda qanday kiyinish kerakligini bilishi uning
sezuvchanligini, shu muhitni hurmat qilishini va o’ziga nisbatan boshqalar fikrini
shakillanishini bildiradi. Yodingizda tuting: butun dunyo bo’yicha talabalar uchun
eng yaxshi odat qoidasi mavjud. U ham bo’lsa moddiy holatdan qat’iy nazar o’quv
mashg’ulotlariga qimmatbaho ustboshlarda kelmaslikdir.
Odamlarning, shu jumladan talabalarning atrofidagilarga ayniqsa ustozga,
o’zidan kattalarga, ayollarga hurmat bilan qarash, yaxshi munosabtda bo’lishi,
insoniylikning yaxshi xususiyatidan bo’lishi bilan birga o’ziga nisbatan ham
shuday baho bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu xar birimizning kayfiyatimizni yaxshi
bo’lishi bilan birga sihat – salomatligimizga ham ijobiy ta’sir etadi.
Jamiyat taraqqiyoti kundan kunga rivojlanib bormoqda. Aksariyat
talabalarda uyali telefonlari mavjud, o’qituvchi va xodimlarda ham. Uning ham
foydali va zararli tomonlari mavjud.
Ko’plab rivojlangan korxona va tashkilotlarda uyali telefonlardan ish vaqtida
foydalanish taqiqlanadi. Respublikamizda xaydovchilar uchun texnikani
boshqaruv vaqtida uyali telafondan foydalangani uchun jarima belgilangan. Ular
ishlab chiqarishga yoki odamning xavfszligiga salbiy ta’sir etadi.
Тalabalar uchun mashg’ulot vaqtida uyali telefondan foydalanishi mumkin
emas. Uning mashg’ulot vaqtidagi ovozi, titrashi, gaplashilmasada uning egasiga,
atrofdagilarga, mashg’ulot o’tuvchi o’qituvchiga salbiy ta’sir etadi, ularning fikrini
buzadi, aytilishi kerak bo’lgan fikirlarni chalg’itadi, xatto telefonni olishga yoki
o’chirishga bo’lgan xarakat zararlidir. Mashg’ulot samaradorligini pasaytiradi.
Тalabalarning mashg’ulotga tayyorgarligi dars boshlanguncha bo’lishi kerak. Ust
va bosh kiyimlarning holati o’quv qurollari: daftar, ruchka, qalam, chizg’ich va
boshqa mashg’ulot uchun kerakli anjomlar taxtligi, yozuv taxtasi va o’qitish texnik
vositalari (kompyuter, proyektor va b.) taxtligi ta’minlangan bo’lishi lozim.
Тalabalar faoliyati unumli bo’lishi uchun ovqatlangan bo’lishi kerak,
boshqalar kayfiyatini buzmaslik uchun yoqimsiz xid tarqatadigan narsalarni
ist’emol qilmasliklari yoki vositalardan foydalanmasligi lozim. Auditoriyalardan
ovqatlanish ta’vsiya etilmaydi. Auditoriyadagi boshqaruvchi ustoz hisoblanadi.
Ustoz mashg’ulot tartibini belgilaydi. Ustoz talaba bilan o’rnatilgan tartibda
shug’ullanadi, yani
-
dars jadvali bo’yicha mashg’ulot paytida;
-
dars jadvali bo’yicha maslaxat soatlarida;
-
reyting nazoratlari o’tkazish vaqtida;
-
ustozning o’zi vaqt belgilagan bo’lsa;
-
boshqa vaqtlarda ustozning ruxsati bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |