Quyosh elementlarining optik xususiyatlarini oshirish usullari



Download 158,57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.07.2022
Hajmi158,57 Kb.
#739957
  1   2
Bog'liq
3 QUYOSH ELEMENTLARINING OPTIK XUSUSIYATLARINI OSHIRISH USULLARI



QUYOSH ELEMENTLARINING OPTIK XUSUSIYATLARINI 
OSHIRISH USULLARI 
dots. Matyoqubov H.Sh (UrDU); o’qit.stajiyor O.H.Ollayarova, 
o’qit.stajiyor N.O.Axmedjonov (TATU Nurafshon filiali) 
 
Insonlarning hayot kechirishi va yaxshi yashashi uchun energiya eng 
muhim ahamiyatga ega bo„lgan omildir. Energiyaga bo‟lgan talabni qondirish 
hamda atrof-muhitga bezarar bo‟lgan tabiiy energiya manbaalaridan foydalanish 
hozirgi kunda zamon talabiga aylanib bormoqda. O„zbekiston Respublikasi 
Prezidentining O„zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod 
energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risidagi 2021-yil 9-apreldagi 
PQ-5063 sonli qarori ham shu yo„nalishda hizmat qiluvchi amaliy ishlardan 
biridir [1]. 
Bugungi kunda qayta tiklanuvchi manbaalar ichida Quyosh energiyasidan 
foydalanish va Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish ancha 
rivojlanib bormoqda. Chunki Quyosh eng katta bitmas-tugallanmas, ekologik 
toza hamda boshqa energiya manbaalariga qaraganda eng arzon energiya 
manbaidir. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishda quyosh 
elementlari (QE) dan foydalanamiz. Hozirgi kunda juda ko„p turdagi quyosh 
elementlari (QE) ixtiro qilindi: yakka kristall Si asosidagi, multikristall Si 
asosidagi, kremniy getrostrukturali, perovskit material asosidagi, organik 
material asosidagi, anorganik material asosidagi, yupqa qatlamli Si asosidagi, 
yupqa qatlamli kristall GaAs asosidagi va boshqa quyosh elementlaridan (QE) 
foylalanilmoqda. Olimlar oldida turgan asosiy vazifalardan biri, Quyosh 
elementlarining F.K.I. ni oshirish va muqobil energiyaning hissasini oshirish 
dolzarb vazifalardan biri bo„lib turibdi. Quyosh elementlari foydali ish 
koeffitsientini oshirishning eng samarali va keng tarqalgani, quyosh 
elementlarining optik xususiyatlarini yaxshilash ya‟ni yutilish koeffitsientini 
oshirishdir. 
Biz kremniy va GaAs asosidagi quyosh elementlarini optik xususiyatlarini 
yaxshilash yo‟llarini ko‟rib chiqamiz. Kremniy elementining afzalligi uning yer 
yuzasida ko„p uchrashi hamda tannarxining arzonligidadir. Lekin foydali ish 
koeffitsienti ishlab chiqarishda 19,6% ni tashkil qilmoqda boshqa turdagi 
quyosh elementlarining F.I.K. laboratoriya sharoitida 20-40% ni tashkil 
qilmoqda, ammo tannarx jihatdan juda qimmat. Demak quyosh elementlarining 
F.I.K. ni oshirish bu yo‟nalishning dolzarb muammolaridan biridir. [2]
Yarimo„tkazgichlarning optik xususiyatlari yorug„lik to„lqin uzunligiga 
kuchli bog„liqdir. Kremniy asosli QE ning qaytish koeffitsientini nur normal 
tushayotgandagi holati uchun Frenel formulasidan foydalanib hisoblasak, 
qaytish koeffitsienti 29% ni tashkil qiladi. Qaytib ketayotgan nur miqdorini 
kamaytirish uchun QE elementlarining ustiga antireflektiv qatlam qoplanadi. 
Antireftik qatlam sifatida
MgF
2
, TiO
2
va SiO

keng qo‟llaniladi.[3] Masalan 75 
nm qalinlikdagi AlSi bilan qoplangan kremniy asosidagi quyosh elementlarining 
qaytish, yutilish, o

tish koeffitsientlarini o

rganib chiqilganda o

rtacha yutilish 
koeffitsienti 10% ga ortib, o

rtacha qaytish koeffitsientini 10% ga kamayganini 


ko

rishimiz mumkin.[4] Qaytib ketayotgan nurlar miqdorini kamaytirishning 
yana bir usuli quyosh elementining yuzasida piramidalarni hosil qilishdir. Tekis 
yuzaga tushgan nur bir marotaba sinadi bu esa nurning kamroq yutilishiga sabab 
bo

ladi. Agar yuzani piramida va teksturalar bilan qoplasak, yuzada nurni 
ko

proq marotaba sinishiga erishamiz. [5] 
Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish uchun eng istiqbolli 
materiallardan 
biri 
bu 
galliy 
arsenidi 
(GaAs) 
hisoblanadi. 
Ushbu 
yarimo„tkazgich GaAs to„g„ridan-to„g„ri optik o„tishlar tufayli, katta optik 
yutilish koeffitsientiga egaligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, unga 
asoslangan quyosh elementlari (QE) yuqori samaradorlikka, kremniyga 
asoslangan quyosh elementlari (QE) bilan solishtirganda ancha kichik qalinlik 
bilan erishish mumkin. Asosan, kamida 20% samaradorlikni olish uchun GaAs 
quyosh elementining (QE) ning qalinligi 3-4 μm bo„lishi kifoya. [6] 
GaAs ning yuqoridagi afzalliklariga qaramay, konversion samaradorlikni 
oshirish muammosi o„ta dolzarbdir. Optik yo„qotishlarni kamaytirishni 
ta„minlash uchun foydalanilgan turli xil konstruktiv va texnologik yechimlarga: 
bir qatlamli yoki ko„p qatlamli nur qaytarishga qarshi qoplamadan foydalanish 
old yuzaning teksturasi, sirtda nanoipchalar, nanozarrachalar va kvant 
nuqtalarining paydo bo'lishi kabilarni kiritish mumkin. Bizning ishimizning 
asosiy maqsadi GaAs QE ni alanga yordamida sintez qilingan nikel oksidi 
nanozarralarini sirtga qo„llash orqali samaradorligini oshirish imkoniyatlarini 
tadqiq qilishdir.[6] 

Download 158,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish