MAVZU: 3-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA AMALIY ISHLARDAN
FOYDALANISH METODIKASI.
MUNDARIJA:
KIRISH
I BOB. BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA AMALIY
MASHQLAR ECHISHGA O’RGATISH ORQALI FIKRLASH
QOBILIYATLARINI O’STIRISHNING AMALIY ASOSLARI.
1.1.Boshlang’ich sinf matematika darslarida amaliy mashqlar echish orqali
o’quvchilarnng fikrlash qobiliyatlarini o’stirishning nazariy asoslari
1.2. Uchinchi sinfda amaliy mashqlar echish orqali o’quvchilarning fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirish
II. BOB. 3- SINF MATEMATIKA DARSLARIDA FAKULTATIV
MASHG’ULOTLARNI O’TKAZISH METODIKASI
2.1.3- sinf matematika darslarida fakultativ mashg’ulotlarni tashkil etish.
2.2. Uchinchi sinfda to`rt xonali sonlarni o’qitish tizimi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Davlatimiz rahbari Oʻqituvchi
va murabbiylar kuni
munosabati bilan soha vakillariga yoʻllagan tabrik nutqida taʼkidlaganidek,
taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli,
millatni buyuk qiladigan
kuch ham ilm-
fan, taʼlim va tarbiyadir.
Shuning uchun ham, Oʻzbekistonda taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish,
malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablagʻlar
yoʻnaltirilmoqda. Maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim
tizimlari, ilmiy-
tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat
oʻzgarishlari roʻy bermoqda.
– Biz ustozni otaday ulugʻ deb bilgan, doimo ardoqlagan maʼrifatparvar xalqning
vakillarimiz. Men ham oʻqituvchi, muallim deganda oʻzim uchun eng aziz va
hurmatli boʻlgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur
qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va taʼlim berib,
mehribon ota-onalarimiz
qatorida tarbiyalagan,
– dedi davlat rahbari yigʻilish
avvalida.
– Bugungi kunda Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini
yaratyapmiz. Bunda bizning
eng yaqin koʻmakchilarimiz ustoz va murabbiylar,
ilmiy va ijodkor ziyolilardir.
Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bogʻlangani, bu masala davlatning,
jamiyatning eng muhim ishi ekani taʼkidlandi.
– Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini oʻqituvchi va murabbiylarga
ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak
bunyodkorlari boʻlgan bu moʻtabar zotlarga
munosib hurmat-ehtirom
koʻrsatishimiz kerak, – dedi Prezident.
Respublikamizda “Boshlangʻich taʼlim konsepsiyasi” hamda boshlangʻich taʼlim uchun oʻquv dasturlari va
oʻquv-metodik majmualarda oʻquvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish
imkoniyatlarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, xalqaro baholash dasturlari asosida
boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻqish savodxonlikni rivojlantirishning didaktik
tizimini ishlab chiqish,
oʻqituvchilarni oʻquvchilarda hayotiy koʻnikmalarni tarkib toptirishga tayyorlashning pedagogik
mexanizmlarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida “yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qoʻllab-
quvvatlash hamda roʻyobga chiqarish” kabi muhim
vazifalar belgilab berildi
Boshlang’ich sinf
matematika o’qitish ishida eng asosiysi o’qituvchining materialni bayon metodini
rad qilish deb tushunish yaramaydi. O’qitishdagi bayon metodi o’quvchilarda
qiziqish va ularning diqqatini uyg’otish, ular oldiga kelajakda echishga to’g’ri
keladigan masalalar va problemalarni qo’yish kerak. Boshlang’ich ta`lim
o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stishi, faollashtirishnnig mazmuni
quyidagidan iborat: Yangi bilimlarning o’zlashtirishda
va ularni amalda
qo’llanishda fikrni mustaqil ravishda ishlatish. Bilib olish qobiliyatini rivojlantirish
(ya`ni, matematik tadqiqot metodlarini va ularni yangi masalalar echishga tatbiq
qilish malakalarini o’zlashtirish). Har tomonlama psixik rivojlanish, ya`ni tegishli
ifoda sifatlarining tashkil topishi, aqliy mehnatga bo’lgan qiziqishning rivojlanishi,
o’quv faolityai sabablarini anglash va hokazolar. Shunday qilib, o’quvchilarning
fikrlash qobiliyatlarini o’stirish, faolllashtirish deganda
ularning bilimlarni olish,
takomillashtirish va tatbiq qilish jarayonida bu jarayonga bog’liq bo’lgan mustaqil
aqliy va amaliy faoliyatni kuchaytirish deb tushunamiz.