Vaziyatga huquqiy baho bering.
Demak yuqoridagi vaziyatga huquqiy baho berar ekanmiz, avvalo, aksiyadorlik jamiyati o’zi nima degan savolga javob berib o’tishni lozim deb bilaman. Aksiyadorlik jamiyati bu - ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkilotidir. Aksiyadorlik jamiyati yuridik shaxs bo‘lib, u o‘z mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, shu jumladan o‘zining ustav fondiga (ustav kapitaliga) berilgan mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. 2 Shunday qilib aksiyadorlik jamiyatlari yuqorida keltirilgan belgilarni o’zida mujassamlashtiradi va shu bilan birga u qayta tashkil etilishi ham mumkin. Qayta tashkil etish qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish kabi shakllarda amalga oshiriladi. Yuqoridagi vaziyatda ham “Chip” va “Alvon” aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlar umumiy yigʻilishida umumiy yigʻilish ikki aksiyadorlik jamiyatlarini qoʻshib yuborish haqida qaror qabul qildi. Buning natijasida yangi tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati vakolatli organ tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Avvalo qo’shib yuborishning o’zi nima va u qanday tartibda amalga oshiriladi degan savolga javob berib o’tishimiz lozim. ,,Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunda buning tartibi va ta’rifi keltirib o’tilgan. Unga ko’ra: yangi yuridik shaxsga o’z faoliyatini tugatgan ikki yoki undan ko’p aksiyadorlik jamiyatlarining barcha huquq va majburiyatlarini o’tkazishi qo’shib yuborish deyiladi.
Qo‘shib yuborishda qatnashayotgan jamiyat qo‘shib yuborish to’g’risida shartnoma tuzishadi va shartnomada qo‘shib yuborishning tartibi va shartlari, shuningdek har bir jamiyat aksiyalarini yangi yuridik shaxsning aksiyalariga va ayirboshlash tartibi belgilab qo‘yiladi.
Yuridik shaxslar qo‘shib yuborilgan taqdirda ularning har biriga tegishli barcha huquq va majburiyatlar topshirish dalolatnomasiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o‘tadi.
Yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish yoki o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish faqat vakolatli davlat organlarining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Xo’sh barchasi to’g’ri tashkil etilgan ekan, unda muammo nimada degan savol tug’iladi? Muammo shundaki, bu haqda monopoliyaga qarshi organ hududiy boshqarmasiga maʼlum boʻlgach, ushbu organ mazkur yangi taʼsis etilgan aksiyadorlik jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazishni haqiqiy emas deb topish haqida qaror qabul qildi. Endi bu vaziyatda monopoliyaga qarshi organning xatti harakaiga baho beramiz. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari bu – monopoliyaga qarshi organlardir. Monopoliyaga qarshi organ tovar va moliya bozoridagi raqobatni nazoratga solib turuvchi vakolatli organ hisoblanadi. Shu yuzasidan ushbu organ raqobatni tartibga solish bilan birga, xo’jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan kelishib olingan, insofsiz harakatlarini cheklaydi va davlat organlari va mahalliy hokimiyat organlarining amalg oshiradigan g’ayriqonuniy harakatlari ustidan nazoratni amalga oshiradi. Monopoliyaga qarshi organning savdo va iqtisodiy konsentratsiyani monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solish tizimi mavjud bo’lib, unda biz yuqorida ko’rgan kabi holatlar ustidan nazorat tartibida ish olib boriladi. Jumladan, ushbu vaziyatdagi kabi aksiyadorlar jamiyatlarini qo’shib yuborishda monopoliyaga qarshi organning oldindan rozilik berishi talab etiladi va uning tartibi ham belgilangan. Xususan, O’zbekiston Respublikasining ,,Raqobat to’g’risidagi” qonunga ko’ra:,,Monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimga oldindan rozilik beradi.
Agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish bo‘yicha bitimlar uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish zarur3”. Demak, bunda keltirilishicha, monopoliyaga qarshi organning roziligi olinishi lozim bo’lgan ikkita holat mavjud:
1. ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa, bu degani 27000000000, ya’ni 27 milliard va undan ko’p miqdorlar uchun. ,,Chip” va ,,Alvon” aksiyadorlik jamiyatlarining umumiy aktivlari birgalikda 12 milliardni tashkil etmoqda, demak bu vaziyat birinchi holatga tushmas ekan
2. Ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa. Ammo kazusda bunga oydinlik kiritib o’tilmagan.
Shuning uchun yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni aytishimiz mumkinki, bu vaziyatda faqatgina aktivlarning miqdori kamligi tufayligina monopoliyaga qarshi organning harakatlarini g’ayriqonuniy deb baholay olaymiz, chunki bu yerda boshqa omillar ham mavjud, jumladan, aksiyadorlardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa yoxud tovar yoki moliya bozorida o‘zaro raqobatlashayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan potensial raqobatchilar bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar va boshqalar. Shu tufayli bu holatda qayta tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyati Davlat xizmatlari markazlariga harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi arizani va boshqa zarur hujjatlarni taqdim etadi. Buning batafsil tartibi O’zbekiston Respublikasining ,,Raqobat to’g’risidagi” qonunining 18-moddasida keltirib o’tilgan. Shu o’rinda yana shuni ta’kidlab o’tish lozimki, agarda ,,monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishi yoki kuchayishi va (yoki) raqobatning cheklanishi, noxush oqibatlar yuz berishi mumkin bo‘lgan taqdirda ham, agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar o‘z harakatlari (bitimlari) iste’molchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab bersa, harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) uchun oldindan rozilik berish haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli”.4 Agar shunda ha monopoliyaga qarshi organ arizani qanoatlantirmasa, monopoliyaga qarshi organning qarorlari ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi yoxud sudga shikoyat qilish huquqi mavjud va bu vaziyatda monopoliyaga qarshi organning qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi ularning ijro etilishini sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar to‘xtatib turadi
|
|
|
“Nur-Hayot” fermer xo`jaligi 2020-yilning dastlabki bug`doy hosilini yig`ib olgach, bo`sh qolgan 15 gektar yerning 8 gektarini dehqon xo`jaligi faoliyati bilan shug`ullanuvchi Salimov Abrorga bir yillik ijara asosida berdi. Salimov Abror ushbu yerda o`z dehqonchilik faoliyatini olib bora boshladi, ammo uch oydan so`ng vakolatli davlat organining tekshiruvi asosida, fermer xo`jaligining mazkur xatti-harakatlari noqonuniy ekanligi aytilib, dehqon xo`jaligi olib borilishi uchun fermer xo`jaligi o`z yerlarini ijara asosida bera olmasligini, shuningdek, dehqon xo`jaligi uchun ajratilishi mumkin bo`lgan yerning eng ko`p miqdori 1 gektarni tashkil etishi lozimligini aytdi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |