Vaziyatga huquqiy baho bering. Demak yuqoridagi kazusga yechim berish uchun avvalo ushbu kazusda berilgan muommoli vaziyatlarni sanab o’tsak.
Xususiy korxona nima ?
Korxona direktori Haydar Kamolov betobligi tufayli boshqarish vazifasini buyruq asosida korxona bosh buxgalteri Azimov Xasanboyga yukladshi huquqiy asosga egami ?
Korxona yuriskonsulti Azizbek Turdiyev bu noqonuniy ekanligi haqidagi fikri qonuniy asosga egami?
Yuqoridagi kazusga yechim qanday bo’ladi?
Demak endi bevosita kazusga yechim berib o’tsak:
A-savolga javob berish uchun Xususiy korxona to’g’risidagi qonunga e’tibor berib o’tsak unda shunday yoziladi:
3-modda. Xususiy korxona:Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir. Yuqoridagi qonundan bilishimiz mumkinki xususiy korxona bu Jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan tijoratchi tashkilotdir.
Endi bevosita B-muommoli vaziyat bo’yicha ‘’Xususiy korxona to’g’risida’’gi qonunning 16-moddasiga ko’ra.Xususiy korxona mulkdori o‘zi vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda shu muddatda rahbarlik vazifasini bajarib turishni boshqa jismoniy shaxs zimmasiga yuklash to‘g‘risida yozma qaror qabul qiladi. Xususiy korxona mulkdori muvaqqat rahbarning xususiy korxona mol-mulkini tasarruf etishga oid huquqini cheklab qo‘yishi mumkin.Demak bundan kelib chiqib shuni aytib o’tishimiz mumkinki korxona raxbarining betob bo’lishi korxona mulkdori o‘zi vaqtinchalik bo‘lmasligi deb e’tirof etishimiz mumkin va undan tashqari korxona raxbarining bevosita xuxuqlariga ham to’xtalib o’tsak va bevositda C muommoli vaziyatga ham yechim berib o’tsak. Demak: Xususiy korxonani korxona rahbari yakka boshqaradi, korxona nomidan ishonchnomasiz ish koʼradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, xususiy korxonaning pul mablagʼlarini hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy boʼlgan buyruqlar chiqaradi va koʼrsatmalar beradi. Xususiy korxona rahbari xususiy korxona ustaviga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʼzgartirishlar va qoʼshimchalar kiritishi mumkin. Bundan tashqari xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish toʼgʼrisida qaror qabul qilish, xususiy korxonaning foydasidan oʼz ixtiyoriga koʼra foydalanish; xususiy korxonaga tegishli mol-mulkni boshqa shaxsga berish, ijaraga berish, garovga qoʼyish, boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga hissa sifatida kiritish yoki ushbu mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etish kabi huquqlarga ega.Huquqiy asos ‘’Xususiy korxona to’g’risidagi’’ qonun
Xususiy korxona mulkdori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʼlishi mumkin. Yuqoridagi Qonunda Xususiy korxona rahbari ustav fondini shakllantirishi hamda oʼziga qarashli korxonani yakka boshqarishi shart ekanligi belgilab qoʼyilgan demak korxona yurist konsulti shu moddadan kelib chiqib yanglish xulosaga kelgan deb aytishimiz mumkin.
Demak yakuniy xulosa sifatida shuni ayitb o’tishimiz mumkinki xususiy korxa egasi korxona bo’yicha qarorlarni o’zi chiqaradi va u vaqtincha bo’lmaganida boshqaruv huquqini vaqtincha boshqa jismoniy shaxsga berishi mumkin va yuristkonsult fikrlari xató.
“Toirov” oilaviy korxonasi (rahbari Rustam Toirov) pomidor koʻchatlari yetishtiradi. Rustam Toirov oʻzining xorijiy safarga chiqishi munosabati bilan hamda umuman korxonaga rahbarlik qilishni istamaganligi uchun nabirasi Gʻolib Rustamovni oilaviy korxona rahbari etib belgilashni oilaviy korxona aʼzolariga taklif etdi. Oilaviy korxonada faoliyat yurituvchi 14 nafar aʼzodan 7 tasi bunga rozilik bildirsa, 7 aʼzo bunga eʼtiroz bildirdi. Ular oʻz eʼtirozlarida Gʻolib Rustamovning 17 yoshda ekanligini, oilaviy korxonaning rahbari faqat oila boshligʻi boʻla olishini taʼkidlashgan. Gʻolib Rustamov esa emansipatsiya instituti orqali yoshi korxonaga rahbarlik qilishiga halal bera olmasligini, korxonaga kim xohlasa rahbar boʻla olishini maʼlum qilgan.