Yil kuzgi semestrda oʻtkaziladigan Biznes huquqi modulidan tayyorlangan yakuniy nazorat turi boʻyicha imtihon savollari



Download 0,53 Mb.
bet76/76
Sana21.05.2022
Hajmi0,53 Mb.
#605704
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
Bog'liq
biznes

Vaziyatga huquqiy baho bering.





Fuqaro Tursunboyev bolalar futbol maktabini ochmoqchi. Buning uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtib, 3 ta xodim va 8 ta shogird olib, 7 yoshdan yuqori bolalarni oʻqishga jalb qilmoqchi boʻldi. Ammo davlat xizmatlari markaziga murojaat qilganda yakka tartibdagi tadbirkorning xodim yollashga haqli emasligi, 8 ta shogird ololmasligi hamda futbol maktabi ochish maqsadga muvofiq emasligini vaj qilib roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortishdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Ushbu kazusda quyidagi muammolar mavjud:

  1. Yakka tartibdagi tadbirkorning xodim yollash huquqi bormi?

  2. Davlat xizmatlari markazining fuqaro Tursunboyevni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortishi to’g’rimi?

Yakka tartibdagi tadbirkorlik — yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi haqida dalolat berishi lozim.


Ushbu kazusga javob topishda biz O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga murojaat qilamiz. Ushbu qonunning 6-moddasida shunday deyilgan: Yakka tartibdagi tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli. Vazirlar mahkamasi belgilagan tartib “YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR SHUG‘ULLANISHI MUMKIN BO‘LGAN FAOLIYAT TURLARI RO‘YXATINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA”gi Vazirlar mahkamasi qarorida ko’rsatib o’tilgan. Ushbu qarorning https://lex.uz/docs/-1727490 1-qismida yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati bor va bu ro’yxatdagi faoliyatning ushbu turlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni yollash huquqiga ega deb yozilgan. Fuqaro Tursunboyevning faoliyati turi ushbu ro’yxatning 58-bandiga to’g’ri keladi: Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish faoliyati (sheyping, aerobika, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari), trenerlik xizmatlari. Demak, ushbu holatda Fuqaro Tursunboyev xodim yollash huquqiga ega.
Keyingi muammoga yechim topamiz.
Ushbu holatda fuqaro Tursunboyev yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish masalasi yuzasidan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilganda ushbu markaz unga yakka tartibdagi tadbirkorning xodim yollashga haqli emasligi, 8 ta shogird ololmasligi hamda futbol maktabi ochish maqsadga muvofiq emasligini vaj qilib roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortishdi. Men davlat xizmatlari markazini ushbu harakatlarini noto’g’ri deb hisoblayman. Chunki fuqaro Tursunboyevning bironta harakati qonunchiligizmizga zid emas. Davlat xizmatlari markazi fuqaro Tursunboyevni tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki unga qonunchilikda nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablarni belgilashga haqli emas. Ushbu holatda fuqaro Tursunboyev “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni 13-moddasiga muvofiq davlat xizmatlari markazi ustidan sudga shikoyat qilish orqaligina o’z huquqini tiklay olishi mumkin. Yuqorida tahlil qildik, davlat xizmatlari markazining qarori qonunga xilof. Shuning uchun davlat xizmatlari markazi fuqaro Tursunboyevni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplaydi va ma’naviy zarar uchun kompensatsiya to‘laydi.






Umumiy tayyorlangan kazuslar soni: 20 ta



1 Вазирлар Маҳкамасининг 2011 йил 7 январдаги 6-сон қарори 1-ИЛОВА

2 Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 3-modda

3 O’zbekiston Respublikasining ,,Raqobat to’g’risidagi” qonuni. 16-modda.

4 O’zbekiston Respublikasining ,,Raqobat to’g’risidagi” qonuni. 18-modda.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish