Xususiy korxona rahbarining huquqiy pozitsiyasini tahlil qilgan holda, vaziyatga huquqiy baho bering. JAVOB Muammoli vaziyatlar:
Xususiy korxonaning boshqarilish tartibi qanday?
Xususiy korxona rahbari ishonchnoma bilan ish olib borishi lozimmi?
Olingan foyda barcha to’lovlar to’lab bo’lingach, korxona rahbri tomonidan shaxsiy ehtiyojlariga ishlatilishi kerakmi yoki xodimlar uchun bo’lib berilishi?
Dastavval, xususiy korxonanining boshqarilish tartibi orqali biz rahbar ishonchnoma bilan ish ko’rishi kerakmi degan savolga javob topamiz.
Bunda avvalo, “ Xususiy korxona to’g’risidagi” qonunning 14-moddasiga ko’ra xususiy korxona korxonaning mulkdori tomonidan yakka tartibda boshqarilishi va ushbu mulkdor rahbar sifatida korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko’rishi belgilab qo’yilgan hamda mulkdor o’z vakolatlari doirasida mehnat shartnomalari tuzishi va ishonchnomalar berishi ham belgilangan.
Xususiy korxona mulkdori o’zi vaqtinchalik bo’lmagan taqdirda esa shu muddatda rahbarlik vazifasini bajarib turish uchun “Xususiy korxona to’g’risidagi “ qonunning 16-moddasiga ko’ra boshqa jismoniy shaxsga o’z vazifalarni yuklashi mumkin hamda ushbu korxona rahbariga vazifalarni yuklash to’g’risida qaror chiqaradi.
Bu vaqtda esa korxona mulkdori o’rnida korxonani boshqarayotgan rahbar shartnoma va bitimlar tuzishda ishonchnoma bilan ish olib borishi lozim. Bu fuqarolik kodeksining 134- moddasida belgilab qo’yilgan bo’lib, unga ko’ra ishonchnoma, bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat hisoblanadi. Ishonchli vakil oʻziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi.
Yuqoridagi moddalarga asoslanib, korxona mulkdor tomonidan boshqarilishi kerak va rahbar esa vaqtinchalik muddatga mulkdor tomonidan tayinlanishi mumkin.
Ushbu kazusda esa, agar Turdialiyev Ahmadbek mulkdor emas vaqtinchalik rahbar bo’lsa, u korxona nomidan “Ravon” MChJ bilan mahsulot yetkazib berish shartnomasini tuzish uchun ishonchnoma bilan ish olib borishi kerak. Kazusda ham shartnoma tuzish uchun rahbar Turdialiyev Ahmaddan ishonchnoma talab etilgan va bu o’rinli. Ishonchnoma taqdim etilgach esa shartnoma tuzilgan.
Endigi asosiy masala shartnoma natijasidagi olingan foyda barcha soliqlar va to’lovlar to’lab bo’lingach qay tartibda tasarruf etilishi.
Dastavval, “ Xususiy korxona to’g’risidagi” qonunning 15-moddasida xususiy korxona mulkdorining huquqlari ta’kidlab o’tilgan bo’lib, unga ko’ra mulkdor xususiy korxonaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qolgan foydasidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanishi mumkin.
Ushbu moddaga asosan soliqlar va boshqa boshqa to’lovlar to’lab bo’lingandan so’ng mulkdor qolgan foydadan o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanishi mumkin va korxonani mulkdor o’zi emas vaqtinchalik rahbar boshqarayotganda esa korxona mulkini tasarruf etish huquqi o’sha rahbarga o’tadi. Biroq bunga qo’shimcha “ Xususiy korxona to’g’risidagi “ qonunning 16-moddasiga ko’ra xususiy korxona mulkdori muvaqqat rahbarning xususiy korxona mol-mulkini tasarruf etishga oid huquqini cheklab qo‘yishi mumkin.
Yuqoridagilarga asoslanib, kazusda ham qolgan foydadan korxona rahbari o’z ixtiyoriga ko’ra foydalana oladi deb aytishimiz mumkin.
Xodimlarning talabiga keladigan bo’lsak, xususiy korxonada qolgan foyda xodimlar uchun taqsimlanishi belgilanmagan. Boisi “ Xususiy korxona to’g’risidagi ” qonunning 19-moddasiga ko’ra xodimlarga mehnatga haq to’lash, ish haqi berish orqali amalga oshirilishi belgilangan.
“Sogʻlom Hayot Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati xizmat koʻrsatish faoliyat turi bilan shugʻullanib, davlat soliq inspeksiyasining taqdimnomasidan maʼlum boʻlishicha 6 oydan ortiq faoliyat koʻrsatmagan. Davlat byudjeti va yigʻimlari yuzasidan qarzi yoʻq, boshqa kreditorlar oldidagi qarzdorligi mavjud emas. MCHJning hisob raqamidagi harakat 6 oydan ortiq vaqt mobaynida toʻxtatilganligi bank muassasasining maʼlumotnomasi bilan tasdiqlangan. Bankdagi hisobraqamida qolgan pul mablagʻi yoʻq. Shahar hokimligi qoshidagi maxsus komissiyasi korxona moliya-xoʻjalik faoliyatini yuritmayotganligi sababli uni tugatish maqsadga muvofiq ekanligi haqida xulosa bergan.