Qo'llanmalar
Yuridik shaxslarga
Jismoniy shaxslarga
ERI kaliti bo'yicha qo'llanma
Yuridik shaxs One ID tizimiga qanday qo'shiladi?
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) xizmatlaridan yuridik shaxs sifatida foydalanish uchun foydalanuvchilar dastlab OneID (id.gov.uz) tizimida jismoniy shaxs sifatida korxonaning rahbarini yoki uning nomidan faoliyat olib borish huquqiga ega korxona vakilini* ro’yhatdan o’tqazish lozim.
korxonaning rahbari yoki uning nomidan faoliyat olib borish huquqiga ega korxona vakili ma’lumotlari Davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etiladigan 8 –shaklda ko’rsatilgan bo’lishi kerak
Jismoniy shaxs sifatida ro’yhatdan o’tqazilgandan so’ng, OneID (id.gov.uz) dagi akkauntga kirish va quyidagi amallarni bajarish lozim.
Agar ro’yhatdan o’tish davomida shaxsiy ma’lumotlar ERI orqali tasdiqlangan bo’lsa:
1. "Foydalanuvchilarga">"Yuridik shaxsni ro'yxatga olish"
2. "Yuridik shaxsni ro'yxatdan o'tkazish" tugmasini bosing
3. Yuridik shaxsni tanlang
4. Rol tanlab va "Saqlash" tugmasini bosing
ERI kalitisiz One Id tizimida qanday ro'yxatdan o'tiladi?
1-Qadam
2-Qadam
3-Qadam
4-Qadam
5-Qadam
Elektron raqamli imzodan foydalanish boʻyicha qoʻllanma.
1. Elektron raqamli imzoni qanday olish mumkin
Fuqarolar Elektron raqamli imzoni (keyingi o'rinlarda – ERI kaliti) olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari mumkin. Markazlarning joylashgan joyi va aloqa ma’lumotlarini Yagona portalning mobil ilovasi orqali olishingiz mumkin. (Google Play orqali ilovani o’rnatib olish mumkin).
2. ERI kaliti qanday ishlatiladi?
Avvaliga, kompyuteringizga maxsus E-IMZO dasturini o’rnatishingiz kerak (E-IMZO ni yuklab olish uchun havola – e-imzo.uz). Dastur muvaffaqiyatli o’rnatilganidan so’ng, ish stolining pastki panelida E-IMZO ning belgisi ko’rinadi.
So’ngra, kompyuterning C diskida yangi papka yaratiladi, uni katta harflarda DSKEYS deb nomlab, unga ERI kalitlari ko’chiriladi.
3. Yagona portalda ERI kaliti bilan qanday imzo chekiladi?
Buning uchun ERI talab qilingan oynada “Elektron raqamli imzoni tanlang” maydoniga bosiladi.
DSKEYS papkasida avval o’rnatilgan kalitlar ro’yxati ko’rinadi va kerakli ERI kaliti tanlanadi.
ERI tanlanganidan so’ng, “Imzo chekish” tugmasiga bosish kerak.
ERI kalitga berilgan parolni kiriting (parol SMS xabar orqali telefon raqamingizga yuborilgan bo’ladi)
Imzo chekilsa, “Muvaffaqiyatli imzo chekildi” yozuvi ko’rinadi
Shundan so’ngra, ariza bo’yicha kelgusi amallarni bajarish mumkin bo’ladi.
Agar ro’yhatdan o’tish davomida shaxsiy ma’lumotlar tasdiqlanmagan bo’lsa:
1. "Foydalanuvchilarga" > "ERI ni ro'yxatga olish";
2. ERIni tanlang.
3. Kodni yozing, Ok va "Saqlash" tugmasini bosing
Do'stlaringiz bilan baham: |