Vaziyatga huquqiy baho bering. Ushbu muammoli vaziyatga huquqiy baho berar ekanmiz, avvalo, MCHJ nima ekanligiga to’xtalib o’tamiz. “Mas`uliyati cheklangan va qo’shimcha mas`uliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi qonunga muvofiq, mas`uliyati cheklangan jamiyat – bu bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.
MCHJ ustavi haqida gapiradigan bo’lsak, ushbu qonun 13-moddasida belgilab qo’yilgan:
13-modda. Jamiyat ustavi Jamiyat ustavida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
jamiyatning to‘liq va qisqartirilgan firma nomi;
jamiyat faoliyatining predmeti;
jamiyatning pochta manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jamiyat organlarining tarkibi va vakolatlari to‘g‘risidagi, shu jumladan jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga kiruvchi masalalar to‘g‘risidagi, jamiyat organlari tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi, shu jumladan qarorlar bir ovozdan yoki kvalifikatsion ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jamiyat har bir ishtirokchisi ulushining miqdori va nominal qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jamiyat ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari;
jamiyat ishtirokchisining jamiyatdan chiqish tartibi va uning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushning (ulush bir qismining) boshqa shaxsga o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jamiyatning hujjatlarini saqlash tartibi hamda jamiyat tomonidan jamiyat ishtirokchilariga va boshqa shaxslarga axborot taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jamiyatning vakolatxonalari va filiallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa ma’lumotlar.
Ko’rinib turibdiki, ushbu modda birinchi qismi ikkinchi bandida aytilishiga MCHJ o’z ustavida jamiyat faoliyatining predmetini, ya`ni qanday faoliyat turi bilan shug’ullanishini ko’rsatishi kerak. “Platinum Group” MCHJ ustavda oʻzining asosiy faoliyati sifatida fitness-klub faoliyatini amalga oshirishni maqsad qilib qoʻygan ekanligini ko’rsatgan. U qo’shimcha faoliyat turi bilan shug’ullanish uchun bankdan kredit olmoqchi bo’lganida, bank mutaxassislari buni rad etadi, ya`ni ushbu MCHJ oʻziga tegishli bino ichida dorixona ochishni rejalashtirib, bankdan kredit olish uchun ariza topshirganda bank mutaxassislari tomonidan ushbu MCHJning ustavida bunday faoliyat nazarda tutilmaganligi uchun kredit ajratish imkoniyati mavjud emasligi aytilgan. Ushbu vaziyatda bank mutaxassislari tutgan yo’l to’grimi. Ushbu savolga javob berishda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonunning 19-moddasi. Tadbirkorlik subyektlarining qonunchilikda man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish erkinligi kafolatlariga to’xtalamiz. Unda qayt etilishicha: Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli. Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining muassislari ta’sis hujjatlarida faoliyatning faqat asosiy turlarini sanab o‘tishga haqli. Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan faoliyat turi bilan ham shug‘ullanishi mumkin. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, “Platinum Group” MCHJ o’z ustavida asosiy faoliyati turini belgilab qo’ygan va qo’shimcha faoliyat turi bilan shug’ullanishi mumkin va buni ustavga kiritishning xojati yo’q ekan. Demak, bank mutaxassislarining vajlari asossiz. “Platinum Group” MCHJ “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonunning 8-moddasida belgilab qo’yilgan kredit olish huquqidan foydalanib qonunda belgilangan tartibda kredit olishi mumkin. Asos, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonunning 19-moddasi.
Fuqaro B.Karimov oʻzining yashash hududidagi davlat xizmatlari markaziga yakka buyurtma boʻyicha qimmatbaho metallardan va toshlardan zargarlik buyumlarini yasash, shuningdek, zargarlik buyumlarini taʼmirlash xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha faoliyatni yoʻlga qoʻyish uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtish boʻyicha tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qiladi ammo, davlat xizmatlari markazi masʼul xodimi ushbu xizmatlarni koʻrsatish faqatgina yuridik shaxs sifatida taʼsis etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirish mumkinligini bildirib fuqaro B.Karimovning hujjatlarini qabul qilmaydi.