Yeryong’oq (Xitoy yong’og’i) qimmatli moyli va oziq-ovqat o’simligidir. Bugungi kunda dunyoda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishda moyli ekinlar, jumladan, yeryong’oq



Download 4,38 Mb.
bet8/16
Sana18.07.2022
Hajmi4,38 Mb.
#824455
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
YERYONG’OQNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Spenish navi. Bu nav yirik bo’lmagan va pushti – jigar rang po’stloqli urug’lar hosil qiladi. Asosan tuzlangan, qand bilan ishlov berilgan yeryong’oq va yeryong’oq pastasi (moyi) ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Urug’ining maksimal o’lchami 1 untsiyada (28,349523125 gr) 50/60 donani tashkil etadi. Yeryong’oqning ushbu turi urug’ining o’lchami bo’yicha boshqa turlarga yutqizadi. Moy miqdori yuqoriligi sababli qovurilganda o’ziga xos aromad hosil qiladi. Odatda qandalotchilik, konditer mahsulotlari va yeryong’oq moyi ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Virjiniya navi. Yeryong’oqni ushbu navining urug’i boshqa navlarga qaraganda yirikroq bo’lib, asosan butun holda qayta ishlanadi. Urug’ining maksimal kalibri 1 untsiyada (28,349523125 gr) 21/25 donani tashkil etadi. Urug’i ko’pincha konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladi. SHu bilan birgalikda qovurilgan holda iste’mol qilinadi.
Ranner navi. Bu nav Spenish va Virjiniya navlarining gibridi hisoblanadi. Urug’i Spenish navi urug’idan yirikroq va cho’zinchoqroq. Yeryong’oq moyi ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Urug’ining maksimal kalibri 1 untsiyada (28,349523125 gr) 38/42 donani tashkil etadi. Urug’i o’lchamiga ko’ra bir xil, bu ko’rsatkich urug’larni bir meyorda qovurish imkoniyatini beradi va ishlab chiqarilgan yeryong’oq moyida o’ziga hos ta’m hosil qiladi.
Valensiya navi. Bu navga tegishli yeryong’oq urug’lari yorqin-qizg’ish tusli po’stloqga ega va shuning uchun Redskin deb ham nomlanadi. Urug’ining maksimal kalibri 1 untsiyada (28,349523125 gr) 50/60 donani tashkil etadi. Qobig’ida uch yoki undan ko’proq urug’ hosil qiladi. Valensiya naviga tegishli yeryong’oq urug’i shirin ta’mli bo’lib, asosan tabiiy yeryong’oq moyi ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Bundan tashqari to’g’ridan to’g’ri iste’mol qilish uchun qovurilgan holda ham savdoga chiqariladi.

1.5. Yeryong’oq hosilni yig’ib olish va mahsulotni saqlash
Yeryong’oq dukkaklash davri ikki oy davom etadi. Butun dukkaklar bir vaqtda rivojlanmaydi. SHu tufayli yeryong’oqning yig’ish paytini aniqlash qiyin. Yetilgan dukkak sonining eng ko’p bo’lgan va havoning ham yig’ib olingan yeryong’oqlarni quritishga qulay bo’lgan paytida yig’ib olinishi kerak. Yig’ib olish vaqti yaqinlashib qolganda dukkaklar tez-tez tekshirilib turilishi kerak.
Har bir yeryong’oq turlarining o’ziga xos optimal yig’ib olish vaqti bor. Yerga yaqin qiya shaklda o’suvchi turlarda o’rim-yig’im ishlari vaqtini aniqlash tik o’suvchilarga ko’ra qiyinroq. CHunki, qiya shakldagi turlarda dukkaklar ayni paytda o’rim-yig’imga tayyor bo’lmaydi. O’zbekistonda yarim qiya va tik poyali turlarga xos bo’lgan navlar yetishtirilgani uchun bu borada e’tiborli bo’lish kerak.
Misol uchun: O’zbekistonda tumanlashtirilgan kechpishar navlar 140-160 kunda, tezpishar navlar 120-130 kunda pishib yetiladi. Hosil pishib yetilgan vaqtda o’simliklarning barglari sarg’aya boshlaydi, dukkaklarning ichi mag’izga to’lgan bo’ladi, urug’lari pushti rangga kirgan bo’ladi.
Yetilgan dukkakning qobiq qismida joylashgan tomirlar aniq ko’rina boshlaydi va ich qismlari kam-kam qorayadi. Ginaforlar (dukkak poyasi) chirishni boshlaydi. Ginaforlar sekingina tortish orqali dukkakdan ajraladi. Yeryong’oq hosili pishib yetilgan vaqtini belgilashda qulay shaklda ishlatilgan usul “Dukkak po’stini tozalash” usulidir. Bu usulga ko’ra, dalaning boshqa joylaridan yig’ilgan o’simliklarning dukkak usti keskir pichoq yordamida tozalanadi. Ispan (tik) va Ranner (qiya) guruhi turlarida dukkaklarda qora-jigarrang darajasi 80 foiz bo’lishiga qadar, Virjiniya (yarim qiya) guruhida esa 55-65 foiz bo’lgunga qadar hosilni yig’ib olish kechiktirilishi mumkin.
Erta muddatda hosilni yig’ish oqibatida burishgan donali, tarkibida past miqdorda moy bo’lgan va aksincha kechiktirib yig’ilgan hosilda esa ginaforlarning (qobiq poyalari) chirigani tufayli dukkak va urug’ sifatining pasayishi oqibatida (har ikki holatda ham) hosildorlik ko’rsatkichlari pasayadi.
Barglarda dog’ kasalligi uchragan dalalarda rivojlanish davri nisbatan sekinlashadi, bunday yong’oqlar normal vaqtdan biroz oldin yig’ib olinishi kerak.
Dukkaklarning tuproqdan oson ajralishi uchun yig’imdan oldin bir necha hafta oldin yengil sug’orish lozim. Ammo, bu holda dukkaklarning namlik darajasi ortishini e’tiborga olib, quritish jarayoniga yaxshiroq e’tibor berish lozim. SHuni yodda tutish lozimki, kuzda yog’ingarchilik mavsumi va qattiq sovuq boshlanish vaqtiga to’g’ri kelib qolmaslik uchun oxirgi sug’orish va hosilni yig’ish vaqtining to’g’ri aniqlanishi juda ahamiyatlidir. E’tiborsizlik, bilim va tajribaning yetishmasligi hosil va o’rim-yig’im ishlarini kechikishiga va katta miqdorda mahsulot yo’qotilishiga olib keladi.
Yeryong’oq traktorga ulangan maxsus yig’ib olish agregati bilan yig’ib olinishi mumkin bo’lganidek, qulog’i chiqarilgan bir qatorli shudgorlash agregati (plug), belkurak va qo’l bilan ham yig’ib olinadi.
Yaxshi ishlov berilgan, o’tsiz va kavlangan joylarda hosilni yig’ish elevatorli kartoshka yig’ish mashinalari bilan ham amalga oshirish mumkin.
Yong’oq yig’ish uchun maxsus tayyorlangan agregatlar kichik traktorlarga taqilib bir martada ikki qator hosilni yig’ib olish mumkin. Maxsus yig’ib oluvchi agregatlardan foydalanish vaqtida quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi:
• hosilni yig’ib olish vaqtining to’g’ri belgilanganligi;
• tuproqda namlik yetarli miqdorda bo’lishi;
• dalaning tekisligi;
• begona o’t miqdorining juda kam bo’lishi va boshqalar.
Aks holda hosil yig’ish paytida tuproqda qolgan dukkaklar soni juda ko’p bo’lib qoladi. Bu shartlarni bajarish ko’pincha qiyin bo’lgani sababli hosil yo’qotishni kamaytirish uchun, dehqonlar boshqa usullar bilan hosil yig’ishni tadbiq etishmoqda. Yeryong’oq xo’jaligida rivojlangan davlatlarda hosil uchun maxsus yeryong’oq hosil yig’ish mexanizmlari ishlatilmoqda.
Rivojlanayotgan davlatlarda esa yeryong’oq hosilini yig’ish ishlari ko’pincha qulog’i chiqarilgan bir qatorli shudgorlash texnikasi (plug) bilan amalga oshiriladi. Bu tarzda bir qator bo’lib ekilgan yeryong’oq o’simliklari dukkaklari bilan birgalikda tuproqdan kavlab olinadi, orqadan kelgan ishchilar esa ildizidan tutib
o’simliklarni silkitishadi va ildizlarini yuqori tomonga qaratib, qator holida quritishga qo’yiladi.
Hosilni o’z vaqtida yig’ib olish muddatlarini to’g’ri belgilash katta ahamiyatga ega bo’lib, muddatidan oldin yig’ib olinganda mahsulot sifati (urug’ tarkibidagi moy hamda oqsil moddalarining miqdorining pasayishi va puch urug’lar miqdorining oshishi)ga sabab bo’ladi. Buning uchun yeryong’oq ekilgan dalaning 10-15 metr ichkarisidan boshlab konvert usulda to’rt burchagidan va dalaning o’rtasidan namuna olinadi. Bunda 1 m2 maydondagi o’simliklar soni aniqlanadi.
Dala sharoitida dastlabki hosildorlikni aniqlash uchun beshta nuqtadan kovlab olingan hosilning puch urug’lari ajratib olingandan keyingi qolgan qismi birlashtirilib, vazni aniqlanadi, olingan natija beshga bo’linadi va 1 m2 maydondagi hosildorlik aniqlanadi. Olingan natija 10000 m2 ko’paytirilib, 1 ga maydondagi hosildorlik aniqlanadi. Yeryong’oq urug’ining tinim davri nav guruhiga bog’liq holda 15-25 kunni tashkil etadi. Bu juda qisqa davr bo’lib, kuzning yomg’irli kunlarida yig’ib olishga ulgurilmagan dalalarda yetilgan yong’oqlar o’simlik ildizida turgan joyidayoq unib qoladi va yetishtirilgan mahsulot sifati buziladi. SHu sababdan yeryong’oq hosilini issiq va quruq kunlarda, qisqa muddatlarda yig’ib olish mumkin.


Hosil pishib yetilganda o’simlik barglari nisbatan sarg’ayadi. Urug’lari yetilganda yong’oq qobig’i to’rlanadi. Qobiqning ichki tomoni qorayadi. Hosilni pishib yetilganiga to’la ishonch hosil qilish uchun daladan dioganal bo’ylab yurilib, bir nechta o’simlik kovlab olinadi va yetilgan yong’oqlarning foiz miqdori aniqlanadi. Agar o’simlikdagi yong’oqlarning 70-75% yetilgan bo’lsa hosilni yig’ib olishga kirishiladi. O’zbekiston iqlim sharoitida hosilni sentyabrь oyining ikkinchi o’n kunligidan oktyabrь oyi boshlarigacha (yog’in-sochinsiz ochiq kunlarda) yig’ib olinganda ochiq dalada poyasidan ajratilmagan holda bir necha kun davomida ushlab turiladi. Bu davr ichida urug’ tarkibidagi namlik kamayadi va ginoforlar qurib yong’oqlar o’simlik ildizidan oson ajratib olinadi.
Hosil yig’ib olinib, dalada to’plangan poya va barglar yaxshilab quriganidan so’ng to’g’ridan-to’g’ri yoki o’rib-yig’ilib yem-xashak pichani sifatida foydalaniladi. Kichik maydonlarda hosilni yig’ishda odatda qo’l mehnatidan foydalaniladi. Dalada qurigan poyalar zamonaviy presslash uskunalari yordamida presslanadi, aksariyat holatlarda qo’l mehnati yordamida bog’-bog’ qilib bog’lanadi va chorva hayvonlarini yil davomida oziqlantirish maqsadida ishlatiladi.
Yeryong’oq dukkaklari poyadan ajratib olingandan so’ng, qolgan poyalarni zamonaviy MX-80 traktoriga tirkalgan CASE-III agregati yordamida presslash mumkin. Bunda presslangan pichanni transportlarga yuklash, tashish va saqlash samaradorligi oshadi hamda chorva hayvonlariga beriladigan pichanning to’yimlilik sifati yeryong’oq poyasini presslash jarayonida poyadagi barglarning to’liq saqlanib qolishi hisobiga oshadi.
Hosil yig’ib olinganda yong’oqlar tarkibidagi namlik 40-60 % bo’lib, shabada aylanadigan binolarda 5-6 santimetr qalinlikda yoyib quritish va vaqti-vaqti bilan joyida aylantirib, aralashtirib turish tavsiya etiladi. Urug’lar quritilgandan so’ng (urug’lar tarkibidagi namlik 14-15% gacha tushgandan keyin) saralanadi.
Bunda asosan o’simlik qoldiqlari, puch va qorayib qolgan (mog’orlagan) yong’oqlardan tozalanadi. Kelgusi yil ekish yoki uzoq muddatga saqlab qo’yish uchun yaxshi quritilgan, to’q urug’li, po’stlog’i qoraymagan, mexanik zararlanmagan, navga xos tipik, yirik yong’oqlar ajratib olinadi.
Ushbu urug’liklar 20 kilogrammli mato qoplarda xona harorati 13 o S dan past va havoning nisbiy namligi 65-70% yaxshi shamollatiladigan xona sharoitida yog’och stellajlarda saqlanishi tavsiya etiladi. Urug’liklar saqlanayotgan xona vaqti-vaqti bilan shamollatib turilishi, o’z vaqtida kemiruvchilarga qarshi dorilanishi lozim.

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish