Quritish. Yeryong’oq hosilining pishib yetilishi kuz fasliga to’g’ri kelganligi sababli, quritish juda muhim hisoblanadi. Yangi yig’ib olingan yeryong’oq dukkaklarida (qo’l bilan olingan hosillarda) 50 foiz atrofida namlik bo’ladi. SHu sababdan hosil yig’ilgandan so’ng olingan yeryong’oqlar yoyilib quritilishi kerak. Uning uzoq muddat saqlana olishi uchun quritish ishi, dukkaklar namligining 10 foizdan pastga tushishigacha davom etadi. Bu holat amalda dukkak ichidagi urug’ning qo’l bilan osonlikcha ikkiga ajralishi orqali aniqlanadi.
Quritish asboblari imkoniyatiga ega korxonalar uchun, namli yoki yomg’irli ob-havoda quritish asboblaridan foydalanib, dukkak namligini istalgan darajaga tushirish mumkin. Urug’ sifatida ajratiladigan yeryong’oqlar bu usulda purkash orqali quritilganda, havo issiqligi 45 °C dan oshmasligi kerak Ba’zi hududlarda tuproq tarkibining biroz og’ir bo’lganligi tufayli (asosan qizil tuproqli joylarda) hosil yig’ib olinib, so’ngra yeryong’oqlar yuviladi va tuproq, beton kabi yerlarga yoyib qo’yilib quritiladi. Yeryong’oqlar mutlaqo asfalьt yerda quritilmasligi kerak. Asfalьtda quritilganida ularda yoqimsiz hid paydo bo’ladi.
1.6. Yeryong’oq saqlash
Yeryong’oq dastlab bozorga to’g’ridan-to’g’ri urug’ va chaqilmagan shaklda xaridorlarga yetkaziladi. CHaqilgan va urug’ holida olib kelingan yeryong’oqlarning saqlanish sharoiti qiyin bo’lgani uchun, chaqilmagan holatda saqlash qulayroq.
Yeryong’oq hosili olinganda dukkaklari 35-60 foiz nam holatda bo’ladi. Omborda saqlanadigan mahsulotning namligi aniqlanishi lozim. Urug’larida namlik ortib borgan sari moy kislotasi ajralishni boshlaydi, taxirlashadi, zamburug’ kasalliklari tez ko’payadi va urug’lar mog’orlanadi. Boshqa tomondan ombor zararlantiruvchilarining ortib borishiga olib keladi. Yeryong’oq qobiqlari osonlikcha nam va hidni o’ziga tortadi. SHu sababdan, yeryong’oq uzoq muddat o’zgarmasdan saqlanishi uchun, omborga joylashtirilmasdan oldin namlik darajasi qobiqli shaklda 9 foizdan, ichki urug’ qismi esa 7 foizdan pastroq bo’lishi kerak.
Urug’lik sifatida olingan yeryong’oqlarni chaqmasdan, qobiqli shaklda saqlash tavsiya etiladi. Omborning nisbiy namligi 65-70 foiz bo’lishi va yig’ilgan mahsulot doimo aralashtirilib, shamollatib, quritib turilishi kerak.
Yanada baland namlik holatida urug’larning namlik darajasi ortadi, zamburug’, asosan aflatoksin zarari ortib boradi. Omborlarning keragidan past darajadagi namlik holatida esa, urug’larning og’irligi yo’qoladi. Yeryong’oqning uzoq muddat sifatini yo’qotmasdan saqlanishiga ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim omil ham ombor issiqligi hisoblanadi. 22°C ombor issiqligida va normal urug’ namligida (8-9 foiz) qobiqli yong’oqlar eng ko’p 6 oy, chaqilgan urug’ esa 4 oy muddat buzilmasdan saqlanishi mumkin. 8°C ombor issiqligida qobiqli shaklda 9 oy, qobiqsiz shaklda esa 6 oy muddat buzilmasdan saqlanishi mumkin. Qobiqsiz shaklda ombor issiqligi 2°C da 2 yil, -4°C da 5 yil, -1°C da esa 10 yil buzilmasdan saqlanishi mumkin, qobiqli bo’lsa bu muddat 50 foiz oshishi mumkin.
Yomon saqlash holatlarida: yeryong’oqda mog’orlash, hasharot zarari, rang o’zgaruvi, taxirlanish va yomon hid paydo bo’ladi. Saqlashdan oldin, omborlar yaxshilab oqartirilishi va dezinfektsiya qilinishi zarur. Omborlar salqin, quruq va havoli bo’lishi, yeryong’oq urug’lari taxtali doskalar ustida saqlanishi tavsiya etiladi. Ombor zararlantiruvchilariga qarshi 20 foizli Toksafen yoki 3 foizli Malation bilan dorilash ishlari amalga oshirilishi zarur. Bu dorilash ishlari bir oylik ora-orada tanaffus bilan qilinishi kerak.
Ko’pgina davlatlarda yeryong’oq tabiiy holatlarda va umumiy omborlarda saqlanadi. Buning natijasida yeryong’oqlar qisqa muddatda (4-6 oydan keyin) hasharotlar zarar keltirishi oqibatida zararlanishi va urug’ sifatining buzilishi kuzatiladi. SHu sababli, yeryong’oqni uzoq muddat saqlash maqsadida faqatgina zamonaviy omborlardan foydalanish yuqori samara beradi.
Yeryong’oq omborga kelganida sifati yuqori holatda bo’ladi. U ombordan chiqarilayotganda omborda saqlanish vaziyatining yaxshi yoki yomon bo’lgani yaqqol bilinadi. Qish oylarida saqlash ishlari muammo yaratmaydi, faqat bahor oylarida havo haroratining isishi bilan ventilyatsiya, ya’ni shamollatish ishiga e’tibor qaratish zarur.
Omborga joylangan yeryong’oqlarga begona hidlar (yog’och, asfalьt, ammiak, sabzavot va mevalarning hidi) juda tez ta’sir ko’rsatadi. Tabiiy holatlarda omborga qo’yiladigan yeryong’oqlar, yog’och omborlarda saqlanmasligi kerak. CHunki, yeryong’oq qobiqlari qisqa vaqt ichida yog’och hidini o’ziga olib istalmagan hidlar hosil bo’ladi. SHuningdek, ombor ichida va yaqinlarida tarkibida ammiak bo’lgan moddalar bo’lmasligi kerak. Inson burnining his qila olmagan kam miqdordagi ammiak hidlari ham yeryong’oqlarga ta’sir ko’rsatib, qobiqlarida qorayishlar yuzaga keladi. Omborda ammiak bor yoki yo’qligini payqash uchun, suvga botirilgan qizil litmus qog’ozni 30-40 daqiqa omborga qo’yiladi. Agar qizil rang ko’k rangga aylanishni boshlasa omborda ammiak bor hisoblanadi. Oldini olish uchun, qatlamlar ichiga qo’yilgan xlorid kislota 1-2 soat ombor ichiga qo’yiladi. Boshqa yo’li esa, ombor ichkarisiga oltingugurt gazi berilishi yoki ichkarisida oltingugurt kuydirilishi kerak.
Yeryong’oqni omborlarda saqlash paytida mog’orlangan yoki mog’orlanmaganligini tekshirish juda muhim hisoblanadi.
Tuproq organizmlaridan o’tgan zamburug’lar ta’sirida yeryong’oq bir qancha vaqt ichida o’zgargan holatta mog’orlashi mumkin. Uning urug’i va kunjarasida aflotoksin bor bo’lishiga qaramay, moyida mavjud emas. Yeryong’oq, donli va dukkakli o’simliklarning ba’zilarida vujudga kelgan mog’orlash inson sog’lig’iga juda zararli bo’lgani aniqlangan.
Yeryong’oqda mavjud bo’lgan toksinlar: Aspergillus flavus va odatda boshqa mog’or turlari tomonidan yuzaga kelgan “Aflotoksin” sifatida nomlangan eng ko’p yoyilgan guruh.
Yeryong’oq urug’ida va kunjarasida aniqlangan aflotoksin quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi:
a) urug’larning kichik zararlantiruvchilar tomonidan kesilib yoki teshilib yo’q qilinishi;
b) o’simliklarning rivojlanish paytida haddan ziyod suvsiz qoldirilishi;
c) yeryong’oqlarning yosh holatda havosiz va namli joylarda saqlanishi;
d) nam va suvsizlik vaziyatlarining o’zgarishi natijasida tuproqdagi qobiqlarining yorilishi va boshqalar.
Aflotoksin juda zaharli va kanserogen hisoblanib, aflotoksinli mahsulot inson va hayvon ozuqasida ishlatilmasligi zarur. Aflotoksinni oldini oluvchi ba’zi tadbirlar quyidagi moddalar ko’rinishida berilgan bo’lib, inson sog’lig’i jihatidan bu xususiyatlarga rioya qilish darkor:
a) yaxshi yetilgan, muvofiq tarzda quritilgan yeryong’oqlar saqlanishi kerak;
b) yeryong’oqning rivojlanishi davrida normal rivojlanish shartlariga, ayniqsa vaqtida sug’orishga e’tibor berish darkor.
Yeryong’oqning quritilishi va omborlarda saqlanishida quyidagi xususiyatlarga diqqat qaratish lozim:
• saqlanadigan yeryong’oq urug’larida namlik 6-8 foiz dan oshmasligi zarur;
• omborlar quruq, salqin va havoli bo’lishi kerak;
• omborlarda saqlanadigan yeryong’oqlari kir, cho’pli, singan va chirigan bo’lmasligi kerak;
• omborlarning tag qismi, shifti va devorlari oldindan yaxshilab tozalanib devorlar oqartirilishi kerak;
• past issiqlik va past namlik har doim mog’orlashning dushmani ekanligini unutmaslik zarur;
Do'stlaringiz bilan baham: |