Yeryong’oq (Xitoy yong’og’i) qimmatli moyli va oziq-ovqat o’simligidir. Bugungi kunda dunyoda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishda moyli ekinlar, jumladan, yeryong’oq


Respublikamizda keng tarqalgan va tumanlashtirilgan yeryong’oq navlarining asosiy qimmatli xo’jalik belgilari



Download 4,38 Mb.
bet6/16
Sana18.07.2022
Hajmi4,38 Mb.
#824455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
YERYONG’OQNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

1.3. Respublikamizda keng tarqalgan va tumanlashtirilgan yeryong’oq navlarining asosiy qimmatli xo’jalik belgilari
Toshkent-112” navi - var anthocyanica Z. Luz - botanik tur xiliga mansub.
Bu nav O’simlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutining O’rta Osiyo tajriba stantsiyasida yaratilgan. Bu nav poyasi tik o’suvchi, baland bo’yli poya hosil qiladi. Barglari ovalsimon-uzunchoq. Dukkak po’stlog’i 27-33% ni tashkil etadi. Dukkakdagi urug’lar soni 3-4 ta. O’rta ertapishar, vegetatsiya davri 140-150 kun, hosildorligi o’rtacha 15-17 ts/ga, mayda qizil urug’li, 1000 dona urug’ og’irligi 350-400 g. Urug’dagi moy miqdori 51-53%. Quruq meva sifatida iste’mol qilishga va moy ishlab chiqarishga yaroqli.
Qibray-4” navi tavsifi. K-1772 (AQSH) kollektsion namunalaridan guruhlab tanlash yo’li bilan yaratilgan. Mualliflar: Ye.N. Ivanenko, Yu.F. Uzaqov, B. Amanturdiev, K. Axmedov, T.K. Baymatova.
Virjiniya shoxlanish turiga mansub bo’lib, o’simlikning shakli yarim shoxlanuvchan, poyasi yoyilgan, o’rtacha baland likda, dukkagi yirik. Dukkagining shakli bukri to’lqinsimon, sathi biroz chuqur, xira-sariq, po’sti o’rta-dag’al, o’rtasi biroz qisiq, choki o’rtacha. Urug’ining rangi pushti, cho’zinchoq ovalsimon shaklda. 1000 ta donning vazni 750-800 g. Ushbu nav yirik mevali, donli va yuqori hosildorli. O’rtacha hosildorlik sinov yillarida Samarqand nav sinash shaxobchasida gektaridan 26,4 tsentnerni tashkil etgan. Nav o’rtapishar, 138-145 kunda pishadi. Texnika bilan yig’ishga yaroqli. Dukkagining birikib turishi yuqori-5,0 ball, pishishi 82,0%. Donining yog’ miqdori 48,5, oqsil 21,0%.
Mumtoz” navi tavsifi. “L-5 X ICGV-94088” (Hindiston) kollektsion namunasini yalpi tanlash yo’li bilan yaratilgan. Mualliflar: M.E. Amanova, A.S. Rustamov, SH. Nigam, R.F. Mavlyanova, Z.I. Holiqulov.
Virjiniya nav tipiga mansub bo’lib, o’simlik yarim tik o’suvchi, o’rtacha shoxlanuvchan. Dukkagi yirik dukkagining shakli bukri to’lqinsimon, sathi biroz chuqur, xira-sariq, po’sti o’rta-dag’al, o’rtasi biroz qisiq, choki o’rtacha. Urug’ining rangi to’q qizil, cho’zinchoq ovalsimon shaklda. Nav o’rtapishar, 138-145 kunda pishadi. Hosildorlik ko’rsatkichi o’rtacha 27-28 ts/ga. 1000 ta urug’ning vazni
686,0-710,0 g. Texnika bilan yig’ishga yaroqli. Dukkagining birikib turishi yuqori-5,0 ball, pishishi 80,0%. Donining yog’ miqdori 48,5%, oqsil 18,0%. Nav qishloq xo’jalik kasalliklari va hasharotlariga bardoshli. Davlat reestriga 2006 yilda kiritilgan.
Salomat” navi tavsifi. O’z008418 kollektsion namunasidan yalpi tanlash yo’li bilan yaratilgan. Mualliflar: M.E. Amanova, A.S. Rustamov, SH. Nigam, Z.I. Holiqulov.
Valensiya nav tipiga mansub bo’lib, o’simlik tik o’suvchi, poyasi o’rtacha balandlikda, dukkagi yirik. Dukkagining shakli bukri to’lqinsimon, sathi biroz chuqur, xira-sariq, po’sti o’rta-dag’al, yong’og’i 3 ba’zan 4 urug’li, o’rtasi biroz qisiq, choki o’rtacha, urug’ining rangi to’q qizil, cho’zinchoq ovalsimon shaklda.
Nav o’rtapishar, 138-140 kunda pishadi. 1000 ta urug’ning vazni 540,0 g. Nav yirik mevali, yirik donli va hosildor. Texnika bilan yig’ishga yaroqli. Dukkagining birikib turishi yuqori-5,0 ball, pishishi 85,0%. Donining yog’ miqdori 50,0%, oqsil 17,0%. Takroriy ekin sifatida ekishga tavsiya etiladi.

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish