Yeryong’oq (Xitoy yong’og’i) qimmatli moyli va oziq-ovqat o’simligidir. Bugungi kunda dunyoda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishda moyli ekinlar, jumladan, yeryong’oq



Download 4,38 Mb.
bet4/16
Sana18.07.2022
Hajmi4,38 Mb.
#824455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
YERYONG’OQNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

1.2. Biologik xususiyatlari
Ildizi. Yeryong’oq o’q ildizli, asosiy ildiz atrofida bir qancha yon ildizlari mavjud. Yon tarafdan chiqqan ildizlar asosiy ildizga vertikal holatda joylashgan. Ildizlar 90-120 sm chuqurlikkacha o’sib boradi. O’rtacha yosh ildiz og’irligi tuproq usti qismida shakllangan nihol og’irligining 14 foizini tashkil etadi. Asosiy va yon ildizlar ustida kurtak shaklidagi tugunlar, ya’ni atmosferadagi biologik azotni o’zlashtiruvchi Rizobiyum bakteriyalari joylashgan kurtaklar shakllangan bo’ladi.
Poyasi. Yeryong’oq poyasi – o’rtadan bitta asosiy poya va undan chiqqan yon shoxlardan tarkib topgan holda, 30-60 sm o’sishi mumkin. Ba’zi turlarida (asosan tik o’suvchanlarda) antotsion (siyohrang) rang beruvchi moddasi bor. Antotsionli bo’lganlarning poyalari boshqalarnikiga nisbatan yog’ochsimon. Bu o’simliklarda turlarga ko’ra yon poyalar yoyiq, qiya va tik shaklda o’sishi mumkin.
Yeryong’oq poyalari endi o’sayotgan paytida burchakli va yassidir, rivojlanganida esa poyalar yumaloqlashadi. Poya rangi, yashil va to’q yashil orasida o’zgarib turadi. Odatda poyaning ustida hech nima yo’q, ammo ba’zi turlarida tuk mavjud.
Yon tomondan chiqqan shoxlar asosiy poyaning yaproq yonlaridan chiqadi hamda tur xili va ekish jarayoniga ko’ra o’zgarib turadi. Yeryong’oqda shoxlanish holati navning biologik xususiyatlariga bog’liq bo’ladi.
Barglari. Birlashgan bargli tuzilishga ega bo’lib, barglar asosiy poya va yon shoxlar ustida joylashgan. Asosan bitta barg to’rtta yaproqchadan tuziladi va bitta barg poyasi ustida ketma-ket shaklda joylashgan. Kurtak qismida bargni nayza shaklidagi quloqchin berkitib turadi. Barglarning usti ozgina tuk bilan qoplangan. Bargchalar, yorug’likka va qurg’oqchilikka qarshi chidamli hisoblanib, kechqurunlari va qurg’oqchilik paytida qarama-qarshi shaklda yopiladi. Barglarning shakllari uzun-ovalsimon. Barg ranglari poyalari kabi turiga bog’liq bo’lib, och yashil rangdan to’q yashil rangga o’zgaradi. Urug’ida moy miqdori ko’p bo’lib, o’simlik moyi olish uchun parvarishlangan turlarga mansub navlarda barglar yirik va och yashil rangda bo’lishi bilan urug’idan oziq-ovqat sanoatida foydalaniladigan navlardan farqlanadi.
Guli. Ekilgandan 30-50 kundan keyin gullash jarayoni boshlanadi. Gullar ko’pincha birma-bir ertalabga yaqin soat 3-4 oralig’ida ochiladi. Gullar yaproq ostidan chiqadi va 2-4 donasi birgalikda bir joyda bo’lishi ham mumkin.
Guli – kapalaksimon, barg qo’ltiqlarida 2-3 ta bo’lib joylashadi. Guli sariq yoki zarg’aldoq bo’ladi. CHangchisi 10 ta bo’ladi, ustunchasi uzun, ingichka, tumshuqchasi bor, tugunchasi bir uyali. Guli chetdan changlanishi mumkin. Yeryong’oqda yer osti gullari ham bo’ladi, bu gullar o’zidan changlanadi. Bu gullar mayda, rangsiz. Gullar changlangandan keyin (er usti gullari) tugunchasi ingichka bo’lib o’sib chiqadi (bu ginofor deyiladi), 5-6 kun o’sib tuproqga 8-10 sm chuqurligiga kirib boradi. Tugunchadan meva (dukkak) rivojlanadi. Tuproqqa yetib bormagan ginofordan meva hosil bo’lmaydi.
Gullar ochilmasdan oldin changlanish boshlanganligi uchun yeryong’oq ko’pincha o’z-o’zini changlatadi. CHangchilarning erkin qolishi gullashdan 5-6 soat oldin boshlanadi. Tumshuqcha (tuxumdon tepasi) esa gul ochilishidan 12 soat oldin changni qabul qilishni boshlaydi. Gullar ochilgandan 5-6 soatdan keyin gultojbarg yaproqlar silkinadi va to’kiladi. Yeryong’oq gullari o’z-o’zini urug’lantiradi. Asalari kabi hasharotlar vositasi bilan besh foiz chetdan changlashish kuzatiladi. Bir yeryong’oq o’simligi 500-1000 dona gul ochadi. Lekin, bu gullarning 50-75 foizi urug’lanib ginafor va ginaforlarning ham 8-13 foizi tuproqqa kirib mevaga aylanadi.

Download 4,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish