O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QISHLOQ XO`JALIGI VAZIRLIGI
TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI
“QISHLOQ XO’JALIK MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QAYTA ISHLASH” TA’LIM YO’NALISHI 413-GURUH
TALABASI ESANOVA ULDONANING
“YERYONG’OQNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI” MAVZUSIDAGI
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Termiz tumani – 2022
MUNDARIJA
KIRISH
I. ASOSIY QISIM
1.1. Yeryong’oq o’simligining xalq xo’jaligidagi ahamiyati va tutgan o’rni
1.2. Biologik xususiyatlari
1.3. Respublikamizda keng tarqalgan va tumanlashtirilgan yeryong’oq navlarining asosiy qimmati xo’jalik belgilari
1.4. Yeryong’oqning asosiy to’rt navlarining tavsifi.
1.5. Yeryong’oq hosilini yig’ib olish va mahsulotni saqlash.
1.6. Yeryong’oq saqlash.
II. TEXNALOGIK QISM.
2.1. Yog’-moy sanoatining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixi.
2.2. O’simlik moylari ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasining rivojlanishi.
2.3. O’simlik moylarini olishning asosiy usullari va texnologik sxemalari.
2.4. Moyli urug’larning hayotiylik xususiyatlari.
2.5. O’simlik moylarini ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotning texnologik xususiyatlari.
2.6. Respublika sharoitida yetishtirilgan yeryong’oq mahsulotlaridan moy olish texnologiyasi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Yeryong’oq (Xitoy yong’og’i) – qimmatli moyli va oziq-ovqat o’simligidir. Bugungi kunda dunyoda aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishda moyli ekinlar, jumladan, yeryong’oq (Arachis hypogaea L.) hosildorligini va urug’ sifatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Jahon miqyosida 117 ta mamlakatda yeryong’oq ekiladi va ekin maydoni 27,7 million gektarni tashkil etib, yalpi hosil 43,9 million tonnani tashkil etadi. O’rtacha har gektar maydondan 1,6 tonna hosil yetishtiriladi. Umumiy yetishtirilgan hosilning 68% Osiyo va 25% Afrika qit’alari hissasiga to’g’ri keladi. 2018 yilgi jahon statistik ma’lumotlarida keltirilishicha, O’zbekiston yeryong’oq yetishtirish bo’yicha dunyoda 51-o’rinni, hosildorlik bo’yicha esa 1-o’rinni egallagan. Yetishtiriladigan eng ko’p mahsulot Hindiston, Xitoy va Amerika Qo’shma SHtatlarining ulushiga to’g’ri kelib, aynan shu mamlakatlarda yetishtirilgan mahsulotning 60-80% qayta ishlanadi. Dunyo bo’yicha eng yuqori hosildorlik Xitoy (2,5-3,0 t/ga) va Amerika Qo’shma SHtatlarida (3,0-4,0 t/ga) qayd etilgan. Respublikamizda bu ko’rsatkich o’rtacha takroriy ekin sifatida parvarishlanganda 1,5-1,8 t/ga ni, asosiy ekin sifatida ilg’or fermer xo’jaliklarida yetishtirilganda 3,5-4,0 t/ga ni tashkil qiladi.
Yeryong’oq dukkakdoshlar oilasiga mansub bo’lgan bir yillik issiqsevar, iqtisodiy samaradorligi yuqori bo’lgan, oddiy xalq tili bilan aytganda “umuman chiqitsiz” o’simlikdir. Urug’i, dukkagi, poya qismlaridan: inson uchun to’g’ridan-to’g’ri iste’mol qilinadigan ovqat, hayvonlar uchun ozuqa tuproqni biologik azot moddasi bilan boyitadigan juda muhim yog’moy va oqsilga boy o’simlik bu - yeryong’oq ekinidir.
Dunyoda ushbu ekin soya, paxta chigiti, raps va kungaboqardan keyin eng ko’p ekilish maydoniga ega. Dunyoda yetishtirilgan yeryong’oq 53 foizi oziq-ovqat uchun o’simlik moyi, 32 foizi esa yeryong’oq pastasi hamda yorma kabi ozuqa maqsadida va qolgan 15 foiz qismi esa hayvon ozuqasi uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |