Yengil sanoat kurs ishi



Download 2,63 Mb.
bet2/11
Sana26.04.2022
Hajmi2,63 Mb.
#584700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Yengil sanoat kurs ishi

KORXONA HAQIDA MA'LUMOT.


Biz amaliyot o'tagan «Forest color»korxonasi Farg'ona shahar,Sohibqiron Timur ko'chasida joylashgan.»Forest color»korxonasi 2019-yil iyun oyidan buyon ishlab kelmoqda.»Forest color»so'zi inglizchadan tarjima qilinganda
«o'rmon ranglari»ma'nosini bildiradi,ya'ni bu korxonada xilma-xil rangdagi va turdagi matolardan kiyimlar ishlab chiqariladi.Korxona 3-qavatli binodan iborat.1-qavatda bosh ofis,tez tibbiy yordam xonasi,oshxona va kesimxona joylashgan.2-qavatda tikuv sexi,namlab isitib ishlov berish va qadoqlash uchun sharoit yaratilgan.3-qavatda esa modelxona,plotter xonasi,qo'shimcha tikuv mashinalari joylashgan yordamchi tikuv bo'limi va tikuv mashinalariga tehnik ishlov berish xonasi mavjud.Bosmaxona zararli hidlar chiqarganligi uchun alohida binoga joylashtirilgan.Hozirda ushbu korxonada 220 dan ortiq ishchi hodimlar ishlab kelmoqda.Korxona o'z transportiga ega,va bu transport ishchilarni borib kelishini ta'minlaydi.(1-rasm.»Forest color»korxonasi)


Mahsulot MDH davlatlariga export qilinadi va ichki bozorda ham bu brend ostida mahsulotlar iste'molchilarga taqdim etiladi.Korxonada ayollar,erkaklar va bolalar kiyimlari tajribali hodimlar tomonidan yuqori did bilan tikiladi.Bundan tashqari korxonada nomozxonalar ham mavjud.





  1. rasm.»FOREST COLOR»korxxonasi.






  1. rasm.

  1. TAJRIBA BO’LIMIDAGI TEXNOLOGIK JARAYONLARNI YORITISH


Kiyimlarni ishlab-chiqarish uchun tayyorlov ishlari eksperimental sexidan boshlanadi.Bu ishlar quyidagilardan iborat:
1.Konstruksiyalash, har bir model uchun hujjatlarni tayyorlash. 2.Andozalar tayyorlash.
3. Materiallarning sarflash normasini aniqlash. 4.Trafaretlar tayyorlash.

  1. Yangi modellar namunalarini tayyorlash, ustalar va ishchilarga o‘rgatish.

  2. Yangi ishlov berish usullarini ishlab chiqish. 7.Yangi jihozlarni sinash, tekshirish va qo‘llash.

8.Gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlarini sinash.
Yangi modellarni yaratish bilan yuqori malakali rassom-modelerlar
shug‘ullanadi.
Konstruktorlar ikki guruhga bo‘linadi:

  1. guruh modellar baza asoslarini ko‘rib, rasmga asoslanib, modelning

birlamchi andazalarini tayyorlaydilar.

  1. guruh modelning baza asosiga asoslanib o‘rtacha razmer rost uchun ishchi

andazalar, yordamchi andazalar, model uchun hujjatlar tayyorlaydilar.
Modalar uylari tikuvchilik korxonalariga andazalar va texnikaviy xujjatlar bilan birga xar kaysi detal andazasining satxi va mazkur kiyim barcha detallari andazalarining umumiy satxi xakida ma’lumot xam berishlari lozim.
Tikuvchilik korxonasi eksperimental sexida topilgan fasondagi kiyim andazalari shu sexning uzida tayyorlanadi. Bu andazalar satxini xisoblashni esa modelxonalarga buyurish xam, eksperimental sexining uzida xisoblash xam mumkin. Kiyim detallaring shakli kupincha murakkab va egri chizikli konturlardan iborat bulgani uchun, andazalar satxini tugri va anik xisoblash anchagina qiyin ishlardan xisoblanadi.
Har bir ommaviy tayyorlash uchun qabul qilingan model uchun buyumning
o‘rtacha razmer, rost va to‘lalikdagi namunasi tikiladi, shu model uchun etalon andazalar tayyorlanadi, tashqi ko‘rinishining yozuvi beriladi va o‘lchov tabeli, ya’ni andazalar va tayyor buyumning hamma razmer va rostlarining o‘lchov jadvali tuziladi.
Modelning texnik yozuviga quyidagilar kiradi:
— modelning tashqi ko‘rinishining yozuvi va rasmi, taklif etiladigan razmer, rost, to‘laligi, detallar spesifikasiyasi, taklif etiladigan avra, astar, qotirmalik gazlamalar va furnituralar, buyum tikish texnologiyasi haqida yo‘l-yo‘riqlar.
O‘lchov tabelida andazalar va tayyor buyumning asosiy o‘lchov joylari va
o‘lchov qiymatlari, ishlov berish uchun haqlar va og‘ishlar beriladi.Bu hujjatlar ishchi andazalarini nazorat qilish va tayyor buyumlarni qabul qilish uchun ishlatiladi.
Andazalar 3 xil bo‘ladi: etalon andazalar, ishchi andazalar va yordamchi andazalar.
Etalon andazalar model namunasini tayyorlash uchun ishlatiladi.
Ish andazalar 5 ta to‘la komplektda tayyorlanadi.2 tasi eksperimental sexiga gazlama sarfini aniqlash uchun, 1 tasi tayyorlov syexiga bo‘rlama tayyorlash uchun, 2 tasi bichish syexiga berilib, ulardan biri nuqsonli gazlamalarni
bo‘rlash, yana biri to‘shama ustiga qo‘yilib, bo‘rlamaning o‘chib ketgan
joylarini bo‘rlash uchun ishlatiladi, lentali bichuv mashinasiga detallarni qirqish
uchun beriladi.
Yordamchi andazalar tikuvchilik sexida kiyim detallaridagi bort burchaklari,
cho‘ntak o‘rinlari, vitachkalar va izmalar o‘rnini belgilash uchun ishlatiladi.
Andazalar qalinligi 0,9—1,2 mm. Qattiq pressshpat kartondan tayyorlanib, atrofiga tunuka qoplanishi mumkin.
Andazalar chetiga tunuka qoplanmagan bo‘lsa ish andazalar sinchiklab
tekshirilgandan keyin, ularning cheti aylantirilib, tamg‘alab chiqiladi.Hamma andazalarga modelning‘ nomeri, razmeri, rosti yoziladi;Ish va yordamchi andazalar oyda bir yoki ikki marta etalon andaza bilan solishtirib, tekshirib turiladi.Etalon andazalarning o‘zi ham yilning har choragida bir marta tabelda ko‘rsatilgan o‘lchamlarga solishtirib tekshiriladi, chunki, karton qurishi natijasida kirishishi mumkin. Ular temperaturasi 18—20°S, namligi 60—70% bo‘lgan joyda kronshteynlarda osig‘lik tarzda saqlanishi lozim.
Tikuvchilik mahsuloti tannarxining 80—90 foizini ularni tikishga sarf bo‘lgan
materiallar qiymati tashkil qiladi.Shuning uchun mahsulot tannarxini
kamaytirishning, ishlab-chiqarish rentabelligini oshirishning eng samarali yo‘li
— mahsulot sifatini yomonlashtirmay turib chiqindilarni kamaytirish, rezervlarni topish va materiallarni tejashdir.
Ushbu sexda GEMINI PATTERN programmasi ish yurutib kelmoqda . Bu programmaning asosiy yutuqlaridan biri barcha andaza kompyuter yordamida chiziladi va avtomatik tarzda andazalar joylashtiriladi. Undan so’ng plotter
orqali qogozga chop etiladi va oldindan to’shalgan material usdiga qotirilib andazalar kesib olinishi mumkin. Bu esa ish unumdorligini bir necha marta oshiradi.




  1. Download 2,63 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish