«Konfessiya» so‘zi (lotincha «confessio») o‘zbek tiliga aynan tarjima qilinganda



Download 96,05 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.04.2020
Hajmi96,05 Kb.
#45510
Bog'liq
Dinshunoslik 8mavzu


Dinshunoslik 8mavzu

«Konfessiya» so‘zi (lotincha – «confessio») o‘zbek tiliga aynan tarjima qilinganda

«e’tiqod qilish», degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda, diniy konfessiya

deganda muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o‘ziga xos xususiyatlarga

ega e’tiqod va ushbu e’tiqodga ergashuvchilar jamoasi tushuniladi. Bir din doirasida

yuzaga kelgan bo‘lsa-da, aqidalar borasida farqlanadigan jamoalar ham diniy

konfessiyalar jumlasiga kiradi.

Shuni inobatga olgan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 1000

dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydilar. Islom dinida bunday holat

kuzatilmaydi. Hech qaysi mamlakatda hanafiy mazhabi alohida, boshqa mazhablar

alohida konfessiya sifatida ro‘yxatdan o‘tmaydi. Masalan, O‘zbekistonda ham bir

necha shia jamoalari bo‘lishiga qaramay, ular o‘zlarini alohida diniy konfessiya

hisoblamaydilar.

Din jamiyat hayotining tarkibiy qismi sifatida kishilarning ijtimoiylashuviga, ularning

turmush tarzini tashkil etish va tartibga solishga xizmat qiluvchi me’yoriy omillardan

biri bo‘lib kelgan. Dinning bunday roli uning tarixan shakllangan o‘ziga xos

xususiyatlari bilan belgilanadi. Chunki, din, birinchidan, umuminsoniy axloq

me’yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga

aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat yashashiga ko‘maklashgan;

uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari,

muammo va qiyinchiliklarni yengib o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan; to‘rtinchidan,

umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga

yetkazishga yordam bergan va shu yo‘l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko

‘rsatgan.

Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv

jarayonlarining o‘ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir

butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan

millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishning

chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda. Bu jarayonlar o‘z navbatida inson

ma’naviyatining uzviy qismi bo‘lgan dinning mohiyatini tushunish, uning inson va

jamiyat hayotidagi o‘rnini anglashga bo‘lgan e’tiborning kuchayishini keltirib

chiqarmoqda. Shu bilan birga, dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayishi bugungi kunda

kishilik jamiyati oldida turgan muammolar, insonning ularni hal qilish yo‘llari haqidagi

o‘y-izlanishlari, dunyoviy va diniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlagan holda bugungi

kunning og‘ir va murakkab savollariga to‘laqonli javob topishga intilishi bilan bog‘liq

ekanini ham alohida qayd etish lozim.



Mutaxassislar ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik,

buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Bu

shunday jarayonlar kelajakda davom etishi mumkinligini taxmin qilish imkonini

beradi.


Yangi diniy harakatlar (YADH) deganda odatda XX asrning 70-yillarida Yevropa va

AQSHda tarqalgan noan’anaviy diniy guruhlar va oqimlar nazarda tutiladi.

Tadqiqotchilar bunga an’anaviy dinlardagi inqiroz davri sabab bo‘lganligini

ta’kidlaydilar. YADH liderlari jamiyat kayfiyatidagi o‘zgarishlarni, bu «o‘tkinchi

dunyo»ning nuqsonlarini fosh qilib, o‘zlarini «xaloskor», yuksak axloqli «haqiqatgo‘y»

sifatida ko‘rsatdilar. YADH to‘riga ko‘proq yoshlar ilinadilar.

Odatda YADH qat’iy ta’limotga ega bo‘lmagan tashkilot bo‘lib, uning faoliyati lider roli

bilan belgilanadi. Liderlar an’anaviy diniy qadriyatlarga qarshi tashviqot ishlarini olib

boradilar. Diniy hayot maxsus ishlab chiqilgan tartib qoida va nizomlar orqali amalga

oshiriladi. YADHning ba’zilari dunyoning turli burchaklarida o‘z bo‘linmalariga ega bo

‘lgan, biznes bilan shug‘ullanuvchi yirik xalqaro korporatsiyalarga aylangan.

YADH meditatsiya amaliyotini keng qo‘llaydilar, tashkiliy jihatdan piramida shaklida

boshqariladi. Ularning aksariyati noqonuniy faoliyat yurituvchi, kriminal tashkilotlardir

(Masalan, «Aum Sinrikyo» (Yaponiya), «Quyosh ehromi» (Fransiya va Kanada) va b.).

Diniy ta’limotlarni buzib talqin qiluvchi harakatlarga:

protestantlarning «ikkilamchi» birlashmalari – «Yahve shohidlari» («Svideteli

Iyegovo»), «Oxirgi kun avliyolari Iso Masih cherkovi» (mormonlar), «Masih cherkovi»

(Boston harakati);

soxta xristian harakatlar – «Mun birlashtirish cherkovi», «Vissarion oxirgi Ahdi

cherkovi», «Oq birodarlar»;



sayentologik kultlar – «Xristian ilmi», «Ron Xabbard sayentologiya markazi»,

«Kloneyd», «Oq ekologlar» harakati;

neo- va kvazioriyentalistik maktablar va kultlar – «Tirik axloq»(Agni yoga), «Krishnani

anglash jamiyati», «Transsendental meditatsiya», «Aum-Sinrikyo», «Saxadja-yoga» va

b.);

Yangi majusiy tashkilotlar va kultlar – «Runvira» ukrain milliy e’tiqodi cherkovi,



Rossiya jarangli kedrlari, Omsk «qadimgi diniy e’tiqodiga qaytish kulti» va boshqalar

kiradi.


«Sekta» so‘zi, eng umumiy ma’noda, muayyan diniy, siyosiy yoki falsafiy qarashlarga

ergashuvchilar guruhini anglatadi. «Diniy sekta» deganda ma’lum bir dindagi rasmiy

aqidalarga zid ravishda ajralib chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga

umuman aloqasi bo‘lmagan holda din bayrog‘i ostida faoliyat ko‘rsatadigan guruhlar

tushuniladi. Bugungi kunda har ikkala yo‘nalishga mansub bo‘lgan ko‘plab sektalar

faoliyat ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar ularning sonini taxminan 5000 atrofida, deb ko

‘rsatadilar.

Dunyo miqyosida jamiyat xavfsizligi va mamlakat barqarorligiga xavf to‘g‘dirayotgan

destruktiv va totalitar diniy tashkilotlar haqida gap ketganda avvalo “Xalqaro

Krishnani anglash jamiyati” (MOSK) yodga keladi. Sekta asoschisi xind ruxoniysi

Abxay Charan De (1896-1977), 1947 yil “Veda” bilimdoni sifatida, “Bxaktivedanta”

(sanskritcha — “sodiqlik”, “fidokorona xizmat”) unvoniga keyinroq sanskrit tilidan

ingliz tiliga “Bxagavadgita” (“Xudo qo‘shiqlari”) ni tafsirlarini tarjima qilish orqali

Svami (“Aql va hissiyotlar egasi”) nomiga sazovar bo‘ladi. Abxay Charan De

keyinchalik o‘zini Shri Shrimad Svami Bxaktivedanta Shrila Prabxubada deb ataydi. O

‘z sektasi g‘oyalarini Hindistonda targ‘ib etishga harakat qiladi, ammo u erdagi kuchli

raqobat tufayli o‘z maqsadiga etisha olmaydi. Natijada, o‘z omadini sinab ko‘rish

maqsadida 1965 yilda sekta rahbari A.Ch.Bxaktivedanta Svami AQShga ko‘chib o‘tdi

va “Xalqaro Krishnani anglash jamiyati” ga asos soldi.

Bu erda u Krishna ta’limotini G‘arbda targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratadi.

A.Ch.Bxaktivedanta krishnaizm ta’limotini yoyish maqsadida sekta g‘oyalarini o‘zida

aks etuvchi “Xudoga qaytish” — jurnalini tashkil etdi. U diniy e’tiqodga berilgach o‘z

oilasidan voz kechib, Sanyasin (ya’ni o‘zini xudoga bag‘ishlash) yo‘lini tanlagan.

Prabxubada G‘arbda o‘z ta’limoti orqali Xindiston hayotini tashqi tomonini tatbiq



etishga harakat qilgan. Ayniqsa, “G‘arb-ko‘r (ruxiy)”, “Sharq — oqsoq (ya’ni iqtisodiy

tomondan kambag‘al)” va ularning o‘zaro birikishi orqali kamolatga erishish mumkin

degan g‘oyani ilgari suradi. Vaxolanki, ko‘r va oqsoqni kamolat timsoli sifatida atash

mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. “Xalqaro krishnani anglash jamiyati” fundamentalistik

xarakterdagi yangi sekta hisoblanadi. Mazkur sekta a’zolari Krishnani anglashda

avvalo, insonlar bxakta-yoga mashg‘ulotlari orqali ruhni poklashga erishish

mumkinligini ta’kidlashadi. Shu o‘rinda, karishnachilar ta’limotida o‘zining moddiy

ehtiyojlaridan voz kechish targ‘ib qilinadi, go‘sht, tuxum, baliq, spritli ichimliklarni

iste’mol qilish taqiqlanadi. Mazkur oqim a’zolari inson aqlini poklash, o‘z fikrini tashqi

dunyodan xolos etishda, butun muhabbatini xudoga izhor etish orqali

ibodatxonalarda meditatsiya- diniy marosimlarni kun davomida bajarishadi. Hozirda

krishnachilar missionerlik faoliyatini amalga oshirishda quyidagi jihatlarga asosiy

e’tibor qaratishadi:

-ibodat kiyimlarida yurib, aholi yashaydigan gavjum joylarda o‘zlarining g‘oyalari aks

ettirilgan diniy adabiyotlarini tarqatish;

— qariyalar va mehribonlik uylari hamda davolash maskanlarida fuqarolarga o‘zlarini

“beg‘araz” yordamlarini taqdim etish;

— o‘z mol mulklarini tashkilot hisobiga xayr-ehson qilishni va bu orqali tashkilot

doirasida ruxoniylik martabasiga ko‘tarilishni rag‘batlantirishga alohida e’tibor

qaratiladi.

Sharqona destruktiv diniy tashkilotlardan yana biri 1952 yilda AQShning Kaliforniya

shtatida Maxarishi Maxesh Yogi tomonidan asos solingan “Transsendental

meditatsiya” (TM) tashkilotidir. Uning asl ismi Maxesh Prasad Varma bo‘lib, u 1911

yilda soliq xizmatchisi oilasida dunyoga kelgan. 1942 yilda Allohobod universitetining

muxandislik fakultetini tugatgan. Bir qancha vaqt zavodda ishlab keyinchalik

Xindiston Respublikasining birinchi prezidenti Radjendra Pasadaning sevimli gurusi

hisoblangan Svami Baraxmananda Sarasvati Maxarijaga (gurudev) shogirdlikka

tushadi. TM rivoyatlariga ko‘ra, Maxarishi Ximolay tog‘ining g‘orlarida 2 yil davomida

yangi meditatsiya usulini kashf qilgan. Maxarishi o‘z usulini Xindistonda keng

miqyosda targ‘ib etishga harakat qilgan. Ammo kuchli raqobat tufayli maqsadiga

erisha olmagan. SHu tariqa Maxarishi o‘z faoliyatini yoyish maqsadida Kaliforniyaga

boradi. Maxarishi u erda “Bitlz” guruxi a’zosi Jorj Xarrison bilan yaqindan tanishadi.

Mazkur uchrashuv kelajakda TMni keng miqyosda faoliyat ko‘rsatishga va


Maxarishini juda mashxur bo‘lishiga zamin yaratadi. Ayniqsa, uning meditatsiya

usullari ancha qimmat bo‘lib, uni oddiy talaba yoki chilangar sotib ololmas edi. O‘z

navbatida, Maxarishi tomonidan “Xalqaro talabalar meditatsiya jamiyati” tashkilotini

tuzilishi G‘arbda yoshlarni sharqqa bo‘lgan qiziqishini orttirdi. Maxarishi TMni din

emas, balki “ilmiy” va “psixologik” usul ekanligini ta’kidlaydi. Hususan, Maxarishi go

‘yoki talabalarga pullik meditatsiya qilish orqali yaxshi baho olishni, yaxshi ish

topishni va’da qilardi. Ammo meditatsiya jarayonida ruxiy tomon inobatga olinmas

edi. Bir necha yil o‘tib TMda o‘qituvchilar soni 6000 taga tashkil etib u yiliga 20 mln

AQSHdollari miqdorida daromad keltira boshlagan.

Dinlararo bag'rikenglik deb, xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e'tiqodini

o'zaro hurmat qilib, tushunib, yagona zamin, yagona vatanda, olijanob g'oya va

niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib yashashiga aytiladi.

Bugungi kunda dinlararo bag'rikenglikka erishish uchun ular o'rtasida madaniy

muloqot, ezgulik yo'lidagi hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilmoqda. Ayniqsa, keyingi

asrda insoniyat boshiga tushgan xatarlar — yadro urushi xavfi, ekologik halokatlar,

terrorchilik va diniy ekstremizm kabi ofat-balolar dinlarni ezgulik, barcha insonlar

uchun yagona bo'lgan sayyoramizni saqlab qolish yo'lida birlashish va hamkorlik

qilishga undamoqda. Barcha dinlarning mohiyatini ezgulik, do'stlik va birodarlik,

mehr-shafqat kabi tushunchalar tashkil qiladi. Aynan ana shu tushunchalar turli din

vakillarini muloqotga, hamkorlikka da'vat etadigan umumiy zamin bo’lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda bashariyat bu haqiqatni tobora chuqurroq anglamoqda.

Diniy bag'rikenglik g'oyasi muayyan jamiyatda, butun dunyoda turli din va mazhabga

e'tiqod qiladigan xalqlar, odamlar o'rtasida do'stona aloqalarni o'rnatish, ularning

kuchi va iste'dodini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishga xizmat qiladi.

Tinchlik va barqarorlikning muhim sharti bo'lgan bu g'oya bugungi kunda nafaqat

dindorlar, balki butun jamiyat a'zolarining hamkorligini ham nazarda tutadi,

hamjihatlikka erishishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Jamiyat – bu odamlar birlashuvining barcha shakllari va ularning o’zaro aloqalari va

o’zaro ta’sirlalarining barcha usullari majmuidir.

Jamiyat paydo bo’lgan beri din eng muhim ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi.

Dinning ijtimoiy fenomen sifatida talqin qilinishi, uning jamiyat hayotidagi real

vazifalarini bajarishi hamda muayyan talablarga javob berishni anglatadi. Din ijtimoiy



fenomen sifatida obyektiv omil sanalib, tashqi va majburiy tarzda kishilarga har

qanday jamoatchilik instituti sifatida ta’sir o’tkazadi. Dinning jamiyatda bajaradigan

bir qancha funksiyalar mavjud. Ba’zi mualliflar fikriga ko’ra dinning muhim

funksiyalardan biri bu boshqaruv-nazorat funksiyadir1. Din ham jamoatchilik ongining

boshqa shakli sifatida kishilar xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatadi. Din mazkur funksiyani

muayyan qadriyat va me’yorlar tizimini yaratish asosida amalga oshiradi. Kishilar

xulq-atvori boshqaruviga odat va an’analarni shakllantiruvchi diniy ibodatlar ham

ta’sir ko’rsatadi. U ma’naviy va axloqiy qadriyat, marosim va udumlar tizimini o’z

me’yoriga moslashtirib boradi. Boshqaruv-nazorat funksiyasining hayotiyligi

muqarrardir. Mavjud funksiya doirasida asrlar davomida diniy axloq asoslari



yaratilgan.

Download 96,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish