0 ‘SIMLIKLARNING VEGETATIV A’ZOLARI VA ULARDA
UCMRAYDIGAN SHAKL 0 ‘ZGARISHLAR (METAMORFOZ)
Vegetativ organ lotincha «vegetation» so‘zidan olingan bo‘lib, o ‘sish,
rivojlanish degan m a’noni bildiradi. U o ‘simlikning ildiz poyasi bargi
vegetativ organ hisoblanadi.
0 ‘simliklarning ildizlarida zaxira moddalar to ‘planadi, shuningdek,
ildiz vegetativ organi bo‘lib ham xizmat qiladi, ildiz qand lavlagi, sabzi,
sholg‘om, rediska kabi o ‘simliklarda oziq moddalar jam g'aradigan organ
hisoblanadi. Siren, zirk yerqalam pir o ‘sim liklari ildiz vositasida
k o ‘payish xususiyatiga ega, ko'pch ilik gulli o ‘simliklar ildizlarida,
tuproqda yashovchi mikroorganizmlar, bakteriyalar, zamburug‘lar birga
hayot kechirib, m odda almashuvida qatnashadi. Mikoriza deb, yuksak
o'simlik o ‘z ildizi vositasida zam burug'lar bilan birga hayot kechirishi
tuchuniladi. Zamburug* mitselliy ildizni tashqi tomondan o ‘rab turib,
o ‘ziga xos qoplam ani hosil qiladi, tuproqdan suv va unda erigan mineral
m oddalami o ‘simlikka olib beradi. Yuksak
0‘simlik esa zamburug*ga
organik m odd alam i berib turadi. T uganaklar dukkakdoshlar oilasi
vakillarining «Rhizobium» bakteriyasi bilan simbioz yashashi asosida
vujudga keladi. Ildiz hujayralaridagi bu bakteriyalar atmosfera azotini
o ‘zlashtiradi. N atijada bu hujayralar yiriklashib tuganaklarni hosil qiladi.
Ildizning tu p ro q d a tarqalishiga q arab yuzada joylashgan, chuqurda
joylashgan g u ru h la rg a ajra tish m um kin. A .P. M odestav fik rich a,
m a k k ajo 'x o ri, b u g 'd o y , suli kabi o 'sim lik lar ildizlari 200-250 sm,
kungaboqar va lavlagi ildizlari 270-280 sm, beda 10-15 m yantoqda
undan chuqurroqda joylashgan. Bir tup kuzgi bug'doy ildizi uzunligi
600 km, yon va ildiz tukchalari bilan birgalikda 10000 km uzunlikni, 200
m2 yuzani tashkil qiladi. Ildizning chuqurlikda joylashish xususiyatini
o ‘sim likka ag ro te x n ik ishlov b erishda n azard a tutish lozim . Ildiz
sistemasini klassifikatsiya qilishda uning kelib chiqishi, shoxlanish va
morfologik tuzilishi nazarda tutiladi. Kelib chiqishiga k o 'ra ildizlar 3
guruhga bo'linadi: 1. Asosiy ildiz. 2. Yon ildiz. 3. Qo'shimcha ildiz.
Asosiy ildiz gulli o'simliklar urug'idagi murtak ildizchasining rivojlanishidan
hosil bo‘ladi va vertikal holda yo'nalib tuproqqa chuqur kirib boradi. Bir
pallali o'simliklarda asosiy ildiz yaxshi o'smaydi va tez nobud bo'ladi.
Yon ildizlar asosiy va qo'shimcha ildizlardan ko'payadi. Tuproqning
yuqori q a tla m id a n am g arch ilik n in g kam ayishi bilan yon ild izlar
www.ziyouz.com kutubxonasi
tu p ro q ning ostki qismiga kirib boradi. Yon ildizlar o ‘z navbatida
shoxlanib birinchi tartib ildizni chiqaradi, bu ildiz esa ikkilamchi ildizni
chiqaradi va hokazo. Asosiy, yon va qo‘shimcha ildizlar o ‘simlikning
ildiz sistemasini hosil qiladi. Tuzilishiga ko'ra o ‘q va popuk ildizlar
bo‘ladi, o ‘q ildiz ikki pallali
0‘simliklar uchun xos bo‘lib, bunda asosiy
ildiz yaxshi rivojlangan b o ‘ladi. Popuk ildizda asosiy ildiz yaxshi
rivojlanmaydi, uning o'm iga yon ildizlar taraqqiy etgan.
Ildiz tiplarini aniqlashda uning suv va unda erigan mineral moddalarni
qayerdan olishi nazarda tutiladi. Shuning uchun quyidagi tiplari mavjud:
1) yerosti ildizlar; 2) suv ildizlar; 3) havo ildizlar; 4) gaustoriya so‘ruvchi
ildizlar. 70 foizdan ortiq
0‘simliklar yerosti ildizlami hosil qiladi. Bunday
ildizlar asosan tuproqda joylashgan bo'ladi. Suv ildizlari suv qatlamida
joylashib, hech qachon suv tagiga yetib bormaydi. M asalan, reyaska,
lyagushatnik va hokazo.
H avo ildizlari havoda joylashgan bo'lib, atm osferadagi namlikni
o'zlashtiradi. Bunday ildizlar nam tropik o'rm onlarda yashovchi epefit
o'simliklarda kuzatiladi. Gaustoriya so'rg'ich ildizlar parazit o'simliklar
zarpechak va shumg'iya o'simliklari uchun xosdir.
Qo'shimcha ildizlar. Ko'pchilik o'simliklarda asosiy ildizdan tashqari
qo'shimcha ildizlar ham bo'ladi. Qo'shimcha ildizlar tuzilish va vazifasi
jih atd an asosiy va yon ildizlarga o'xshash bo'ladi. Deyarli barcha
o'simliklarda qo'shimcha ildizlar endogen yo'l bilan, perisikldan qariroq
poyalarda esa ikkilamchi floemadan rivojlanadi. Bu ildizlar asosiy va
yon ildizlardan emas, balki poyadan, hattoki bargdan hosil bo'ladi.
M a ’lumki, nam tuproqqa tegib turgan novdasi yoki poyasi darhol
qo'shimcha ildizlar chiqaradi. Begoniya, binafsha, briofillium o'simliklari
esa hatto bargidan ham ildiz chiqaradi. Ularni bargidan ham ko'paytirish
mumkin. Bir pallali o'simliklarda asosiy ildizlar taraqqiy etmaydi, chunki
urug'dan unib chiqqan, ingichka 1-4 gacha o'sim likni to 'liq qondira
olmaydi. Shuning uchun poyada ko'plab qo'shim cha ildiz hosil qiladi.
G'allasimon o'simliklar tuplanish oldidan yer yuziga yaqin joylashgan.
Poyasining b o 'g 'in id a n qo'shim cha ildizlar chiqara boshlaydi. Bu
qo'shimcha ildizlar yaxshi taraqqiy etgandan so'ng asosiy ildiz nobud
bo'ladi. Ba’zi bir k o 'p yillik o'sim liklar yon ildizlarda qo'shim cha
kurtaklar hosil qilish qobiliyatiga ega bo'lib, keyinchalik bu kurtaklardan
ildiz bachkilari deb ataladigan yangi yer ustki poyalar o'sib chiqishi
mumkin. Bunday bachki chiqaruvchi ildizlar olma, gilos, akatsiya, terak
17
www.ziyouz.com kutubxonasi
hamda buta o ‘simliklarida bo'ladi. Shuningdek, kakra, qizilmiya, pechak
kabi o ‘simliklar ham ildizidan bachkilaydi. Shunday o'simliklar bor yerni
diskalab qirqib haydalsa, qirqilgan ildizlarning bir bo'lagidan kurtak
hosil b o 'la d i. Q ishlo q x o 'ja lig id a ayrim m a d an iy o 's im lik la rn i
ko'paytirishda shunday usullardan foydalaniladi. Ildiz metamorfoziga
ildizm evalar kiradi (sabzi, turp, sholg'om, lavlagi). Ildizmevalar uch
qism dan - bosh, b o 'y in va haqiqiy ildiz qism idan ib o rat bo'ladi.
Ildizmeva bosh qismi poyadan shakllangan bo'lib, ildizning eng yuqori
qismini tashkil etadi. U nda to 'p barglar joylashgan, bu qismdan keyin
boshlanuvchi ildizmeva bo 'g 'zid a barglar ham yon ildizlar ham yo'q.
Eng quyida ildizmevaning asl ildiz qismi rivojlangan bo'lib, unda yon
ildizlar va tukchalar bor. B a’zan ildiz tuganaklari ham uchrab turadi.
Ular yon va qo'shim cha ildizlarda shoxlanib jam g'arm a oziq moddalami
saqlashga xizm at qiladi. M asalan, kartoshkagul, b atat, orxeidey va
boshqalar. Ildiz tuganagidagi kurtaklardan foydalanib bu o'simliklarni
vegetativ ko'paytirish mumkin. M akkajo'xori poyasining birinchi va
ikkinchi bo'g'im larida tayanch vazifasini bajaruvchi qo'shimcha ildizlar
hosil bo'ladi. Bunday ildizlar tropik mamlakatlar dengiz qirg'oqlarida
o'suvchi o'simliklarda ham rivojlanadi va o'simliklarni dengiz to'lqinlari
t a ’siridan qulab tushm asligini t a ’minlaydi. Ayrim liana o'sim liklar
poyasidan maxsus qo'shim cha so'rg'ich ildizlar hosil bo'ladi, so'rg'ich
ildizlar vositasida bunday o'sim liklar tik (vertikal) yuzalarga yopishib
o'sish imkoniyatiga ega. Tropik o'rm onlarda eplifit o'simliklarda havo
ildizlari hosil b o 'lib , ular y o g 'in yoki suv, havodagi suv bug'larni
o'zlashtiradi. H avo ildizlari botqoq o'sim liklarga xos. U tuproqdan
yuqoriga o'sib , o'sim likni kislorod bilan ta ’m inlashga xizmat qiladi
(botqoq sarvisi).
N ovda odatda, havo orqali oziqlanishni amalga oshiruvchi asosiy
organ - vegetativ novdada quyidagi qismlami ajratishi mumkin: poya,
barglar, bo'g'im lar, bo'g'im oraliqlari va kurtaklar.
K urtaklar - m urtak holdagi novdalar hisoblanib ular uzoq vaqt o'sish
va shoxlanishi natijasida novdalar tizimini hosil qiladi. Novdadagi barglar
muhim vazifani, ya’ni fotosintezni amalga oshiradi. Organlami biriktirib
turuvchi poya m exanik o 'tk a z ish i va b a ’zan g'am lovchi vazifasini
bajaradi. N ovdani ildizdan ajratib turuvchi m uhim xususiyat uning
barglar bilan qoplanishi ham da bo'g'im larga ega bo'lishidir. Poyaning
uchki qismidagi kurtak uchki kurtak, barg qo'ltiqlarida yon kurtaklar
www.ziyouz.com kutubxonasi
joylashadi. Poya va barg boshlang‘ichiga ega bo‘lgan kurtaklar vegetativ,
boshlang‘ich holdagi gul yoki to ‘pgulga ega b o 'lsa generativ kurtak
deyiladi. B a’zan ara lash k u rta k la r ham u ch ray d i. U chki va yon
kurtaklarning yozilishi natijasida novdaning bo'yiga o ‘sishi va yon
novdalaming hosil bo‘lishi kuzatiladi. Qo‘shimcha kurtaklar ham muhim
biologik ahamiyatga ega bo‘lib, ular ildiz, poya va barglarda hosil bo‘ladi.
Qo‘shimcha kurtaklar yordamida o‘simliklaming vegetativ ko'payishi
amalga oshadi. Novdalar tik, yotiq, chirmashib, yer bag‘irlab va boshqa
yo‘nalishlarda o ‘sishi mumkin. Shoxlanishning 4 ta turi ajratilib, ulaming
ayrisim on turi qadim gi va sporali yuksak o ‘sim liklarda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |