M eyo z (reduksion) bo'linish ham hujayraning m urakkab bo'linishi
b o 'lib 4 fa za d a o 'ta d i. U ning m ito zd an farqi meyoz faq at jinsiy
hujayralarda sodir bo'ladi. Shuning uchun ham gulli o'simliklarda meyoz
bo'linish har yili gullash fazasida o'tadi.
F e r m e n tla r h u ja y ra d a n a fas o lish , fo to sin te z , o q sil, lip id va
uglevo dlarn ing sintezi va parchalan ish id a kimyoviy jaray onlarning
ham m asida ishtirok etadi. Hozirgacha fan 2000 ga yaqin ferment borligini
aniqladi. H ujayraning nafas olishi preksitaza va katalaza fermentlar
t a ’sirid a o 'ta d i. O 'sim lik va h ay v o n larn in g o'sishi va rivojlanishi
fe rm e n tla r ish tiro k id a b o 'la d i. D iasta z a ferm enti kraxm alni qand
moddasiga (maltozaga) aylantiradi, lekin yog' va oqsillarga ta ’sir etmaydi.
In v e rta z a ferm en ti sh ak arq am ish d ag i q an d n i p arch alay d i, b iro q
kraxmalga ta ’sir eta olmaydi. Oqsilga ta ’sir etuvchi fermentlar - proteaza,
lipidlarga ta ’sir etuvchi fermentlar lipaza deyiladi. Fermentlardan sanoatda
v in o va ta m a k i ta y y o rla sh d a , q a n d , choy, к а к а о , pivo olish d a
foydalaniladi.
V itam inlar yunoncha «vita» so'zidan olingan bo'lib, «hayot» degan
m a’noni bildiradi. Ulami 1880-yilda rus olimi N .Lunin hamda 1912-
yilda K .Funk kashf etgan. Tarkibida turli-tum an organik moddalarni
saqlovchi vitaminlar, fermentlar kom ponentlari bo'lib, ular hujayrada
katalizator rolini o'ynaydi. Organizmda vitaminlar yetishmasa moddalar
almashinuvi buziladi. Agarda ular m utlaqo bo'lm asa hayotiy funksiyalari
buziladi. Hozirgacha 40 ga yaqin vitam inlar aniqlangan bo'lib, ulaming
www.ziyouz.com kutubxonasi
ham m asi toza holda san o atd a ishlab chiqarilm oqda va o ziq -o v q at
ratsionida ishlatilmoqda. Vitaminlaming nomlari yunon alfavitining bosh
harflari bilan belgilanadi. А, В, C, D vitaminlar o'simlikning m a ’lum bir
qism ida joylashadi. M asalan, В (B ,B 2va boshqa) guruh v itam in lar
k o 'p in c h a u ru g 1 m urtagida va p o 'stid a yoki
jav d ar, b u g 'd o y kabi
o'simliklarning yosh maysalarida bo‘ladi. С vitamini n a’m atak , limon,
smorodina mevalarida, piyoz va sarimsoq o'simliginmg piyozboshlarida,
E vitamini o ‘simlik yogiarida bug'doy, makkajo'xori maysalarida, sitris
va pomidor mevasida, К vitamini chayon o'ti bargida, sabzi ildiz mevasida
ko 'p bo'ladi.
Fitogorm onlar. O 'sim liklarning o'sishi va hujayraning b o 'lin ish i,
jinsiy jarayo nlarn i tezlashtiruvchi gormon ana shunday gorm onlarda
auksin o 'sish gormoni hosil qiluvchi to 'q im a uchun z a r u r b o 'lg an
o rg a n ik m o d d a la r va k is lo ro d n in g o qim ini te z la s h tira d i h am d a
e m b rio n a l h u ja y ra n in g b o 'lin is h in i te z la s h tir a d i. F ito g o r m o n
gibberilin («gibberela phuicure») degan zam burug'dan ajra tib olinadi.
U yem -xashak, texnik o 'sim lik lar (tam aki, kanop)da hosildorlikni
o s h ir is h s o h a s id a o 'tk a z ila d i g a n ta jr ib a l a r d a is h la tilm o q d a .
G ib b erilin d an sabzavot o 'sim lik lari - pom idor, bodring, baqlajon
h am d a uzum m evalarining h o sild o rlig in i o sh irish s o h a s id a ham
foydalanilm oqda. U meva o'sim liklari gul va mevasini to 'k ilish id an
sa q lash d a, m eva ham da m an zarali o 'sim lik larn in g ild iz otishini
tezlatish d a ham qo 'llaniladi. Sabzi, lavlagi, k aram kabi ik k i yillik
o'sim lik larni gibberilin bilan q ay ta ishlasa, u ru g ' birinchi yildayoq
hosil qiladi.
Antibiotikvafitonsidlar har xil zararkunandavamikroorga-nizmlardan
saqlashda himoya vazifasini o'taydi. Ulaming tarkibiga aminokislotalar,
organik kislotalar, alkoloidlar, efir moylar, sinil kislotasi h a m kiradi.
Fitonsid va antibiotiklar faqat o'simliklar uchun emas, balki hayvon va
in so n larn i ham har xil z a ra rk u n a n d a va kasallik lard an saqlaydi.
Penitsillinni 1929-yilda ingliz olimi Fleming kashf qilgan, b iro q toza
p rep arat sifatida u 1940-yildan boshlab olina boshlandi. E ndilikda
m editsinada va veterenariyada penitsillimn, sterptomitsin, sintomitsin,
terrom itsin , tetrasiklin, biom itsin kabi 1000 d an ortiq an tib io tik la r
ishlatilmoqda.
F ito n sid larin in g an tib io tik lard an farqi an tib io tik lar m ikro o rg a-
nizm lardan olinadi, fitonsidlar gulli o'simliklardan olinadi. H a r ikkalasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
ham mikroorganizmlami halok qiladi. Hujayradagi uglevodlar, y o g ia r
va o q sillar zaxira oziq m oddalar hisoblanadi. O rganik m oddalarni
o ‘simliklar tashqi muhitdan olgan oddiy birikm alardan sintez qiladi.
Organik moddalar ikki guruhga - azotsiz va azotli birikmalarga bo'linadi.
Azotsiz birikmalar tarkibi 0 ,H ,C dan iborat. Azotli birikmalar tarkibiga
bulardan tashqari azot ham kiradi. Uglevodlar kimyoviy xususiyatlariga
q a ra b m o n o sax arid lar, d isa x a rid la r, p o lisa x arid la rg a b o 'lin a d i.
Monosaxaridlar glyukoza, fruktozalarni o'z ichiga oladi va ular geksozalar
ham deb ataladi. Glyukoza (uzum shakari) dekstroza - olma, anjir,
gilos uglevodlari tarkibiga kiradi.
F ru k to za (u meva shakari deb ham ataladi) m evalarda, piyozda
glyukoza bilan birga qiyin kristallashadi. B a’zi o 'sim liklarda spirt
nordon achchiq moddalar bilan birikkan holda uchraydi. Bu birikmalar
glikozidlar deb ataladi. Bodom m ag'zi achchiq qiladigan amigdalin,
q ashq arb eda bargidagi kum arin, etm ak o'sim ligi ildizidagi safonin
shular jum lasidandir.
Disaxaridlar murakkab uglevodlar bo'lib, ularga saxaroza va maltoza
kiradi. Saxaroza qamish shakarida (glyukoza va furuktoza birikmasidan
hosil bo'ladi), maltoza yashil o'sim liklarda diastaza fermenti ta ’sirida
kraxm aldan hosil bo'ladi. Polisaxaridlar m onosaxaridlardan suvning
ajrab chiqishi tufayli hosil bo'ladi. K raxmal - klechatka (sellyuloza),
inullin, gemisellyulozalar, polisaxiridlardir.
O'sim liklarning yosh hujayralarida sitoplazma hujayraning barcha
b o 's h lig 'in i to 'ld ir ib tu ra d i. H u ja y ra o 's ib b o rg an sari u n in g
sitoplazmasida vakuolalar deb yuritiladigan kichkina bo'shliqlar yoki
pufakchalar bo'ladi. Bunday bo'shliqlar maxsus suyuqlik hujayra shirasi
bilan to'lgan bo'ladi. Hujayra o'sib borgan sari vakuolalar kattalashadi
va nihoyat, bitta yirik vakuola bo'lib qo'shiladi. Bunda ular sitoplazma
ham da yadroni hujayra devoriga surib chiqaradi. H ujayra shirasining
tarkibi ham o'sim liklar turlarida har xil bo'ladi. H ujayra shirasining
tarkibida organik moddalardan uglevodlar (shakarlar) bo'ladi. Organik
kislotalardan olma, limon, uzum ham da oksalat kislotalar k o'p uchraydi.
Hujayra shirasida alkoloidlar, tam aki bargida nikotin, ko'knorida opium
bo'ladi. K o 'pgina alkoloidlar dori-darm on sifatida ishlatiladi (xinin,
kofein, opium). Zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish uchun
ishlatiladigan vositalar (nikotin, anabazin) o'simliklar tarkibidan olinadi.
Pigmentlar - suvda oson eriydigan bo'yoq moddalar bo'lib, ular antosian
www.ziyouz.com kutubxonasi
va antoxlor barg meva gullarda uchraydi. Bundan tashqari oshlovchi
moddalar, kristallar va tuzlar ham uchraydi. Sho'rxok yerlarda o ‘sadigan
o ‘simliklarda mineral tuzlar ko‘p bo'ladi.
N AZORAT SAVOLLARI
1. Botanika fani tarixi to'g'risida tushuncha bering.
2. Hujayra qanday qismlardan tashkil topgan?
3. Sitoplazma organoidlariga nimalar kiradi?
4. Hujayraning zaxira oziq moddalari va ulaming tarkibi nimalardan
iborat?
5. Plastidalar necha xil bo‘ladi va ulaming vazifasi nimadan iborat?
6. Hujayraning b o ‘linib ko'payishi necha xil?
7. Fermentlar, vitaminlar, antibiotiklar haqida tushuncha bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |