Yadrosiz ko‘k yashil suvo‘tlari va bakteriyalar.
Yadro o ‘m ida uning
vazifasini bajaruvchi D N K (dizeksiribonuklein kislota) uchraydi. Hujayra
www.ziyouz.com kutubxonasi
organelalaridan tashqari sitoplazm ada hujayraning umumiy m odda
almashinuvida qatnashadigan turli qo'shim chalar - moy tom chilari,
k raxm al, kristallar va b oshq alar bor. B ular zaxira oziqlantiruvchi
m oddalar hisoblanadi.
Y orug‘lik mikroskopi yordamida gioloplazma deb ataluvchi bir tarkibli
suyuq modda unga yopishgan donachali zarrachalar granulalar ajratiladi.
Demak, gioloplazma bu sitoplazmaning matriksidir. Sitoplazmada bir
qancha organelalar mavjud bo‘lib, endoplazmatik to 'r, ribosoma, Goldji
apparati, sferasoma shular jumlasidandir.
Sitoplazmaning kimyoviy tarkibida organik moddalar S 0 2, 0 2, H, N,
Ca, К , P, Cu, rux, kobalt va boshqalar bor. Oddiy oqsillar sitoplazmada
giston, protamin, albulin va globulinlar bor. M urakkab oqsillar oddiy
oqsil birikm alar-lipidlar, uglevodlar ham da nuklein kislotalardan tashkil
topgan. Hujayra 3 qavatdan tashkil topgan:
1. Tashqi qavat - plazmallema.
2. O lrta qavat - mezoplazma.
3. Ichki qavat - tonoplast deb yurtiladi.
Plazmallema - hujayra po‘sti bilan hujayraning ichki qismini bog'lab
turadigan yupqa membrana bo‘lib, u silliq tuzilgan bo‘lsa-da granula
tuzilishiga ega, o'tkazuvchanlik jarayonida hujayra po‘stini hosil qilishda
ishtirok etadigan moddalarning shilimshiqlanishini tartibga solib turadi.
Plazmallema tarkibi 2 ta oqsil va 1 ta lipid qavatdan iboratdir.
Tonoplast - lotincha «tonus» so‘zidan olingan bo'lib, «taranglashish»
degan m a’noni anglatadi. Hujayradagi vakuolani tashqi tomondan o 'rab
turadi.
Endoplazmatik to ‘r yadro qobig'i endoplazmatik to'm ing bir qismi
q o ‘sh membrana hujayra ichidagi m oddalar harakati taqsimoti bo'lib, u
hujayradagi moddalar almashinuvida muhim rol o'ynaydi.
Goldji apparati suv balansini tartibga solishda, hujayradagi chiqindi
va zaxira m oddalam i chiqarishda, hujayra vakuolasi hosil qilishda
alohida ahamiyatga ega.
Ribosoma 50 foiz oqsil, 50 foiz ribonuklein kislotadan (R N K )dan
ib o ra t. O qsillar biosintezida m u him o rganella h isob lanad i, y a ’ni
aminokislotalardan oqsillami sintezlaydi.
Sferasomalar foiz endoplazmatik to 'r tortmalaridan ajrab chiqib, bir
qavat membrana bilan qoplangan. Sferasoma yog'lam i sintezlashda
ishtirok etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
M ito x o n d riy a
(«m itos» - ip, « x o n drion» - g ra n u la ) q a to r
a m in o k is lo ta la rn i y o g ‘, uch k a rb o n a t siklidagi k is lo ta la rn in g
parchalanishi va nafas olish jarayonida ishtirok etadi ham da A TF ni
sintezlaydi.
P lastidalar tarkibida protein va lipid b o ‘lgan strom alar, pigment
mineral elementlaridan tashkil topgan fermentlar bor. Plastidalar
0‘simlik
hujayrasida zaxira oziq moddalar hosil bo‘lishi va almashinuvida asosiy
rol o ‘ynaydi. Plastidalarning hujayradagi to ‘plami plastidoma deyiladi.
Plastidalar hujayrada uch xil bo‘ladi: leykoplast, xromoplast, xloroplast.
L eykoplastlar - h ujayralarda, em brional to ‘qim a h u jayralarida,
sporalar sitoplazmasida, urg‘ochi gametofltlarda, urug‘larda, tuganak va
ildiz, piyozboshlarda hamda bir pallali o'simliklar epidermisida uchraydi.
Shakli sharsimon bo‘lib, kraxmal, oqsil, lipid kabi zaxira m oddalami sintez
qilishda ishtirok etadi. 0 ‘simliklarda kraxmal sintez qiluvchi leykoplastlar,
ya’ni amiloplastlami uchratamiz. Bularda bargdan oqib keladigan qand
moddasidan ikkilamchi kraxmal donachasi hosil bo'ladi. Oqsillami hosil
qiluvchi ley k o p lastlarn i proteinoplastlar, lip id larni ho sil qiluvchi
leykoplastlar esa aleyronoplastlar deyiladi.
Xloroplastlar o ‘simliklaming yer yuza qismlarida, asosan barg va poya,
gul, meva va urug‘larida uchraydi. Xloroplastlarda fotosintez jarayonini
boshqaradigan m odda - oqsil, yog‘ kislotasi va fosfolipidlarni sintez
qiladigan fermenetlar bor. Xloroplast yumaloq, ovalsimon, ikki tomoni
bo‘rtgan linzaga
0‘xshash bittadan 30 tagacha bo‘lishi mumkin. Tarkibida
suv, oqsil, lipid, xlorofill, karotinoit, DNK, RN K uchraydi. Xlorofil 2
kom ponentga - C 55H 720 5N 4Mg xlorofill va C55H 70O6N 4Mg xlorofillga
ajraladi. Xlorofillaming boshqa komponentlari ham mavjud.
Y adro - irsiy belgilarni saqlashda va hujayrada oqsil sintezini
boshqarishda, hujayraning nafas olishini ham nazorat qiladi. Hujayra
butun organizmining o ‘sishi embrional to ‘qima hujayralarining bo‘linishi
natijasida sodir bo‘ladi.
Hujayra bo‘linishidan oldin yadro bo'linishi ro‘y beradi. Hujayraning
nisbatan tinch turgan holati, birinchidan ikkinchi bo‘linishigacha bo‘lgan
davr interfaza deyiladi.
Hujayra tirik organizm bo‘lgani uchun ham bo‘linib ko‘payadi.
H ujayra uch xil: amitoz, mitoz, meyoz yo‘llari bilan ko‘payadi.
H ujayraning am itoz y o ‘l bilan ko'payishi tuban o ‘simliklarda?,
bakteriya va zam burug‘larda sodir bo'ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
M ito z bo ‘linish hujayraning m urakkab bo'linishi bo'lib, 4 xil fazada
o ‘tadi: profaza, metafaza, anafaza, telofaza. Mitoz bir soat davom etadi.
M ito tik sikl um um an, 10-20 soat cham asi b o'lad i. M itoz bo'linish
o'simliklarning o'suvchi qismlarida ro ‘y beradi.
E ndom itoz bo'linish bu hujayra ichida o'tadigan bo'linish bo'lib,
u n d a n ik k ita h u ja y ra hosil b o 'lm a y d i, fa q a t x ro m o so m a lar
re d u p lik a ts iy a s i y a ’ni (uning ik k i b a ro b a r o rtish i k u z a tila d i),
xrom osom alar hujayra qutblari tom on ajralmaydi. Bunda xromosomalar
sp irallan ad i va yo'g'onlashadi. H ujayra m arkaziga to'p lan ad i. Ikki
b aro b ar ko'paygan xromosomalar bitta yadroda qoladi. Y adrocha va
y adro po'sti saqlanadi, natijada hosil bo'lgan yadro tetroploid bo'ladi,
ana shunday bo'linish hujayrada bir necha m arta takrorlansa, undan hosil
b o 'lgan hujayra yiriklashib k o 'p miqdordagi xromosomaga ega bo'ladi
va poliploidga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |