Geobotanikaga kirish (fitotsenoz, agrofitotsenoz)
G e o b o ta n ik a fan i d a s tla b p ro fe sso r B .A .B ik ov to m o n id an
ta ’riflangan. Geobotanika o'sim liklar jamoasi to'g'risidagi fan bo'lib,
o'sim liklarning tashqi m uhit bilan o 'z a ro m u n o sabatini, aloqasini,
tarkibiy qismiga kirgan o'simlik turlarini, o'simliklar jamoasini o'rganadi.
D astlab geobotanik tushunchalar, o'rm on, o'tloq, botqoq o'simliklari,
dasht o'simliklari, cho'l, sahro, yaylov o'sim liklari shaklida bo'lgan.
Geobotanika fan sifatida XIX asrda shakllangan. Bu atam a birinchi marta
www.ziyouz.com kutubxonasi
rus botanigi F.I.Ruprext (1866) va nemis botanigi A.Grizebox tomonidan
taklif yetilgan.
0 ‘simliklar geografiyasining yer yuzidagi o‘simliklami, ularning tashqi
muhit sharoitiga qarab taqsimlanishini o'rganadigan bo'limi geobotanika
deb ataladi. G eobotanikaning o ‘rganadigan obyekti ayrim o'simliklar
bo'lmay, balki muayyan tuproq grunt sharoitida o'sadigan o'simliklar
guruhi yoki fitosenozni tashkil etadigan guruhdir. O'simliklar guruhi atrof-
muhit bilan bog'liq holda unga ham ta ’sir ko'rsatadi. O'simliklar yerdan
oziq m oddalar oladi. Tuproqdagi namlikni sarflaydi. Ularning qurib
qolgan qoldiqlari tuproqda chirib, uni organik moddalarga boyitadi.
O 'sim lik lar jam o alari kelib chiqishiga k o 'ra , tabiiy va insonlar
tomonidan yaratilgan bo'ladi. Tabiiy o'simlik jam oalari m a’lum tabiiy
tarixiy rivojlanish asosida hosil bo'ladi. Uning tarkibi asosan yovvoyi
o'simlik turlaridan iborat bo'ladi. Insonlar tomonidan yaratilgan o'simlik
jamoalarida asosan madaniy o'simliklar bo'lib, yovvoyi o'simliklar ham
birga o'sadi. Bunday o'simliklar jamoasiga agrosenoz deyiladi. Ba’zi olimlar
(V.N.Sukachev.Y.Aroshenko) fitosenozga bug'doy, arpa, g'o'za ekinlarini
ham kiritadi, ularni agrosenoz deb ataydi. Fitosenoz kamdan-kam holda
bir turdan tashkil topadi, ko 'p hollarda bir necha turdan tashkil topgan
bo'ladi va ular yer balandligiga qarab har xil yaruslami hosil qiladi. O'rta
Osiyo to g 'larid ag i archazo rlar o'sim liklarning ana shunday yarusli
guruhlariga misol bo'la oladi. Tog'lam ing yuqori yarusuni archazorlar,
undan pastki yarusni o 't o'simliklar tashkil etadi. O'zbekiston cho'llarida
buta o 't o'simliklar orasida yuqori yarusni, oq saksovul yoki juzg'un -
o'rta yarusni, shuvoq ba’zi bir astragallar, pastki yarusni efemerlar ishg'ol
etadi. O'simliklarning bir necha turdan tashkil topgan guruhida individlar
sonining ko'pligiga qarab bir tur o'simliklar ustun holati edifikatorlar deb
ataladi. Individlar sonining kam boiganlari esa yo'ldosh o'simliklar deb
ataladi. Masalan, Mirzacho'l tekisligidagi efimer o'simliklar orasida rang
va qo 'ng'irbosh edifikator tu r bo'lsa, mayda butgullilar boychechak,
yaltirboshlar va boshqalar yo'ldosh turlardir. Turlar tarkibi o'rganilganda
har bir turning va hukm ron (dom inant) turning yer yuzini qoplash
darajasiga alohida e’tibor beriladi. Bunda m a’lum kattalikdagi (1, 10 yoki
100m2) m aydonda uchraydigan o'sim liklar o 'rg an ilg an d a ular soni
aniqlanadi va ro'yxatga olinadi. M a’lum maydondagi har bir tur soni va
barcha turga mansub o'sim liklarning biomassasi aniqlanadi. Eng ko'p
biomassaga ega bo'lgan tur dom inant (edifikator), qolgan tur subdominat
www.ziyouz.com kutubxonasi
tur hisoblanadi. O'simliklarning bir xil dominatlarga ega va yo'ldosh
turlaming tarkibi bir-biriga yaqin bo'lgan o'xshash guruhlari o'simliklar
assosiatsiyasiga birlashadi. Assosiatsiya yer yuzasidagi o'sim liklarni
geobotanik jihatdan keng bayon qilishning asosiy birligi hisoblanadi.
Shuvoq barra o 't o 'rta cho'l o'sim liklar formatsiyasida edifikator,
shuvoq bo'lsa q o 'ng'irbosh va yaltirboshlar subedifikatorlar sifatida
ko'rinadi. Bir xil dominantga ega bo'lgan subedifikatorlar ham bir-biriga
yaqin o'xshash o'simliklar jamoasi assosiatsiyaga birlashadi. Masalan,
shuvoq barra o'tli cho'llarda shuvoq qo'ng'irbosh yoki shuvoq qorabosh
asso siatsiy a larn i u ch ratish m um kin. A ssosiatsiya bu o 's im lik la r
fitosenozining asosiy taksonomik birligi hisoblanadi.
O'simliklarning ustun turuvchi bir xil lekin, yo'ldosh tur o'simliklar
tarkibi jihatidan farq qiladigan hamda turli tuproq sharoitida o'sadigan
assosiatsiyasi ikkinchi geobotanik birlikka o'sim liklar formatsiyasiga
birlashadi. Bir-biriga o'xshash assosiatsiyalar yig'indisi formatsiyani hosil
qiladi. M asalan, O 'zbekistonning to g ' etaklarida sh ag 'al tosh, soz
tuproqli yerlarida ko'pincha shuvoqli assosiatsiyalar uchrab, u yerda
shuvoq edifikator, har xil efimeroidlar esa yo'ldosh tur hisoblanadi. Shu
belgisiga qarab, bu yerdagi o'sim liklar guruhini shuvoq qo'ng'irbosh,
shuvoq rang va hokazo assosiatsiyalarga ajratish mumkin. Biroq bulaming
hammasini bitta shuvoq efimerlar formatsiyasiga birlashtirish mumkin.
Muayyan hududda yashaydigan o'sim liklar guruhining hammasi shu
hududning o'simliklari deb ataladi. «O'zbekiston o'simliklari», «O 'rta
Osiyo o'simliklari» «Qumli cho'llar o'simliklari» va shunga o'xshash
nomlar qo'llaniladi. O'simlik degan tushinchadan tashqari flora degan
atam a ham bor. U lar bu nom bilan atalganda m uayyan hududdagi
m avjud o 'sim lik la r turinin g ham m asi tush in iladi. S huning uchun
«O'zbekiston florasi» «O 'rta Osiyo florasi» deb ataladi va bunda shu
mamlakatlarda o'sadigan o'simlik turlarining hammasi tushiniladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Geobotanikaga umumiy tushuncha bering.
2. Fitosenoz va agrofitosenozni tavsiflang.
3. Yaruslilikni qanday tuchunasiz?
4. T urlar tarkibini o'rganishdagi taksonom ik birliklar haqida
gapirib bering.
5. Flora tushunchasini qanday tushunasiz?
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |