quvnoq, xushchaqchaq kabi; 2) xafalik holatini bildiruvchi sifat
leksemalar: ma‟yus, g„ash, xunibiyron, giryon, g„amnok, diltang,
parishon kabi; 3) g„azabli holatni ifodalovchi sifat leksemalar:
g„azabnok, kinli, g„azabli, darg„azab kabi; 4) ijobiylik yoki salbiylik
semasi to„g„ridan – to„g„ri ifodalanmaydigan holat bildiruvchi sifat
leksemalar: sog„, sergak, xushyor, lol, mudroq, loqayd kabi;
5) kishining hayotiy ahvoli, holatini ifodalovchi sifat leksemalar:
kambag„al, faqir, qashshoq, bechora, gado, bechorahol, yo„qsil,
miskin, yetim, mushfiq, musofir, boy, badavlat, davlatmand, zangin
kabi; 6) predmetning harorat belgisi holatini bildiruvchi sifat
leksemalar: Issiq, sovuq, salqin, iliq, muzdek, namxush, otashnok
kabi; 7) tozalik - ifloslik holatlarini ifodalovchi sifat leksemalar: toza,
iflos, irkit, loyqa, musaffo, beg„ubor, shaffof, pok, pokiza kabi;
8) predmetning yangilik – eskilik holatlarini ifodalovchi sifat leksemalar:
yangi, eski, ko„hna, churuk, juldur, uvada, eski - tuski, ohorli, toza
kabi; 9) tinch va notinchlik holatlarini ifodalovchi sifat leksemalar:
tinch, notinch, osoyishta, jim, bezovta, betoqat, betinch, halak,
besaranjom, alg„ov – dalg„ov, to„s – to„polon, sokin, sokit, osuda,
bezovta, xotirjam, tek kabi. Bu kabi sifat leksemalar o„zbek tilida
juda ko„p uslubiy ma‟nolarni ifodalashga xizmat qiladi.
2. O„zbek tilida ko„lam me‟yorni ifodalovchi sifat leksemalar
qatoriga keng, tor, qalin, yupqa, chuqur, sayoz, uzoq, yaqin kabi
sifat so„zlarni kiritish mumkin. Bu leksemalar badiiy matn poetikasiga
71
uslubiy ma‟nolarni yuklashda eng sermahsul sifat so„zlardan hisoblanadi.
Jumladan, bu so„zlar mavhum otlar bilan qo„shilib kelganda ma‟noni
kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
72
Umumiy xulosa
Ushbu bitiruv malakaviy ishimiz so„ngida boblar bo„yicha
fikrlarimizni umumlashtirib quyidagi jamlovchi xulosani havola qilishimiz
mumkin:
1. Tilshunosligimiz tarixida sifat so„z turkumi haqidagi ilk
tadqiqotlar juda qadim davrlarga borib taqaladi. Chunonchi,
Koshg„ariydan boshlangan bu zanjir halqalari Navoiy davri va undan
keyin XX asrning birinchi choragiga kelib, o„z takomilining yuqori
cho„qqisiga ko„tarildi. Bunda Abdurauf Fitratning, keyinchalik rus
sharqshunos olimlarining xizmatlari katta bo„ldi.
2. O„zbek tilshunosligida sifat so„z turkumiga oid ilk ilmiy
tadqiqot 40 –yillarning ikkinchi yarmida vujudga kelgan edi.
Z. Ma‟rufov 1947 – yilda Sankt – Peterburgda “O„zbek tilida sifat
darajalari”, 1950 – yilga kelib G„. Abdurahmonov Samarqandda
“Hozirgi o„zbek tilida sifatlarning substantivatsiyasi ( otlashishi )”,
1955 – yilda O. Madrahimov “ Hozirgi o„zbek tilida yangi yasalgan
sifatlar” mavzuidagi nomzodlik ishlarini himoya qilgan edi. 1957 –
yilda O. Madrahimovning “ O„zbek tilida sifat va yangi
yasalgan sifatlar masalasiga doir” nomli maqolasi e‟lon qilingan
edi.
3. Sifat so„z turkumi doirasidagi ishlar orasida sifat so„zlarning
semantik – uslubiy xususiyatlarini tadqiq etuvchi ishlar alohida
ahamiyat kasb etadi. A. G„ulomov, R. Qo„ng„urov kabi olimlar o„zbek
tilida morfologik uslubiyat masalasiga oid ilk dolzarb ishlarni
amalga oshirdilar. Bunda olimlarning sifat so„zlarning uslubiy
xususiyatlari borasidagi qarashlari keyinchalik bu mavzuning o„zbek
tilshunoslik ilmida chuqur tomir otib rivojlanishiga turtki bo„ldi.
73
B. Yo„ldoshev, A. Abdurahmonov, S. Karimov, B. Yoriyev,
M. Mamatov, K. Yusupov, B. O„rinboyev, Z. Pardayev kabi
tilshunoslarning aynan shu mavzudagi tadqiqotlari yuqoridagi
fikrimizning yaqqol dalilidir.
4. Poetik matnlarda sifat leksemalar har xil so„zlar bilan
birikib, epitet vazifasida keladi. Moviy ufq, moviy shamol, yam
Do'stlaringiz bilan baham: |