novcha, pachaq, pakana, uzun, kalta, qisqa, o„siq, keng, tor kabi
ko„lam me‟yorini turli darajada ifodalovchi sifat leksemalarning
semantik strukturasini aniqlashga harakat qilingan.
Biz ham ana shu usuldan foydalanib, ko„lam me‟yorini
ifodalovchi ayrim sifat leksemalarning semantik strukturasini va
uslubiy xususiyatlarini aniqlashga harakat qilamiz. Ko„lam me‟yorini
bildiruvchi sifat leksemalar narsa va predmetlarning hajmini ifodalash
maqsadida qo„llanadi: Marten sexi… katta qozonda / Shu‟la sochib
eriydi temir ( Muhammad Ali ).
Keltirilgan misolda tasvirlanayotgan predmetning hajmi, ko„lami
katta sifat leksemasi yordamida ifodalangan. Poetik nutq uchun xos
bo„lgan xususiyatlardan biri shundaki, ifodalanayotgan fikr bir leksema
yordamida emas, balki uning qator ma‟nodoshlari, variantlari vositasida
ham yuzaga chiqadi. Masalan, katta sifat leksemasi keng tushunchaga
ega bo„lib, “hajmi, o„lchami nisbatan ortiq; ulkan” ma‟nolarini
bildiradi. Bu sifat leksemalarning tilimizda ulug„, buyuk, zo„r, azim,
azamat, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant kabi ma‟nodoshlari
mavjud. Poetik nutqda “hajmi, o„lchami nisbatan ortiq” semasini
63
Sodiqova G. Ko‘lam me’yorini bildiruvchi sifat sememalarini izohlash // Tilshunoslik masalalari,
Toshkent: 1978, 187 – 195 – betlar.
64
Ko‘rsatilgan asar. 192 – bet.
63
ifoda etish uchun katta sifat leksemasining boshqa sifat
leksemasining boshqa yuqorida qayd etilgan ma‟nodoshlari mahsuldor
uslubiy vosita sifatida ishtirok etadi: Chaqmoq chaqar, ko„k
qarsillaydi / Ko„chgan kabi tog„dan azim tosh ( Shukrullo ).
Bu misolda “ o„lchami nisbatan ortiq” semasi azim sifat
leksemasi vositasida ifodalangan bo„lib, u juda kam qo„llanishi va
chegarali ekanligi bilan xarakterlanadi. Quyidagi misolda “hajmning
nisbatan ortiqligi” semasi ulkan leksemasi yordamida ifodalangan:
Butun olam go„yo ulkan doshqozon / Qaydadir – ko„rinmas uning
naryog„i. ( Abdulla Oripov ).
Ko„rinadiki, predmet, voqea – hodisalardagi “o„lchami, hajmi
nisbatan ortiq” semasini ifodalashga xizmat qiluvchi sifat leksemalar
nisbatan ko„p. To„plangan misollar tahlili shuni ko„rsatadiki, poetik
nutqda predmetning o„lchami, hajmi nisbatan ortiqligini ifodalashda
belgi darajasi kuchli bo„lgan azim, buyuk, yirik, zo„r, azamat, ulug„,
ulkan kabi sifat leksemalar keng qo„llanadi. Bu sifat leksemalar
muayyan predmetlarga nisbatan qo„llanish bilan birga mavhum
tushunchali otlarga nisbatan ham qo„llana oladi. Masalan, Lahjalar
Do'stlaringiz bilan baham: |