3.2. Ko‘lam me’yorini ifodalovchi sifat leksemalar
Tilimizda predmetning hajmi, o„lchovi, miqdori kabi ko„lam
me‟yorini anglatuvchi belgilari keng, tor, qalin, yupqa, chuqur,
sayoz, uzoq, yaqin singari bir qator sifat leksemalar orqali
ifodalanadi. Sifatlarning bu LSGini nomlash va tavsiflash uzoq
tarixga ega. Jumladan, A. N. Kononov 1948 – yilda nashr etilgan
etilgan «Грамматика узбекского языка» asarida sifat leksemalarni
beshta LSG ga ajratgan va shulardan ikkinchisi “makon hamda
zamon belgi va munosabatni bildiruvchilar” deb nomlangan edi. Shu
kabi ta‟rif va misollar uning 1960 – yilda nashr etilgan kitobida
takrorlanib, to„g„ri, o„ng, chap, kichik, buyuk, uzoq, uzun, bo„sh,
chuqur, tor, keng, katta kabi misollar keltirilgan.
59
S. Mutallibov ham o„z asarida sifat leksemalarni olti LSG ga
ajratib tahlil qilgan. Muallif sifatlarning boshqa turlari qatorida
hajm bildiruvchi ( katta, kichik, ulug„, butun, yarim kabi ),
forma bildiruvchi ( yassi, pakana, egri, to„g„ri kabi ), masofa
bildiruvchi ( yaqin, yiroq, uzoq, yovuq kabi ) LSG larni ajratib
ko„rsatadi.
60
Olimning bu tasnifidagi eng diqqatga sazovor tomon
masofa sifatlarining alohida LSG sifatida ajratib ko„rsatilishidir.
Ammo Solih Mutallibov masofa sifatlari deyilganda faqat “gorizontal
yo„nalishdagi ikki nuqta oralig„i” tushunchasini anglatuvchi sifat
leksemalarni inobatga olgan, xolos. Natijada boshqacha yo„nalishdagi
nuqtalar oralig„ini anglatuvchi sifat leksemalar olim e‟tiboridan
chetda qolgan ko„rinadi.
U. Tursunov, J. Muxtorovlarning “Hozirgi o„zbek adabiy tili” asarida
bunday sifat leksemalar “shakl, hajmni bildiruvchilar” deb
59
Кононов А. Н. Грамматика современного узбекского литературного языка. – М. – Л.: изд-во АН,
1960. – 447 с.
60
Mutallibov S. M. Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk ( XI asr yozma yodgorlilklari
asosida ). – Toshkent: O‘zFA nashriyoti, 1959. – 240 bet.
60
nomlangan va unga keng, katta sifat leksemalari misol qilib
keltirilgan. Shu darslikning qayta ishlangan, to„ldirilgan uchinchi
nashrida sifat leksemalar yeti LSG ga ajratib tahlil qilingan bo„lib,
shundan 3 – LSG “narsaning shakl – ko„rinishini, hajm – o„lchovini
bildiruvchi sifatlar” deb nomlangan, hamda kalta, oriq, egri, qiyshiq,
yassi, katta, kichik, keng, tor, og„ir, uzun kabi sifat leksemalar
misol qilib keltirilgan.
61
Ko„rinadiki, bunda LSGning nomlanishi
juda keng ( shakl, ko„rinish, hajm, o„lchov ) bo„lsa-da, misollar faqat
mazkur LSG ga xos sifat leksemalarning ba‟zi ko„rinishlarini qamrab
oladi, xolos.
E. Fozilov o„z asarida “predmetning payt – makonga nisbatan
sifatini bildiruvchi” sifat leksemalar guruhini ajratadi. Bu asarda ham
makon anglatuvchi sifatlarga misollar keltirilgan. Masalaning ijobiy
tomoni shunda ko„rinadiki, asarda keltirilgan misollar “makon” ning bir
necha turi ( uzunligi, eni, balandligi, og„irligi kabi )ni aks ettiradi.
“Hozirgi o„zbek adabiy tili” ( 1966 ) asarida hajm bildiruvchi
sifatlar predmetning katta – kichikligini, uzun – qisqaligini, past –
balandligi, yoki keng - torligi kabi xususiyatlarni anglatishi ta‟kidlangan.
Bu izohlar shu o„rtada keltirilgan sifat leksemalarni kelgusida bir
necha LSG larga ajratish lozim ekanligini ko„rsatadi.
“ O„zbek tili” darsligida sifatlarning boshqa LSG lari qatori
predmetning hajmini, shaklini ifodalovchilar ham tilga olinadi hamda
sidirg„asiga keltirilgan misollarga qaraganda bu LSG ga katta, yumaloq,
Do'stlaringiz bilan baham: |