keltirilgan misollar shu LSG ga mansub. Sifat leksemalarning ayrim
ko„rinishlarini ifoda etadi. I. Hamdamova “masofa anglatuvchi sifatlar”
Tursunov U., Muxtorov J. Sifat // Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy
61
deb uzoq, yaqin, yiroq kabi sifat leksemalarni keltiradi, baland, past,
qisqa, keng, kalta kabi sifat leksemalarni esa olima alohida guruhga –
“hajm anglatuvchi sifatlar” ga kiritadi.
62
I. Hamdamova o„z nomzodlik
dissertatsiyasida sifatlarning leksik – semantik jihatdan so„nggi tasnifini
keltirgan edi. Bu tasnifda sifat leksemalar 7 LSG ga ajratilib, shulardan
4 – guruh “ narsa - predmetga xos belgi – xususiyatni bildiruvchi sifatlar”
deb nomlangan. Bu guruh ham o„z navbatida bir necha kichik
guruhlarga ajratilib, baland, uzun, kalta kabi sifat leksemalar “o„lchov
sifatlari” ga kiritilgan.
Bundan ko„rinadiki, shu kungacha e‟lon qilingan darslik va
qo„llanmalarda, ayrim monografiya va nomzodlik ishlarida sifatlarning
ma‟lum bir LSG I “masofa anglatuvchi”, “makon va zamon
anglatuvchi”, shuningdek, “hajm anglatuvchi”, “hajm, shakl, o„lchov
anglatuvchi” kabi turli xil nomlar bilan yuritilib kelingan. Bunday
xilma – xillikni normal holat deb bo„lmaydi.
Bunday sifat leksemalar haqida Sh. Rahmatullayev va
I. Abdurahmonovlar ham maqola e‟lon qilganalar. Bunda ular turli
adabiyotlarda “makon va zamon”, “o„rin”, “hajm”, “shakl”, “masofa”
bildiruvchi deb ko„rsatilgan sifat leksemalarni ko„lam sifatlari deb
nomlaganlar. Ko„lam sifatlari esa ishda quyidagi uch qismga
ajratilgan: a) oraliq ( masofa ) bildiruvchi – bo„y, yon, en; b) shakl
bildiruvchi – yo„g„on, ingichka; d) hajm bildiruvchi - yapaloq, yassi
kabilar.
I. Abdurahmonov keyinchalik ko„lam sifatlarida, asosan, baland,
past leksemalarida polisemiya va antonimiya hodisalarini o„rganishga
bag„ishlangan nomzodlik ishini ham himoya qildi.
62
Hamdamova I. Sifatlarning leksik – semantik gruppalari // O‘zbek tili va adabiyoti, 1964, 4 – son. – 28
– 29 – betlar.
62
G. Sodiqova o„z ishida ko„lam me‟yorini bildiruvchi sifat
sememalarini izohlashning yana boshqacha bir yo„lini taklif etadi.
63
Olimaning fikricha, “
baland leksemasi sememasining aniqlanmagan
yana bir semasi bo„lib, bu uning o„z antonimidan farqlab beruvchi
farqlovchi semasidir. Uning farqlovchi semasi ortiqlikdir. Ya‟ni, baland
leksemasining sememasi “bo„y ko„lami me‟yoridan ortiq” deb
izohlanishi kerak. Uning so„nggi farqlovchi “ortiq” semasi esa
izohni formal jihatdan shakllantiruvchi ham bo„lib qoladi, ya‟ni izohda
sifatlikni ta‟minlaydi”.
64
Ana shu asosda ishda past, naynov,
Do'stlaringiz bilan baham: