sharpasi ( Abdulla Oripov ); Za‟faron zulfingga taqib ketayin / Olis
cho„llarimning binafshasini ( Abdulla Oripov).
b) ma‟lum bir davr, vaqtga nisbatan uzoqlik belgisini ifodalash
uchun qo„llanadi: Sog„inch hissi yurakda-yu, yodimda bir – bir / Olis
o„tmish, bugun ertang chizmakda tasvir ( Muhammad Ali ); Ovni
shunday ardoqlaydi, sevadi otam! / Qalbi titrar, esga tushsa, o„sha olis
dam ( Muhammad Ali ); Yulduz sanab, yildan uzun kechalarda /
Hisobiga sira azal yetolmagan ( Usmon Nosir ).
Poetik matnlarda ba‟zan takrordan qochish, she‟riy nutqning
emotsional – ekspressivligini ta‟minlash maqsadida uzunlik bildiruvchi bir
necha leksemalardan foydalaniladi: Hijron kechalari g„oyatda uzun, Ayriliq
yo„llari olis nihoyat ( Erkin Vohidov ).
Ba‟zan uzunlik bildiruvchi sifat leksemalarning takrorlanib qo„llanishi
belgi ma‟nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi: Olis, olis qo„l
yetmas joylar! / Bolaligim, oh bolaligim / Har bir dami benolaligim /
Olis, olis qo„l yetmas joylar! ( Muhammad Ali ). Uzoq, uzoq qarshimda
tinma / Yuraging qon qilib xo„rsinma… ( Muhammad Ali ).
Ko„lam me‟yorini ifodalovchi uzoq leksemasi ayrim frazemalar
tarkibida ham uchraydi: Osmon uzoq, yer qattiq, zarang / Doim
69
shundoq, so„ng debon attang / Yopishgusi cho„pga holi tang !
( Muhammad Ali ).
Uzun, kalta leksemalari poetik nutqda o„rni bilan muayyan predmet
va narsalarga nisbatan, shuningdek, mavhum tushunchalarga nisbatan
ham qo„llaniladi: Balki uzun sochini silab / Azongacha ertak aytardi
(Usmon Nosir ); Uzun – uzun xayollar surgan / Norbo„ta-ku, ne bo„ldi
o„zi? ( Usmon Nosir ); Nega og„ir nafas olar u / Kalta – kalta, uzuq
so„zida? ( Usmon Nosir ).
Qisqa leksemasida ham belgining kuchsiz darajasi ifodalanadi: Endi
naf yo„q, vaqt o„tdi, ketdi / Tamom bo„ldi bu qisqa visol ( Erkin
Vohidov ).
Ko„rinadiki, sinonimiyaning sifat so„z turkumi doirasida keng
taraqqiy qilganligi fikrni ifodalashda birmuncha qulayliklar tug„diradi.
Xullas, ko„lam me‟yorini ifodalovchi sifat leksemalar poetik nutqda
predmetlarning hajmi, o„lchovi, masofani ifodalashda eng mahsuldor
uslubiy vositalardan sanaladi.
70
Bob bo„yicha xulosa
Mazkur bob bo„yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. O„zbek tilida holat bildiruvchi sifat leksemalarni 9 ta
ichki LSG larga bo„lib o„rganish mumkin. 1) xursandlik holatini
ifodalovchi sifat leksemalar: xursand, shod, xurram, gulgun, xushnud,
Do'stlaringiz bilan baham: |