Bu ifodadan koVmib turibdi-ki, uzatish koeffitsiyenti К ancha
katta qiymat bo‘lgan
C
ko‘paytiriladi, natijada tenglama
ildizlari musbat yarim tekislikka o‘tib ketishi mumkin, ya’ni tizim
barqaror bo‘lmay qoladi. Uzatish koeffitsiyenti К ning qiymati
sezilarli darajada chegaralanishi kerak. Shuning uchun d® /dt
hosila bo‘yicha signal kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Qayishqoq mexanik bog‘lanishlarga ega bo‘lgan
ishchi ma-
shina elektr yuritmasining boshqarish tizimini sintez qilayotganda
birinchi navbatda ishchi mashinaning o‘qini tebranishlarini
yo‘qotishga harakat qilishni ko‘zda tutish kerak, chunki bu teb-
ranishlar mashinaning ishlash sifatini yomonlashuviga olib keladi.
Dvigatel o ‘qining tebranishi texnologik jarayonga kam ta’sir
qiladi, lekin bu tebranish asosan dvigatel va reduktor mexanik
qism va detallami tezroq ishdan chiqishiga olib keladi.
Mexanik uzatma oraliq guruhining qayishqoqlik xususiyatlari
va qo‘shimcha massalarini hisobga
olib tizimni uchta massali
tizim sifatida qaralganda bu tizimni sozlash katta qiyinchiliklar
tug‘diradi. Bu holda tizim ishlashini yaxshilash uchun obyekt
holati kuzatuvchisini qo‘llab adaptiv (moslanuvchi) boshqaruvchi
qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
6.7. BO‘YSUNILGAN ROSTLASH T IZ IM L I EL E K T R
YURITM ALAR
Bo‘ysunilgan rostlash tizimli elektr yuritmalar sanoatning
mashinasozlik va metallurgiya sohalarida, qog‘oz
va kabel mah-
sulotlari ishlab chiqarishda keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda.
Bo‘ysunilgan rostlash tizimlarida ketma-ket korreksiya (tuzatish)
qo‘llaniladi. Bu esa o ‘tkinchi jarayon sifat ko‘rsatkichlarini biz
xohlagancha etib sozlash imkonini beradi. Bo‘ysunilgan rostlash
tizimining umumlashtirilgan tuzilish sxemasi (6.10-rasm) ketma-
ket korreksiyali tizimning quyidagi xususiyatlarini aniqlashga
imkon beradi:
'i
1.
Bunday tizimda koordinatalari rostlanadigan obyekt ketma-
ket ulangan chiziqli aperiodik va integrallovchi guruhlardan
tashkil topgan bo‘lib, ulaming uzatish funksiyalari 1-rasmda
quyidagicha belgilangan: W 0i(P) , W
02
( P ) - W 0j (P) . .
2. Rostlanadigan koordinata X t, X2... X;
soni rostlash tizimida
rostlanuvchi obyektdagi aperiodik va integrallovchi guruhlar
soniga teng etib tanlanadi.
3. Wpi, Wp2... WPi (p) rostlagichlaming soni rostlash tizimida
nazorat etilayotgan koordinata soniga teng. Barcha rostlagichlar
o‘zaro shunday ketma-ket ulangan-ki, keyingi rostlagichga
topshiriq sifatida undan oldingi rostlagichning chiqishi xizmat
qiladi. Har bir rostlagich kirishiga
shu rostlagich rostlaydigan
o‘zgaruvchi bo‘yicha manfiy teskari bog‘lanish beriladi va
shunday qilib tizimda bir-birini ketma-ket o‘rab oladigan birinchi
ichki konturdan oxirgisigacha rostlash konturlari hosil bo‘ladi,
ya’ni rostlash konturlarining soni tizimda rostlanuvchi koordina-
talar soniga teng.
4. Har bir o ‘zgaruvchini (koordinatani) cheklash undan
oldingi rostlagichning chiqish signalini chegaralash bilan amalga
oshiriladi.
6.10-rasm. Ketma-ket korreksiyali bo'ysunilgan tizimning tuzilish
sxemasi.
5. Tizim rostlash qismining kirishida o‘tkazish yo‘li (palosa)
ni
aniqlaydigan va
shu bilan birga barcha tizimni xalaqitga
chidamliyligmi ta’minlaydigan filtr o‘rnatiladi. Bu filtming vaqt
doimiyligi avtomatik rostlash tizimining asosiy parametri
hisoblanib tizimning tezkorligini va rostlash aniqligini belgilaydi.
6. Rostlagichlar Wpi(p), Wp2 (p) ... Wpi . Wpi ning uzatish
funksiyalari ketma-ket korreksiyalash usuli bilan tanlanadi, bu
yerda
standart ko‘rinishdagi
uzatish
funksiyasi
kompen-
satsiyalanadi.
Rostlagichlaming uzatish funksiyalari
rostlash konturining
maqbul uzatish funksiyalari asosida tanlanadi. Maqbul uzatish
funksiyalari sifatida (i+1) darajali Bj+1 (P)
standart uzatish
funktsiyalari qabul qilinadi. Xususiy holda birinchi va ikkinchi
yopiq rostlash konturlari uchun maqbul sifatida quyidagi uzatish
funksiyalari qabul qilinadi:
- birinchi kontur uchun ikkinchi darajali
standart sozlashga mos
keladigan uzatish funksiyasi
B,(P) = ------- !-----(6.72)
v
'
\ + 2TyP + 2 T lP
-
ikkinchi kontur uchun uchinchi darajali standart sozlashga mos
keladigan uzatish funksiyasi
B2(P) = ------------ L _ -----—
(6.73)
Do'stlaringiz bilan baham: