Aa
ABI
qizq.: Aplication Binary Interface
Qo’llanmalarning binar interfeysi. Operatsion tizimning resurslaridan qo’llanmalarning erkin foydalanish usulini aniqlaydigan spitsifikatsiya. To’la o’girishdan o’tkazilgan qo’llanmalarni bir xil ABI lik tizimlar orasida ko’chuvchanligini ta’minlaydi.
abonent
ing.: subscriber
rus.: абонент
Xizmat ko’rsatuvchi axborot obekti ()tizim, tarmoq, majmua) bilan o’zaro ishlash huquqiga ega qurilma, yuridik yoki jismoniy shaxs. Abonentning har qanday foydalanuvchidan farqi shundaki, u xizmat ko’rsatuvchi axborot obyekti foydalanuvchilari ro’yhatiga kiritilgan bo’ladi.
abonentlarni ro’yxatga kiritish
ing.: subscriber logging
rus.: регистрация абонентов
qarang: ro’yxatga kiritish
AC
qisq.: Alternating Current
O’zgaruvchan tok.
AC-3
(shuningdek Dolby Digital ham) AC-3 formati. Dolby Laborotories tomonidan ishlab chiqilgan raqamli oqim formati. Beshta asosiy va bir past chastotali tovush kanallari haqidagi axborotni o’z ichiga oladi.
ACE
qisq.: Access Control Entry
Erkin foydalanishni boshqarish yozuvi (ro’yxatdan erkin foydalanish nuqtasi). Windows NT va Windows 2000 xavfsizlik tizimida erkin foydalanishni boshqarish (ACL) ro’yxatining elementi.
ACID
qisq.: Atomicity, Consistency, Isolation, Durability
Atormarlik, ziddiyatsizlik, yakkalanganlik, mustahkamlik. Bular tranzaksiyaga xos xususiyatlardir. Atormarlik (atomicity) xususiyati, tranzaksiyaga kirayotgan amallar bo’linmas ish birligidek namoyon bo’ladi, ya’ni, yo barcha amallar muvaffaqiyatli yakunlanadi, yo bekor qilinadi. Bu tizim ziddiyatsizligini (consistency) kafolatlash imkonini beradi: tashqi kuzatuvchi nuqtai nazaridan tizim, tranzaksiya boshlanishidan oldin ham, u yakunlanganidan keyin hamziddiyatsizlik holatida bo’ladi. Yakkalanganlik (isolation) xususiyati ziddiyatsizlikni tranzaksiya davomiga ham tegishli qiladi, ya’ni, bajarish davomida bir tranzaksiya boshqa yakunlanmagan tranzaksiyalar qilgan o’zgarishlarni «ko’rmaydi». Mustahkamlik (durability) bajarib bo’lingan tranzaksiyalar o’zgarishlarini, pastki pog’onalardagi to’xtab qolishlardan qat’iy nazar, hoh bexosdan qayta yuklanish, hoh qurilmalarni buzilishi bo’lsin , saqlanishini bildiradi.
ACK
qisq.: ACKnowledgement
Erkin foydalanishni boshqarish ro’yxati. Windows NT va Windows 2000 xavfsizlik tizimida, ACL foydalanuvchilar va ularning guruhlarining obyektdan (faylga yoki boshqa resurslardan) erkin foydalanish huquqlarini aniqlaydi, hamda hodisalar auditini belgilaydi. U ACE ro’yxatidan iboratdir.
ACM
qisq.: Association for Computing Machinery
Hisoblash texnikasi bo’yicha uyushma. Hisoblash texnikasi sohasidagi xalqaro uyushma.
ACPI
qisq.: Advanced Configuration and Power management Interface
ACPI spetsifikatsiyasi, elektr ozuqa tarkibiy tuzilmasi va uni boshqarish uchun yaxshilangan interfeysi. Operatsion tizim bilan shaxsiy kompyuter apparat vositalari elektr ozuqa tarkibiy tuzilmasi va uni boshqarish uchun